Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
Yunonistonda xo’jalik hayoti
Download 1.03 Mb.
|
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
1.Yunonistonda xo’jalik hayoti. Mil.av. V asrda Yunoniston ekonomikasi jadal rivojlana boshlaydi. Bu rivojlanish antik qullik formasiga asoslangan. Bu davrda quldorlar son jihatidan ham, sifat jihatdan ham o'sadi. Mil.av. V asrda qullarni ko'plab olib kela boshlaydilar. Yunon-fors urushida asir olinganlar va Frakiya, Kichik Osiyo kabi joylardagi qabilalar qo'shni qabilalarga hujum qilib, aholini qul qilib yunonlarga olib kelib sotganlar. Yunonistonda qul bozorlari bor edi. Eng katta qul bozori Xios orolida bo'lgan. Qullar bozorda yalang'och qilib qo'yilgan. Ular sinab ko'rilib sotib olingan.
Qullarning mehnatidan qishloq xo'jaligida, hunarmandchilikda va kon ishlarida foydalanganlar. Yuridik jihatdan qul xo'jayinning mulki hisoblangan. Yunon davlatlarining ba'zilarida qulni o'ldirishni taqiqlovchi qonun bo'lsada, amalda bunga rioya qilinmagan. Qullar qonuniy nikohga kira olmaganlar. Amaldagi ularning eru-xotinligi faqat birga turishdan iborat bo'lgan, xo'jayinning hoxishi bilan bunday birga turish har qachon buzilishi mumkin bo'lgan. Qullar orasida pedagoglar, vrachlar, aktyorlar, muzikachilar va raqqoslar bor edi. Lekin ular xo'jayin izmida bo'lgan. Davlat qullari ham mavjud edi. Ular idoralarda past lavozimlarda ishlaganlar: kotiblik, mirzalik kabi ishlarda ishlaganlar, ularning ahvoli xususiy kishilar qo'lidagi qullarnikidan yengil bo'lgan. Qullarga doimo buyumdek qaralgan. Qullarning xo'jayinlarga qarshiligi avval passiv, ya'ni qurollarni sindirish, buzish va yomon ishlash bo'lgan. Ular tez-tez qochib ketganlar. Peloponnes urushi vaqtida 20 mingdan ortiq qul Afinadan qochib spartaliklar tomoniga Dakeleya shahriga ketgan. Qullarning qochishi kamdan-kam muvaffaqiyatli bo'lgan. Qochgan qullarni odatda tushib olingan va egalariga qaytarilgan, qul egasi ularni jazolagan. Mil.av. V asrda yashagan ilotlarning qo'zg'olonlarigina bir oz uyushgan qo'zg'olonlar bo'lgan. Mil.av.av. 464-455 yillarda bo'lgan qo'zg'olon keng miqyosda bo'lib, 3-Messeniya urushi deb nom olgan va uni spartaliklar zo'rg'a bostirgan. Qadimgi Yunonistonda mil.av. V-IV asrda erkin ishlab chiqarish bo'lib, ular qishloq xo'jaligida ham, hunarmandchilikda ham ishlar edi. Hunarmandlarning kichikroq ustaxonalari bor edi va ular yaqin kishilari bilan birga ishlaganlar. Erkin ustalar eng nozik va malaka talab qiladigan ishlarni bajarar edilar. Kulolchilikda ular idishlarni shaklga solar, pishirar va ularga naqshlar chizdilar. Metallurgiyada erkin temirchilar bo'lib, metalldan chiroyli qurollar va buyumlar yasardilar. Yunonlar birinchi bo'lib po'latdan buyum yasashni amaliy ravishda o'rganganliklari ma'lum. Mil.av. V-IV asrlarda qullarning mehnatidan foydalanish hamma sohalarda o'sib ketganligi sababli, erkin kishilarning mehnat qilish imkoniyatini asta-sekin cheklab borgan va ularning ijtimoiy ahvolini pasaytirib, ikkinchi navli kishilarga aylantirib qo'ygan. Qishloq xo'jaligi: mil.av. V-IV asrlarda asosiy qishloq xo'jalik ekinlari uzum, zaytun, meva va sabzavot ekinlari edi. Lokoniya, Messeniya, Beotiya va Fessaliya vodiylari g'allakorlik rivojlangan, bug'doy, arpa, suli ekkanlar. O'z g'allari yetmagan, asosan Shimoliy Qora dengiz bo'ylaridan keltirganlar. Uzum va zaytun Yunonistonning asosiy mahsulotlari bo'lgan. Vino tayyorlash va zaytun moyi olish uchun vinoxona va juvozxona vujudga kelgan. Peloponnes urushiga qadar kichik-kichik yer ulushlari - kiyerlar bo'lgan. Katta yer egalari kam bo'lgan. Peloponnes urushidan keyin kichikroq yer egaligi o'sib ketgan. Er.av. U asrda qishloq xo'jaligida qul mehnati erkin kishilar mehnati bilan raqobat qila boshlagan. Katta yer egasi yerni qullarning mehnatidan foydalanib ishlagan22. Mil.av. V-IV asrlarda butun Yunonistonda hunarmandchilik rivojlanadi. Afina hunarmandchiligi ko'p shaharlar uchun namuna bo'ladi. Afinaning - vazalari, matolari, po'lat va temir buyumlari, ayniqsa, qadrlangan. Turli hunarmandchilik buyumlari yasaydigan ustaxonalar ergasteriyalar - ishxonalar deb atalgan. Ularda ishlovchilar soni 20-30 kishiga yetgan. Mil.av. IV asrda yashagan mashhur notiq Demosfen o'z otasining qurolsozlik ustaxonasini tasvirlagan, unda 33 ta qul ishlagan. Ammo katta ustaxonalar deyarli bo'lmagan. O'sha zamonning manbalaridan faqat bittagina katta ustaxona borligi ma'lum, unda 120 ta qul ishlagan. 2 dan 10 nafargacha yumushchi ishlaydigan ustaxonalar ko'p bo'lgan. Hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida Afina boy shahar bo'lib qolgan. Afinada hunarmandchilik rivojlanishi bilan birga ichki va tashqi savdo ravnaq topib borgan. Afinadan 5 km masofada joylashgan Pirey Attikaning asosiy porti bo'lib, bu portga ajnabiy savdo kemalari kelib turgan. Pirey gavani juda qulay, chunki u shamoldan butunlay to'silgan. Bolqon Yunonistonsi O'rta Dengiz havzasidagi ko'pgina mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilgan. Afinaning Sitsiliya va Italiya shaharlari bilan savdosi uncha katta bo'lmagan va ularda Korinf, Peloponnesning boshqa davlatlari ko'proq savdo qilganlar. Afina o'zining dengiz ittifoqiga kirgan. Kichik Osiyo Frakiya shaharlari va Egey dengizi orollari bilan savdo qilgan. Afina va umuman Bolqon yunonlari Gellespont (Dardanell), Propontida (marmar) sohili va Qora dengiz sohilining ahamiyati katta bo'lgan, hatto Afinaning birinchi strategi Perikl Qora dengizda ekspeditsiya yuborgan. Yunonistonga olib kelinadigan asosiy narsa eng avval g'alla bo'lgan va Bofor podsholigidan keltirilgan. Shimoliy Qora dengiz bo'ylaridan osetra balig'i keltirilgan. Yunonistonga keltiriladigan muhim buyum - qullar bo'lgan. Qullarni Frakiya, Frigiya va Qora dengiz bo'ylaridan keltirilgan. Qora dengiz bo'ylaridagi shaharlardan qoramol ham keltirilgan. Afinaga Fasos, Rados, Mend, Knid kabi vinolar keltirilgan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling