Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
Miloddan avvalgi V-III asrlarda Rim qo'shini
Download 1.03 Mb.
|
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
5. Miloddan avvalgi V-III asrlarda Rim qo'shini. Rim armiyasining harbiy tizimi mil.avv. V asrda Rim qo'shni xalqlarga qarshi uzluksiz urush olib borgan sharoitda tarkib topgan. Rimning butun lashkari legion deb atalgan. Keyinroq ikki konsulning har bittasi o'ziga legion tuzib, unga qo'mondonlik qilgan. Mil.avv. IV asrda konsul qo'shini ikki legionga ajratilgan, butun armiyada to'rtta legion bo'lgan. Har bir legion og'ir qurollar bilan qurollangan 3000 askar va yengil qurolli 1200 askardan tashkil topgan. Legionga ittifoqchilarning qo'shinlari (5000 piyoda va 900 suvoriy) ham kirgan. Legion tarkibiga otliq suvoriylar ham kiritilgan. Ular ko'pincha oti bor boy kishilardan iborat bo'lgan. Legion 30 ta manipulaga ajratilgan. O'z navbatida manipula 60 va 30 kishidan iborat ikki senturiyaga ajratilgan. Manipulalar ixcham (rota kabi) tez harakat qila oladigan qism bo'lgan. Legion qat'iy tartibda saf tortgan. Eng oldingi qatorda yengil qurolli 1200 ta yosh jangchi (nayzabardorlar) turgan. Ikkinchi jangovor qatorni og'ir qurolli , sal katta yoshdagi 1200 jangchi tashkil qilgan. Ular prinsepslar, ya’ni, birinchilar yoki asosiylar deb atalgan. Ulardan nariroqda yana og'ir qurollangan, ammo xiyla tajriba ottirgan, chiniqqan 600 ta triariy saf torgan. Jangni odatda har bir senturiyaga qo'shib berilgan kamonchilar va nayzabardorlar boshlab bergan. So'ng prinsepslar jangga kirgan. Og'ir qurolli jangchilarning taxta qalqoni bo'lgan. U teri, mato, temir, tasmalar bilan qoplangan. Jangchilar boshlariga dubulg'a kiygan, ko'kraklariga mis sipar bog'lagan. Ba'zan sovut kiyganlar. Oyoqlariga teridan o'rab qo'ygan. Shamshir, nayza bilan qurollangan. Mil.avv. II asr oxirlaridan boshlab legionlarning asosiy quroli pilum deb ataluvchi qurol, uchi o'tkir ingichka tayoq bo'lgan. U dushmanning qalqon va sovutini teshib o'tgan. Ellinlarning qurollarini o'zlashtirganlar: toshotar, gelepola, o'q-yoyni o'zlashtirganlar.
Legionlar lageri bir-birini kesib o'tgan ikki chiziq bilan bo'lingan to'rt burchak hosil qilgan. Bu chiziqlar lagerning katta ko'chalari bo’lib, ko'cha boshlariga darvozalar qurilgan. Legion qo'mondonining lageri chodiri, qurbongoh va majlisgoh lagerning qoq markazida bo'lgan. Handak, ko'tarma va qoziq devorlar bilan o'ralgan hamda soqchilar qo'riqlab turadigan yaxshi himoyalangan, dam oladigan joy bo'lgan. Rimliklarda rag'batlantirish va jazo choralari bilan qattiq intizom o'rnatilgan. Konsul jangda ish ko'rsatgan askarlarga majlislarda maqtab faxriy nayza, oltin yoki kumush bilakuzuk, bronza sovut bilan mukofotlagan. Rim grajdanini o'limdan qutqargan legioner jangchi, eman bargidan yasalgan chambar bilan, dushman devori yoki kemasiga birinchi chiqqan yoki dushman lageriga birinchi qadam qo'ygan jangchi esa oltin chambar bilan mukofotlangan. Eng zo'r mukofot yer uchastkasi bilan taqdirlash bo'lgan. Jangda shaxsiy qurollarini yo'qotganlar hatto o'lim jazosiga hukm qilingan. Jang vaqtida chekingan yoki qo'zg'olon qilgan jangchiga «detsimatsiya» odati qo'llanilgan. Chek tashlab o'n jangchidan biri qatl etilgan52. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling