Tarix darslarida rivoyatlar va hikoyalardan foydalanish haqida ma’lumot. Darsda tarixiy manbalardan, badiiy va boshqa adabiyotlardan shuningdek rivoyatlar va hikoyalardan foydalanish. «Skarabey»


Darsda tarixiy manbalardan, badiiy va boshqa adabiyotlardan shuningdek rivoyatlar va hikoyalardan foydalanish


Download 65.33 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi65.33 Kb.
#1551101
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-2

2.Darsda tarixiy manbalardan, badiiy va boshqa adabiyotlardan shuningdek rivoyatlar va hikoyalardan foydalanish.
Tarixiy-badiiy adabiyotlar tarixiy jarayonlarni o’zlashtirishda muhim omil. Tarixiy–badiiy adabiyotlardan tarix darslarida foydalanishda o’quvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish. Badiiy adabiyotlar va ularning turlari. Adabiy manbalar ulardan tarix darslarida foydalanish metodlari: Mavzuga oid adabiy manbalarni tavsiya etish, manbalardagi mavzuga oid shaxs va tarixiy voqealar xususida suxbatlashish, manbalardan foydalanish metodlari.Badiiy adabiyotning yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi ahamiyati.
Proza yo’lida yozilgan asarlar hayotning keng va ob'ektiv manzarasini tasvirlashi, ma'naviy qadriyatlar mohiyatini atroflicha ochib berishi, poeziyada bunday tasvirga keng imkoniyat yo’qligi, dramatik asarlarda esa voqelik yozuvchi nutqi orqali emas, balki obrazlarning hatti-harakati, so’zlari orqali ifodalanishi bilan farq qiladi. Adabiy turlar o’rtasidagi bunday farqlanish ularning tarbiyaviy imkoniyatlari jihatidan ham farqlanishiga olib keladi. Mazkur janrlardagi asarlar o’quvchiga birinchidan, o’tmishning madaniy merosi. Bu merosning rang-barangligi, o’zbek xalqining takrorlanmas iste'dod egalari bo’lgan ajdodlari haqida aniq va qiziqarli ma'lumot beradi. Ikkinchidan o’quvchining o’zligini anglashi uchun boy ma'naviy oziq beradi. Uchinchidan, o’zbek millati, sharq xalqlari tarixi, dini madaniyati, urf-odatlari, an'analari; udumlari haqida badiiy ifoda vositalari asosida ilmiy, haqqoniy, tarixiy ma'lumotlarni egallashga muvaffaq bo’ladi. To’rtinchidan, sharq xalqlari, o’zbek xalqi ruhiy holati, axloq-odob mezonlaridan qahramonlik, jasurlik, mehnatsevarliq insonparvarlik, mehmonavozlik, imon-e'tiqod, sevgida sadoqat kabi qadriyatlar haqida atroflicha ma'lumot olishga muyassar bo’ladi. Masalan,qahramonlik eposlarida turkiy xalqlarga xos qahramonlik, vatanparvarlik, jasurlik(“Shiroq” , “To’maris”), xalqparvarlik, sevgida sadoqat (“Alpomish”, “Tohir va Zuhra”, “Yusuf va Zulayho”, “Farxod va Shirin”), jangnoma xarakteridagi dostonlarda o’tmish qahramonlar, tarixiy va hayotiy
I.A.Karimov.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.T.O`zbekiston,-1992.

haqiqatning kuylanishi (“Shohnoma”, “Jangnomai Jamshid”...), pandnoma harakteridagi dostonlarda kishining kundalik hayotida amal qilishi lozim bo’lgan xulq-avor mezonlari diniy va dunyoviy ahloq qonun-qoidalari (“Qutadg’u bilig”,“Saddi Iskandariy”...), qissalarda (“Badoe'-ul vaqoe'”, “Qissai Yusuf va Zulayho”, “Qissasul anbiyo”, “Qissai Rabg’o’ziy” va h.k.) sharq xalqlarining turmush tarzi, tarixiga xos voqealar tasviri ko’proq o’z ifodasini topadi. Shuning uchun ham bu janrlarda yaratilgan adabiyot namunalari o’quvchiga ma'naviy madaniyatimizning tarixiy boy qirrallari haqida sharq xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqining o’tmishi, qadriyatlari, axloq-odob mezonlari haqida atroflicha ma'lumot berish imkoniyatiga ega.


«Skarabey» interaktiv texnologiya bo'lib, u Tarix darslarida o'quvchilarda fikriy bog'liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o'quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o'rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda, turli g'oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog'liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
«Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo'lib, undan o'quv materialining turli bosqichlarini o'rganishda foydalaniladi:
-boshida – o'quv faoliyatini rag'batlantirish sifatida («Aqliy hujum»);
-mavzuni o'rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o'rganish, yangi jihatlarini ko'rsatish;
-oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
Tarix darsida «Skarabey» texnologiyasi o'quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o'quvchilar tajribasidan foydalanishni ko'zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o'tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko'rsatish mumkin.
Tarix darsida o’qituvchi «Skarabey» ni alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o'quv jamoalarida qo'llanishi mumkin. Ta'limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
Tarix darsida o’qituvchi «Skarabey» ni alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o'quv jamoalarida qo'llanishi mumkin. Ta'limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
-o'zgalar fikriga hurmat;
-jamoa bilan ishlash mahorati;
-faollik;
-xushmuomalalik;
-ishga ijodiy yondashish;
-imkoniyatlarini ko'rsatish ehtiyoji;
-o'z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
-«men»ligini ifodalashga imkon beradi;
-o'z faoliyati natijalariga mas'ullik va qiziqish uyg'otadi.
Asosiy tushunchalari quyidagilar:
Assotsiatsiya – mantiqiy bog'liqlik bo'lib, sezgilar, tasavvurlar,
idrok qilish, g'oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.

I.A. Karimov. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. O`zbekiston, 1993.



Download 65.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling