Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Oltinchidan, tarixning ruhshunoslik bilan bog‗liqji-hatlari bevosita har bir davr odamlari 
psixologiyasi, hayotga munosabati, voqelikni idrok qilish qobiliyati, turmush tarzi bilan belgilanadi. 
Ularni hisobga olmay, chetga surib qo‗yib, faqat sanalar sanog‗i bilan shug‗ullanish tarixnavislik 
nufuzini tushiradi, mavqeini pasaytiradi. Muarrixning imkoniyatlari cheklanganligini ko‗rsatadi. 
Yettinchidan, tarixnavislikning badiiyat bilan bog‗liqligi bu bevosita muarrix ijodiy uslubi, 
uning voqea va hodisalarga yondashish usuli, tadqiqot ob‘ektini qanchalik chuqur o‗rgansa, o‗z 
xulosalarini shunchalik yoqimli shakl va jozibali til bilan ifodalab berishi bilan belgilanadi. Ifodada 
harorat, qalb qo‗ri bo‗lishi kerak. Aks holda o‗quvchini zeriktiradigan, oxir-oqibatda esa o‗z 
o‗tmishidan ko‗nglini sovutadigan bedavo «asar» paydo bo‗lib qoladi. Afsuski, bunday asarlar bizda 
oz emas. 
Endi biz muarrixlar oldida ham tadqiqotchilik, ham fuqarolik burchi turganini, bir elkamizda 
tarixga xolislik, ilmiy haqiqat bilan qarash yuki, ikkinchi elkamizda esa Vatan va Millat oldidagi 


49 
javobgarlik, o‗tmishimizni asrash, ajdodlar ruhini e‘zozlash va kelgusi avlod oldidagi qarzdorlik 
yuki borligini butun vujudimiz bilan anglamog‗imiz kerak. 
Zotan, Birinchi Prezident Islom Karimov ham: «Tarix sohasida mehnat qilayotgan olim 
mutaxassislarga murojaat qilmoqchiman: sizlar millatimizning haqqoniy tarixini yaratib bering, toki 
u xalqimizga ma‘naviy kuch-qudrat baxsh etsin, g‗ururini uyg‗otsin. Biz yurtimizni yangi 
bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yorug‗ g‗oya kerak. Bu 
g‗oyaning zamirida xalqimizning o‗zligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa 
o‗zlikni anglash mumkin emas», – degan edi. 
Tarix falsafasi real tarixiy jarayonni tafakkur orqali anglash, tarixga inson aqli va fe‘l-
atvorining mahsuli, manfaatlar hamda qiziqishlar natijasi sifatida yondashish va tushunish, 
boshqacha qilib aytganda tarixiy jarayonning falsafiy interpretatsiyasidir. 
Tarix falsafasi inson va tabiat, inson va jamiyat, odam va olam haqidagi falsafiy bilimlarning 
alohida sohasi bo‗lib, unda asosan insoniyat tarixi asoslari, tarixiy jarayon va uning mohiyati, 
kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlari haqida so‗z yuritiladi, ular ilmiy-nazariy tadqiq etiladi. 
Tarixni falsafiy idrok etish elementlari qadim-qadimdayoq namoyon bo‗lgan. Insoniyat 
o‗tmishiga nisbatan bo‗lgan ilk qiziqishlar asta-sekin qarashlar tizimiga aylangan. Demak, tarixni 
falsafiy anglash, insoniyat o‗tmishi haqida mushohada yuritish holatlari antik falsafa va tarixnavislik 
shakllana boshlagan davrdayoq mavjud bo‗lgan. U inson tafakkurining shakllanish bosqichlari, 
evolyutsiyasi, insoniyat taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy ravishda dinamik tarzda rivojlangan. 
Biroq uni fanga mashhur frantsuz olimi Volter (haqiqiy ismi Fransua Mari Arue) kiritgan. Ayni 
paytda tarix falsafasi turli yo‗nalishlarda tadqiq etiladi. Jumladan: 
–teologik (ilohiyot) tarix falsafasi nuqtai nazaridan borliq, jumladan, inson hayoti Alloh 
irodasi orqali boshqariladi, tarixni harakatga keltiruvchi kuch-Alloh irodasi sifatida talqin etiladi. 
Boshqacha qilib aytganda o‗tmish Alloh irodasi orqali tushuniladi va u ilohiy mazmun orqali 
tushuntiriladi; 
–metafizik tarix falsafasi hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli 
shakllarga va ko‗rinishlarga kiradigan tushunchalar tizimi hisoblanadi; 
–idealistik tarix falsafasiga ko‗ra esa, g‗oyalar, insonning axloqiy tushunchalari, ma‘naviy-
ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; 
–insoniyat tarixiga naturalistik yondashish tarix falsafasining yana bir yirik oqimidir. Unda 
insoniyat tarixiga va hayotiga tabiat orqali, tarixiy jarayonlarga tabiiy holat, tabiiy voqelik va tabiat 
qonuniyati sifatida qarash g‗oyasi ilgari suriladi. Inson hissiyoti va tuyg‗usi ham qaysidir darajada 
tabiat tomonidan boshqariladi, u qanchalik individuallik kasb etmasin, tabiat mo‗‘jizasidir. Shuning 
uchun tabiat orqali olamni anglash, o‗tmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezon qilib 
olinadi. Naturalistlar qarashlariga ko‗ra inson tabiati, fe‘l-atvori, hatti-harakati tabiiy holda yuzaga 
keladi va shakllanadi; 
–materialistik tarix falsafasida asosan iqtisodiy omillarga katta e‘tibor beriladi. Unda tarixni 
yo‗naltiruvchi kuch sifatida tarixiy jarayonlar mohiyatini, voqeliklar mazmunini moddiy ehtiyoj va 
iqgisodiy zarurat orqali tushunish asos qilib olinadi; 
–insoniyat tarixiga individualistik va kollektivchilik (jamoachilik) jihatlardan qarab fikr 
yuritadigan tarix falsafasi va boshqa yo‗nalishlar ham mavjud. Bunda insonning tarixda va umuman 
insoniyat taraqqiyotida tutgan o‗rnini aniqlashda individual, ya‘ni yakka, alohida shaxsning hamda 
jamoatchilik, odamlar guruhi yoki fuqarolar uyushmasining roli, vazifasi o‗rganiladi. 
Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, 
inson mohiyati, fe‘l-atvori, hatti-harakatlari, manfaatlari, turmush tarzi, urf-odatlari, an‘analari, 
qarashlari va e‘tiqodlari talqin etiladi. Bu bevosita insoniyat taraqqiyotida, sivilizatsiyalar mohiyati 
va ularning «to‗qnashuvi»da kishilik jamiyati evolyutsiyasi, inson tafakkuri va ehtiyojlari 
dinamikasi bilan jamiyat rivoji di-namikasi o‗rtasidagi bog‗liqlik, renessans hodisasi, uning yuz 
berishi va inqirozi sabablari o‗rganiladi. 


50 
Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir 
qarashlariga borib taqaladi. Keyinchalik u Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida ancha-muncha 
shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy 
tafakkurning shakllanishida kuchli ta‘sir ko‗rsatdi. 
XVIII asrga kelib tarix falsafasining yo‗nalishlari tubdan o‗zgardi. Tarixiy taraqqiyotda 
insonning ta‘siri, o‗rni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, ma‘naviy-ruhiy olami mahsuli 
sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq bunda ham turlicha yondashishlar mavjud edi. 
Chunonchi, Lebnits tarixda metafizika – kuchlar va g‗oyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel tarixda 
inson aql-zakovati va tafakkurini ustun qo‗yadi. XIX–XX asrlarda tarixni anglashda mavhum 
mantiq va tarixni bilish nazariyasi bilan bir qatorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O. Shpengler 
tarixni tushkunlik orqali anglash, A. Toynbi optimizm, marksizm asoschilari esa tarixiy materializm 
goyalarini ilgari surdi. 
Ayrim mutaxassislar falsafiy tafakkur Yunonistondan to‗g‗ridan-to‗g‗ri Yevropaga 
ko‗chganini, G‗arb donishmandlari qadimiy yunon falsafasi ta‘sirida dunyoga kelganini pesh 
qilishadi. Biroq tarix haqiqati, sivilizatsiyalarning davriy harakati buni inkor etadi. Darhaqiqat, 
yunon falsafasi insoniyat tafakkuri olamining sarchashmasi. Ana shu fayziyob falsafa vaqt o‗tib 
Sharqqa ko‗chdi. Sharqda rivojlanib, miqyosi kengayib, Sharq falsafiy tafakkur maktabi vujudga 
keldi va butun insoniyat tafakkur tarzini keskin o‗zgartirib yubordi. Aniqroq qilib aytganda, G‗arb 
ana shu buyuk maktabning baxtiyor tolibi, vorisi va davomchisidir. 
Shunday qilib, Sharqda tarixni falsafiy anglashning o‗ziga xos yo‗nalishlari bir necha ming 
yillik taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tdi. Garchi u tarixshunoslik, tarixnavislik, manbashunoslik, falsafa 
va boshqa sohalar singari aniq bir yo‗nalish sifatida shakllanmagan bo‗lsa-da, ayni ana shu sohalar 
bilan birga demografiya, madaniyatshunoslik, aholishunoslik, sotsiologiya, ruhshunoslik va boshqa 
ijtimoiy fanlarning yaxlit, ularning barcha talablarini o‗zida mujassam etgan tarixiy-badiiy, falsafiy-
mantiqiy tadqiqot sifatida yuzaga keldi. Buni biz Beruniyning «Al-Javohir», «Tavdid» singari 
asarlaridan tortib Mirxondning «Ravzat-us-safo» hamda Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek, Alisher 
Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqalarning qator asarlari misolida ko‗rishimiz mumkin. 
Demak, Sharqda tarix falsafasi tushunchasi o‗ziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga 
ko‗ra jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi haqidagi 
ta‘limotini ilk marta juda chuqur tahlil etdi va uni o‗z xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy 
taraqqiyot bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashuvi orqali 
o‗rganadi va o‗zining «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlarida insoniyat 
tarixiga falsafiy nuqgai nazardan yondashadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha 
qarashlarni o‗rtaga tashlaydi. Aytish mumkinki, Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar 
va rivoyatlardan ilmiy bilish va dunyoviy ta‘limotga o‗tishda muhim hissa qo‗shdi. U Gerodotdan 
Shopengauer va Shpenglergacha, Fukididdan Toynbi va Yaspersgacha bo‗lgan uzundan-uzoq 
davrda misli ko‗rilmagan falsafa va tafakkur ko‗prigini bunyod etdi. 
Sharq tarix falsafasi bir necha yo‗nalishlarda ko‗zga tashlanadi: jumladan, podsholiklar tarixi 
yuksak badiiy ifodalar, xarakterlar, obrazlar, munosabatlar orqali ochib beriladi. Voqealar tahlili 
ibratli hikoyatlar, pand-nasihatlar, yuksak axloqiy me‘yorlar bilan mushtarak holda olib boriladi: 
Ayrim hollarda tarixga jug‗rofiy-hududiy jihatdan yondashiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat 
tarixi yaratiladi, podsholiklarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib beriladi. 
Ma‘lumki, insoniyat taraqqiyoti bevosita tafakkur va qarashlar taraqqiyotidir. Vaqt o‗tgan sari 
tafakkurning yangidan-yangi qirralari ochilishi, o‗zining beqiyos imkoniyatlarini namoyon etishi 
tabiiy. Ana shuning natijasida odam va olam, inson va tabiat o‗rtasidagi munosabatlar tobora 
takomillashib borgani sayin uning yaxlit tarixida izchil rivojlanish hodisasi yuz beradi. Dastlabki 
odamlarning ibtidoiy hatti-harakatlaridan buyuk sivilizatsiyalar va renessans hodisalarigacha 
bo‗lgan inson tafakkuridagi rivojlanish hodisasi asrlar, ming yilliklar bilan o‗lchanadigan 
umumjahon tarixiy taraqqiyotining yaxlit evolyutsiyasini qamrab oladi. 


51 
Vaqt o‗tgan sari insoniyat tafakkuri kengayib, ijtimoiy fanlar taraqqiy topib borgani natijasida 
tarix falsafasi tushunchasi atrofidagi mushohadalar ham kengaydi, mulohazalar ancha tiniqlashdi. 
Ijtimoiy fanlarning muhim yo‗nalishi sifatida uning predmeti va tadqiqot ob‘ektiga aniqlik kiritildi. 
Natijada u bugungi kungacha bo‗lgan o‗ziga xos, katta va salmoqli taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tdi. 
Biroq ilmiy izlanishning chegarasi yo‗q. Ana shu ilmiy haqiqatdan kelib chiqib, hozirgi zamon tarix 
falsafasi oldida turgan eng muhim vazifalar nimalardan iborat, degan haqli savol tug‗iladi. 
Bizningcha, bu quyidagilarni qamrab oladi: 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling