Тарихшунослик фанидан


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Birinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida, avvalo, odamlar yangicha turmush tarziga 
ko‗nikma hosil qilishlari kerak edi. Islohotlarning mazmun-mohiyatini anglab, mustaqil taraqqiyot 
afzalliklari va beqiyos imkoniyatlarini tushunib olishlari lozim edi. Busiz hech qanday natijaga 
erishib bo‗lmasdi. Chunki har qanday sharoitda, har qanday jamiyatda ham inson asosiy hal qiluvchi 
omil, jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Shuning uchun ham hayotdagi 
yangilanishlar dastlab har bir fuqaroning qalbidan, ongi va tafakkuridan o‗tkazilishi lozim. 
Ikkinchidan, jamiyatni tubdan yangilash, turmushimizning barcha sohalarida keng miqyosli 
islohotlarni amalga oshirish va shu asosda demokratik tamoyillarni turmush tarziga aylantirish uzoq 
davom etadigan uzluksiz jarayon. Bu kundalik hayotimiz bilan bog‗liq bo‗lgan va umuman 
mamlakat taqdirini belgilashda izchillikni taqozo etadigan, sobitqadamlik bilan turli qarshiliklar va 
to‗siqlarni engib, eskicha qoliplarni bartaraf etib, yangicha tafakkur tarzini joriy qilishni o‗z ichiga 
olgan murakkab jarayon. 
Qolaversa, jamiyatni demokratlashtirish bu iqtisodiy islohotlardan tortib huquqiy, siyosiy va 
ma‘naviy 
yangilanishlarga bevosita tayangan 
voqeliqdir. Sessiyada takidlanganidek, 
«demokratiyalash jarayonining ayni ana shu huquqiy, siyosiy va ma‘naviy jarayonlari iqtisodiy 
taraqqiyotdan orqada qolmoqda». Buning sababi, Islom Karimov aytganidek, «talay muhim 
qonunlar tegishli qonun hujjatlari bilan mustahkamlanmaganligida, qabul qilingan huquqiy 
me‘yorlar va kafolatlarni ro‗yobga chiqarishning aniq mexanizmi etarli darajada ishlab chi-
qilmagan»idadir. 
Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta‘minlash 
lozim. Buning uchun, eng avvalo, huquq-tartibot ishlarini, qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarni 
xalqaro mezon va andozalarga moslashtirish zarur. Hozirgi paytda jahonda mazkur masalaga doir 
etmish xil andoza mavjud. Bularning hammasi jahon hamjamiyatida tan olingan tamoyillar 
hisoblanadi. O‗zbekiston hozir ana shu andozalardan o‗n beshtasiga qo‗shilganligi uning juda qisqa 
muddatda demokratiyani turmush tarziga va tobora shakllanib boradigan jonli hodisaga aylantirish 
borasida erishgan katta yutuqdir. 
To„rtinchidan, aholining siyosiy faolligi bevosita uning jamiyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga 
qanchalik daxldorligi bilan belgilanadi. Agar fuqaro siyosiy va ijtimoiy jihatdan faol bo‗lsa, u o‗z-
o‗zini boshqarishga va shu orqali jamoa harakatini shakllantirishga, uning mazmunini 
chuqurlashtirishga qodir bo‗ladi. Yangilanayotgan jamiyat aholini kundalik tashvishlar va har xil 
ikir-chikirlar girdobidan olib chiqadi, uni hayotga teranroq va sergakroq qarashga o‗rgatadi. Agar 
har bir fuqaro hayotda o‗zini ana shunday tutsa, ana shunday qobiliyatga ega bo‗lsa, demokratiya 
o‗z-o‗zidan jamiyatning tarkibiy qismiga aylanadi, ijtimoiy turmushimizda mustahkam qaror topadi. 
Bunday hodisani Islom Karimov «Bir so‗z bilan aytganda, mustaqillik, hurriyat xalqimizga 
nihoyatda qimmatga tushgan. Hurriyatning bahosi doimo avlodlar taqtsiri, iymoni, vijdoni bilan 
o‗lchanadi», – deb to‗g‗ri baholagan. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling