Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


O’quv fanning maqsadi va vazifalari


Download 1.03 Mb.
bet64/83
Sana15.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1480184
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

O’quv fanning maqsadi va vazifalari



Fanni o’qitishning maqsadi - Jahon tarixining turli bosqichlarida ro’y bergan muhim voqealar va jarayonlarni, insoniyatning ko’p asrlik taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan omillarni, tarixiy rivojlanish davomida turli mamlakatlar va mintaqalarga xos bo’lgan xususiyatlarni, dunyoning turli chekkalarida ro’y bergan voqealar va jarayonlarning ko’p hollarda o’zaro bog’liqligini, tarixiy rivojlanishning barcha mamlakatlar uchun umumiy qonuniyatlar mavjudligini tadqiq etishdan iborat.
Fanni o’qitishning vazifalari - Jahon tarixining turli bosqichlarida ro’y bergan muhim voqealar va jarayonlarni o’rganish, tarixiy taraqqiyotga ta’sir ko’rsatgan omillarni tahlil etish, tarixiy rivojlanish davomida mamlakatlar va mintaqalar tarixiga xos bo’lgan xususiyatlarni ochib berish, xalqlarning mentaliteti, urf-odatlarini, madaniyatini ilmiy tadqiq etish, dunyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va etnik evolyutsiyasining asosiy bosqichlari hamda yo’nalishlarini tushuntirishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yidagi talablar qo’yiladi.
Talaba: jahon tarixi davrining xususiyatlar, xunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi, feodal shaharlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, feodal jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va diniy hayotidagi o’zgarishlar haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak;

  • feodal jamiyatning rivojlanib, o’zining eng xususiyatlarini yo’qotishi va o’z o’rnini yangi iqtisodiy munosabatlarga bo’shatib berishi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishini to’g’ri tushunish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

  • jahon tarixining (qadimgi sharq, qadimgi yunoniston va rim, ilk va so’nggi o’rta asrlar, Osiyo va Afrika, Yevropa va Amerika davlatlari) davrida ro’y bergan ishlab chiqarishning yangi ilg’or munosabatlariga o’tish uchun bevosita shart-sharoit vujudga kelganini tahlil qilish, yangi ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan xalq ommasining eski feodal tuzumidan noroziligi, milliy-ozodlik harakati, yevropa miqyosida birinchi marta g’alaba qilgan burjua inqilobi, yangi burjua davlatining tashkil topishi, rivojlanishi, yevropa xalqlarining yangi davrga o’ta boshlashi. Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari jarayoni malakalariga ega bo’lishi kerak.





  1. Download 1.03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling