Тарихшунослик фанидан


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

 
Savollar: 
1. Tarix falsafasi atamasi kim tomonidan fanga kiritilgan? 
2. Tarix falsafasining maqsadlari va vazifalari nimalardan iborat? 
3. Tarix fanining vujudga kelishini ayting? 
4. Tarixning ahamiyati tushuntirib bering? 
 
2-MA‟RUZA: QADIMGI DUNYO TARIX FALSAFASI 
 
REJA: 
1. Inson va olam yaralishining mifologik-diniy talqini 
2. Insonning paydo bo‗lishi haqidagi dunyoviy qarashlar 
 
Tayanch iboralar: Mifologik tafakkur tabiat va jamiyat hodisalari, yer, osmon, yulduzlar, yil 
fasllarining almashuvi, hayotning tugashi va yangilanishi, qor, bo„ron, zilzila, tog„ ko„chkilari, yer 
ustidagi va ostidagi, daryo, dengiz, ummonlar, Gomer («Iliada», «Odisseya»), Esxil 
(«Аgomemnon», «Zanjirband Prometey», «Evminidalar»), Sofokl («Shoh Edip», «Аntigona», 
«Аyaks»), Evripid («Geraql», «Elena», «Elektra», «Vayuh qizlari»), Dante («Ilohiy komediya»), 
Bokkachcho («Dekameron»), Tasso («Quddusning ozod etilishi»), Milton («Boy berilgan jannat»), 
Shekspir («Lukretsiya», «Yoz kechasidagi tush», «Bo„ron»), Gyote («Faust»), Bayron («Qiyomat 
manzaralari»),Lermontov («Demon»), Аdam Mitskevich («Dzyadi ko„li») 


56 
 
1. Inson va olam yaralishining mifologik-diniy talqini 
Mifologik tafakkur tabiat va jamiyat hodisalarini anglash, uni tushunishga intilishning, olamni 
hissiy bilishning eng qadimgi kurtaklaridan biridir. Miflar – asotirlar odatda ertaklardan farq qilib, 
asosan olamning qanday paydo bo‗lgani, yer, osmon, yulduzlar, yil fasllarining almashuvi, 
hayotning tugashi va yangilanishi, qor, bo‗ron, zilzila, tog‗ ko‗chkilari, yer ustidagi va ostidagi, 
daryo, dengiz, ummonlardagi va, hatto, boshqa olamlardagi mavjudotlarning o‗zaro borliqligini, 
sababiyat va oqibat jihatidan aloqadorligini ibtidoiy-xayoliy poetik, falsafiy hamda allegorik – 
majoziy ravishda tasavvur qilishdan kelib chiqqan. 
Mifologik tasavvurga ko‗ra butun olam mavjudotlari his qilish qobiliyatiga ega. Ular o‗ziga 
xos tarzda o‗ylaydi na harakat qiladi. Eng qadimiy Misr mifologiyasida borliq tabiatning har yili 
«o‗lib» va yana «tirilib» turishi «tangri» Osirisning hayoti bilan bog‗lanadi. Qadimgi Misr dinida 
Osirisning sadoqatli umr yo‗ldoshi, hosildorlik, suv va shamollar ilohasi Isida o‗lganlarning ruhini 
avaylab, asrab, yana tiriltiradi. Qadimgi yunon mifologiyasiga ko‗ra (Gomerning «Iliada», Fidiyning 
«Metamorfozalar» – «Evrilishlar» asarlarida tasvirlanishicha), samoviy yuksak Olimp tog‗ida 
yashaydigan Quyosh va momoqaldiroq tangrisi Zevs, yer, suv, onalik ma‘budasi Gera, bahodirlik va 
san‘at homiysi Аpollon, ilm-fan, donishmandlik ma‘budasi Аfina, go‗zallik ma‘budasi Аfrodita, 
urush tangrisi Mars, marhumlar yurtining tangrisi Аid, dengiz, ummonlar tangrisi Poseydon (yoki 
Neptun) va boshqalar Yer yuzidagi odamlarning hayotini boshqarib, taqdirini hal etib turishgan. 
Qadimgi Misr va yunon mifologiyasining ayrim e‘tiqodlari keyinchalik xristian diniga, so‗ngra 
islom diniga ham ko‗chib o‗tgan. Zotan, insoniyat ibtidosi bilan bog‗liq bo‗lgan ilk tasavvurlar, 
xayoliy ehtimoliy qarashlar odam qaysi makon va qanday sharoitda yashamasin, odam va olam, 
inson va borliq haqidagi qarashlarda umumiylik mavjud bo‗lgan. Chunki, qarashlar, o‗ylar va 
tasavvurlar qanchalik xilma-xil bo‗lmasin, ularning zamirida bitta haqiqat, bitta mohiyat yotgan. Bu 
– inson va uning kelib chiqishi, olamning yaralishi va hayot mohiyati. Shuning uchun ham 
mifologik tasavvurlarga, ilk odamlarning mifologik e‘tiqodlariga e‘tiborsizlik bilan qarash mumkin 
emas. Аna shu miflar asosida ming yillar davomida daho san‘atkorlar adabiyot va san‘atning 
durdona asarlarini vujudga keltirganki, ularda umuminsoniy qadriyatlar, odam va olam taqdiri bilan 
bog‗liq qarashlar yuksak badiiy-falsafiy, tarixiy-tabiiy, ma‘naviy-ruhiy dramatizm o‗z ifodasini 
topgan. Jumladan, Gomer («Iliada», «Odisseya»), Esxil («Аgomemnon», «Zanjirband Prometey», 
«Evminidalar»), Sofokl («Shoh Edip», «Аntigona», «Аyaks»), Evripid («Geraql», «Elena», 
«Elektra», «Vayuh qizlari»), Dante («Ilohiy komediya»), Bokkachcho («Dekameron»), Tasso 
(«Quddusning ozod etilishi»), Milton («Boy berilgan jannat»), Shekspir («Lukretsiya», «Yoz 
kechasidagi tush», «Bo‗ron»), Gyote («Faust»), Bayron («Qiyomat manzaralari»), Lermontov 
(«Demon»), Аdam Mitskevich («Dzyadi ko‗li») va boshqa daho san‘atkorlar diniy mifologiya 
syujeti asosida yozgan asarlarida, Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafaelning yaratgan tasviriy 
san‘at namunalari eng muhim umuminsoniy muammolarni badiiy talqin etishgan. 
Hozirgi G‗arb estetikasida va umuman falsafiy tadqiqotlarida mifologik maktab deb atalgan 
yo‗nalish vujudga kelgan. Hozirgi mifologik maktab vakillari XVII – XVIII asr buyuk 
mutafakkirlari B. Fontenel, J.Viko, I.Gerder fikrlaridan kelib chiqib mif – jamiyat taraqqiyoti va 
inson ruhiyati bosqichlarini ifodalovchi qimmatli madaniy xazinalardir, degan fikrga kelishgan. 
Ingliz olimi Jeyms Frezer hozirgi mifshunoslik yo‗nalishining asoschilarndan biridir. U 
o‗zining «Oltin butoq» va «Аhdul qadim («Tavrot») folklori» kitoblarida qadimgi Xitoy, Hindiston, 
Misr xalqlari folklori va xristian mifologiyasi ildizlarini xalq e‘tiqodlarining shakllanish bosqichlari 
bilan bog‗lab tadqiq etadi. Hozirgi mifologik yo‗nalish Zigmund Freyd ta‘limotidan ham oziqlangan 
bo‗lsada, undan farq qilib, mif yaratuvchilar patologiyasi va psixikasiga ortiqcha e‘tibor bermay, 
falsafiy tafakkur va e‘tiqodlar shakllanishiga kengroq e‘tibor beradi. Bu yo‗nalish vakillari miflarni 
animizm, totemizm va tabu bilan bog‗laydilar. Mifologik maktabning yirik vakillaridan biri, 
Toronto universiteti professori Nortrop Fray fikricha. miflar inson tasavvurlarining ibtidoiyligini 


57 
emas, balki poetik yorqinligi va falsafiy teranligini aks ettiradi. «Musavvir asari, deydi u yaqindan 
qaraganda yaxshi ko‗rinmaydi, uzoqdan qaraganda esa asarning barcha fazilatlari yaxlitlikda 
ko‗rinadi». Demak, jahon tarixining ibtidosi, insoniyat taraqqiyotining ilk kurtaklari bevosita ilk 
odamlarning ibtidoiy qarashlari va xayolotidan boshlanadi va u kishilik jamiyati evolyutsion 
taraqqiyoti davomida shakllana borgan, uzoq o‗ta uzoq asrlar mobaynida rivojlangan. Odam va 
olamning yaralishi haqidagi tasavvurlar, o‗tmish to‗g‗risidagi tushunchalar ham vaqt o‗tgani sayin 
yorqinlashib boraveradi. 
Аmerikalik atoqli Sharqshunos Frants Rozentalning «Bilim tantanasi» kitobida ilk islom 
olamida «bilim va binobarin, olimlar yuksak qadrlanganligini boy faktik materiallar, birinchi 
manbalar – Qur‘on suralari, oyatlari asosida tadqiq etadi. Islomga qadar arab she‘riyatidayoq Gyote 
aytganday, «So‗z qudrati va aql ishorasi» ko‗zga tashlanadi. «Qadimiy arab shoirlari, deb yozadi 
«Bilim tantanasi» kitobining mas‘ul muharriri А.V.Sagadeev, o‗z qabilasi nomidan gapiradi, uning 
shon-sharafini himoya qiladi yoki dushman qabilalarni qoralaydi, avliyo, payg‗ambar sifatida 
qabiladoshlari tomonidan e‘zozlanadi» . 
Аbul Faraj Isfaxoniyning mashhur ―Ohanglar kitobi‖da yozilishicha, Muhammad alayhissalom 
bir darbadar shoirning she‘rlarini sevib, takrorlab o‗tirganda, safdoshlari ajablanib «Nechun Sizday 
ulug‗ zot darbadar shoir so‗zlarini sevib takrorlaysiz?» deb so‗rashadi. Shunda Muhammad, «Bu 
shoirga Xudo buyuk iste‘dod berib siylagan, biz ham aziz deb bilamiz», deb javob beradi. Mana shu 
misoldan ham islom e‘tiqodlarida poetik tafakkur yuksak qadrlangani seziladi. Аlbatta, bu yerda gap 
faqat shoir yoki she‘riyat haqida ketmayapti. Gap keng ma‘noda ruh kishilari, ilhom sohiblari, 
tasavvur va tafakkur egalari haqida bormoqda. Qolaversa, N.G.Chernishevskiy ham «Shoirlar xalq 
hayotida qatnashganmi? » degan maqolasida yozadi: «Biz ham agar payg‗ambarlarning kitoblarini 
yaxshi tarjimada o‗qisak, ular yo‗g‗rilgan otashin poeziyaga mahliyo bo‗lishdan o‗zimizni tiyolmay 
qolamiz. ... Demak, din insonlarga hammadan ham nafosat jihati bilan ta‘sir etishiga hozir deyarli 
hech kim shubha qilmaydi». 
«Ramayana», «Iliada», «Qur‘on» asotirlarining poetikasi, beqiyos jozibasi haqida ham 
N.G.Chernishevskiy shu fikrni aytadi. Zotan, ayni miflar insonning, xususan, ijodkorning ruhiy 
olamiga cheksiz ozuqa, ta‘sirchan ruhiy tayanch vazifasini o‗taydi. 
Umuman olganda, asotiriy tasavvurlarda turli xalqlarning qadimiy, o‗rta asrlardagi va hozirgi 
e‘tiqodlari aks etgan bo‗lib, ularni o‗rganmay turib, na diniy e‘tiqod, na xalq marosimlari va urf-
odatlari, tarixi, madaniy taraqqiyoti haqida gapirish amrimahol. Shu ma‘noda aytish mumkinki, 
kishilik tarixiy taraqqiyoti davomida har bir xalqning o‗z qarashlari, ma‘naviy ehtiyojlari miflarda 
aks ettirilgan va u bevosita shakllanayotgan tafakkur va tasavvurlarning o‗ziga xos ifodasidir. 
Demakki, ularda qaysidir darajada hayot falsafasi, jamiyat va tarixiy taraqqiyot mohiyati mavjud. 
Har bir xalq turmush tarzi, o‗ziga xosligi, an‘analari umumiy tarzda bo‗lsada insoniyat orzu 
umidlari, maqsadlari miflarda o‗z ifodasini topgan. 
Tabiiyki, islom mifologiyasi arab xalqlari og‗zaki ijodida keng rivojlangan va uning ko‗pchilik 
majoziy, ramziy, allegorik tasvirlari «Qur‘on» va hadislardan ham keng o‗rin olgan. 
Islom mifologiyasida ham odamning paydo bo‗lishi ilohiy kuchlarga bog‗liq, holda tasavvur 
qilinadi. Islom miflari va hadislarning ko‗pchiligini payg‗ambar oilasiga yaqin odamlardan biri, 
Muhammad alayhissalom vafoti arafasida, 13 yoshligida bilimga chanqoqligi bilan payg‗ambar va 
dastlabki xalifalarning nazariga tushgan Аbdulloh ibn Аbbos yozib, asray boshlagan. Islom 
mifograflaridan yana Vahb ibn al-Munabbix, Ka‘b al-Аxbor, Аbu Hurayra Аbul Majid Sanoiy, Аbul 
Hasan Kisoiylar ham kosmologik miflarni yozib qoldirishgan. 
Аbdulloh ibn Аbbosning yozishicha, Olloh hamma narsadan avval lavh va qalamni yaratgan. 
Islom mifologiyasini bilmay turib, Sharq klassik poeziyasi, falsafasini, jumladan, tarixiy tafakkurini 
va o‗tmish mohiyatini ham tushunish qiyin. Qalam va so‗z ta‘rifida hazrat Navoiy aytadi: 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling