Tarix-7 2017.(Uzb). indd


slav balog‘atga yetgunicha Kiyev knyaz- ligini bosh  qargan. U Rus mavqeini  harbiy yurishlar, istilolar bilan emas,  29-rasm


Download 3.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/127
Sana06.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1693258
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127
Bog'liq
7-sinf-Jahon-Tarixi

slav balog‘atga yetgunicha Kiyev knyaz-
ligini bosh 
qargan. U Rus mavqeini 
harbiy yurishlar, istilolar bilan emas, 
29-rasm. Kiyev Rusi
hukmdori Olga


39
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
mo 
hirona diðlomatiya orqali yuksaltirishga intilgan. Olga 
X asr 
ning 50-yillari o‘rtalarida Konstantinopolga tashrif 
buyurib, xristianlikni qabul qiladi. Lekin Olganing o‘g‘li 
Svyatoslav yangi dinni qabul qilishdan bosh tortadi. 
Xazarlarga qarshi kurash. Yilnomalarda yozilishicha
Svyatoslav 964-yilda 22 yoshida knyazlik taxtiga o‘tir-
gach, Sharqqa yurish boshlagan. Svyatoslav Itil (Volga) va 
Don daryolari oralig‘ida tashkil topgan Xazar xoqonligini 
mag‘lub etib, uni 
ng poytaxti Itil shahrini egallagan. Ke-
yinchalik Svyatoslav Bolgariyaga, ko‘chmanchi bijanaklarga, 
Vizantiyaga qarshi urushlar olib borgan. 
Xristianlikning qabul qilinishi. 
Svya to slav ning vorislari orasidagi 
kurash so‘ngida Vladimir (980–
1015) taxtni egallaydi. Dastlab u 
slav yan qabilalarining isyonini bosti-
rib, Kiyev Rusi chegaralarida yan-
gi mudofaa qal’alarini qurdira-
di. Shundan so‘ng knyaz Dunay 
bo‘ylarida yashagan bulg‘orlarga 
qarshi harbiy yurish uyushtiradi. 
Ammo rus tarixida Vladimir isti-
lochi emas, balki 988-yilda ruslar-
ni xristian dinini qabul qildir 
gan 
hukm 
dor sifatida qadrlanadi. Vladi-
mir mahalliy knyazlar sulolalarini tugatib, ularning o‘rniga 
o‘g‘illarini noiblikka tayinlagan. Lekin knyaz 
ning katta 
o‘g‘li Novgorod noi bi Yaroslav Kiyevga boj to‘lashdan 
bosh tortgan. Vladi 
mir unga qarshi yurishga tayyorgarlik 
paytida vafot etgan.
Uning vorislari orasidagi taxt uchun kurashlarda g‘olib 
chiq 
qan Yaroslav (1019–1054) boshqaruvi Kiyev Rusi 
ning 
gullab-yashnagan davri bo‘lgan. Yangi knyaz dav 
rida Ki-
yev ostonalarida paydo bo‘lgan bijanak qabilalari uzil-kesil 
mag‘lub etilib, g‘alaba sharafiga Kiyevda avliyo Sofiya 
ibodatxonasi qurilgan.
Yaroslav davrida Rusning Yevropa mamlakatlari bilan 
munosabatlari rivojlangan.
30-rasm. Buyuk knyaz 
Vladimir


40
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
Yevropa davlatlarining hukmdorlaridan yana qay 
biri yilnomalar yozib borishni buyurgan edi? Yil-
nomalar tuzib borish nima uchun kerak bo‘lgan?

Download 3.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling