Тарихшунослик фанидан


jarayonlaridan avval yurishi kerak


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

jarayonlaridan avval yurishi kerak, degan metodologik ko‗rsatmasi asosida amalga oshirila 
boshlangandi. 
Dastavval, O‗zbekiston mustaqilligining huquqiy-me‘yoriy asoslari yaratildi. Mamlakatning 
istiqlol Konstitutsiyasi qabul qilindi. Milliy davlat tizimi an‘anaviy davlatchilik g‗oyalari va jahon 
davlatchiligi ilg‗or tajribalarining sintezi shaklida barpo etildi. Boshqaruvda yangi usullar qaror 
totstsi. Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub o‗zgarishlar yasaldi. Nodavlat tuzil-malar, jamoat 
tashkilotlari va o‗z-o‗zini boshqarish organlarining vakolatlari kengaytirildi. 
Ko‗p partiyaviylik tizimi tarkib topishiga keng sharoit yaratiddi. Jamiyat hayotida sog‗lom 
demokratik jarayonlar muhiti vujudga keldi va chuqurlashdi. Inson haq- huquqlari va erkinliklarini 
ta‘minlashning huquqiy asoslari vujudga kelmoqda. Sud hokimiyati mustaqillik mohiyati va hozirgi 
zamon xalqaro huquq tamoyillari negizida tubdan isloh qilindi. 
Millatlararo totuvlikni ta‘minlash choralari ko‗rildi. MILLIY xavfsizlik kontseptsiyasi ishlab 
chiqildi. Mamlakat hududiy yaxlitligini va tinchligini ta‘minlashga qodir bo‗lgan zamonaviy qurolli 
kuchlar tizimi yaratildi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‗tishning asosiy tamoyillari doirasida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash 
davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishi qilib belgilandi. 
Iqtisodiy islohotlarning «o‗zbek modeli» vujudga keldi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish, 
pul-kredit siyosati tamoyillari ishlab chiqildi. Mulkchilik, mulkka egalik tushunchalari shakllandi. 
Mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi. Xususiy mulkka egalikning yangi tizimi barpo etildi. 
O‗zbekistonda ma‘naviy-ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarni tiklash, vorislik an‘analariga 
sadoqatli avlodni tarbiyalash va amaliyotga joriy etish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. 
Mamlakatimizni ozod va obod jamiyatga aylantiruvchi, vatan ravnaqini ma‘naviy ta‘minlab 
beruvchi milliy istiqlol goyasi shakllandi. 
Milliy istiqlol mohiyati va mustaqillik g‗oyalarini anglashda tarixiy shaxslar, buyuk allomalar 
va sarkardalar, xususan, Ahmad Farg‗oniy, Burhoniddin Marg‗inoniy, At-Termiziy, Imom Buxoriy, 
Al-Moturidiy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug‗bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa 
ulug‗ ajdodlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatning ro‗yobga chiqishi katta ahamiyatga ega bo‗ldi. 
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an‘analarning «yangi jamiyat qurishda ma‘naviy-ma‘rifiy 
targ‗ibot va ta‘lim-tarbiyaning roli oshirildi. Bu sohani tubdan isloh qilish va yangilash jarayonlari 
izchil amalga oshirilmoqtsa. 
Mustaqil O‗zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli va faol sub‘ektiga aylandi. U 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligida o‗ziga xos va o‗ziga mos o‗ringa ega bo‗lib, mintaqa 
taraqqiyotida muhim rol o‗ynay boshladi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‗zaro hamkorlik va 
qardoshlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning strategik yo‗nalishlari ishlab chiqildi. 
Bunday keng ko‗lamdagi o‗zgarishlar va yangilanishlar jarayoni chuqur asoslangan ilmiy-
nazariy tahlilni, nazariy umumlashmalar, xulosalar chiqarishni, amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni 
ijtimoiy-gumanitar fanlar oldiga dolzarb muammo sifatida qo‗ymoqda. 
Darhaqiqat, yalpi o‗zgarishlar jarayonlarining pirovard natijasida ijtimoiy ong mazmunida 
o‗zgarishlar yuz bera boshladi. Odamlar tafakkurida, fe‘l-atvorida, sa‘y-harakatlarida yangi 


137 
qadriyatlar qaror topdi. Hayotga munosabatlar tizimi o‗zgardi. O‗zbek mentaliteti, milliy xarakter 
mazmunida yangi jihatlar tarkib topa boshladi. Bu bevosita siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma‘naviy 
sohada tub yangilanishlarga, o‗zgarishlarga ma‘naviy asos bo‗lib xizmat qildi. 
Mamlakatda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning 
o‗zbekona tamoyillari vujudga keldi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tarixi, qadimiy madaniyat tiklana 
boshlandi. Xalqning azaliy urf-odatlari, ma‘naviy qadriyatlari uning o‗ziga qaytarildi. Dinga 
munosabat ijobiy tomonga o‗zgardi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling