Тарихшунослик фанидан
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”
birinchidan, insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari va mohiyatini
o‗rganish; ikkinchidan, insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha ta‘sirini o‗tkazib kelayotgan kommunistik mafkura asosidagi ilmiy metodologiyada mavjud bo‗lgan tamoyillardan voz kechib, milliy istiqlol g‗oyasi asosida o‗rganish va davrlashtirish muammosini hal etish; uchinchidan, sivilizatsiyalar va madaniyatlar yuzaga kelishining yaxlit tizimini ishlab chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish; to„rtinchidan, tarixiy jarayonning umumiy shaklini tahlil etish, ularni o‗tmish, bugun va kelajak tizimida mantiqan o‗rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga aniqlik kiritish; beshinchidan, tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonuniyatlar nuqgai nazaridan o‗rganish, nazariy jihatdan baquvvat, ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan xulosalarni ishlab chiqish; oltinchidan, qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqgai nazaridan tadqiq etish va baholash; yettinchidan, insoniyat tarixida to‗plangan moddiy, ma‘naviy va madaniy qadriyatlarning tarixiy tahlil orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o‗rganish; sakkizinchidan, tarixni anglashning yangi yo‗nalishlarini hozirgi zamon falsafiy tafakkur mezonlari asosida belgilash hamda unga tayangan holda va ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarini aniqlash orqali tarixning murabbiylik rolini oshirish; to„qqizinchidan, yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini va manbalarini o‗rganish, shu asosda jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash; o„ninchidan, tarix fani predmeti va metodologiyasini hozirgi zamon talablari asosida qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo‗nalishlarini, jumladan, siyosiy tarix, iqtisodiy tarix, ijtimoiy tarix, madaniyat tarixi, din tarixi, san‘at tarixi, etnogenezis va boshqa yo‗nalishlar bilan mushtarak hodtsa kompleks tadqiqotlarni olib borish orqali inson, insoniyat va uning tarixi yaxlit mohiyatini ochib berish; Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling