Тарихшунослик фанидан


Klavixo va uning “kundaligi”


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

 
Klavixo va uning “kundaligi” 
Mashhur sayoh va elchi Rui Gonsales de Klavixoning kitobi Temur va Temuriylar davri 
tarixidan baho yurgizuvchi muhim asarlardan biri hisoblanadi. Kitob 1404 yili Samarqandda Temur 
saroyida turgan Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III (1390-1406) ning elchisi Rui Gonsales de 
Klavixoning yo‗l xotiralaridan iborat. Yani uning 1403-1404 yillari Turkiya, Eron va 
Movarounnahrda xususan Amir Temur saroyida ko‗rgan bilganlarini o‗z ichiga olgan muhim 
asardir. ―Kundalik‖ muallifi Rui Gonsales de Klavixo badavlat va nufuzli oqsuyak oiladan chiqqan. 
Klavixoning Amir Temur yurtiga ham elchilik sayohati 1403 yilning 22 mayda boshlanib, o‗n besh 
oy deganda u Samarqandga etib keldi. Bu sayohatda Klavixoga ilohiyot ilmining nomzodi (magistri) 
Alfonso Paes de Santa Mariya, qirolning maxsus soqchisi Gomes de Salazar hamroh bo‗ldilar. 
―kundalikda‖ o‗sha vaqtlarda Amir Temur qo‗l ostidagi mamlakatlar va shaharlarning umumiy 
ahvoli, xalqning kun kechirishi, Temur va uning yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar: 
qasrlar, masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari, do‗konlar, ustahonalar: Temuriylar 
davlatining Xitoy, Hindiston, Oltin O‗rda (Klavixo uni Tatariston deb ataydi), Mo‗g‗iliston va 
boshqa mamlakatlar bilan bo‗lgan siyosiy va savdo aloqalari, Temur saroyida amalda bo‗lgan tartib 
– qoidalar va nihoyat, Sohibqironning xotinlari va ularning mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotida 
tutgan o‗rni haqida etiborga molik malumotlar keltirilgan. Bu malumotlar, shubhasiz, Turkiston 
zamining o‗sha vaqtlardagi ijtimoiy – siyosiy tarixini ota – bobolarimizning turmush tarzini 
o‗rganishda muhim tarixiy manbalardan biri rolini o‗tashi turgan gap, so‗zimning isboti uchun misol 
keltiraman. Saroymulkxonim tasviri: ―barcha xalq o‗yinlariga o‗ltirib saranjomlik o‗rnatilganidan 
keyin to‗yda podishoh huzurida bo‗lishi lozim bo‗lgan katta Kano chodirlar yonidagi 
sarpardalarning biridan chiqib keldi. Xonim mana bunday kiyingan edi: egnida zar bilan tikilgan
etagi ergacha sudralib turgan uzun va keng engsiz qizil shoyi ko‗ylak. Yoqa va ikki eng o‗rnidan 
bo‗lak ochiq joyi bo‗lmagan bu ko‗ylak belidan to qaytarilgan etagiga qadar kengayib boradi... 
Klavixoning ―Kundaligi‖ da ayrim noaniqliklar, xato va kamchiliklar ham uchraydi. Masalan 
kishi va joy nomlarini yozilishidagi chalkashliklar mavjud. Albatta, boshqa millat kishilari uchun 
mahalliy atamalar va so‗zlarni to‗g‗ri talaffuz qilish juda qiyin. ―kundalikda‖ tilga olingan Amirat 


73 
Murod, Karil Sulton – Xalil Sulton, Karamish – To‗xtamish, Orasan – Xuroson, Baldat – Bag‗dod 
ekanligini anglash mumkin. Asar birinchi marta 1582 yili, yani yozib tugallangandan 150 yil keyin 
Ispaniyaning Sevilya shahrida ―Buyuk Temurning hayoti va faoliyati‖ nomi bilan chop etildi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling