15-mavzu. Qadimgi Rim madaniyati
Rim va G’arb sivilizatsiyasi ildizlari. Antik madaniyatning inqirozi. Xristianlik dunyo qarashining paydo bo’lishi. Tarixnavislik. Ammian Martsellin. Xronikalar. Arxitektura va qurilish. San’at. Maxsus bilimlar. G’arb sivilizatsiyasi haqidagi ilk qarashlar. Fan va texnologiya. Xristian dinining kelib chiqishi va uning ilk tarixi. Miloddan avvalgi I asrda diniy e’tiqod. Xristian dini vujudga kelishining shart-sharoitlari. Xristianlikning Rim imperiyasiga yoyilishi. Xristian jamoalari ijtimoiy tarkibining o’zgarishi. Xristianlik dinining evolyutsiyasi va uning imperator hokimiyati bilan munosabati.
Eslatma: Modul bakalavriat 1-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, 2 semestrda o’tiladi.
2. Seminar mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg’ulotlarida talabalar “Jahon tarixi” fanidan ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo’yicha tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo’shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi.
Seminar mavzulari:
II semestr uchun
Qadimgi Yunoniston tarixi
Yunon polislarining paydo bo’lishi. Yunon koloniyalari
Miloddan avvalgi IХ asr oxiri –VI asrlarda Attika
Yunon-fors urushlari
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunoniston. Polis tizimining inqirozi
Ellinistik bosqich va uning xususiyatlari
Qadimgi Yunoniston madaniyati
Qadimgi Rim tarixiga kirish
Ilk Rim Respublikasi
Miloddan avvalgi III-II asrlarda Rimning istilochilik yurishlari
Rim respublikasi inqirozi
Rimda imperiya tuzumining o’rnatilishi
Milodiy I-II asrlarda Rim imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar
Rim imperiyasining inqirozga uchrashi
Qadimgi Rim madaniyati
Do'stlaringiz bilan baham: |