Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

ikkinchidan, iqtisodni jonlantirish uchun xususiylashtirish jarayonining tezlashuvi
mulkchilik, mulkka egalik huquqining kengaytirilishi; 
uchinchidan, milliy valyutaning joriy qilinishi, jahon moliya tizimi maydonlariga endigina 
kirib kelgan valyutamiz qadr-qimmati barqarorlik darajasining ta‘minlanishi; 
to„rtinchidan, iqgisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman qishloq hayotiga an‘anaviy 
muhim tarmoq sifatida qaralishi; 
beshinchidan, o‗tmish madaniyati va qadriyatlarini tiklash ishlarini yo‗lga qo‗yish, bu borada 
izchil tadbirlarni amalga oshirishdan iborat kontseptsiya va iqtisodiy islohot nazariyasining 
yaratilishi. 
Islom Karimov o‗zining «O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli ilmiy-nazariy asarida islohotlarning «o‗zbek modeli»ga xos 
yangi davr talablariga monand tamoyillarini o‗rtaga tashladi va kechayotgan jarayonlar mohiyatini 
ochib berdi. 
Keyingi yillarda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida, eng avvalo, iqtisodiyotda ro‗y 
bergan o‗zgarishlar O‗zbekistonda bozor iqtisodiyoti asoslarini shakllantirishga qaratilgan tub 


139 
islohotlarni bosqichma-bosqich, izchil, har tomonlama o‗ylangan yondashuv, ilmiy-nazariy jihatdan 
puxta ishlab chiqilgan kontseptsiya asosida amalga oshirish ishonchli hodisa ekanligini ko‗rsatdi. 
Mamlakatda mavjud imkoniyatlardan ratsional foydalanib, taraqqiyot ehtiyojlariga to‗la javob 
beradigan islohotni amalga oshirish quyidagi masalalarni hal etish imkonini berdi. 
Birinchidan, o‗tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning me‘yoriy-huquqiy bazasi yaratildi. 
Qabul qilingan yangi qonunlar hozirgi kunda bozor iqtisodiyotining me‘yor va tamoyillariga 
muvofiq keladigan shart- sharoitlarni shakllantirmoqda. Iqtisodiy erkinliklar va xususiy mulk 
huquqining mustahkam yuridik himoyasini ta‘minlamoqda. Iqtisodiyotning turli sohalarida bozor 
mexanizmlarining samarali ishlashi uchun keng huquqiy maydonni yaratmoqda. 
Ikkinchidan, ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi tartibotlari va tuzilmalariga barham berish
institutsional qayta qurishlarni amalga oshirish, bir tomondan, iqtisodiyotni tashkil etishning bozor 
printsiplariga xos bo‗lgan tuzilmalarini yaratish, tarmoq vazirliklarini tugatish, davlat mulki 
hissasini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hisobiga keskin kamaytirish, ko‗p ukladli 
iqtisodiyot va uni boshqarish tuzilmalarini yaratish. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling