Tarix darslarida rivoyatlar va hikoyalardan foydalanish haqida ma’lumot. Darsda tarixiy manbalardan, badiiy va boshqa adabiyotlardan shuningdek rivoyatlar va hikoyalardan foydalanish. «Skarabey»
Tarix o'qitish metodikasinining predmeti, maqsad va vazifalar
Download 65.33 Kb.
|
1-2
1.Tarix o'qitish metodikasinining predmeti, maqsad va vazifalar
O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risidagi Qonun», «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ga binoan tarix fanini o'qitishda o'tkazilayotgan isloxatlar. Umumiy o'rta ta'lim, akademik liцey va kasb-hunar kollejlar uchun yaratilgan Davlat Ta'lim standarti, dasturlar, darsliklar va o'quv qo'llanmalar. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida va ungacha umum o'rta ta'lim, O'rta Maxsus ta'lim tizimida tarix fanining mazmun va mohiyati. Tarix o'qitish metodikasining predmeti va uning vazifalari. Tarix o'qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o'rtasidagi aloqalar. Tarix o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Talaba bilimiga qo'yiladigan talablar: Tarix o'qitish metodikasi fanini o'rganish natijasida talaba quyidagi bilimlarga эga bo'lishi kerak; Tarix o'qitish metodikasining tuzilishi va vazifasini bilishi; O'qitishning turli usul va vositalarini o'zlashtirish; dars jarayonini tashkil qilish mahoratini o'zlashtirish; Tarix o'qitish metodikasi fanini bo'lajak mutaxassislar uchun ilmiy va amaliy ahamiyati; Quyidagi malaka va ko'nikmaga эga bo'lishi kerak: Tarix o'qitish metodikasidan tarix o'qitish jarayonini amalga oshirishda unumli metodlarni tanlab olish va ularni qo'llay bilish; Nazariy jihatdan olgan bilimlarni amaliyotda qo'llash ko'nikmasi; Tarix o'qitish metodikasi fani, tarix, pedagogikaning asosiy didaktik talablari, darsga qo'yiladigan talablar, psixologiya fani-o'quvchilarning yosh xususiyatlari, falsafa fanlari bilan uzviy bog'liq. I.A.Karimov.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.T.O`zbekiston,-1992. Badiiy adabiyotning qimmati o’quvchi voqelikni adibning iste'dodi darajasida idrok etishga, uni ko’zi bilan ko’rishga, uning shaxsi orqali, ma'naviy dunyosi orqali tasavvur etishga, u olg’a surgan o’z amaliy faoliyatida ongli ravishda amal qilishga erishishi bilan belgilanadi. O’quvchi asarda tasvirlangan timsollar galereyasi va badiiy vositalarni faqat ko’zatuvchisiga aylanmasligi, balki adib olg’a surgan ta'lim-tarbiyaviy g’oyani qanday natijaga erishganligi nuqtai nazaridan baholashga o’rgangan taqdirdagina uning mohiyatini to’liq, chuqur anglab yetishi muqarrar. Badiiy asarni to’g’ri tanlay bilish ham asar g’oyasini ta'lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o’zlashtirishning muhim omillaridan biri bo’lib, uni tanlashda ma'lum mezonlarga asoslaniladi, ya'ni badiiy asarning yuksak g’oyaviy-badiiy qimmati, adib ijodida asarning xarakterli o’rni (asosan yuqori sinflarda): asarning yaratilgan va o’rganilayotgan davr uchun ahamiyati ( bu ham asosan yuqori sinflarda hisobga olinadi); badiiy asarning ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi xususiyati; badiiy asarning o’quvchi yoshiga mosligi, munosibligi; badiiy asarning o’quvchi yoshiga mosligi, munosibligi; o’quvchida qiziqish uyg’otishi; o’quvchining ma'naviy qiziqishi; talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan iboratdir. I.A.Karimov.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.T.O`zbekiston,-1992. Download 65.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling