Тарихшунослик фанидан


Avgustin va uning ta‟limotida xristian dining tasiri


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

 
Avgustin va uning ta‟limotida xristian dining tasiri. 
Avgustin shimoliy Afrikada joylashgan Numidiya viloyatining Tagosta shahrida rimlik 
amaldor oilasida tug‗ilgan. Otasi majusiy bo‗lib, onasi xristianlikni qabul qilgan. U lotin tilini puxta 
egallaydi. Avgustin adabiy merosini 100 ga yaqin kitob, 500 vaznasi – xat 200 noma tashkil qiladi. 
Uning tarkibidan ―Akademiklarga qarshi‖ (386), ―Baxtli hayot haqida‖ (386), ―tartib haqida‖ (386) 
―Monologlar‖ ―Jon manguligi haqida‖ (387-389) ―O‗qituvchi haqida‖ (388-389), ―to‗g‗ri din 
haqida‖ (390), ―Erkin iroda haqida‖(388-395), ―Tavba‖ (401), ―Tazarru‖ ―ilohiy shahar haqida‖ 
(413-426) kabi asarlar joy olgan. Avgustin xristian ilohiyotchilaridan biri sifatida G‗arbiy Yevropa 
o‗rta asr manaviy – diniy hayotiga katta tasir ko‗rsatdi. U antik falsafaga yangicha talqin berdi. XIII 
asrga qadar ijtimoiy tafakkurning asosi hisoblangan diniy- falsafiy ta‘limotni ishlab chiqdi. 
Shuningdek xristian tarix falsafasiga asos soldi. Avgustin falsafasi xristian diniy ta‘limoti va 


70 
qadimgi ta‘limotlarni taqqoslash mahsulidir. Avgustin uchun aniq davr falsafiy doktarinalaridan 
Platon ta‘limotini asosan neoplatonchilar talqini orqali o‗rgangan. Avgustin ta‘limoti o‗rta asr 
tafakkurini belgilochi manaviy omilga aylanib, butun G‗arbiy Yevropa xristianlik ta‘limotiga katta 
tasir ko‗rsatadi. O‗rta asr patristika vakillaridan birortasi Avgustin darajasiga ko‗tarila olmagan. U 
uning izdoshlari diniy falsafada xudoni va ilohiy muhabbatni anglash inson ruhining asosiy maqsadi, 
yagona hayot qadriyati, deb bilganlar. U sana‘tga madaniyat va tabiiy fanlarga nihoyatda etibor 
bergan. Avgustin o‗z falsafasining xristian asosiga katta ahamiyat bilan qaragan uning falsafasi 
Geotsentrik ruhda, yani xudo falsafiy tafakkur markazidir. Xudo birlamchi va boshlang‗ich 
printsipdan kelib chiqib, u jon tanadan iroda va sezgi aqldan ustun, deb ta‘kidlaydi. Xudo bilish 
sababchisi hamdir, xudo inson ruhiga tafakkuriga nur kiritadi, odamlarga haqiqatni tanishda yordam 
beradi. Xudoga intilish inson uchun tabbiy va faqat u tufayli kishi baxtga erishishi mumkin. 
Shunday qilib, Avgustin falsafada ilohiyot uchun katta yo‗l ochib beradi. 
Avgustinning butun falsafasi yagona mutlaq va mukammal xudo haqidagi ta‘limotda 
mujassamlashgan. Dunyo ilohiy yaratish kabi ahamiyatga ega emas, u faqat sharpadir, xudosiz hech 
narsa qilish ham, hech narsa bilish ham mumkin emas. 
Avgustin ta‘limotiga, xudoning erkin faoliyatining mahsuli bo‗lgan olam aqli yaratilgan xudo 
uni o‗z shaxsiy g‗oyasi bilan yaratgan. Xristian platonizmi – Platonning g‗oyalar haqidagi 
ta‘limotning Avgustinga talqini (varianti)dir. Avgustin ta‘limotiga, xudoga real dunyoning ideal 
timsoli yashiringan. Avgustin falsafasida yaxshilik va yomonlik ular o‗rtasida farq masalasi muhim 
masalalaridan biri edi. Uningcha bir tomondan yani xudo tomonidan yaratilgan dunyo yaxshilik 
bo‗lmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan yomonlikning mavjudligi shubhasizdir. Shuning 
uchun Avgustin takidlaydiki yomonlik tabiatiga xos emas, u erkin ijodning mahsulidir. Xudo 
dunyoni yaxshilik manbai qilib yaratgan lekin yovuz iroda zaharlangan. Bundan o‗z navbatida 
boshqa bir xulosa chiqariladi. Yomonlik yaxshilikka mutlaq ravishda qarama – qarshi emas, u faqat 
yaxshilikning noqis tomoni, Mutlaq yomonlik yo‗q, mutlaq yaxshilik bor. Avgustin dunyoda 
yomonlik mavjudligini inkor qilmaydi, lekin uni faqat yaxshiligi yo‗qligidan deb hisoblaydi. 
Yaxshilik va yomonlik masalasi Avgustin axloqiy ta‘limotida ham muhim o‗rinni egallaydi. 
Uningcha yomonlik odamlardan kelib chiqadi, xudo mehribonligining mahsulidir. Inson yomonlik 
uchun javob beradi, yaxshilik uchun emas. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling