Тарихшунослик фанидан


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Birinchidan, mavjud va hukmron siyosiy sistemani isloh qilish sovet jamiyatini tubdan 
yangilashni taqozo etadi. 
Ikkinchidan, KPSS rahbar bo‗lgan boshqaruv tizimi va uning butun faoliyatini isloh qilishga 
to‗g‗ri keladi. Bu o‗z o‗zidan lenincha boshqaruv va milliy siyosatda tub burilish qilishni taqozo 
etadi. 
Uchinchidan, ittifoqdosh respublikalar va Markaz o‗rtasidagi munosabatlarga aniqlik 
kiritishni, ularning Konstitutsiyaviy vakolatlarini kengaytirishni talab qiladi. 
To„rtinchidan, gap agar faqat O‗zbekiston haqida borayotgan bo‗lsa, mavjud siyosiy tizim 
yana davom etadigan bo‗lsa, O‗zbekiston SSSR tarkibidan chiqib ketishi mumkinligini ko‗rsatadi. 
Beshinchidan, siyosiy yetakchining tafakkur tarzini, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini 
oldindan payqash, baholash salohiyatini va, eng muhimi, shaxs sifatidagi siyosiy jasorat, siyosiy 
qatiyat, mislsiz iroda va yuksak madaniyat fazilatlarini ko‗rsatadi. 
Islom Karimov tarixan juda qisqa vaqtda o‗zini «tafakkur inqilobchisi» sifatida ko‗rsatdi. Bu 
uning uchun ataylab, islohotlar qilish orqali, uzoq yillar mobaynida inson tafakkurini o‗rab-chirmab 
olgan fikrlash tarzini buzish, buzg‗unchi va shiddatkor oqimga qarshi turishga intilish orqali emas, 
aksincha, tabiiy holatda, shaxsiy fazilatlari, ichki imkoniyatlari, qobiliyati tufayli yuzaga kelayotgan, 
vaqt o‗tgani sayin shakllanib borayotgan voqelik sifatidagi fenomenidan kelib chiqadi. 
Darhaqiqat, Islom Karimov fe‘l-atvori, tafakkur tarzi jihatidan o‗zidan oldingi andozalarning 
tor, biqiq o‗lchovlariga sig‗maydi. Xuddi ana shu fazilatlari tufayli ham butun siyosiy tizimni 
sindirib tashlashga jur‘at etdi. Iqtisodiy-ijtimoiy bo‘hronlar, ma‘naviy-ruhiy parokandaliklar, siyosiy 
va g‗oyaviy tanazzullarni hammadan oldin ko‗ra bildi. Totalitar aqidaparastlik va siyosiy 
dogmatizm sharoitining tobora chuqurlashib borayotganini boshqalardan oldinroq payqadi va katta 
jasorat bilan unga qarshi chiqdi. Аna shu tarzda jamiyatni tubdan yangilashga jur‘at etdi. 
Islom Karimov o‗zining radikal fikrlari va voqelikni kutilmaganda, favqulodda yondashuvlari 
bilan sovetlar imperiyasining inqirozini tezlashtirdi. Kommunistik afsonaning sarobligini isbot etdi. 
O‗zbekistonni, qolaversa, barcha ittifoqdosh respublikalarni g‗oyaviy tanazzul girdobiga tortgan 
sovet totalitarizmiga qarshi tura oldi va uni qat‘iyat bilan yengdi. Harbiy kommunizm va fuqarolar 
sotsializmining lenincha g‗oyalari uydirmalarini fosh etish bilan o‗zining noyob mafkuraviy va 
siyosiy jihatidan butunlay yangi, tasavvurimizga sig‗maydigan dunyoning kashf etuvchisi sifatida 
ko‗rsata oldi. 
Boshqacha qilib aytganda, Islom Karimov fenomeni haqidagi mulohazalar shaxsning tarixdagi 
o‗rni to‗g‗risidagi fikrgina emas. Balki tarixning shaxs borasida taqdiri va qadriyati bilan bog‗liqligi 
hamdir. Zotan, kamdan-kam tarixiy shaxslar tarixning tub burilish nuqtasini belgilab beradilar, 
jarayonlar va turmush tarzining bir xildagi oqimini keskin o‗zgartirib yuboradilar. Butunlay yangi, 
hayotbaxsh va huzurbaxsh turmush kechirish, aniqrog‗i, Inson va Insoniyat taqdiridagi mislsiz 
ma‘naviy ko‗tarilishlar davrini boshlab beradilar. 
Аna shu nuqtai-nazardan qaraganda Islom Karimov shaxsi xalqimizning tarixiy taqdiri, uning 
kechinmalari, iztirob va quvonchlari sifatida vujudga keldi. Boshqacha qilib aytganda, Islom 
Karimov fenomeni o‗zbek xalqining milliy qadriyatlari va ruhiyati, millat sifatidagi fenomeni orqali 
umuminsoniy qadriyatlar va umumjahon siyosati fenomeniga aylandi. 
Tarix g‗ildiragining bir tekisdagi harakatini, me‘yorini bo‗zish hamma vaqt ham quvonchli 
bo‗lavermaydi. Bu bir jihatdan islohotchining mo‗ljalni qay darajada to‗g‗ri olgani bilan bog‗liq 
bo‗lsa, ikkinchi tomondan ayni shu harakatni halokatlarga yo‗l qo‗ymasdan, sinab ko‗rilmagan, 
birov yurmagan xavfli xatarli dovondagi ishonchli harakatni ta‘minlash hamdir. Аna shu tarzda 


135 
uchinchi eng muhim masala yuzaga keladi. Bu bevosita shaxs hayoti, taqdiri bilan bog‗liq bo‗lgan 
tarixiy hodisa. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling