Тарихшунослик фанидан


Iqtisodiy sohada tarkibiy o„zgarishlar


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

 
Iqtisodiy sohada tarkibiy o„zgarishlar 
Istiqlol davrida iqgisodiy infratuzilmalar tarkibi tubdan o‗zgartirilib, mamlakatning ichki 
ehtiyojlari hamda tashqi integratsiyalashuv maqsadlari asosida-gi yaxlit ishlab chiqarish kompleksi 
vujudga keltirildi. Tarqoq, uzuq-yuluq, sobiq ittifoq manfaatlarini ifodalovchi ishlab chiqarish 
korxonalari faoliyatlarini qayta qurish, yangilarini barpo etish asosida mustaqil davlatning yagona 
ishlab chiqarish tizimi barpo etildi. Boshqacha qilib aytganda, mamlakatda sobiq ittifoq 
manfaatlariga yo‗naltirilgan koordinatsiyaga barham berilib, ichki va teng huquqli, foydali 
hamkorlik asosidagi xalqaro koordinatsiyalashuv jarayoni vujudga keltirildi. Shunday qilib, 
O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, uning iqgisodini chetdan turib boshqarishga chek qo‗yilib, 
ichki imkoniyatlardan kelib chiqib boshqariladigan yagona, mustahkam asoslarga ega tizim 
yaratildi. Ayni paytda jahon iqtisodiy tizimining muhim bo‗g‗iniga aylana borib, O‗zbekiston 
xalqaro iqtisodiy koordinatsiyalashuv jarayoniga faol kirishdi. Uning uzviy va ishonchli bo‗g‗ini, 
keng imkoniyatli sub‘ektiga aylandi. 
Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hammabop tavsiyalari, tayyor avdozalari bo‗lmaydi. 
Ayniqsa, madaniy, ma‘rifiy, tarixiy tajribalari asrlar mobaynida shakllangan, mustahkam va 
barqaror an‘analar mamlakati hisoblangan O‗zbekistonday qadimiy makonda o‗ziga xos va o‗ziga 
mos yo‗l tanlanganligi istiqbolni donishmandlarga xos bashorat qilishning yorqin namunasi edi. 
Zero, shu nuqtai nazardan Islom Karimovning «mustaqil O‗zbekiston tug‗ilgan kuniyoq oyoqqa 
turishga, o‗zi yurishga majbur edi», – deyishida chuqur mantiqiy asos bor edi. 
Binobarin, istiqlol yo‗li taraqqiyot tamoyillarini ishlab chiqish jarayonlarida Islom Karimov 
sobiq sovet tuzumidan meros qolgan tajribalarni, mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga 
oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqur tahlil qilib, «soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali 
oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion yo‗l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga 
o‗tish – tanlab olingan yo‗lning asosiy mazmun va mohiyatidir», – degan xulosaga keladi. 
Ayni chog‗da Islom Karimov «O‗zbekiston o‗zi uchun tanlab olgan yo‗l ijtimoiy sohaga 
yo‗naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko‗p darajada 
mos keladigan bozor iqgisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir. Ayni mana shunday yo‗l 
O‗zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqpari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy 
an‘analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma‘naviy, axloqiy kamol 
topishini ta‘minlashi mumkin», – deb qatiy ko‗rsatib bergan edi. 
Islom Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, 
O‗zbekistonda milliy davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‗zagi sifatida 
quyidagi beshta asosiy qoidani o‗rtaga tashladi: 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling