Тарихшунослик фанидан


Korneliy Tatsit – Rim tarixchilik maktabi falsafasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Korneliy Tatsit – Rim tarixchilik maktabi falsafasi 
Korneliy Tatsit (taxminan 54-120 yillar) bu davr eng mashhur tarixchilardandir. Zodagon 
suvoriy oilasidan chiqqan Tatsit yoshligida Britaniyada harbiy xizmatda bo‗lgan. U mashhur 
lashkarboshi Yuliy Agrikolaning yaqin do‗sti bo‗lgan. Imperator Domitsian Agrikolani qatl 
qildirgandan keyin unga homiylik qilgan Tatsit imperatorning qahridan ko‗r qilib bir necha 
vaqtgacha surgunda yurgan. Domitsian halok bo‗lgandan keyingina Tatsit Rimga qaytganidan so‗ng 
u senator bo‗lib olib, magistraturada buyuk lavozimni egallab kelgan. Uning abadiy faoliyati ham 
ana shu davrga mansubdir. Tatsit eramizning 68 yilidan to 96 yiligacha bo‗lgan davrni ichiga olgan 
―tarixlar‖ ni, Avgustning o‗limidan (eramizning 14 - yili) Neronning halokatigacha (eramizning 68 – 
yili) bo‗lgan davrning ―Yilnomalar‖ini, shuningdek ―Germaniya‖ nomli kichikroq asarini yozgan. 
Tatsit bu so‗nggi asarida german qabilalarining va Rim imperiyasi tuprog‗idan tashqari yashagan 
boshqa Yevropa qabilalari va elatlarining etnografiyasini mufassal bayon qilgan. Tatsit o‗z 
asarlarida ayniqsa ― Yilnoma‖ larida Rimning o‗tmish respublika davrini ko‗klarga ko‗tarib 
maqtagan bo‗lsa, o‗z zamonasining siyosiy tartibini Yuliy – Klavdiylar sulolasidan bo‗lgan 
imperatorning o‗zboshimchaligi va istebdodini qattiq qoralab yozgan. F.Engels Tatsitni eski Rim 
patritsiylari tafakkurining so‗nggi namoyandasi degan edi. Tatsit siyosiy voqealarning borishini 
bayon qilar ekan, u o‗zining bayon qiladigan materiallarini asl hujjatlar asosida sinchiklab o‗rganib 
chiqqan ―Yilnoma‖ larida keltirilgannutqlar ham obidalardagi yozuvlar va arxeologiya malumotlari 
bilan tasdiqlanadi. Tatsit asarlarining bir qismigina zamonamizgacha saqlanib kelgan. 
―Tarixlar‖ining uchdan bir qismigina saqlangan ―Yilnomalar‖ini ko‗p qismi saqlanmagan, shunday 
bo‗lsada, Tatsitning tarixiy asarlari eramizning I asridagi Rim imperiyasi tarixi to‗g‗risidagi 
tasavvurimizning negizini tashkil etadi. 
Savollar: 
1. Teokratik tarix va afsona haqida nimalarni bilasiz? 
2. Ilmiy tarixning yaratilishi to‗g‗risida ayting. 
3. Tarix fani va ahamiyati to‗g‗risida yunon ta‘limoti? 
4. Rim tarixchilari qarashlarini ayting. 
5. Yunon-rim tarixshunosligining tavsifiy xususiyatlari? 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling