Тарихшунослик фанидан
Korneliy Tatsit – Rim tarixchilik maktabi falsafasi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix falsafasi
Korneliy Tatsit – Rim tarixchilik maktabi falsafasi
Korneliy Tatsit (taxminan 54-120 yillar) bu davr eng mashhur tarixchilardandir. Zodagon suvoriy oilasidan chiqqan Tatsit yoshligida Britaniyada harbiy xizmatda bo‗lgan. U mashhur lashkarboshi Yuliy Agrikolaning yaqin do‗sti bo‗lgan. Imperator Domitsian Agrikolani qatl qildirgandan keyin unga homiylik qilgan Tatsit imperatorning qahridan ko‗r qilib bir necha vaqtgacha surgunda yurgan. Domitsian halok bo‗lgandan keyingina Tatsit Rimga qaytganidan so‗ng u senator bo‗lib olib, magistraturada buyuk lavozimni egallab kelgan. Uning abadiy faoliyati ham ana shu davrga mansubdir. Tatsit eramizning 68 yilidan to 96 yiligacha bo‗lgan davrni ichiga olgan ―tarixlar‖ ni, Avgustning o‗limidan (eramizning 14 - yili) Neronning halokatigacha (eramizning 68 – yili) bo‗lgan davrning ―Yilnomalar‖ini, shuningdek ―Germaniya‖ nomli kichikroq asarini yozgan. Tatsit bu so‗nggi asarida german qabilalarining va Rim imperiyasi tuprog‗idan tashqari yashagan boshqa Yevropa qabilalari va elatlarining etnografiyasini mufassal bayon qilgan. Tatsit o‗z asarlarida ayniqsa ― Yilnoma‖ larida Rimning o‗tmish respublika davrini ko‗klarga ko‗tarib maqtagan bo‗lsa, o‗z zamonasining siyosiy tartibini Yuliy – Klavdiylar sulolasidan bo‗lgan imperatorning o‗zboshimchaligi va istebdodini qattiq qoralab yozgan. F.Engels Tatsitni eski Rim patritsiylari tafakkurining so‗nggi namoyandasi degan edi. Tatsit siyosiy voqealarning borishini bayon qilar ekan, u o‗zining bayon qiladigan materiallarini asl hujjatlar asosida sinchiklab o‗rganib chiqqan ―Yilnoma‖ larida keltirilgannutqlar ham obidalardagi yozuvlar va arxeologiya malumotlari bilan tasdiqlanadi. Tatsit asarlarining bir qismigina zamonamizgacha saqlanib kelgan. ―Tarixlar‖ining uchdan bir qismigina saqlangan ―Yilnomalar‖ini ko‗p qismi saqlanmagan, shunday bo‗lsada, Tatsitning tarixiy asarlari eramizning I asridagi Rim imperiyasi tarixi to‗g‗risidagi tasavvurimizning negizini tashkil etadi. Savollar: 1. Teokratik tarix va afsona haqida nimalarni bilasiz? 2. Ilmiy tarixning yaratilishi to‗g‗risida ayting. 3. Tarix fani va ahamiyati to‗g‗risida yunon ta‘limoti? 4. Rim tarixchilari qarashlarini ayting. 5. Yunon-rim tarixshunosligining tavsifiy xususiyatlari? Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling