Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

 
 
3-MA‟RUZA: ANTIK DAVR TARIX FALSAFASI 
Reja: 
1. Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi 
2. Polibiyning tarixiy qarashlari 
3. Tit Liviy asarlarida tarix falsafasi 
4. Korneliy Tatsit – Rim tarixchilik maktabi falsafasi 

Tayanch iboralar: Antik ongda tabiat va tarix antitezasi. Antik kosmos: fazo. Antik kosmos: vaqt. 
Teokratik tarix va afsona. Gerodot. Ilmiy tarixning yaratilishi. Yunoniston o„ylarida (hayolotida) 
tarixga qarshi tendentsyiya. Tarix fani va ahamiyati to„g„risida yunon ta‟limoti. Yunoniston tarixiy 
usuli va uning chegaralari. Fukidid. Ellin davri. Polibiy. Rim tarixchilari. Tit Liviy. Korneliy Tatsit. 
Yunon-rim tarixshunosligining tavsifiy xususiyatlari. Insonparvarlik. 
Yunonistonda tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas. Greklarning tasavvuricha tarix fan 
emas, balki sanatdan va pand – nasihatdan iborat, shu sababli qadimgi greklar boshqa fanlar singari 
tarihning ham o‗z muzasi bor, bu muza Kliodir Klmo boshqa muzalar bilan bir qatorda sanatlar 
xudosi Apolon ayonlari orasida bo‗lgan, deb hisoblaganlar. Greklar tarixiy voqealar to‗g‗risida 


66 
chiroyli va pand – nasihatli hikoyani hammadan ko‗proq qadirlaganlar. Ular tarixning asosiy 
vazifasi pand – nasihatdan iborat deb hisoblaganlar. 
Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi kishilar (―logos‖ ―so‗z‖, ―grafo‖-yozaman 
demakdir) shaharlarning odatda o‗zlari tug‗ilgan shaharlarning tarixi to‗g‗risida yozganlar. 
Logograflar eramizdan avvalgi VII asrda va V asrning boshlarida yashaganlar. O‗z asarlarida ular 
biron shaharning tarixini yozganlar, lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar. 
Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi. 
Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz. Uning to‗qqiz to‗mli tarix asarining har biri yuz 
ellik va undan ortiq hikoya, rivoyat va o‗ziga xos tarixiy novellalarni o‗z ichiga oladi. 
Geradot asarlari Plutarx, Yustin, ijodlariga ham katta tasir o‗tkazgan, taniqli tadqiqotchi M
Mandesning fikricha Yustinning ko‗pgina fikrlari Geradotdan olinganligi, Diadorning ko‗pgina 
tasvirlari Fukididga yaqin turganligi qayd etiladi. 
Arrian Ksenofont ijodini davom ettirganligini ochiq oydin aytadi. Geradot yoshligididan 
sayohat qilishni yaxshi ko‗radi. Galikarnos port shahri, savdo-sotiq bilan shug‗illanuvchi 
savdogarlar, yo‗lovchilar shahri bo‗lgani uchunmi o‗spirinlik yillaridayoq u yaqin atrofdagi 
mamlakatlarga borib qoladi. Dengiz shunqori va sayohlari tilidan g‗aroyib sarguzashtlarni tinglashni 
juda–juda yoqtiradi. ―eron tarixi kitobi‖ Geradot etiborini ayniqsa o‗ziga tortadi. Xaronning ―Eron 
tarixi‖ kitobida Ahamoniylar davlatiga qaram bo‗lgan Osiyodagi ko‗pgina malumotlar haqida 
qimmatli malumotlar bor. 
Gerodot tug‗ilgan o‗lka tarixiy sarguzashtlarga boy edi. Bunday tarixiy voqealarni ko‗p 
eshitgan Gerodot keyinchalik haqli ravishda tarixiy hikoyalar ijodkori bo‗lib, qoladi. Gerodotning 
ona shahri Galikarnos hokimi Lagdimid qarshi ko‗tarilgan isyonda Paniasid bilan bostiriladi. 
Geradot esa mamlakatdan quvg‗in qilinadi. Shundan so‗ng bo‗lajak tarixchi Osiyo bo‗ylab safarga 
chiqishga qaror qildi. Geradot qora dengiz qirg‗oqlari bo‗ylab safardaligida Olviya shahri va ularga 
yaqin joylashgan skiflar haqida qiziqarli malumotlarni eshitadi. Undan ilgari ham skiflar haqida 
talaygina kitoblarni o‗qib ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi. 
Geradot Samos orolida bir muncha vaqt bo‗lib, Osiyo bo‗ylab safarga jo‗naydi. Geradot 
dastlab, Ahamoniylar davlatining markazi bo‗lgan suz shahriga keladi. Efes va Sard shaharlarida 
bo‗ldi. Kichik Osiyodagi Galis, Mesopatamiyadagi Efrat va Tigr daryolaridan o‗tadi. Geradotning 
fikricha, Kaspiy bo‗ylarida ko‗chmanchi massagetlar yashaydi. Massagetlar baliq go‗shti, parranda 
va sutli taomlarni istemol qilishadi. Bu erning xalqlari juda jangari bo‗lishgan. Aytishlaricha Eron 
shohi Kir ham ularni o‗ziga bo‗ysudira olmagan. Geradot Mesopatamiya va Vaviloniya 
o‗lkalarining tabiatiga ham keng to‗xtaladi. Bu joylar Orol dengiziga yaqin bo‗lib, ayrim 
tadqiqotchilar bu o‗lkalarga Geradot kelmagan deyishsa, boshqalar kelgan deyishadi. Geradot O‗rta 
Osiyo haqida muhim malumotlar keltiradi. Bu erda bir necha hokimliklar mavjudligini, ularning 
hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanligini tasdiqlaydi. Bu hokimliklarni aniq nomi bilan 
ataydi. Jumladan, Baqtriya, Girkaniya, Kaspiy, so‗g‗dlar, saklar, xorazmiylar va oriylar, bu o‗rinda 
izoh talab nomlardan oriylar Afg‗onistonning g‗arbiy qismiga joylashgan elatlardir. Baqtriyaning 
poytaxti o‗sha vaqtda Balx shahri bo‗lgan kaspiy hokimligida Turkmanistonning janubi-g‗arbiy 
qismida joylashgan qabilalar kirgan Xorazmiylar xorazmliklar, so‗g‗dlar Politmet (Zarafshon) 
bo‗ylarida, saklar Tyanshan tog‗ining g‗arbiy etaklarida joylashgan edilar. Shundan so‗ng Geradot 
Hindiston o‗lkasida sayohatini davom ettirib, Panjobga boradi. Bu erga bostirib kelgan Doro haqida 
qimmatli ma‘lumotlar to‗playdi. Geradot keyingi asarlarida Liviya, Misr o‗lkalarini ham keng 
tasvirlaydi. Geradot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib ko‗rsatuvchi etuk 
ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaho va qadrli. 
Geradotning ―skiflar‖ asari jahon xazinasida munosib o‗rin tutgan, bu asar juda ko‗plab 
tillarga tarjima qilingan. Skiflarni birinchi bo‗lib, jahonga tanitgan ham Geradotdir, XVII – XVIII 
asrlardayoq rus imperatorlari Geradotning ―skiflar‖ asarini juda katta qiziqish bilan o‗qishgan va 
juda ko‗p nusxalarda tarjima qilishga buyuruq berishgan. Natijada, asar bir necha marta tarjima 


67 
qilinib, qayta-qayta nashr etiladi. Skiflar haqida Geradotdan ilgari Yunon olimlari Gomer, Esxil ham 
yozganlar, lekin skiflarning haqiqiy va birinchi targ‗ibotchisi Geradot edi. Geradotning ―skiflar‖ 
asarining uslubi, undagi hikoyalarning xarakterli xususiyatlari haqida bir qancha ilmiy tadqiqot 
ishlari yuzaga keldi. Bu ilmiy tadqiqotlar ichida ayniqsa, I. Ya. Timoshenkoning ― Geradot va uning 
asari‖ Vitold Klingerning ―hikoyachilik motivlari‖ asarlari shuningdek, sharq xalqlarini tarixiy 
hikoyalari‖ kabi juda katta ahamiyatga ega bo‗lgan ijod durdonalari yuzaga keldi. Geradot katta 
ishga qo‗l uradi. Faqat skiflarni emas Yevropa va Osiyodagi hatto Afrikadagi ko‗pgina qabilalarning 
hayotiga oid ma‘lumotlarni aks ettiradi. Geradot ijodi Tarix nomli To‗qqiz kitobi katta ilmiy 
xazinani tashkil etib, bu kitoblarning har qaysisi yuzlab hikoyalarni o‗z ichiga olgan. Geradot antik 
davrdagi boshqa olimlardan shu bilan farq qiladiki, u fidoyi tarixchi edi. O‗z hayotini tahlikaga 
qo‗yib bo‗lsada ijod dardida uzoq yurtlarni kezdi. Jahongashta tarixchi ne-ne xavf–xatarlarlarga 
duch kelmadi. Bu safarlarida u avval o‗z ko‗zi bilan ko‗rib, qulog‗i bilan eshitgach, keyin ijod 
qilardi. Har qanday faraz va taxminlar uning uchun begona edi. U minglab qabila va elatlarda 
bo‗ladi. Yuzlab daryolarni kechib o‗tadi. O‗sha paytda hech bir olimning qadami etmagan uzoq 
o‗lkalarni kezadi. Hali ko‗p ko‗rilmagan mavzularni birinchi bo‗lib yoritadi. Shuning uchun ham 
Geradot nomi tariximizda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Yuqoridagi faktlar asosida biz aytishimiz mumkinki ilmiy tarixning yaratilishida Geradotning 
Tarix asari muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling