Тарихшунослик фанидан


-MA‟RUZA: MUSTAQILLIK YILLARIDA TARIX FALSAFASI VA TARIXIY DAVR


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

11-MA‟RUZA: MUSTAQILLIK YILLARIDA TARIX FALSAFASI VA TARIXIY DAVR 
Tayanch iboralar: I.A.Karimovning asarlari. Barkamol insonni shakllantirishda tarixning 
tutgan o„rni. Tarix – xalq xotirasi. Tarixning milliy g„oya va milliy mafkuraning shakllanishida 
tutgan o„rni. Tarix va milliy taraqqiyot masalalari. Mustaqillik va tarixga yangicha nazar. Tarixni 
xolisona o„rganish masalalari. Milliy istiqlol va g„oyaviy-siyosiy dunyoqarash. Vatanparvarlik 
g„oyasi va tarix. Milliy o„zlikni anglashda tarixni tutgan o„rni. Tarixiy va falsafiy merosni o„rganish 
masalalari. Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi. Tarix va ma‟naviyat. Milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar. Insonparvarlik g„oyasi va tarix. Dunyoviy tafakkur va milliy xavfsizlik

XX asrning so‗nggi o‗n yilligi insoniyat tarixida yangi davrni boshlab berdi. Totalitarizm
ma‘muriy-buyruqbozlik va zo‗ravonlik g‗oyalariga tayangan sotsializm barbod bo‗ldi. G‗ayriinsoniy 
goyalar tashviqotchisi bo‗lgan kommunizm mafkurasi inqirozga uchrab, mustamlakachilikning 
so‗nggi qo‗rgonlari quladi. Bashariyat taqdirvda inson va jamiyatni ozod etishning yangi bosqichi, 
yalpi yangilanishlar jarayoni boshlandi. Bunday tarixiy o‗zgarishlar dunyo iqtisodiy, ma‘naviy 
hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining ilgari misli ko‗rilmagan keng miqyosli yangilanishlar 
pallasiga kirganliganing ravshan ifodasidir. 
Umumjahoniy yangilanishlar jarayoni avval muayyan mamlakat, keyin bir guruh davlatlar, 
oxir-oqibatda barcha mamlakatlar taqdiriga, jamiyatlar va jamoalar, alohida insonlar hayotiga 
bevosita va bilvosita ta‘sir ko‗rsata boshladi. Dunyo yangilanishlari jarayoniga har bir davlat o‗z 
taraqqiyot ko‗lami, ilmiy-ma‘rifiy va ma‘naviy saviyasi, kamoloti darajasidan kelib chiqqan holda 
qo‗shila boshladi. 
O‗zbekiston umumplanetar o‗zgarishlar jarayonlari oqimida o‗zining betakror ijtimoiy-siyosiy, 
ma‘naviy yangilanishlari dasturiga ega bo‗lgan mamlakat sifatida o‗ziga xos va o‗ziga mos mavqe 
egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta‘sir o‗tkazishga qodir bo‗lgan davlat 
sifatida o‗zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi. 
O‗zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko‗lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon 
sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim. 
O‗zbekistonda milliy, regional va umumplanetar mo‗ljallar doirasida izchil va tadrijiy 
kechayotgan yalpi o‗zgarishlarni o‗z vaqtida o‗rganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarni tahlil etish, baholash hamda ilmiy-nazariy umumlashmalar qilish asnosida bu 
jarayonlarni maqsadli boshqarish O‗zbekistondagi yangilanishlar rivoji o‗ziga xos kechayotganligini 
ifoda etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy hayotni maqsadli takomillashtirish, bu muhitni 
umuminsoniy va milliy tamoyillar uyg‗unligi ruhida rivojlantirish, siyosiy plyuralizmga shart-
sharoitlar yaratish, liberalizm muhitini har tomonlama kengaytirishga da‘vat etish orqali 
mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayoni boshlanishiga nazariy poydevor qo‗yidtsi. Davlat 
tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma‘naviy dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat, 
o‗zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash 
jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog‗li aqliy shijoat, dono siyosat hamda 
matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin bo‗lib turibmiz. Zero, bu boshqaruv sermashaqqat 
va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta‘sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga 
keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi. 


136 
O‗zbekiston yalpi yangilanishlar jarayonini ikki o‗zaro uzviy bog‗langan yo‗nalishlarda 
amalga oshirishga kirishdi. Birinchisi, mamlakatning ichki dunyosida, ya‘ni iqtisodiyot, 
ma‘naviyat, siyosat, turmush tarzida, xalq xarakteri va mentalitetida rejaviy asoslarda amalga 
oshirilayotgan yangilanishlar majmuidan iborat bo‗lsa, ikkinchi yo„nalish – xalqaro ijtimoiy muhit 
manzarasini 
takomillashtirish, 
ya‘ni 
qarama-qarshi 
kuchlar 
o‗rtasidagi 
ziddiyatlarni 
barqarorlashtirish, kolliziya muhitidan murosa, hamkorlik munosabatlari, tinchlik madaniyatiga 
o‗tish, millatlararo, davlatlararo, konfessiyalararo tolerantlik munosabatlarini chuqurlashtirish, 
insoniyatga umumiy xavf tug‗diruvchi terrorizm, narkobiznes, ekstremizmga qarshi xalqaro 
tashkilot tuzilmalariga asos solish va boshqa faoliyatlar majmuidan tashkil topadi. 
O‗zbekistonda yalpi yangilanishlar jarayoni Islom Karimovning qonunlar o„zgarishlar 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling