Тарихшунослик фанидан
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
- To„rtinchidan
- Beshinchidan
birinchidan, har bir tarixiy jarayon, ijtimoiy-siyosiy voqelik qandaydir siyosiy manfaat asosida
dunyoga keladi. Ayniqsa bosqinchilik, bir hukmdor tomonidan ikkinchi bir mamlakatni zabt etish jo‗g‗rofiy-siyosiy strategik maqsad ekanligi tabiiy hol. Shuning uchun ham ayni ana shunday jarayonlarni o‗rganayotganda, uni baholayotganda siyosiy mezonlar nuqgai nazaridan turib ham baholash zarur. Ikkinchidan, tarixning iqtisod bilan bog‗liqligi. Davlatlar o‗rtasidagi o‗zaro nizolar va bosqinchilik harakatlari bevosita mag‗lub mamlakat va xalq iqgisodiy imkoniyatlarini zo‗ravonlik bilan o‗zlashtirish, tarixan shu zaminda yashab kelgan xalq boyliklarini talon-toroj qilish, er osti va er usti boyliklariga egalik qilish maqsadining mahsulidir. Demak, xalqlar va mamlakatlar tarixi o‗rganilganda uning iqtisodiy imkoniyatlariga e‘tibor bermoq lozim. Uchinchidan, tarixiy jarayonning mantiq bilan bog‗liqligi muayyan bir hodisaning nima uchun boshqa shaklda emas, aynan shu shaklda, nima uchun oldinroq ham emas, keyinroq ham emas, ayni shu paytda yuz berganini o‗rganish bilan belgilanadi. Zotan, har qanday voqea tagida mantiq yotishi shubhasiz. Aks holda mamlakatlar, saltanatlar orasidagi kurashlar maqsadsiz va natijasiz bo‗lardi. To„rtinchidan, masalaning falsafa bilan bog‗liqligi shundaki, tarixiy haqiqat falsafiy tafakkur orqali tahlil qilinsa, o‗quvchi fikrlashga o‗rganadi. Tarixni o‗qish va tarixiy jarayonlarni o‗rganish asnosida uning mushohadasi kengayadi, dunyoqarashini o‗zgartiradi, tafakkuri boyiydi. Beshinchidan, tarixni jamiyatshunoslikdan alohida qilib, ajratib olib o‗rganib bo‗lmaydi. Chunki, har qanday tarixiy jarayon ma‘lum bir jamiyatning mahsuli bo‗lib, uning ijtimoy-siyosiy va ma‘naviy qiyofasini belgilaydi. Har qanday jamiyat esa odamlar tafakkuri va hukmron siyosat mahsulidir. Demak, ma‘lum bir davrda, ma‘lum bir jamiyatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar o‗sha jamiyatda va o‗sha davrda mavjud bo‗lgan muhitdan kelib chiqib tahlil qilinmasa o‗z isbotini va mantig‗ini topa olmaydi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling