Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Oltinchidan, kuchli ijtimoiy siyosatni, aholining muhtoj qatlamlarini mo‗ljalli ijtimoiy 
himoya bilan ta‘minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni, 
fuqarolar osoyishtaligini va millatlararo totuvlikni ta‘minlash borasida aniq natijalarga erishildi. 
Mustaqillik yillarida sodir etilgan iqgisodiy o‗zgarishlar natijalariga berilgan bunday umumiy 
baho ham isloh qilish dastlabki bosqichlarining asosiy vazifa va maqsadlari muvaffaqiyatli amalga 
oshirilganligidan dalolat beradi. 
Davlat iqtisodiy islohotlar o‗tkazish uchun huquqiy, tashkiliy va iqgisodiy sharoitlar yaratish 
bilan birga ayrim korxonalarni, sohalarni, ba‘zan esa butun iqtisodni boshqarishning bozor 
tamoyillariga o‗tishini ta‘minlashga harakat qildi. Buvda davlat boshqaruvi vazifalari va 
mexanizmlari tubdan o‗zgarib, ma‘muriy-buyruqbozlik tamoyillari o‗rniga iqgisodiy va moliyaviy 
tartibga solish tamoyillarining roli tobora kuchayib bordi. 
Ko‗p qirrali islohotlar davrida, jamiyat mentaliteti tubdan o‗zgarayotgan, tuzum yangi 
mazmun va tartibotlarga kirayotgan bir paytda aholi ma‘naviy-ruhiy ehtiyojlariga mos keluvchi


140 
xalqni istiqbolga etaklovchi hayotbaxsh intilishlar ifodasi bo‗lgan g‗oyalar va maqsadlar bilan 
qurollantirish katta ahamiyatga egadir. 
Shunday ekan, islohotlar samarasi xalq dunyoqarashi, madaniy va ma‘naviy qadriyatlariga 
ongli munosabati bilan bevosita bog‗liq hodisadir. Agar yangilanishlar odamlar ongi va 
dunyoqarashi, qalbi va ruhiyati orqali o‗zini namoyon etsa, u yashovchan va samarali bo‗ladi. 
Shuning uchun ham O‗zbekistonda davlatning yangilanishlar strategiyasi sifat jihatidan 
o‗zgarayotgan jamiyat, yangicha tafakkur asosida vujudga kelayotgan ijtimoiy guruhlarning qadriyat 
mo‗ljallari bilan uyg‗unlashib ketgan. 
Madaniyat va ma‘rifatning ustuvor hodisa sifatida talqin etilishi ma‘naviy voqelik sifatidagi 
takomillashuv jarayonining chin insoniylik mohiyatini belgilaydi. Inson ayni ana shu qadriyatlar 
orqali kamolotga etadi, hayotda, jamiyatda o‗z mavqeiga, o‗rniga, nufuziga ega bo‗ladi. Inson 
faoliyatlari mahsuli ayni ana shu ma‘naviyat va ma‘rifat orqali qadriyatga aylanadi. 
Islom Karimovning qadriyatlar ustuvorligi kontseptsiyasi xuddi ana shu jihatlar tufayli ham 
qimmatli. U ma‘naviyatni, ma‘rifatni jamiyatning yo‗naltiruvchi kuchi deb biladi. Ana shu nuqgai 
nazardan ham «Men ma‘rifatli jamiyat qurmoqchiman» deydi. Ma‘rifatli jamiyatda esa inson, 
ma‘naviyat, axloq, tafakkur mezonlari hal qiluvchi mazmun kasb etadi. Shuning uchun ham Islom 
Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq «Ma‘naviy sog‗lom, kuchli jamiyat islohotlarga 
tayyor bo‗ladi», degan edi. 
I.Karimov mamlakat istiqboliga doir tadbirlar tizimini belgilar ekan, uning eng avvalo yuksak 
ma‘rifat va madaniyat mamlakati bo‗lishi, shu asosda barcha islohotlarning ma‘rifiy negizini 
yaratish nuqtai nazaridan ish tutadi. I.Karimov iqgisodga, huquqiy va siyosiy islohotlarga
shuningdek, jahon muammolarini hal etish, tinchlikni ta‘minlash masalalariga ham ma‘rifiy ko‗z 
bilan qaraydi, yuksak madaniy va umuminsoniy qadriyatlar talablari asosida yondashishga da‘vat 
etgandi. Ana shu jihatlarni hisobga olgan Islom Karimov «Ilmiy va madaniy sohadagi mavjud 
imkoniyatlarni saqlab qolish, qayta tiklash, ko‗paytirish maqsadida bundan buyon fundamental 
fanning, madaniyat va san‘at muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va 
mustahkamlashga, aqliy va ijodiy mehnat xodimlarining obro‗yini oshirishga davlat tomonidan 
zarur mablag‗lar ajratilave-radi», – degan edi. O‗tish davrida iqgisodiy jihatdan birmuncha 
qiyinchiliklar sezilayotgan bir paytda ma‘naviy hayotimizga davlat e‘tiborining ustuvor mavqe kasb 
etishi insoniy g‗amxo‗rlikning yorqin ko‗rinishidir. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling