Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Tarix fanining predmeti 
Har qanday fanning tadqiqot maydoni, o‗rganish manbai bo‗ladi. Jumladan, tarix fanining 
ham. Tarix fanining predmetini belgilash tarixiy bilim nazariyasidagi eng muhim muammolardan 
biri hisoblanadi. Uning echimini to‗g‗ri, ilmiy asoslangan, nazariy jihatdan pishiq-puxta, hayotiy va 
amaliy jihatdan asosli bo‗lgan holatda yaratish bevosita fan taraqqiyotini belgilaydi. Bu esa o‗z-
o‗zidan tarixiy bilim tabiatini, uning o‗ziga xosligini belgilashdan iborat. Ana shu ilmiy mezon va 
me‘yor bevosita tarixiy ma‘lumotga erishish yo‗llari va vositalarini qay darajada to‗g‗ri va aniq 
belgilashni taqozo etadi. 
Bunday qaraganda tarix fani predmetini belgilash osonday tuyuladi. Biroq, mutaxassislarning 
fikricha, tarix tushunchasi haqida 30 ga yaqin yondashuv va tadqiq etish usullari mavjud ekan. Ana 
shu fikrlar xilma-xilligi, yondashuvlar turlichaligi, tarix faniga bo‗lgan munosabatlarning har xilligi 
uning predmetini aniqlashni birmuncha murakkablashtiradi. 
Tarixshunos N. Doroshenko tarix fani predmetini «Tarixiy ongda o‗z aksini topgan, turli 
tarixiy yo‗nalishlarga asoslangan, turli tarixiy rolni bajaruvi odamlarning tarixiy turmushidan tarkib 
topgan real qonuniy, tarixiy jarayon muhim elementlardan biri deb hisoblangan tizim» sifatida 
tushunadi. V.Ivanov tarix fani predmeti haqida gapirar ekan, «Tarix ommaviy hayot 
qonuniyatlarining konkret shakllarini o‗rganishni predmet» deb hisoblaydi. 
B. Mogilnitskiy esa «Tarix odamlar faoliyati, shuningdek, ushbu faoliyat oqibatlari bilan 
bog‗liq bo‗lgan konkret ommaviy taraqqiyot qonuniyatlarini tadqiq qiladi», deydi. Atoqli tarixchi I. 
Kovalchenko o‗ziga xos fikr yuritadi va «Tarixiy taraqqiyot o‗z maqsadiga ega bo‗lgan odam 
faoliyatini o‗zida aks ettiradi, bu esa ilg‗or qonuniy hamda ichki shartlarga ega bo‗lgan jarayondir. 
Bu jarayonning konkret yo‗nalishida organik ravishda moddiylik va ma‘naviylik, ob‘ektivlik va 
individuallik uyg‗unlashadi. Bu uyg‗unlikning o‗zi esa tarkibiy shakl va sifat birligi holatida 
namoyon bo‗ladi», degan fikrni ilgari suradi. 
O‗z-o‗zidan ko‗rinib turibdiki, qarashlar turlicha, yondashuvlar xilma-xil. Biroq barchasining 
mohiyatida inson, uning o‗tmishi, buguni va istiqboli yotadi. Tarixning muallifi, yaratuvchisi, 
ishtirokchisi inson va faqat inson degan g‗oya ilgari suriladi. Demak, tarix fanining predmeti 
insonshunoslik, inson olami va hatti-harakati, qarashlari va manfaatlar to‗qnashuvidagi fe‘l-
atvorining tadqiqotidir. 
Tarix fanining predmeti atrofidagi munozaralar faqat shugina emas. Ingliz tarixchisi R. 
Kollingvud «Qandaydir tarixiy jarayon va uni anglashning aniq yo‗li yo‗q. Tarixiy jarayon o‗z-
o‗zidan ong jarayoni hisoblanadi», desa, M. Oukshot tarix fanining predmeti bu shunchaki 
«Tarixchining tadqiqot olami, uning konstruktsiyasi. Tarix – bu tarixchi g‗oyalarining spetsifik 
olami» deydi. Bu bilan u tarix fani predmetini birmuncha bo‗shashtirganday ko‗rinadi. Uning 
bunday g‗oyasida tarixchi tarixni qanday xohlasa shunday tadqiq qilaveradi. Har bir kishining o‗z 
olami bo‗lganiday, tarixchining ham o‗z olami mavjud. U o‗tmishni qanday tushunsa shunday 


53 
ifodalayveradi, degan xulosa ham bor. Biroq tarix fani metodologiyasi fanga jiddiy yondashishni va 
asosli xulosalar chiqarishni taqozo etadi. U insoniyat tarixining butun mohiyatini, sevinchu 
iztiroblarini, shukuhli va sitamli dam-larini yaxlitligicha ifoda etmog‗i lozim. 
Hozirgi zamon Amerika tarixchisi G. Kommadjer tarixiy bilim predmeti haqida fikr yuritar 
ekan, u tadqiqot ob‘ektiga idealistik nuqtai nazardan yondashadi va fan mohiyatini quyidagicha 
ifoda etadi: «Tarix amalda atom, kimyoviy vositalar singari o‗zini namoyon etolmaydi. Ushbu 
vositalar tabiatda mavjud. Ular inson yo‗q qilguniga qadar mavjud bo‗ladi. Tarix esa tabiatda 
yashamaydi. Balki inson tasavvurida, xotirasida yashaydi». 
Demak tarix uzluksiz va yashovchan. Inson, insoniyat mavjud ekan, uning shajarasi davom 
etar ekan, tarix xotiralarda qaysidir darajada yashayveradi. Vorisiylik, avlodlar shajarasi tarixning 
tadrijiyligini, davomiyligini saqlab qoladi. Ana shu holatning o‗zi tarixiy bilim manbai, tarix fani 
predmeti masalasiga aniqlik kiritadi. Inson xotirasi va ajdodlar hayotini o‗rganish ehtiyoji orqali 
yaxlit insoniyat tarixini tadqiq etish, uni shakllangan fan qonuniyatlari asosida rivojlantirish 
muammosini kun tartibiga qo‗yadi. 
Darhaqiqat, tarix buyum yoki boylik ham emas. Shuningdek, hayot uchun, yashash uchun 
kurashmaydi. U o‗zini himoya qilolmaydi, amaliy faoliyat ko‗rsatolmaydi. Bularning hammasi 
insonda mujassam. U beqiyos boylik va ne‘matlar yaratadi, kurashadi, inkor etadi, qo‗llab-
quvvatlaydi, munosabat bildiradi. Natijada o‗zi ham iztirob chekadi, quvonadi. Amaliy faoliyat, 
hatti-harakatlar natijasini baholaydi. Asta-sekinlik bilan uning o‗tayotgan har bir kuni tarixga 
aylanib boraveradi. Bu albatta, individual voqelik. Bitta shaxsga bog‗liq bo‗lgan jarayon. Yakka- 
yakka shaxslarning birligidan tashkil topgan jamiyatda ushbu amaliy faoliyatlar yig‗indisi – 
kollektiv mohiyat kasb etadi va shu tarzda jamiyat, xalq tarixi vujudga keladi. Demak, tarix fani 
kishilik jamiyatining o‗tmishini o‗rganar ekan, u tom ma‘noda insonshunoslikdir. Ana shu 
xulosadan kelib chiqib aytish mumkinki, tarix fanining predmeti – insondir. 
Umuman olganda yuqorida keltirilgan iqtiboslardan ko‗rinib turibdiki, ular asosida tarixni 
idealistik yoki materialistik nuqgai nazardan o‗rganish uchun turli metodologiyalar tavsiya etiladi. 
Biroq tavsiyalar, yondashuvlar, tadqiqot usullari qanchalik xilma-xil bo‗lmasin, tarix fani predmeti 
insondir, insonshunoslikdir. Voqelik inson orqali yuzaga kelar ekan, har qanday tarixiy jarayon 
inson fe‘l-atvorining, ma‘naviy-ma‘rifiy darajasining, ruhiy va axloqiy imkoniyatlarining hamda 
manfaatlarining in‘ikosi ekan, o‗tmishga inson orqali nazar tashlash, inson mohiyatini ochish orqali 
tarix mohiyatini ochish ilmiy haqiqatga yaqinroq, deb o‗ylaymiz. 
Tarixni yaxlitligicha, bir butunligicha anglash uchun tarix predmetining butun mohiyatini 
anglamoq zarur. Ana shu fikrdan kelib chiqib aytish mumkinki, tarixchining vazifasi tarixiy 
jarayonning asosiy belgilovchi hukmron tendentsiyasini ifoda etishdir. Chunki ma‘lum bir davrda 
yuz bergan har qanday voqea-hodisa tagida turli-tuman bir-birini rad qiladigan, bir-birini inkor 
etadigan qarashlar ham yotadi. Yuz bergan voqeani tan olmaydigan, uni tushunishni xohlamaydigan 
yoki umuman tushunmaydigan odamlar guruhi hamma vaqg hamma davrda bo‗lishi tabiiy. Tarixni 
to‗g‗ri belgilash, to‗g‗ri baholash va to‗g‗ri tushunishning murakkabligi ham ana shunda. 
Nemis faylasufi Edmund Gusserlning fenomenologik falsafasida aqliy intuitsiya tushunchasi 
ustuvorlik qiladi. Jumladan, u har qanday his qilish qobiliyatini aql-idrok orqali amalga oshirishni, 
mohiyatga asoslangan jarayon ekanligini aytadi. Natijada, «intuitsiya bu ilohiy his-tuyg‗u, qalb 
ovozi emas, balki aql ovozidir» degan xulosaga keladi. Bizningcha, bunday ta‘rif va yondashuv 
ko‗pincha ilmiy tadqiqot ishlarida, xususan, tarixni anglash, tushunish va ifoda etishda yana ham 
ko‗proq qo‗l keladi va aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi. Zotan, har qanday fan aql orqali 
namoyon bo‗ladigan fikr, mulohaza, mushohada natijasidir. Jumladan, o‗tmish haqidagi tasavvurlar 
aql orqali quyuqlashib, yaxlit mohiyat kasb etadi. Yuzaki va siyqa qarashlardan farqli holda o‗z 
ilmiy asosi va nazariy isbotini topadi. Darhaqiqat, ong keng miqyosli, ziddiyatli va rang-barang 
olam, har qanday ong tushunchalar va tasavvurlar jamuljami. Uning tayanchi esa yolg‗iz aql, idrok. 
Aqlga tayangan, idrok ustuvor bo‗lgan onggina o‗zining ma‘rifiy qudratini, fikriy salohiyatini to‗la 


54 
namoyon eta oladi. Aqlga tayanmagan har qanday ong zararli va g‗ayriinsoniydir. Ana shu holatdan 
kelib chiqib Gusserl masalaning to‗rt jihatiga alohida e‘tibor beradi: 
–fikrlar go‗zalligi va mukammalligi; 
–fikrlarning o‗zaro aloqadorligi, uzviyligi va o‗zaro hamkorligi; 
–fikrlarning mohiyati va ularning mantiqiy tushunchalar orqali aks ettirilishi; 
–mazkur fikrlar oqimini o‗rganuvchi fenomenolog olimning his-tuyg‗ulari. Bu his-
tuyg‗ularning fikrlar oqimiga ta‘sir qilishi. 
Ko‗rinib turibdiki, Gusserl falsafasida har qanday intuitsiya, his -tuyg‗u aqlga tayanadi va u 
asosli fikrlash, jo‗yali xulosalar chiqarish imkonini beradi. Tarixni o‗rganish, insoniyat o‗tmishini 
tadqiq etishga fenomenolog yondashuv har bir davr fenomenini, o‗sha davr odamlarining o‗ziga 
xosligini va yaxlit qiyofasini o‗rganishni taqozo etadi. 
Hozirgi zamon tarixni anglash hodisasi falsafiy germenevtikaning ana shunday keng miqyosli, 
inson olami orqali u yashagan davrga baho berish, uni talqin etish va etarli xulosalar chiqarish 
imkonini beradi. Falsafadagi tushunihdan oldingi anglash holati tarixni o‗rganishdan oldin o‗sha 
o‗rganiladigan davr tarixi to‗g‗risida birmuncha to‗laroq hayotiy, tarixiy, ilmiy tayyorgarlikka ega 
bo‗lish, ma‘lum bir tushunchaga asoslanib, tadqiq etish orqali intuitiv talqin etish va tushuntirish 
imkoniyatlaridan keng foydalanishda ham alohida ahamiyatga ega. Bu bevosita tarixiy-falsafiy 
tafakkur taraqqiyotining o‗ziga xos oqimi sifatida o‗zining yangidan-yangi imkoniyatlarini 
ko‗rsatmoqtsa. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling