Тарихшунослик фанидан


Tarixiy jarayon va vorisiylik


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Tarixiy jarayon va vorisiylik 
Tarixiy tafakkur o‗zvda inson mohiyatini, uning tarixiy mavjudot sifatidagi olamini ifoda 
etuvchi tushunchadir. Zotan, inson tarixiy mavjudot sifatida o‗z ijtimoiy tabiatiga taalluqli 
voqelikkina emas, ayni paytda u juda katta ma‘naviy-axloqiy mezonlar orqali tarixiy davomiylik, 
tarixiy vorislik va kelajak oldida mas‘ullik qadriyati hamdir. Tarixiy tafakkur orqaligina inson 
o‗tmish va kelajak o‗rtasida vositachi, bog‗lovchi, ko‗prik vazifasini o‗taydi. Ana shu ijtimoiy 
voqelik bevosita insonning kishilik jamiyati tadrijiy taraqqiyotiga bog‗liq hodisa sifatida o‗zini 
namoyon etadi. Insonning ijtimoiy tafakkurida bevosita u yashab turgan davr mohiyati o‗tmish va 
kelajak to‗qnashuvida ochiladi va to‗laqonli mohiyat kasb etadi. Har bir davr tarixiy voqealarning 
mohiyatini tushunishda, unga mos ijtimoiy sharoitni vujudga keltirishda ana shu tarixiy ong
madaniy-ma‘naviy saviya, axloqiy va ruxiy mezonlar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ijtimoiy ongning barcha ko‗rinishlarida insonning ijtimoiy xarakteri, fe‘l-atvori, hatti-harakati 
u yoki bu shaklda aks etadi. Boshqacha qilib aytganda, insonda uning biologik mavjudlikdan 
tashqarida bo‗lgan qalb, ruh, ong va tafakkur bilan bog‗liq bo‗lgan, faqat insongagina xos bo‗lgan 
qadriyatlar tizimi ustuvorlik qiladi. Ana shu ustuvorlik insonning tarixiy, ijtimoiy tafakkuriga asos 
bo‗ladi. 
Mavjud tarixiy sharoitda yuzaga kelgan ijtimoiy madaniyat tarixdan ajralgan muallaq voqelik 
emas. Aksincha, u o‗zidan oddingi davrlar va bir necha ming yillik evolyutsion taraqqiyotning 
hosilasi sifatida yuzaga keladi. Demak, jamiyat inson orqali ma‘naviy madaniyat qiyofasini egallar 
ekan, u tarixiy tajriba va ijtimo-iy amaliyotning o‗ziga xos sinteziga aylanadi. 
Ayni ana shu hodisa insonning paydo bo‗lishi, uning genezisi orqali mavjud shakllangan 
tarixiy ong, uning mahsuli bo‗lgan kishilik jamiyatining yutug‗iga aylanadi. Ayni paytda bu tarixiy-
madaniy vorislikning mustahkam va qat‘iy rivojlanish dinamikasidan dalolat beradi. 
Hayvonot olami hech qachon his-tuyg‗u, fikrlash va munosabat bildirish, so‗zlash 
imkoniyatlariga ega bo‗lmaganidek, o‗z xususiyatlarini bir joyga jamlay ololmaydi. Garchi qaysidir 
intuitiv aloqalar orqali turdoshlari o‗rtasidagi yaqinlik, onalik va bolalik hissi, otalik mas‘uliyati, 
bolani boqish va asrash imkoniyatlariga ega bo‗lsa-da, o‗zining boshqa jiddiy manfaatlari atrofida 
jamoaga aylana olmaydi. Buni idrok ham etolmaydi. 
Inson esa xuddi ana shu fazilati bilan ulardan farq qiladi. Uning tabiatida xilma-xil faoliyat, 
xilma-xil munosabat, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, manfaatlar ustuvorligi uchun 


55 
munosabatlar to‗qnashuvi yuzaga keladiki, bu odamlarning o‗zaro bir-birini tushunishiga, hamjihat 
bo‗lib yashashiga, inson hayotining ijtimoiy mohiyat kasb etib, kishilik jamiyatining shakllanishiga 
olib keladi. 
Inson aql-zakovati, intellektual imkoniyatlari ayni bir insonga xos bo‗libgina qolmay, u 
ijtimoiy mohiyat kasb etib, jamoa yutug‗i sifatida dunyoga keladi. Boshqacha qilib aytganda, har 
qanday intellektual imkoniyat tashqi ta‘sir, jamoatchilik fikr-mulohazalari, boshqalarning salbiy yo 
ijobiy ta‘siri, kimlarningdir yo‗l-yo‗riqlari orqali rivojlanadi va oxir-oqibatda umuminsoniyat 
yutug‗iga aylanadi. 
Ayni ana shu holatdan kelib chiqib, kuchlarni birlashtirish, qobiliyatlar va iste‘dodlar 
imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali yalpi ijtimoiy hayot va tarixiy taraqqiyotning o‗ziga xos 
modellari ishlab chiqiladi. 
Ijtimoiy faollik insonning jamiyat ijtimoiy- tarixiy jarayonlariga ishtirokini ta‘minlaydi. 
Tarixiy xotira rivoji, ma‘lum bir individ tomonidan kollektiv tajribaning o‗zlashtirilishi oqibatida 
yangi tajribaning yangi qirralari vujudga keladiki, bu bevosita alohida individ doirasidan chiqib 
ketib, yalpi ijtimoiy tafakkur mohiyatiga ega bo‗ladi. 
Tarixiy taraqqiyot bosqichlarida avloddan-avlodga o‗tib boradigan vorisiylik, ulkan madaniyat 
va boshqa qadriyatlarga merosxo‗rlik tarixiy nuqtai nazardan etakchi va ta‘sirchan tarbiyaviy 
mexanizmga aylanadi va aytish mumkinki, har qanday madaniy yutuq ayni o‗sha davr yutug‗igina 
emas, balki ungacha to‗plangan tajribalar va avlodlar shajarasi orqali etib kelgan qadriyatlar natijasi 
yoki tarixiy bilimlar ifodasidir. 
Har qanday inson alohida individ sifatvda to‗plangan tajriba, tarixiy xotira, tarixiy merosning 
o‗ziga xos davomchisi. Faqat ayni ana shu tajriba va merosga kim qanday shaklda, qanday maqsadni 
oldiga qo‗yib yondashganligi bilan farq qiladi. Bu o‗z-o‗zidan tarixiy merosga yondashishda uslub 
muammosini keltirib chiqaradi. 
Demak, har bir kishi alohida shaxs, alohida dunyo, o‗ziga xos fe‘l-atvor, munosabatlar, 
muammolar mezonlariga ega ekan, tarixiy tajribaga munosabatda ham o‗z dunyoqarashi, o‗z 
munosabati va uslubi orqali yondashadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling