Tarix fakulteti "jahon tarixi" kafedrasi
Mavzuning o’rganilish darajasi
Download 76.91 Kb.
|
Afyun urushlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsad va vazifalari.
- Kurs ishi mavzusining nazariy uslubiy asosi.
- Kurs ishining strukturasi.
Mavzuning o’rganilish darajasi. Xitoy afyun urushi yillaridagi mavqei va bu davlat bilan munoabatlarning rivojlanishiga turli ommillar: ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi, hunarmandchilikning rivojlanishi, boshqa davlatlar bilan bo’lgan diplomatik va siyosiy munosabatlarning yuzaga kelishi kabi mazkur masalalarni to’liqroq tahlil qilish orqali Xitoy afyun urushi yillaridagi holatini aniqroq tassavvur qilish mumkin.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi Xitoy davlatining XX asrdagi holatini mavjud ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlar asosida tahlil qilish va yoritishdan iborat. Mavzuning davriy chegarasi. Mavzuning xronologik doirasi Xitoyga manjurlarning kirib kelishidan boshlab Birinchi jahon urushining yakunigacha bo’lgan davrlar qilib belgilandi. Mazkur davr yangi tarixning boshlanishida. Kurs ishi mavzusining nazariy uslubiy asosi. Kurs ishi materiallari tarixiylik, ilmiy xolislik va obyektivlik asosida tahlil qilindi. Shuningdek, tarixiy- qiyosiy taxlil, qadriyatlar uyg’unligi kabi tamoillarga amal qilindi. Tarixiy va arxeologik manbalardan foydalanish va ularni taqqoslash usuli qo’llanildi. Kurs ishining strukturasi. Kurs ishi ikki bob, to’rt paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalar qismidan iborat. I.BOB. XITOY XVII-XVIII ASRLARDA 1.1 XVІІ asr ikkinchi yarmidagi Xitoyning iqtisodiy ahvoli XѴІІ asr ikkinchi yarmidagi Xitoyning iqtisodiy ahvoli. Manchjurlarning hokimiyatga kelishi Xitoy jamiyatida maʻlum bir iqtisodiy o'zgarishlarga olib keldi. Xitoyning barcha er may- donlarini egallab olishning real imkoniyatiga ega bo'lmagan man- chjurlar bu erlarning katta qismini xitoylik mulkdorlar qo'lida koldirdi. Manchjurlar o'zlariga Chjili poytaxt viloyatidan, shuningdek, xitoylik aholi zich yashaydigan boshka xududlardan yer ajratdilar.1 Manchjuriyaning o'z hududi (1644 yilgi chegaralarda) o'ziga xos qo'riqxonaga aylangandi. Barcha erlar bogdixonning mul- ki bo'lib, etnik xitoylarga u erlarda yashash taqiqlangandi. Shuningdek, o'rmonlar, ishlov berilmaydigan erlar, o'quv tash- kilotlari joylashgan erlar va diniy marosimlar o'tkaziladigan maydonlar ham davlat mulki hisoblanardi. Еr maydonlarining asosiy qismi shartli ravishda xususiy mulk bulib, egasi undan foydalanganligi uchun soliq to'lardi. Hosilni yig'ib olishni qulaylashtirish uchun aholi ustidan qattiq nazo- rat o'rnatilgandi. Davlatga er, jon va boshqa soliklar to'layotgan dexkon xonadonlari o'nliklar va yuzliklarga birlashtirilgandi. Bundan tashkari dehqonlarning shaxsiy majburiyatlari ham saklab qolingandi. Soliqlar kumush bilan o'lchanardi, lekin asosan, hosil bilan to'lanardi. Davlat tuz chiqarishni o'zi egallab olgandi, choy, spirtli ichim- liklar, mulk oldi-sottisi va shu kabilarga qo'shimcha soliqlar so- linardi. Dehqon olingan hosilning katta kismini erning egasiga berishga va uning turli xil shaxsiy topshiriqlarini bajarishga majbur edi. Shunga qaramasdan, manchjurlar o'z hukmronliklarini mustahkamlash uchun Minlar davrida mavjud bo'lgan soliqlarni qisqartirdi va qisman bekor qildi, davlatga qarashli qo'riq er- lardan bir qismini dehqonlarga foydalanish uchun berdi. Buning barchasi XѴІІ asr oxirlariga kelib iqtisodning bir kadar o'sishiga va ijtimoiy munosabatlarning barqarorlashishiga olib keldi. Bu- ning oqibatida aholi soni ko'paydi, haydaladigan er maydonlari kengaydi, hunarmandchilik ham rivoj topdi. Baʻzi bir tarixchilar Xitoydagi barqarorlashuv natijasida kapitalistik hayot tarzi paydo bo'la boshlagan, deb hisoblaydilar. Aslida bu ijobiy o'zgarishlarning barchasi ancha yuzaki va karama- karshi xarakterga ega edi. Boshqa tadqiqotchilar esa, Xitoy jamiya- ti XІX asr boshlariga qadar hali to'liq anʻanaviyligicha qolgan va kapitalistik rivojlanish tomon hech qanaqa siljish kuzatilmagan- ligini taʻkidlaydilar. Manchjurlar esa Xitoydagi holatlarini mustahkamlab olganlaridan so'ng, asta-sekin soliq va majburiyat- larning avvalgi tizimiga kaytdilar. Bunday sharoitda sudxo'rlik kapitali muhim rol o'ynay boshla- di, chunki ko'pgina dehqonlar uning yordamisiz soliklarni to'lashi va shaxsiy xo'jaliklarini yuritishining iloji kam edi. Ko'pgina dexkonlar xonavayron bo'lib shaharlarga ketib, u erda gadolarcha kun ko'ra boshladilar. Sunlar sulolasi davridan buyon Xitoyda baoszya deb atalgan bir- birini ko'llash tizimi mavjud bo'lgan, unda faqat karindoshlar emas, u yoki bu joyda yashovchi barcha kishilar birlashardi. Besh hovli yoki o'n hovli tizimiga kirgan har bir oila boshkalarni kuza- tib yurishi kerak edi. Agar baoszya aʻzolari tayyorlanayotgan jinoyat haqida hokimiyatga o'z vaqtida xabar berishmasa, unda jinoyatchiga beriladigan jazo ularga ham berilardi. Bunday tartibdan o'zlariga amaliy foyda bo'lishini ko'rgan manchjurlar, o'z hukmronliklari davrida xam uni saqlab qoldilar. O'z navbatida, shaharlarda ham aholi ustidan qattiq nazorat o'rnatish, savdogarlar va hunarmandlarning tadbirkorlik tashab- buslarini cheklash bilan bog'liq bo'lgan jiddiy muammolar bor edi. Savdogarlarga katta kemalar qurish, o'z mahsulotlarini Xitoy xududidan olib chiqish taqiqlangandi. Boshqa davlatlar bilan savdo kilish xukukiga ham Sinlar saroyining qattiq nazorati ostida bo'lgan, maxsus tashkil qilingan savdo kompaniyalarigina ega edi. XѴІІ asr o'rtasi - XVIII asr boshlarida Sinlarning tashki siyosati. Sinlar saroyining tashqi siyosiy faoliyati bir-biriga qarshi bo'lgan ikkita yo'nalish bilan xarakterlanadi. Bir tomon- dan, Yaponiyaga o'xshab, tashqi dunyodan «eshiklarini yopib olish» istagi, boshka tomondan, qo'shni davlatlarning xududlarini bosib olishga urinish namoyon bo'lmoqda edi. Dastlab Koreya, keyin Gʻarbiy va Shimoliy Mo'g'uliston hamda Vetnam Sinlarga vassallikni tan olishdi. Еvropa mamlakatlari bilan aloqaga kelganda, Sinlar avvaliga ularga ancha ijobiy muno- sabatda bo'ldilar, chet elliklarda o'zlarining Xitoy ustidan to'liq nazorat o'rnatish uchun kurashlarida ittifoqchilarni ko'rdilar. Bu eng avvalo katolik missionerlariga xitoylik aholi o'rtasida o'z tashviqotlarini olib borish, evropaliklarning savdo kemalariga esa o'z mahsulotlarini sotish va xitoyliklarning mollarini so- tib olish uchun portlarga kirish huquqini berganligida namoyon bo'lgandi. XѴІІІ asr 70-yillarida Rossiya Xitoy bilan o'zaro alokalar o'rnatishga urindi. Ammo Uzoq Sharkda va Markaziy Osiyoda taʻsir uchun bo'lgan qarama-qarshilik o'sha paytda bunga yo'l qo'ymadi. Keyin ikki tomon o'rtasida qurolli to'qnashuvlar bo'ldi, uning na- tijasida Sinlarning qo'shinlari Amur daryosi yoqasidagi Abazin shaxrini qamal qildi va 1689 yili rus-xitoy Nerchin shartnomasi imzolandi.2 Bu shartnomaga ko'ra Rossiya bilan Xitoy o'rtasida savdo alokalari o'rnatiladigan bo'ldi, lekin Rossiya Xitoyga Amur daryosining chap sohilini berishi, Abazin shahri esa vayron qilinishi kerak edi. 1727-1728 yillari yana ikkita kelishuv - Burun traktati va Kyaxta shartnomasi imzolandi. Ular, Rossiya tomonidan yana hududiy yon berishlarga, rus-xitoy savdo aloqalarining yanada kengaytiri- lishiga va rus diniy vakilligining Pekinda doimiy turishi uchun ruxsat berilishiga olib keldi. Bu vakillik aʻzolari u erda xitoy tilini, madaniy anʻanalarini o'rgandilar va ayni paytda baʻzi bir diplomatik vazifalarni ham bajardilar. Gʻarbiy Еvropa davlatlarining Xitoyda o'z diniy vakolatxona- larini ochish uchun qilgan urinishlari o'sha davrda muvaffakiyat qozonmadi. Aksincha, XѴІІІ asr o'rtalarida Xitoy xokimiyati chet elliklarga o'z hududida savdo qilishni taqiqlab qo'ydi, bundan fakat Kanton (Guanchjou) porti mustasno edi. Jung'oriya va Qashqar ustidan qozonilgan harbiy g'alabalar, shu- ningdek, Tibetning Xitoy tarkibiga qo'shib olinishi Sinlarning tashqi siyosatdagi katta g'alabasi bo'ldi. XVIII asr 60-yillari oxi- rida Birma ham Xitoyga vassallikni tan oldi. XѴІІІ asr oxirida Buyuk Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi Xitoyda katta faollik ko'rsatdi. Xitoyga lord Makkartni boshchi- ligidagi elchilar keldi. Ularning maqsadi ikkala davlat o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatish, ingliz savdosini kengaytirishga urinish, «Gunxan» kompaniyasining tashqi iqtisodiy alokalarda yakka xukmronligini tugatish, shuningdek, Angliya fuqarolarining Xitoy xududida erkin harakatlanishiga ruxsat olish edi. Birok o'sha davrda Xitoy taxtida o'tirgan imperator Szyanlun bu daʻvo- larni rad etdi. Inglizlardan tashqari, Xitoy hududiga sukilib kirishga amerikaliklar ham urinib ko'rdilar, ularning kemalari 1784 yildan boshlab ko'p marta Xitoy kirgoklariga suzib keldi. Chet elliklar o'shanda hali shuni to'liq anglab etmagan edi- larki, ularning Xitoy bilan aloqa o'rnatishga bo'lgan har qanday urinishlari Xitoy xukmdorlari tomonidan «varvarlar»ning xi- toy sivilizasiyasini «o'zgartirish»ga intilishlari, shuningdek, ularning O'rta imperiyaga «fan» (vassal) bo'lish istaklari, deb kabul kilinardi. Bu hol Xitoyning boshqa mamlakatlar bilan teng aloqalar o'rnatish imkoniyatini yo'qqa chiqarardi. Shuning o'zi sovgalar olib kelishga ham taallukli edi. Boshka mamlakatlarning diplomatik marosimlarida odat bo'lgan sovg'a berish, agar bu sovg'a Xitoy imperatoriga berilsa, u xurmat belgisi sifatida emas, vas- sallari tomonidan berilgan xiroj sifatida tushunilardi. O'z na- vbatida, imperator ham, javob kadami sifatida o'zining haqiqiy yoki soxta vassallariga saxiylik bilan sovg'alar ulashardi. Shunday qilib, XѴІІІ asr oxiriga kelib Еvropa davlatlari va Amerika Xitoyga suqilib kirish va uni mustamlakaga aylantirish rejasini amalga oshira boshlagan bo'lsalarda, Xitoy xali Osiyo- ning katta va kuchli davlati bo'lib kolayotgan edi. Ammo iktisodiy va siyosiy qoloqlik oxir oqibatda Xitoyning yarim mustamlakaga aylanishiga olib keldi. Download 76.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling