Тарихшунослик фанидан


Tarixiy tafakkur ehtiyoji


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Tarixiy tafakkur ehtiyoji 
O‗zlikni anglash, eng avvalo, o‗tmishni o‗rganishdan, tarixni bilishga ehtiyoj sezishdan 
boshlanadi. Darhaqiqat, o‗zini anglayotgan, o‗zini tushunayotgan har bir odam qanday oilada 
dunyoga kelgani, o‗z ajdodlari kimlar bo‗lgani, ota-bobolari nimalar bilan shug‗ullanishgani va 
qanday umr kechirishganini bilib olishga intiladi. Ularning fazilatlari va meroslari bilan faxrlanib 
yashaydi. 
O‗z naslu nasabini bilish, kelib chiqishini o‗rganish kishining hayotda omonat yo tasodifiy 
emasligini tushunishga imkon beradi. Shu bilan birga atrof muhit, uni o‗rab turgan olam xususida 
o‗ylashga undaydi. 
Darhaqiqat, 
olamni 
tadqiq 
etish 
tafakkurimizni 
boyitishning, 
dunyoqarashimizni 
kengaytirishning yagona yo‗li. Olamni anglash hissi insonning o‗zligini anglashga, o‗zligini 
tushunishga, olam va odam haqida o‗ylashga da‘vat etuvchi beqiyos qudrat. U jami insonga xos 
bo‗lgan idrok va irodani uyg‗otadigan mo‗‘jizaviy kuchdir. Biz olamni qanchalik keng va chuqur 
anglasak, inson va insoniyat olamiga shunchalik ko‗proq qiziqamiz, uni tushunishga, mohiyatini 
anglashga, inson va hayot, insoniyat va mavjudot o‗rtasidagi munosabatlarni o‗rganishga, xullaski, 
insoniyat tarixi bilan qiziqishga harakat qilamiz. 
Ana shu xulosalarning aksi sifatida biz olamni qanchalik unutsak, o‗zimizni shunchalik 
unutamiz. Bunday hodisa kishilik tarixida-turli davrlarda turli holatlarda yuz bergan. U odamzodni 


44 
hayotni tushunish, olamni anglash va o‗zini oliy mavjudot sifatidagi qadriyatini idrok etish orqali 
butun insoniyat tarixini anglashga da‘vat etadi. Bunday noyob ma‘naviy ruhiy ehtiyoj komillik va 
etuklikka intilish hissini uyg‗otadi. Ana shu ichki tuyg‗u insonning o‗z o‗tmishiga, 
o‗tmishdoshlariga va ajdodlariga, ular qoldirgan merosiga qiziqish bilan qarashini taqozo etadi. 
Bunday ma‘naviy-ruhiy ehgiyoj uning tarixiy xotirasi chuqurlashishiga, tarix falsafasining paydo 
bo‗lishiga, shu falsafa va tafakkur orqali o‗zining hayotdagi o‗rnini aniq belgilab olishiga imkon 
yaratadi. Istiqbolini ko‗ra olishga rag‗batlantiradi. 
Hayotda abadiy yashaydigan mavjudot yo‗q. Jamiki mavjudotning ibtidosi va intihosi bor. Ana 
shu ibtido va intiho o‗rtasidagi voqelik hayot tarixiga aylanadi. Aslini olganda hayotda faqat 
abadiyat va unga daxldor bo‗lgan tafakkurgina boqiydir. Zamonlar, jarayonlar, hodisa va 
voqealarning bari o‗tkinchi. Biroq, ularni bir- biri bilan bog‗lab, hayot shajarasini davom ettirib 
turgan oliy hilqat – inson mavjud ekan, hayot abadiyati tarix va tafakkur abadiyatiga aylanadi. 
Shuning uchun ham vaqt o‗tkinchi, tarix esa abadiydir. Shuning uchun ham tarixni tafakkurdan 
ajratib bo‗lmaydi. 
Darhaqiqat, voqealar, jarayonlar shaklan o‗zgaraveradi, yangi hodisalar, yangi voqealar hayot 
mazmunini o‗zgartiraveradi. Turmush tarzini va, hatto, aqidalarni ham yangilaydi. Biroq yaxlit 
abadiyatga aylangan hayot va insoniyat shajarasi tarix abadiyatini va uzluksizligini so‗zsiz 
ta‘miilaydi. Shu zaylda hodisalar, voqealar va jarayonlar bir- birini inkor etib, bir -birini rad qilib 
davom etaveradi. Tarixning yaxlitligi, bir butunligi ana shu qarama-qarshiliklarni to‗laligicha ifoda 
etishida! Tarix falsafasi uning konkret voqelik va hayot falsafasi bilan uzviy bog‗liqligida! 
Tarixiy tafakkur, tarixiy xotira ana shu tarzda shakllanadi. Rad etib bo‗lmaydigan, 
soxtalashtirilmaydigan mutlaq haqiqatga, oliy qadriyatga aylanadi. Inson qalbi va ongiga esa o‗z 
o‗tmishini o‗rganishga qiziqishning paydo bo‗lishi orqali ta‘sir etadi. 
Birinchi Prezident Islom Karimov «O‗zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab 
bo‗lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‗tarilishi zarur», – der ekan, bu bilan tub 
islohotlarni amalga oshirish zarur bo‗lib qolgan bir sharoitda insonni uyg‗onishga, o‗zligini 
anglashga da‘vat etmoqda. Ayni o‗zlikni anglash insonning o‗z o‗tmishi va ajdodlariga qiziqishidan 
boshlanishini uqtiryapti. 
Masalaning yana ham muhimroq tomoni shundaki, inson tafakkuri va ongini yangilash kabi 
tuzarish jarayoniga davlatning o‗zi homiylik qilmoqda. Unga sharoit yaratib bermoqda. Istiqlol 
davrida inson, nihoyat, tarixga ma‘naviyat mezoni, milliy uyg‗onish omili sifatida qaramoqda. 
Jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o‗tkazish, mavjud turmush tarzini sindirib tashlab, 
butunlay yangicha sharoitni vujudga keltirish eng avvalo ong va tafakkur bilan bog‗liqligini alohida 
uqtirar ekan, Birinchi Prezident Islom Karimov «Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar 
halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch– ma‘rifatdir», degan edi. Ana shu kontseptsiya Islom 
Karimov siyosatining va bosh islohotchilik vazifasini bajarayotgan davlatimiz strategiyasining 
asosini belgilaydi. 
Taraqqiyot tamoyillari, sivilizatsiya ehtiyojlari shunday. Biz o‗tmishda yashamasligimiz, uni 
takrorlamasligimiz, aksincha, uni o‗rganishimiz, tadqiq etishimiz va aniq xulosalarga kelib 
yashashimiz kerak. Ayni ana shu xulosalar asosida istiqbolimizni belgilashimiz, o‗zimizni ham, 
jamiyatni ham ma‘naviy jihatdan kamolotga etkazishimiz darkor. Biz o‗tmishni tiklash, tarix 
haqiqatini o‗z o‗rniga qo‗yish orqali tafakkurimizni boyitamiz, tushunchalarimizni kengaytiramiz, 
hayot falsafasi orqali islohotlar falsafasini, islohotlar mohiyatini chuqurroq anglay boshlaymiz. 
Natijada o‗z-o‗zimizni isloh qilamiz, o‗z-o‗zimizni yangilaymiz. Va nihoyat, ana shu jarayon orqali 
jamiyatni yangilaymiz, hayotni yangilaymiz. Uning mazmunini boyitamiz. Zotan, milliy istiqlol 
mafkurasining, davlatimiz olib borayotgan keng miqyosli islohotlarning oliy qadriyati ana shunda! 
Biz Vatanimiz tarixi va xalqimiz o‗tmishini o‗rganish orqali bugungi kun uchun mas‘ullik 
tuyg‗usini shakllantiramiz. Taraqqiyotning yangi davri ostonasida turganimizni va xalqimizning 
buyuk kelajagiga asos solishga mas‘ul ekanligimizni, daxldorligimizni tushuna boshlaymiz. Yana 


45 
bir haqiqat bor: o‗tmish uni anglagangagina xizmat qilishini, kelajak esa uning haqiqiy 
bunyodkorigagina tegishli ekanligini anglamog‗imiz kerak. Xuddi ana shu haqiqatni anglash uchun 
tarixiy tafakkur, tarixiy xotira zarur deb o‗ylaymiz. Tarixning haqiqiy falsafasi, uning aql-
zakovatimiz va ongu shuurimizga ta‘siri xuddi ana shu g‗oya bilan belgilanadi. 
Yangilanishlar davri hamisha o‗tmishga qiziqishning beqiyos darajada o‗sishidan boshlanadi. 
Ayni o‗tmishga qiziqish odamni istiqbolga intilishga, uni aniq yo‗nalishga sola bilishga da‘vat etadi. 
O‗tmish voqealari, tarixiy hodisalar bugungi xulosalarimizni tiniqlashtiradi, ertangi kunimizning, 
rejalarimizning asosini va haqiqatini ko‗rsatib beradi. Ana shu nuqtai nazardan biz bugun 
tarixnavislik va tarixshunoslikdagi solnomachilik, quruq raqambozlik, bayonchilik illatlaridan 
butunlay qutulishimiz darkor. Tarixiy obidalarning ro‗yxati, ularning qurilgan vaqti, shaharlarning 
nomlariyu jug‗rofiy hududlari bilan kifoyalanmay, ana shu zamin va unda asrlar mobaynida 
yashagan xalq dahosi, uning qudrati va bu qudratning paydo bo‗lish omillarini o‗rganmog‗imiz 
kerak. Zotan, buyuk kashfiyotlar, olamshumul ixtirolar, afsonaviy shaharlar, qudratli siyosatu 
dongdor davlatlar to‗satdan paydo bo‗lmaydi. Ularning yuzaga chiqishi uchun yillar tugul, asrlar 
mobaynida tajriba to‗planadi, tafakkur shakllanadi. Tarixshunoslikda ana shu evolyutsion jarayon, 
xalqning ijtimoiy-ma‘naviy dinamikasi hisobga olinmog‗i kerak. Demak, insonning tarixida keskin 
burilish yasagan, jahon sivilizatsiyasiga quchli ta‘sir o‗tkazgan tafakkur kengliklarini, uning 
taraqqiyot jarayonlarini o‗rganishimiz zarur. Biz bugungi va kelgusi avlodni xuddi ana shunday yo‗l 
bilan tarbiyalashimiz darkor. Uning voqea va hodisalarga munosabatini ongi orqali, tafakkuri orqali 
va eng muhimi, qalbi orqali o‗tkazishimiz kerak. Toki yosh yurakda va murg‗ak tafakkurda tarix 
haqiqati abadiy qolsin, uni ezgulikka da‘vat etib tursin. Buning uchun har bir voqea mohiyati, tarix 
falsafasi, hayot mantig‗i mushtarak holda o‗rganilmog‗i kerak. 
Jamiyatni yangilash, eng avvalo, inson tafakkurini oqibatida paydo bo‗lgan, kurakda 
turmaydigan «aqida»lardan qutulamiz. O‗tmishga, bugunga va istiqbolga kengroq qarashga, uni 
yaxlitligicha, butun yaxshiligiyu yomonligi, oq va qora tomonlari bilan bir butunligicha qamrab 
olishga erishamiz. Natijada eng adolatli, eng asosli va keng qamrovli xulosalar chiqaramiz. 
Mustamlakachilik davri talabi hamda sof ilmiy haqiqatdan uzoqlashgan tarixnavislik kontseptsiyasi 
va metodologiyasining zang bosgan temir qobiqlaridan chiqib ketish, har qanday soxta doiralarni 
sindirib, hayotga bo‗lgan munosabatlarimizni kengaytirish imkoniga ega bo‗lamiz. Tushunchalar, 
g‗oyalar, qarashlar va yondashuvlar o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikni mustahkamlash chinakam 
madaniyat, chinakam milliy ravnaq ehtiyoji ekanligini anglamog‗imiz zarur. 
Tarixni tadqiq qilish va yozishda biz o‗z milliy psixologiyamiz, an‘analarimiz va milliy 
mushohadamizdan kelib chiqamiz. Shu bois o‗zbek xalqi tarixini yozgan boshqa millat vakili 
bo‗lgan ajnabiy olim bilan o‗zbek olimining nuqtai nazari bir-biridan farq qiladi. 
Buning ikki jihati bor: birinchidan, begona qalb, begona dunyoqarash har qanday sharoitda 
ham begonaligicha qolaveradi. U hech qachon boshqa bir millatning milliy xususiyatlarini, uning 
o‗tmishdagi murakkabliklari va ziddiyatlarini to‗laligicha his qila olmaydi. 
Ikkinchidan, fan niqobidagi siyosiy o‗yinlar va maqsadlar ham borki, bu dahshatli va millat 
boshiga qiron keltiruvchi mafkura bilan bog‗liq. U tarix haqiqatini ataylab buzadi, uni hech 
bo‗lmaganda chalkashtiradi. Bunga zid ravishda o‗z milliy tarixnavislik an‘analarimizni tiklashimiz 
darkor. Masalan, o‗tmishda o‗tgan ko‗plab muarrixlarimiz asarlarida turli rivoyatlar, afsonalar, 
hikmatlar, hikoyalar uchraydi. Bu narsalar tarixiy fakt va haqiqat sifatida alohida qimmatga ega 
bo‗lmasa -da, ammo voqealar mohiyatini anglashimiz va tafakkur, mushohada tarzimizning 
shakllanishida muhim o‗rin tutadi. 
Darhaqiqat, bizda milliy tarixnavislikning o‗ziga xos maktabi mavjud. Bu maktab o‗zining 
xalqchil, sodda, ravon, barcha uchun birday tushunarli bo‗lgan uslubi va beqiyos jozibasi bilan 
alohida ajralib turadi. Ana shu sehr va ohanrabolik o‗nlab asrlar muqaddam yaratilgan qator shoh 
asarlar qatorida «Temurnoma», «Zafarnoma», «Boburnoma», «Humoyunnoma» larning beqiyos 
qiymatini va barhayotligini ta‘minlab kelmoqda. 


46 
Sho‗ro davrida ham juda ko‗p ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Ammo, masalaning jiddiy tomoni 
shundaki, sho‗ro davri tadqiqotchilari goh bilib-bilmay, goh ataylab, fidoyilik va tashabbuskorlik 
bilan kommunistik mafkuraga xizmat qildilar. Natijada xalqimiz tarixini soxtalashtirdilar, uni 
kommunistik mafkura talablariga moslashtirdilar. Sho‗ro hukumatining mustamlakachilik siyosatini 
amalga oshirishga butun vujudlari bilan xizmat qildilar. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling