Тарихшунослик фанидан


Forobiy falsafasi: inson – jamiyat – jarayon


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Forobiy falsafasi: inson – jamiyat – jarayon 
To‗liq nomi Abu- nasr Muhammad bin Tarxon bin O‗zlug‗ bo‗lgan Forobiy jahon falsafiy 
tafakkuri taraqqiyotida burilish yasagan buyuk faylasuflardandir. U Uyg‗onish davri 
mutafakkirlarining yirik namoyandasi sifatida tafakkur olamida o‗ziga xos yo‗l ochdi. Jumladan, 
inson, jamiyat, tarixiy jarayon, davlat va boshqaruv borasidagi falsafiy qarashlarga asos soldi. 
Albatga, Forobiy yunon allomalari Aflotun va Arastu falsafasi bilan o‗z zamondoshlaridan 
ko‗ra ko‗proq shug‗ullangan, uning mohiyatini boshqalardan ko‗ra chuqurroq o‗rgangan va 
o‗zlashtirgan edi. Natijada shunday novatorlik yo‗lini topdiki, ayni ana shu qadimgi yunon 
falsafasining o‗z davri qarashlari va ehtiyojlari nuqtai nazaridan kutilmagan holatda yangi qirralarini 
ochib, uni boyitdi, rivojlantirdi. 
Yana shunga alohida e‘tibor berish kerakki, Forobiy falsafiy qarashlariga munosabatda, uni 
tushunish va talqin etishda hamon sho‗ro imperiyasi siyosati va kommunistik mafkura talablari 
saqlanmoqda. Allomaning g‗oyat katta ilmiy merosi umumiy va yuzaki, zamonasoz ma‘lumotlar 
shaklida bayon qilinmoqda. Forobiy falsafasining barcha qirralari, ko‗lami va ilmiy-nazariy jamiyati 
bir yoqlama, ya‘ni dunyoviy tafakkur tarzi me‘yorlariga mos tomonlari tadqiq etilmoqda. 
Vaholanki, Forobiyning ilmiy-falsafiy fenomeni dunyoviy va diniy qarashlar o‗zaro kesishgan joyda 


75 
yaqqol namoyon bo‗ladi. Qomusiy bilimlar majmui bo‗lgan ushbu holatni akademik M. Xayrullaev 
to‗g‗ri talqin etadi va uning qator sohalar bo‗yicha ilmiy qarashlari yaxlit tizimi haqida fikr yuritadi 
hamda ularni sanab o‗tadi: til haqidagi bilim, mantiq, matematika, optika, sayyoralar, musiqa, 
og‗irlik, mexanika, tabiiy va ilohiy ilmlar (metafizika), siyosat, yurisprudentsiya (fiqh), musulmon 
teologiyasi (kalom) va boshqalar. Demak, Forobiy har qanday qarashlardan qat‘i nazar inson va 
hayot falsafasining yorqin ijodkori. U fan va xayolot, ilmiy-nazariy tahlil va vahiylikning mushtarak 
yo‗lini topa bildi. Xuddi ana shu jihati bilan dunyoviy taraqqiyotga, ilk uyg‗onish davri 
sivilizatsiyasiga misli ko‗rilmagan hissa qo‗shdi yoki S.M.Hotamiy iborasi bilan aytganda «Forobiy 
– islom falsafasi va mustahkam ratsional (aqlga asoslangan) tafakkur tizimini yaratgan odam. Uning 
maktabi yunon faylasuflari qarashlari bilan jamiyki o‗xshash jihatlariga qaramay, umuman olganda 
ham, alohida tomonlarini olganda ham, nodir hodisadir». 
Inson va jamiyat, inson va tabiat, olam va odam o‗rtasidagi munosabatlar dunyoviy tafakkur 
asosida Forobiy zakosi bilan butunlay yangicha talqin etildi. Bu davrda mavjud bo‗lgan ilohiy 
qarashlar, islom tafakkur tarzi ilk bor dunyoviy fanlar bilan uyg‗un holda tahlil qilindi. Ana shu 
tarzda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari, insoniyat tadrijiy rivojining asoslari va kishilik jamiyati 
shakllanishi, rivojlanishi va taraqqiy topishining o‗ziga xos talqini Forobiy maktabida vujudga keldi. 
Bu maktabda falsafiy va tabiiy fanlar bir-birini to‗ldiradigan, shaklan turlicha, mohiyatan mushtarak 
holda o‗ziga xos maqomga ega bo‗ldi. 
Darhaqiqat, Forobiyning buyukligi va falsafada benazirligi, falsafiy tafakkurining inson 
hayotini va istiqbolini ratsional o‗rganishdagi keng imkoniyatlari shundaki, u ilmning barcha 
sohalarida o‗zigacha bo‗lgan davrda birinchi bo‗lgan shaxsdir. Masalaning ikkinchi tomoni ham 
borki, Forobiy yaratgan buyuk maktab tufayli dunyo falsafiy taraqqiyoti, uning barcha yutuqlari 
bevosita Forobiy qarashlari asosida qurilgan. Bu – shubhasiz. Buni Sayyid Muhammad Hotamiy 
quyidagicha izohlaydi: «Shariat, tariqat va ratsionalizmning hamda nimaiki Islom sivilizatsiyasi o‗z 
cho‗qqisida borliqni sharhlab tushuntirish, hayot yo‗lini ko‗rsatish borasida erishgan bo‗lsa, jamlab 
ifodalagan «Sadrul Mutolihin» kitobidan keyin biror arzigulik g‗oya dunyoga kelmadi. Mazkur 
kitob esa shu sohada yakuniy to‗plamday bir asardir». 
Forobiyning inson va jamiyat haqidagi ratsional falsafasi bevosita tarixiy taraqqiyot, tarixiy 
rivojlanish asoslari, uning o‗ziga xos omillari, dunyoviy va diniy qarashlarning sintezi sifatida 
yuzaga keldiki, bu insoniyat tarixida o‗ziga xos qarashning yorqin namunasidir. 
Forobiy kishilik jamiyati, uning rivojlanish qonuniyatlari, shahar (mamlakat) aholisi va hokim 
muammolari, davlat va boshqaruv masalalari xususida gapirar ekan, u real voqelik va uning istiqboli 
hamda tanazzuli sabablarini qidiradi. Biroq biror joyda tarixiy tajriba, tarixiy jarayon tahlili va uning 
saboqlari, tarixni anglash, idrok etish va baholash tamoyillari haqida aniq fikr yuritmaydi. Ammo, 
Forobiy ilmiy-falsafiy merosining beqiyos qadriyati shundaki, u bevosita inson va uning mohiyati, 
kishilik jamiyati va uning qonuniyatlari, rivojlanish omillari, boshqaruv usullari, erkin fuqarolik 
jamiyati haqidagi favqulodda xulosalari bilan istiqbolni belgilashda, ijtimoiy-tarixiy jarayonni 
ezgulik sari burishda katta ahamiyat kasb etdi, o‗zidan keyingi tarixiy taraqqiyotda muhim dastur 
vazifasini o‗tadi. 
Forobiy mutaassiblikka qarshi ravishda ma‘rifatlilik g‗oyasini ilgari surdi. Inson tafakkurining 
jamiyatga bo‗ysundirish haqiqatan to‗g‗ri ish ekanligini», – aytadi. Yana bir joyda jamiyat hayotiga 
zarar keltiruvchi, tahdid soluvchi ishlar haqida gapirar ekan, adolat va qonun ustuvorligini 
ta‘minlash maqsadida «sa‘y-harakati, huquqlari va maqsadlari (adolatli) hokimlarga qarshi bo‗lgan 
yovuz niyatli odamlardan shaharni tozalashdir» – degan g‗oyani ilgari suradiki, bu davlat, 
boshqaruv, hokimiyat va uning adolatli faoliyati masalalarida o‗rta asrlarda shakllanayotgan 
falsafiy, siyosiy, tarixiy, ijtimoiy tafakkurning naqadar yuksakligidan dalolatdir. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling