Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
IV asrda Rim imperiyasi. Davlatning ikkiga bo’linishi
Download 1.03 Mb.
|
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
4. IV asrda Rim imperiyasi. Davlatning ikkiga bo’linishi. Diokletian hokimiyatdan voz kechgach, imperator hokimiyatini egallash uchun yana qonli kurashlar boshlanib ketgan. Bu kurashda shafqatsiz lashkarboshilardan biri Konstantin g`alaba qilgan (306-337). U sharqiy viloyatlardagi aslzodalar va harbiylarga tayanib ish ko`rgan. Konstantin hokimiyatni bosib olish va qo`lda saqlab qolish uchun hech narsadan qaytmagan, ichgan qasamini buzgan, o`z ittifoqchilarini xiyonatkorona o`ldirgan. Hatto «o`g`lim mening taxtimni egallamoqchi» deb, uni ham o`limga buyurgan.
Konstantin mehnat ahli, qullarga va kolonlarga nisbatan o`ta shafqatsiz edi. U katta yer egalarini ishchi kuchi bilan ta'minlash uchun qullar va kolonlarning ular yeridan ketishlarini ta'qiqlab qo`ygan. Qochib ketgan kolon ulab olinsa, kishanga solinib xo`jayin ixtiyoriga qaytarilgan. O` xo`jayinidan qochib ketgan qul tutib olinsa, u qamchi, darra bilan o`lasi qilib kaltaklangan va kishanga solingan. Imperator ustaxona, korxona va konlarda ishlovchi xizmatchilar badaniga qullar singari tamg`a bosishni buyurgan. Konstantin va uning amaldorlari, harbiy boshliqlar dabdabali hayot kechirganlar. Imperator qo`l ostida juda katta qo`shin va josuslar bo`lgan. Ularni boqish uchun juda katta mablag` kerak edi. Bu mablag`lar xalqdan yig`ilgan. Konstantin davrida soliqlarning turi va miqdori oshirilgan. soliq tulashdan bosh tortgan, uni to`lashga qurbi yetmagan kishilar kaltaklangan. Fuqarolarning u shahardan bu shaharga ko`chishi taqiqlangan. Har bir kishi o`z kasb-kori bilan shug`ullanib, uni o`z bolalariga o`rgatishi zarur edi. 313 yilda Konstantin xristianlarning oshkora to`planishlari va ibodatxona qurishlariga ijozat bergan. Shundan boshlab imperator va boshqa quldorlar xristian cherkoviga saxiylik bilan yer, pul va qimmatbaho narsalar hadya qilgan. Imperiya shahar va qishloqlarida ko`plab ibodatxonalar qurilib, xristian dinining muxlislari orta borgan. Ularning qo`lida juda ko`p boylik to`plangan. Konstantin xristian dinining homiysiga aylanib, cherkov uni avliyo deb e'lon qilgan. Konstantin Bosfor bo`g`ozi sohilida bir shahar qurdirgan. Qadimda bu joyda yunonlarning Vizantiy degan koloniyasi bo`lgan edi. Imperator bu shaharni o`z nomi bilan Konstantin shahri – Konstantinopol deb atagan. Shahar 10 yil ichida bitkazilgan. 330 yilda imperiya poytaxti Rimdan Konstantinopol shahriga ko`chirilgan. Poytaxtning sharqqa ko`chirilishi katta siyosiy ahamiyatga ega bo`lgan. Imperatorlarnig qo`llab-quvvatlashi natijasida xristianlik keng yoyilib kuchga kirgan. Shundan boshlab ular imperiya aholisi e'tiqod qilgan boshqa dinlarni ta'qib qila boshlagan. Ular ibodatxonalarni vayron qilib, undagi qadimgi xudolarning haykallarini sindirib tashlaganlar. Buzilmay qolgan ibodatxonalarga esa xristian cherkovlari joylashtirilgan. Ana shu ur-yigitlar davrida juda ko`p san'at obidalari yer bilan yakson qilingan. IV asr oxirlariga kelib esa Zevsga bag`ishlangan Olimpiya o`yinlarini o`tkazish ta'qiqlangan. Xristianlar ilm-fanga qarshi kurash boshlaganlar. Ular Iskandariyadagi mashhur kutubxonaning juda ko`p qo`lyozma asarlarini yondirib tashlaganlar, boshqa shaharlardagi ilmiy asarlar va kitoblarni ham yo`q qilib tashlaganlar. O`sha davrning ko`pgina mashhur olimplari sazoyi qilingan, ba'zilar o`z vatanlaridan surgun qilingan. Iskandariya ko`chalarida xristianlar olomoni mashhur olima Ipatiyani chavaqlab, burda-burda qilib tashlaganlar. Ipatiya ilm-fan yo`lida jafo chekkan va xristianlar qo`lida vahshiyona o`ldirilgan dastlabki ayollardan biri edi. IV asrning ikkinchi yarmida Rim, Konstantinopol, Antioxiya, Iskandariya va imperiyaning boshqa shaharlarida tez-tez g`alayonlar bo`lib turgan. IV asrning 60-70-yillarida Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari – Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli va Konstantinopol shahrida ham ommaviy harakatlar keng quloch yoygan. Bu harakatlarning barchasi rahmsizlik bilan bostirilgan. Shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, harakatlarning bir qismi Rim imperiyaiga qarshi milliy ozodlik urushi bo`lgan. Bunday harakatlarda mahalliy aslzodalar ham faol ishtirok etganlar. Ommaviy harakatlar Rim imperiyaining inqirozidan nishona edi. IV asrning o`rtalaridan boshlab, Rim imperiyaida ahvol yomonlashgan. Toj-taxt uchun kurash kuchayib, poraxo`rlik, davlat mulkini talash avjiga chiqqan. Rim qo`shinlarida intizom bo`shashgan. Bu hol tashqaridan bo`ladigan hujumlardan imperiyani himoya qilish ishiga katta zarar keltirgan. Bu davrda eronliklar imperiyaning sharqiy viloyatlariga bostirib kirib, shahar va qishloqlarni talay boshlaganlar. Shimoliy Afrikadagi Mavr, G`arbiy Yevropaning Reyn ortidagi frank va boshqa qabilalar ham imperiyaga qarshi hujum boshlaganlar. Ayni paytda Italiyaning o`zida ham mehnatkashlar va qullarning noroziligi tobora kuchayib, imperiya chor atrofdan siqib kelayotgan dushmanlar halqasi girdobiga tushib qolgan. Shimol va shimoli-sharqdagi varvar qabilalari ittifoq bo`lib Rim imperiyaining chegara istehkomlariga tez-tez hujumlar uyushtirganlar. Imperatorlar esa varvarlarning tajovuzlaridan qutulish uchun ularga ko`p miqdorda oltin va qimmatbaho buyumlar berishgan. Yoki katta pul evaziga boshqa jangovar qabilalar jangchilarni yollab o`z chegaralarini mudofaa qilishga majbur bo`lganlar. Imperatorlar bu mablag`larni mehnatkash aholidan undirganlar. Bu hol imperiyada mehnatkash xalq ommasi va qullarning ahvolini og`irlashtirib yuborgan. IV asrning ikkinchi yarmida ichki Osiyo va Kaspiybo`yi dashtlarida ko`chmanchi xunn qabilalari Volgani kesib o`tib Yevropaga bostirib kirganlar. Xunnlar bu yerga bostirib kirmasdan 100 yilcha ilgari gotlar nomi bilan mashhur bo`lgan german qabilalari Skandinaviyadan Qora dengizning shimolidagi yerlarga kelib joylashgan edilar. Xunnlar yo`lda keta turib, gotlarning ostgotlar deb atalgan sharqiy qismini o`zlariga bo`ysundirganlar. Gotlarning vestgotlar deb atalgan g`arbiy qismi xunnlarning shiddatli zarbalariga bardosh bera olmay Dunay daryosi bo`ylariga chekinishga majbur bo`lganlar. Vestgotlar Rim imperatori Valentdan Meziya va Frakiyaga o`tib joylashishga ijozat so`raganlar. O`n minglab gotlar xotin, bola-chaqalari bilan qayiq va sollarda Dunay daryosining o`ng sohiliga o`ta boshlaganlar. Daryodan o`tish davrida juda ko`p kishi g`arq bo`lib o`lgan. Gotlar daryodan o`tib Meziya va Frakiya bo`ylab joylashganlar. Imperator odamlari gotlarni oziq-ovqat bilan ta'minlashni o`z zimmalariga olganlar. Lekin ular va'dalarini bajarmaganlar. Gotlar orasida ocharchilik boshlangan. Rim amaldorlari bundan foydalanib gotlarga oziq-ovqat mahsulotlarini yuqori bahoda sotganlar, yoki ularni qimmatbaho buyumlarga, qullarga va hatto bolalarga ayirbosh qilganlar. Bu xo`rlikka chiday olmagan gotlar qo`zg`olon ko`tarib, Konstantinopol tomon yo`l olganlar. Imperator Valent saralangan qo`shin bilan gotlar ustiga bostirib borgan. 378 yilda Andrianopol shahri yonida gotlar bilan Rim qo`shinlari o`rtasida og`ir jang bo`lgan. Jangda gotlar g`olib chiqib, Rim imperatori Valent va uning sarkardalari halok bo`lgan. Gotlar, xunn va alanlar bilan ittifoq bo`lib Konstantinopolga hujum boshlaganlar. Yangi imperator Feodosiy (379-395) gotlar bilan sulh tuzib, Italiya kaliti bo`lgan Illiriyani ularga berishga majbur bo`lgan. Gotlar rimliklar qo`shini xizmat qilish majburiyatini olganlar. Gotlarning Illiriyada joylashuvi imperiya uchun ham juda xavfli edi. IV asr oxirida boshqa varvar qabilalari ham Rim chegaralariga yaqinlashib, ularga tahdid sola boshlaganlar. Rimliklar katta boylik berish evaziga ular bilan shartnoma tuzib, ulardan yollanma qo`shin sifatida foydalanganlar. Ko`p o`tmay imperator saroyi va qo`shinidagi nufuzli o`rinlarni varvar zodagonlari va harbiylari egallay ola boshlaganlar. Varvarlar istilosi Rim imperiyaining bo`linib ketishini tezlashtirgan. Imperator Feodosiy o`limi oldidan (395 yil) imperiyani ikki qismga ajratib tashlagan. Bolqon yarim oroli, Misr va Kichik Osiyodagi yerlar Sharqiy qismga kirib, unga imperatorning katta o`g`li Arkadiy imperator etib tayinlangan. Italiya, Yevropa va Afrikadagi viloyatlar esa G`arbiy qismga kirib, unga imperatorning kichik o`g`li Gonoriy imperator bo`lib qolgan. Imperiyaning bo`linib ketishi uni yanada zaiflashtirib yuborgan. Shu munosabat bilan G`arbiy imperiyaning har ikki qismida har varvar aslzodalari va harbiylarning ta'siri kuchayib borgan85. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling