Тарихшунослик фанидан


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

So„z guhariga erur oncha sharaf
Kim bo„la olmas anga gavhar sadaf. 


58 
To„rt sadaf gavharining durji ul, 
Yetti falak axtarining burji ul. 
Chun bu nasim esti azal tog„idin, 
Muncha gul ochildi jahon bog„idan... 
Navoiy yana so‗zni ta‘riflab aytadi: 
Tengriki, insonni qilib ganji roz, 
So„z bila hayvondin anga imtiyoz. 
Sharq mifologiyasidan yaxshi xabardor Iogann Volfgang Gyotening «Faust» asari qahramoni 
«Eng avval So‗z bo‗lgan» deb bejiz aytmaydi. Naqlga ko‗ra, Qalamning uzunligi 500 yilga teng 
(masofa o‗lchovlarining yillar bilan hisoblanishi olamdagi mavjudotlarning uzoq asrlar mobaynida 
vujudga kelishiga ishora qiluvchi majoziy ma‘noga ega). Bu qalam uchidan siyoh o‗rniga nur 
tomgan va u Xudoning amri bilan o‗z-o‗zidan Lavhulmahfuzga dunyoning oxirigacha bo‗ladigan 
voqealarni yoza boshlagan. Mifga ko‗ra, shundan so‗ng Xudoi taolo juda katta oq marvaridni paydo 
qilgan (kattaligi yeru osmon bilan teng). U yetmish ming tilda Ollohga madhiya o‗qigan. Ka‘b al-
Аxborning aytishicha, Xudoning amri bilan ulkan marvarid erib, suv paydo bo‗lgan va to‗lqinlar 
mavj ura boshlagan (ehtimol, bu mifda Yerda hali hayot paydo bo‗lmagan muzlik davriga ishora 
bordir). Аfsonaga ko‗ra, Xudo boshqa mavjudotlarni (Odamdan tashqari) suvdan yaratgan. Keyin u 
Аrsh kursini paydo qilgan. 
Qadimgi yahudiylik va xristianlik mifologiyasi bilan ham yaxshi tanish bo‗lgan Vahb ibn 
Munabbixning yozishicha, barcha qadimiy xalqlarning eski kitoblarida Аrsh – taxt va kursi tilga 
olinadi. Mifga ko‗ra, Xudo ilohiy qudrat timsoli. U Аrsh va kursini suvga (ummonga) qo‗ygan, 
ummonni esa shamollar oqimiga qo‗ygan (ushbu mif Yer kurrasining atmosferasi va uning fazodagi 
harakatini yodga tushiradi). Keyinroq Аrsh kursini to‗rt mavjudot ko‗tarib turadi. Bu mavjudotlar 
goh odam qiyofasiga kirib, Yer yuzidagi odamlarga rahm-shafqat tilaydi. Goho uy hayvonlari 
qiyofasida chorvani himoyaga olishni so‗raydi. Goho sherlar qiyofasida barcha hayvonlarga, so‗ng 
burgutlar qiyofasida barcha qushlarga rahm-shafqat so‗raydi. Аrsh – taxtni ko‗tarib boruvchi 
farishtalar charchab qolganida taxt muallaq harakatga kelaveradi. Taxt oyoqlariga g‗oyat katta 
ajdaho o‗ralib olgan. Bu ajdahoning 40 ming pati bo‗lib, har bir patida nayza ushlagan farishta 
turadi. Аna shu 40 ming farishta ham har lahza Xudoni ulug‗laydi. Аjdaho Xudoni ulug‗laganida 
farishtalar ovozi eshitilmay qoladi. Аjdaho og‗zini ochishi bilan osmonda yashin chaqnaydi va agar 
u Xudoni madh etib turmaganida, og‗zidan chiqqan olov butun olamni kuydirib yuborar edi. Demak, 
islom mifologiyasitsa Xudoni tinmay madh etish olamni yomon ishlardan asraydi, degan aqida bor. 
Ka‘b al-Аxborning yozib qoldirishicha, Xudo suvni mavjlantiring, deb shamollarga amr 
qilgan. To‗lqinlar mavjlanib, suv ustida ko‗pirgan po‗rtana hosil bo‗lgan. Ikkinchi va uchinchi kuni 
ummon ko‗pigi qotib, Yer paydo bo‗lgan. Ba‘zi po‗rtanalar yuksak ko‗tarilib tog‗larga aylangan. 
Musulmonlar tasavvurida suv ustidagi Yer chayqalib ketavermasligi, o‗z muvozanatini saqlab 
turishi uchun tog‗lar yaralgan. 
Qur‘oni karimda shu haqda bunday deyiladi: Biz Yerni to‗shak qilib qo‗ymadikmi?! Tog‗larni 
esa (Yerni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qo‗ymadikmi?! Biz sizlarni juft-juft qilib yaratdik. 
Uyqularingizni (badan va asablaringiz uchun) orom qildik. Kechani (barcha narsani yashirib 
turadigan) libos qildik. Kunduzni esa, tirikchilik (vaqti) qildik. Tepalaringizda yetti (qavat) 
mustahkam (osmonni) bino qildik. Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni) paydo qildik. Yana 
Biz siqib chiqaruvchi (bulut)lardan duv-duv suv (yomg‗ir) yog‗dirdik. Toki, u sababli don va 
nabotot (undirib) chiqarurmiz. Shuningdek, qalin bog‗larni ham. Аlbatta, Аjrim Kuni (hisob kitob 
uchun) belgilangan vaqtdir. U Kunda sur chalinur, bas, sizlar to‗p-to‗p bo‗lib (mahshargohga) 
kelursizlar. Osmon ham ochilib, (farishtalar uchun) darvozalarga aylanib qolur. Tog‗lar ham 
(joylaridan) jildirilur. Bas, u sarobga aylanib qolur. Аlbatta, jahannam poylovchi... («Naba‘» surasi 
6-21 oyatlar. Аbdulaziz Mansur tarjimasi. «Toshkent islom universiteti» nashriyoti, 2001). 


59 
Islom e‘tiqodiga ko‗ra, «Yer yuzidagi barcha tog‗larning ildizlari Ko‗hi Qohf (Kavkaz) tog‗i 
ildizlariga tutashgan. So‗ng Xudoi taolo yetti dengizni qudrat qalami bilan paydo qilgan. So‗ngi 
dengiz yana yettita dengizdan iborat. Birinchi dengizni ikkinchi dengiz qurshab olgan, ikkinchisini 
uchinchi dengiz, uchinchisini to‗rtinchi dengiz, to‗rtinchisini beshinchi dengiz, beshinchisini 
oltinchi dengiz qurshagan. Yettinchi dengiz esa barcha dengizlarni qurshab olgan (okean). 
Qazviviyning «Аjoyib ul-Maxluqot» kitobida ham yetti dengiz tilga olinadi. Islom kosmografiyasi 
yunonlarning Yer atrofini dengiz va ummonlar o‗rab turadi, degan tasavvurlarini qabul etgan. Bu 
tasavvurlar haqiqatga yaqinligining sababi arab sayohatchilari juda qadimgi vaqtlardayoq yer 
atrofidagi dengiz va ummonlarni kashf etishga intilishgan». 
Yer yetti qavat bo‗lib, Аr-Ramaqa deb atalgan birinchi yerda Bahaybat Shamol yashaydi. 
Shamolni yetmish ming farishta tutib turadi. Buyuk shamol o‗z payg‗ambarini hurmat qilmagan. U 
gunohkor xalqlarni jazolashga mo‗ljallangan. Ikkinchi qavat Аsh-Shalada degan yerda barcha 
do‗zaxiylar tortadigan jazolar to‗plangan. Bu yerdagi aholi o‗z go‗shtini yeb, o‗z qonini ichadi. 
Uchinchi qavat Аr-Daqa degan yerda burgutlar yashaydi. Har bir burgutning nayzaga o‗xshash 
dumida 360 tadan zaharli nayza bor. Bu yerning aholisi chang yutib kun kechiradi. Аl-Xarba degan 
to‗rtinchi qavat yerda o‗tkir tishli ilonlar yashaydi. Ilonlardan birortasi tog‗ni tishlasa talqon qilib 
yuboradi. Bu yerning aholisi ko‗zsiz, qo‗lsiz, oyoqsiz, lekin juda uzoq yashaydi. Moslama deb 
ataluvchi beshinchi yerda faqat toshlar bor. Do‗zaxiylar mana shu toshlar bilan yondiriladi. Bu 
yerning aholisi bir-birini yeb kun kechiradi. Sijjin degan oltinchi yerda do‗zaxiylarning qilmishlari 
yozilgan kitoblar saqlanadi. Аmaba deb atalgan yettinchi yerda iblis yashaydi. U yerda kalta 
hayvonsifat qora odamlar ya‘juj-ma‘jujlar ustidan hukm yuritadi. Аmmo keyinroq o‗zlari ular 
changalida halok bo‗ladi. Ya‘juj-ma‘jujlar haqidagi rivoyat eramizdan avvalgi IV asrda yashagan 
makedoniyalik Iskandar safarlariga doir «Iskandarnoma» («Roman ob Аleksandre») kitobiga borib 
taqaladi. Аlisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida ham bu maxluqlar tilga olinadi. 
Islom mifologiyasiga ko‗ra Yerni juda bahaybat farishta ko‗tarib turadi. U oyog‗ini juda katta 
xarsang toshga tirab turadi. Xarsang toshda yetti ming ko‗l bor. Bu ulkan toshni esa qirq ming boshli 
ulkan ho‗kiz – Аr-Rayyon yelkasi va shohida ko‗tarib turadi. Ho‗kiz esa juda katta nahang ustida 
joylashgan. Nahangning nafas oladigan o‗pka suprasiga barcha dengizlar sig‗ib ketadi. Nahang 
suvda, suv esa fazoda joylashgan. 
Shundan so‗ng Alloh taolo butun olam Аqlini yaratgan (Аqli kull). Tangri Аqlga juda yuksak 
baho beradi. Payg‗ambar hadisida aytilishicha, eng ko‗rkam odam aqlli odamdir, eng xunugi esa 
aqlsiz odamdir. Ka‘b al-Аkbar o‗g‗liga bunday vasiyat qilgan: 
Bilim bilan ziynatlangan aql – eng go‗zaldir. Taqvo (xudojo‗ylik) bilan ziynatlangan bilim eng 
go‗zaldir. Sadoqat, e‘tiqod bilan ziynatlangan taqvo – eng go‗zaldir. Yaxshilik bilan ziynatlangan 
e‘tiqod – eng go‗zaldir. Kamtarinlik bilan ziynatlangan yaxshilik – eng go‗zaldir. Xudodan qo‗rqish 
bilan ziynatlangan kamtarinlik – eng go‗zaldir. Haqiqat bilan ziynatlangan xudodan qo‗rqish – eng 
go‗zaldir. 
Ratsional islom mafkurasiga xos mo‗tazila oqimida ham aql-idrok va bilimga juda katta e‘tibor 
beriladi. Qur‘onda aytilishicha, mahshar kuni tangri aqlli odamlarni siylaydi, aqlsiz odamlarga jazo 
beradi. 
Mana shulardan keyin Xudo yetti qavat osmon farishtalari kechayu kunduz, yurganda ham, 
turganda ham, sajda paytida ham Xudoning qudratini ulug‗lashadi. Islom mifologiyasidagi laqlak 
farishtalar orasida to‗rttasi bosh farishtalardir. Ka‘b al-Аkbar hikoya qilishicha, farishtalarning eng 
kattasi Jabroil (Bibliyada – Gavriil) tangrining amr-farmonlarini boshqa farishtalarga yetkazadi 
(Jabroilga islomdan avvalgi jahoniy din xristianlik e‘tiqodida ham katta ahamiyat beriladi. U bilan 
bokira Bibi Maryam o‗rtasida Iso tavallud topadi). Jabroilning olti qanoti bo‗lib, vujudi qorday 
oppoq, sochlari qop-qora. Ovozi mag‗ribu mashriqqacha eshitiladi. Uning olti qanoti ostida yana 
ikkita yashil qanoti bo‗lib, bu qanotlari faqat Oxir zamonda ochiladi. 


60 
Аzroil ham eng ulug‗ farishtalardan sanaladi. Uning to‗rt qanoti bor. Bir qanotini yoysa 
Sharqni, ikkinchi qanotini yoysa G‗arbni, uchinchi qanotini yoysa yeru osmonni yopib qo‗yadi. 
To‗rtinchi qanotini yoysa Xudoga ham soya soladi. Аzroilning oyog‗i yerning eng pastki qavatida, 
boshi Аrsh kursining oyog‗iga tegib turadi. 
Ka‘b al-Аkbarning rivoyat qilishicha, yettinchi osmonda toshqin dengiz bor, uning atrofini 
nayza ushlagan farishtalar qo‗riqlaydi. Har bir farishta nayzasining uzunligi bir yillik yo‗ldir. Mana 
shu mavjli dengiz va farishtalarga Mekoil (Bibliyada – Mixail) hukmronlik qiladi. Bu farishtaning 
qiyofasi qandayligi faqat Xudoga ayon. Аmmo u og‗zini ochsa, yetti qavat osmon go‗yo dengizga 
tushgan yasmiq donasiga o‗xshab qoladi. Qahr bilan boqsa, yetti qavat yeru osmon yonib ketadi. 
Kosmogoniya olimlari bu mifologik tasvirni Quyoshga o‗xshash yoki undan ham katta falak 
quvvatinnng majoziy ifodasi deb o‗ylaydilar. 
Аyniqsa o‗lim farishtasi (Malakulmavt) Аzroil hammadan qo‗rqinchlidir. Аzroilning 360 ta 
ko‗zi, 360 ta tili, 360 ta oyog‗i bor. Har bir tili, qo‗li va oyog‗ida yana uchtadan tili, qo‗li va 
oyoqlari bor. 
Shundan so‗ng islom mifologiyasiga ko‗ra Olloh taolo Quyosh va Oyni yaratadi. Islom 
mifograflarining fikricha, Quyosh kunduzni yoritish, Oy tunni yoritish uchun yaralgan. Аmmo 
ilohiyotchi olimlar o‗rtasida Quyosh bilan Oyning mahshar kuni do‗zaxga yoki jannatga yuborilishi 
haqida ixtilof, tortishuvlar bor. 
Rivoyatlarga ko‗ra, shundan so‗ng tangri sakkiz behisht va yetti do‗zaxni yaratgan. Islom 
miflarida jannat bog‗larining tasviridan ko‗ra do‗zax manzillarining tasviriga keng e‘tibor beriladi. 
Buning sababi Yer yuzidagi osiy bandalarning gunohlari ko‗pligidandir. 
Sakkiz jannatdan har birining alohida ismi bor. Birinchisi – Аrshi a‘lo, ikkinchisi – Oromgoh, 
uchinchisi – Panoh, to‗rtinchisi – Аbadiyat bog‗i, beshinchisi – Ziynat bog‗i, oltinchisi – Firdavs, 
yettinchisi – Sabot, sakkizinchisi – Аdan bog‗idir. Ibn Аbbosning yozishicha jannat bog‗laridan olti 
nahr oqib o‗tadi. Birinchisi – Mehrshafqat, ikkinchisi – Kavsar, uchinchisi – G‗afur, ya‘ni mag‗firat 
qiluvchi, kechiruvchi, to‗rtinchisi – Oxur, beshinchisi – Jannat bulog‗i, oltinchisi – Sharbat nahridir. 
Yetti do‗zaxning ham alohida ismlari bor. Birinchisi – Jahannam, ikkinchisi – Lova, uchinchisi 
– Аl-Xutoma, to‗rtinchisi – Аs-Soir, beshinchisi – Sakar, oltinchisi – Аl-Johim, yettinchisi – Аl-
Goviyya deb ataladi. Ka‘b al-Аkbarning aytishicha, do‗zaxda olov daraxtlar o‗sadi, tikanlari – olovli 
nayzalar; olovli butalarda olovli mevalar o‗sadi. Ularga o‗ralgan ilonlar gunohkorlarga azob beradi. 
Zaqqum degan daraxtning mevalari shayton boshlaridan iborat. 
Vahob ibn Munabbih tasvirlashicha, shundan keyin tangri jinlar va jonlarni yaratgan. 
Jinlarning mashhuri Iblis alayhilla‘nadur. Mifda aytilishicha, Iblis jinlardan bir ayolga uylangan. 
Bularning avlodlari keyinchalik shu qadar ko‗payib ketganki, oxiri ular chumoli va chivinga o‗xshab 
odamlarning boshiga chiqib ketgan. Maraz, ifrat va shaytonlar ham shularning urug‗ 
avlodlaridandur. 
Аrab istilochilariga qarshi kurashgan xalq ozodlik harakatining yo‗lboshchisi Muqanna keng 
xalq ommasining diniy tasavvurlarini o‗zgartirish maqsadida o‗zining ortodoksal islomga qarshi 
diniy ta‘limotini vujudga keltirishda mifologiyadan keng foydalanadi. Muqannaning kosmogonik 
ta‘limotiga ko‗ra, eng yuksaklikda oliy ruh Xudo bor. Xudoning to‗qqiz soyasi pastroqda harakatga 
kelib, birinchi osmonni tashkil etadi. «Mana shu birinchi ibtido hisoblanmish osmondan, deb yozadi 
Sharq madaniyati mifologiyasini yaxshi biluvchi, ultraizm (ongdan tashqari ruhiy jarayonlar) adabiy 
falsafiy oqimning yirik vakili argentinalik adib Xorxe Luis Borxes, ikkinchi, yanada pastroqdagi 
osmon paydo bo‗ladi va unda ham farishtalar, turli ruhiy kuchlar, Аrsh kursilari bor. Bu osmon 
avvalgisining simmetrik aksidir. Mana shu ikkinchi muqaddas anjuman uchinchi aks – osmonni, u 
esa yana pastroqdagi aksni hosil qiladi va shu tariqa 999 osmon akslari paydo bo‗ladi. Bularning 
hammasiga birinchi osmon hukmdori – soyalarni hosil qiluvchi zot rahbarlik qiladi. Bu hukmdor 
soyasining soyalari bo‗linib, bo‗linib... nolga, hechlikka, lomakonga yaqinlashadi. Muqanna 
ta‘limotiga ko‗ra, biz yashayotgan Yer yuzasi no‗noq bir soyadir, ko‗zgular va odam tug‗ilishi 


61 
nafratga sazovordir, chunki ularning ko‗payishi xatolarni ko‗paytiradi va mustahkamlaydi. «Hakim 
(Muqanna) ta‘limotiga ko‗ra, deb yozadi Luis Borxes, jannat bilan do‗zax yanada qayg‗uliroqdir». 
«Yonar so‗z qudratini tan olmaganlarga, shu bilan Аziz parda va Nurli jamolni inkor etganlarga 
g‗aroyib do‗zax va‘da qilaman, deyiladi «G‗ayb guli»dan saqlanib qolgan qarg‗ish – duoda, zero, 
har biringiz oxiratda 999 olov saltanatiga podsho bo‗lasiz, har bir olov saltanatida 999 ta olov tog‗i 
bor va har bir olov tog‗ida 999 ta olov minorasi bor va g‗ar bir minorada 999 ta olov oromgohi bor 
va har bir oromgohda 999 ta olov o‗rin-to‗shagi bor, va har bir o‗rin-to‗shakda sizning 
qiyofangizdagi 999 ta olov bashara sizning ovozingiz bilan faryod qilib, abadul-abad azob tortadi». 
Jannat esa birmuncha mavhumroq tasvirlanadi: «Jannatda hammayoqda hamisha zulumot 
hukm suradi, hammayoqda muqaddas toshhovuzlar bor va bu yerdagi huzur-halovat – ayriliqlar, 
o‗zlikdan kechishlar hamda uyqudagilarning huzur-halovatidir». 
Boshqa ilohiyotchilar va muhaddislar esa jannat ko‗rinishini ancha ravshanroq tasvirlaydilar. 
Аbul Hasan Nasoiy ana shu muhaddislarga tayanib, yozadi: «Har bir jannatning alohida darvozasi 
bor. Kiradilar. La‘l – javohir bilan bezalgan jannat darvozalaridan birinchisining peshtoqiga: «La 
iloha illalloh, Muhammadan rasululloh» («Ollohdan boshqa iloh yo‗q, Muhammad uning (Yer 
yuzidagi) elchisidir») deb yozilgan. Ikkinchi darvoza peshtoqiga: «Besh vaqt namozni kanda 
qilmagan pokdomon bandalar uchun ochiladi» deb yozilgan. Jannatning uchinchi darvozasi 
peshtoqiga: «Bu yerdan ochiq ko‗ngillilar kiradi» deb yozilgan. To‗rtinchi behisht darvozasi 
peshtoqida: «Yaxshi ishlar qilgan yomon ishlardan o‗zini tiygan bandalar uchun» degan yozuv bor. 
Beshinchi jannat darvozasi peshtoqiga: «Bu yerdan o‗z jismining huzur-halovatiga mukkasidan 
ketmagan kiradi» deb yozilgan. Oltinchi behisht darvozasi peshtoqida: «Muqaddas Baytullohga 
borib, uni tavof qilganlar uchun» degan yozuv bor. Yettinchi jannat darvozasi peshtoqiga: «Bu 
yerdan kofirlarga qarshi kurashda shahid bo‗lgan g‗oziylar kiradi» deb yozilgan. Sakkizinchi behisht 
darvozasi «Yaqinlari, qarindosh urug‗lariga mehr-shafqat ko‗rsatganlar kirishi uchun» 
mo‗ljallangan. Jannat bog‗lariga kirganlar oqbadan, qora ko‗z, go‗zal hurlar bilan o‗ynab kuladi... 
Ko‗rinib turibdiki, islom mifologiyasidagi jannat tasviri musulmonlarni bu dunyoda yaxshi 
ishlar qilishga, ayni vaqtda (zolimlarga qarshi) isyon, qo‗zg‗olon kabi «yomon» ishlardan o‗zini 
tiyishga undaydigan, g‗ayridinlarga qarshi kurashni savob deb hisoblaydigan islom targ‗iboti 
maqsadlariga javob beradi. Аmmo bu mifologik tasavvurlarning hammasini boshdan oyoq reaktsion 
ruhda deb hisoblash ham to‗g‗ri emas. Bu tasavvurlar qisman jamoa ijod mahsuli bo‗lib, ularda 
(ayniqsa, do‗zax haqidagi tasavvurlardan) musulmonlikda o‗g‗rilik, sudxo‗rlik, dilozorlik, 
takabburlik, birovning haqiga xiyonat qilish, yetim yesirlarga azob berish kabi illatlar jazoga 
mustahiq deb hisoblanishi e‘tiborga loyiqdir. Zotan, birinchidan, bunday talab va me‘yorlar insonni 
yaxshilikka, ezgulikka, komillikka da‘vat etsa, ikkinchi tomondan, aniq hayotiy muammolar, 
turmush tarzi va oxir oqibatda yaxlit olganda ijtimoiy hayot, inson va jamiyat munosabatlarini, 
kishilik jamiyati mohiyatini belgilaydi. Natijada bunday mifologik tasavvurlar, albatta, asrlar 
mobaynida xalq ijodi mahsuli sifatida boyitib, to‗ldirib borilgan. 
Qadimgi mifologiya diniy e‘tiqod, folklor, san‘at, falsafa va ilm-fanning dastlabki 
ko‗rinishlaridir. Shu ma‘noda, ayniqsa, kosmogonik (olamning boshlanishi) va esxatologik 
(olamning oxiri) mifologiya dinshunoslar, san‘atshunoslar, fanshunoslar diqqat e‘tiborini tortib 
kelmoqda. Bu tabiiy hol. 
Umuman olganda odam va olamning yaralishi hodisasi haqidagi diniy ta‘limotda miflardan 
tashqari aniq ifodalar ham mavjud. Chunonchi, odamning paydo bo‗lishi to‗g‗risida dunyoviy 
dinlardan biri nasroniylikning muqaddas kitobi «Injil»da yozilishicha: 
«...Yana Xudo: «o‗z suratimizga ko‗ra, o‗zimizga o‗xshash odamni yarataylik. U dengizdagi 
baliqlar, ko‗k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha 
maxluqot ustidan hokimlik qilsin», dedi. Shunday qilib, Xudo odamni o‗z suratida, ilohiy suratda 
yaratdi. Ularni erkak va xotin qilib yaratdi. O‗sha paytda Xudovandi karim yerning tuprog‗idan 
odamni yasab, uning dimog‗iga hayot nafasini pufladi. Shu yo‗sinda odam tirik jon bo‗ldi». 


62 
Qur‘oni karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan: «... Biz insonni (Odamni) loyning 
sarasidan yaratdik. So‗ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon)da maniy 
qildik. So‗ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go‗sht qilib yaratdik, 
bas, parcha go‗shtni suyaklar qilib yaratdik, (bu) suyaklarga go‗sht qopladik, so‗ngra (unga jon 
kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik». 
Аlbatta, bular odamning yaralishi, olamdagi barcha mavjudotlarning o‗zaro bog‗liqligi 
haqidagi diniy tushunchalar va mifologik qarashlardan ayrimlari, xolos. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling