Tarix fakulteti «sharq mamlakatlari va mintaqalararo» xotamnazarov begzod abdukarim o’G’LI


Download 57.12 Kb.
bet4/8
Sana04.04.2023
Hajmi57.12 Kb.
#1325067
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2,2 Xotmnazarov Begzod

Aqso masjidi. (arab.-uzoqdagi masjid)-Quddus (Iyerusalim) shahridagi yahudiylik an’anasida muqaddas hisoblangan (Sulaymon ibodatxonasi). Qur’onda shu nom bilan tilga olingan. Islomdan ilgari arablar, undan keyin musulmonlar jamoasining a’zolari Aqso masjidi tomonga qarab ibodat qilganlar. 624 yili Makadagi Ka’ba qibla deb e’lon qilingandan keyin u tomonga qarab ibodat qilish tо‘xtatilgan. Shu tariqa Madinada vahiy orqali islom teokratiyasining Muqaddas qonuni shariat tushirildi. Shariat diniy, ijtimoiy va yuridik ta’limotlarning asosiy tamoyillari, chunonchi: Umma, adliya, qullarni ozod qilish, yashash huquqi, nikoh, azon, qibla, bag‘rikenglik va boshqalar ta’riflab berildi. Ushbu tamoyillarga musulmonlar hozirgacha rioya qilib keladilar. 1 Umma-madinada Muhammad Payg‘ambar izidan borgan va islom dinini qabul qilgan kishilar jamoasi. Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa keyinchalik barcha muslmonlar tushunilgan. Bu ummaga kirgan makkaliklarni birlashtiruvchi zamin qon qarindoshlik, urug‘chilik tamoyili emas, yagona Allohga e’tiqod birlashtiradi. AdliY. Islomgacha qonga qon olish qoidasi amal qiladi: agar bir jamoa a’zosi boshqa jamoa vakilini о‘ldirsa yoki yarador qilsa, birinchi jamoa qasos olish huquqiga ega bо‘ladi. Qur’onda Kimki u qasosni sadaqa qilib kechib yuborsa, u gunohlariga kafforatdir. Alloh nozil etgan oyatlar bilan hukm qilmaydiganlar, anna о‘shalar zolimlardir. (Moida surasi, 45-oyat.)
Undan tashqari Qur’oni karim bir mо‘min boshqa mо‘minni qasddan о‘ldirsa, uning jazosi jahannamdir degan. Qullarni ozod qilish. Musulmonlarga islomni qabul qilgan qullarni ozod qilishni buyuradi. Abu Hurayra (RA) rivoyat qiladi: “Har qanday kishi bir musulmon kishini qullikdan ozod qilsa, Alloh taolo о‘shal qulning (ozod bо‘lgan) har bir a’zosi badaliga uning bir a’zosini jahannam о‘tidan xalos qilur dedilar.
Yashash huquqi. Islomgacha johiliyat davrida Arabistonda qiz tug‘ilishini xoxlamagan arablar ularni tug‘ilgan zahoti triklayin kо‘mib tashlardi. Qur’on bunday odamkushlikni ta’qiqladi: “Yey, insonlar, bolalaringizni qashshoqlikdan qо‘rqib о‘ldirmangiz ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni о‘ldirish shubhasiz katta gunohdir”. (“Al-isro” surasi 31-oyat).
Nikoh. Nikohda ayol о‘z sepiga egalik qiladigan, erining mol mulkini meros qilib oladigan, shaxsiy mulkka ega bо‘ladigan, moliyaviy masalalarni hal qilishda ishtirok etadigan bо‘ldi. Etimlar va bevalarni ximoya qilish uchun kо‘p xotinlikka ijozat berildi. Kо‘p xotinli erga о‘zining barcha xotinlariga nisbatan adolatli bо‘lish talab etiladi.
Azon - namozga chaqirish. Birinchi muazzin (namozga chaqiruvchi) islom dinini qabul qilganidan keyin ozod bо‘lgan habash qul Bilol bо‘lgan. Qibla musulmonlar namoz vaqtida qarab turadigan tomon. Dastlab Muhammad Payg‘ambar musulmonlarni Quddus (Iyerusalim)ga qarab namoz о‘qishga buyurgan. Lekin Madinada nozil bо‘lgan Qur’on oyati bilan Makkadagi Ka’ba (Baytulloh) muslmonlar uchun Qibla qilib belgilangan. Ka’badagi Muqaddas masjid islomning bosh ziyoratgohiga aylandi.

Download 57.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling