39
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
mo
hirona diðlomatiya orqali yuksaltirishga intilgan. Olga
X asr
ning 50-yillari o‘rtalarida Konstantinopolga tashrif
buyurib, xristianlikni qabul qiladi. Lekin Olganing o‘g‘li
Svyatoslav yangi dinni qabul qilishdan bosh tortadi.
Xazarlarga qarshi kurash. Yilnomalarda
yozilishicha,
Svyatoslav 964-yilda 22 yoshida knyazlik taxtiga o‘tir-
gach, Sharqqa yurish boshlagan. Svyatoslav Itil (Volga) va
Don daryolari oralig‘ida tashkil topgan Xazar xoqonligini
mag‘lub etib, uni
ng poytaxti
Itil shahrini egallagan. Ke-
yinchalik Svyatoslav Bolgariyaga, ko‘chmanchi bijanaklarga,
Vizantiyaga qarshi urushlar olib borgan.
Xristianlikning qabul qilinishi.
Svya to slav ning
vorislari orasidagi
kurash so‘ngida
Vladimir (980–
1015) taxtni egallaydi. Dastlab u
slav yan qabilalarining isyonini bosti-
rib, Kiyev Rusi chegaralarida yan-
gi mudofaa qal’alarini qurdira-
di. Shundan so‘ng
knyaz Dunay
bo‘ylarida yashagan bulg‘orlarga
qarshi harbiy yurish uyushtiradi.
Ammo rus tarixida Vladimir isti-
lochi emas, balki 988-yilda ruslar-
ni xristian dinini qabul qildir
gan
hukm
dor sifatida qadrlanadi. Vladi-
mir mahalliy
knyazlar sulolalarini tugatib, ularning o‘rniga
o‘g‘illarini noiblikka tayinlagan. Lekin knyaz
ning katta
o‘g‘li Novgorod noi bi
Yaroslav Kiyevga boj to‘lashdan
bosh tortgan. Vladi
mir unga qarshi
yurishga tayyorgarlik
paytida vafot etgan.
Uning vorislari orasidagi taxt uchun kurashlarda g‘olib
chiq
qan Yaroslav (1019–1054) boshqaruvi Kiyev Rusi
ning
gullab-yashnagan davri bo‘lgan. Yangi knyaz dav
rida Ki-
yev ostonalarida paydo bo‘lgan bijanak qabilalari uzil-kesil
mag‘lub etilib, g‘alaba sharafiga
Kiyevda avliyo Sofiya
ibodatxonasi qurilgan.
Yaroslav davrida Rusning Yevropa mamlakatlari bilan
munosabatlari rivojlangan.
30-rasm. Buyuk knyaz
Vladimir
40
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
Yevropa davlatlarining hukmdorlaridan yana qay
biri yilnomalar yozib borishni buyurgan edi? Yil-
nomalar tuzib borish nima uchun kerak bo‘lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: