Тарихшунослик фанидан


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

birinchidan, insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari va mohiyatini 
o‗rganish; 
ikkinchidan, insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha ta‘sirini o‗tkazib 
kelayotgan kommunistik mafkura asosidagi ilmiy metodologiyada mavjud bo‗lgan tamoyillardan 
voz kechib, milliy istiqlol g‗oyasi asosida o‗rganish va davrlashtirish muammosini hal etish; 
uchinchidan, sivilizatsiyalar va madaniyatlar yuzaga kelishining yaxlit tizimini ishlab chiqish, 
ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish; 
to„rtinchidan, tarixiy jarayonning umumiy shaklini tahlil etish, ularni o‗tmish, bugun va 
kelajak tizimida mantiqan o‗rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga aniqlik kiritish; 
beshinchidan, tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonuniyatlar nuqgai nazaridan 
o‗rganish, nazariy jihatdan baquvvat, ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan xulosalarni ishlab chiqish; 
oltinchidan, qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqgai nazaridan tadqiq etish va 
baholash; 
yettinchidan, insoniyat tarixida to‗plangan moddiy, ma‘naviy va madaniy qadriyatlarning 
tarixiy tahlil orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o‗rganish; 
sakkizinchidan, tarixni anglashning yangi yo‗nalishlarini hozirgi zamon falsafiy tafakkur 
mezonlari asosida belgilash hamda unga tayangan holda va ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarini 
aniqlash orqali tarixning murabbiylik rolini oshirish; 
to„qqizinchidan, yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini va manbalarini o‗rganish, shu asosda 
jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash; 
o„ninchidan, tarix fani predmeti va metodologiyasini hozirgi zamon talablari asosida qayta 
ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo‗nalishlarini, jumladan, siyosiy tarix, iqtisodiy 
tarix, ijtimoiy tarix, madaniyat tarixi, din tarixi, san‘at tarixi, etnogenezis va boshqa yo‗nalishlar 
bilan mushtarak hodtsa kompleks tadqiqotlarni olib borish orqali inson, insoniyat va uning tarixi 
yaxlit mohiyatini ochib berish; 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling