Тарихшунослик фанидан


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

o„n birinchidan, ayni paytda, xususan, biz uchun huquq tarixi, davlatchilik tarixi, 
sotsiologiya, antropologiya, insonshunoslik, inson sotsiogenezi kabi qator fanlar bilan bog‗liq holda 
yaxlit tarixni idrok etish va boshqa masalalar muammo bo‗lib qolmoqtsa. 
Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fani o‗rtasidagi hamkorlik muhim 
ahamiyat kasb etadi. Zotan, I. Lakatos fikriga ko‗ra «Tarix falsafasi tarix fanisiz bo‗shliq. Tarix fani 
esa tarix falsafasisiz ko‗rdir». Demak, ushbu g‗oyadan kelib chiqib aytish mumkinki, tarix fanining 
taraqqiyoti tarix haqiqatini tiklash, tarixiy jarayonni u qaysi davrga bog‗liq bo‗lishidan qati nazar 
qanday yuz bergan bo‗lsa shundayligicha ifodalash tarix fanining birdan-bir vazifasidir. Tarix 
falsafasining vazifasi esa tiklangan tarixiy jarayon atrofida falsafiy, mantiqiy fikr yuritib, 
mushohada etib, tarixiy tafakkur orqali voqelik mohiyatini to‗g‗ri ifodalab berish bilan belgilanadi. 
Bir qarashda tarix falsafasi bilan tarix fani boshqa-boshqa, bir-biriga daxlsiz yo‗nalishday 
ko‗rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqelikka, insoniyat tarixidagi qaysidir hodisaga tarixchi 
tarixchi ko‗zi bilan, faylasuf faylasuf ko‗zi bilan qaraydi. 
O‗z vaqtida asotirlar ma‘lum bir qabila, etnos yoki urug‗ doirasida avloddan-avlodga uzluksiz 
tarzda o‗tib borgan umumiy qarashlar tizimi sifatida mavjud bo‗lsa-da, undan asta-sekinlik bilan 
jahon, boshqa mintaqalarda yashayotgan xalqlar haqidagi ma‘lumotlar ham o‗rin ola borgan. R. 
Kollingvud bu jarayonni o‗rganar ekan, jamiyatni tarixiy anglashni teokratik tarix deb nomlaydi. 


52 
Unda har bir rivoyat va afsonalar qatnashchilari o‗sha voqealarning ishtirokchisi yoki tashkilotchisi 
emas, balki Xudo xohish-irodasini, aniqrog‗i, amrini bajaruvchi shaxslar sifatida gavdalangan. 
Tarixchi A. Losev to‗g‗ri ta‘kidlaganidek, asotirlardagi tarixiy davr hali bu to‗la anglangan 
hodisa emas. U xuddi harakatsizday. «Bizning fikrimizcha, tarix uchun shaxs kerak, jamiyat kerak, 
shaxs va jamiyatning bir holatdan ikkinchi bir holatga o‗tishiga ehtiyoj kerak. Asotirlar davrida esa 
shaxs ham, jamiyat ham, harakat ham yo‗q». 
Undan keyingi taraqqiyot yo‗li bevosita tarixni anglash yo‗li – jahon tarixi, insoniyat o‗tmishi 
va shu bilan birga alohida-alohida xalqlar, mamlakatlar, qolaversa, mintaqalar doirasidagi tarixni 
o‗rganishga olib keldi. Yanga uchinchi ming yillikda dunyo tarixini yangicha nazar bilan o‗rganish, 
uning butun silsilalari orqali kishilik jamiyati taraqqiyoti, insoniyat tafkkurining mezonlari hamda 
bizga meros qolgan buyuk tarixning yorug‗ va qorong‗u tomonlarini mumkin qadar o‗rganish 
vazifasi zimmamizda turibdi. Yangi ming yillik taraqqiyot yo‗li bizni o‗tmish bilan ana shu tarzda 
bog‗lab turibdi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling