Tarix fakulteti "tarix" kafedrasi
Download 0.89 Mb.
|
jahon tarixi kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHING VAZIFASI
- KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI.
KURS ISHINING MAQSADI. Tarix darslari o`quvchilarda Vatanimiz tarixiga hurmat uyg`otish, uni chuqur va xolisona o`rganish, har bir tarixiy davr haqida o`z tushunchasiga va fikriga ega bo`lish, tarixiy voqelikka o`z munosabatini erkin bildira olish,jahon mamlakatlari tarixi va ularning taraqqiyot bosqichlarini o`rganish va ularni baholay olish, tahlil qilish singari ko`nikmalarni shakllantirirish,erkin fikrlay oladigan va o`z qarashlarini erkin ifodalay oladigan o`quvchilarni tarbiyalash kurs ishimizning maqsadi hisoblanadi.
KURS ISHING VAZIFASI. Kurs ishining vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Mavzusi oid ilmiy-nazariy, amaliy manbalarni tadqiq qilish. 2. Tadqiqot metodlarini belgilash. 3. O'rta maktablarda tarix darslari jarayonida o'quvchilarga tadqiqotchilikni shaklantirish tarix fani o`qitilishining amaldagi ahvolini o`rganish va xulosalarni umumiylashtirish. 4. O'rta maktablarda tarix darslari jarayonida o'quvchilarga tadqiqotchilikni shaklantirish tarix fani o`qitilishi davomida o`tkazilgan tajriba-sinov natijalari asosida tarix fanini o`qitishda tadqiqotlar texnologiyasini qo`llash bo`yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish. KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI. Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 1- bobda 2 ta, 2-bobda 2 ta qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. KIRISH O’zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishi respublikamizning bugungi kuninigina emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy omildir. O’zbekiston Respublikasining istiqlol yo’li avlod-ajdodlarimizning tarixiy an'analari va ma'naviy merosiga suyangan holda tanlab olinadi. Zotan, mustaqillik yo’li O’zbekiston halqlarining tarixiy an'analari va ma'naviy boyliklarini qayta tiklovchi, yangi mazmun bilan boyituvchi yo’ldir. Bu esa tarix o’qitishni milliy asosga qurishni, xalqimizning mehnatsevarlik, do’stlik, mehmondo’stlik, ma'rifatparvarlik kabi an'analari, imon, insof, mehr-oqibat, andisha, or-nomus, Vatanga hamda xalqqa sadoqat kabi oliyjanob fazilatlarini chuqur o’rganishni, ularni asrabavaylab, yoshlar qalbiga, qon-qoniga singdirish, o’zini anglashga ko’maklashishi, respublikamiz istiqloli uchun astoydil xizmat qiladigan faollarni yetishtirishni asosiy vazifa qilib qo’yadi.O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish o’quvchilarning bu tarixiy an'analar va oliyjanob fazilatlar manbalarini, ular mustahkam zaminga egaligini, tarixan tarkib topganligini, avloddanavlodga o’tib, mazmunan boyib borganligini, jamiyatning ravnaqi va farovonligi, insonlarning ma'naviy kamoloti uchun hizmat qilib kelganligi, ularni bundan keyin ham asrab-avaylab davom ettirish, avlodlarimizning insoniy fazilatlariga sodiq bo’lish o’zlarining muqaddas burchlari ekanligini anglab olishlariga yordam beradi. O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish asosida o’quvchilar bu o’lka xududida qadimdan bir necha o’nlab millat va elatlar yonma-yon yashab kelganligi, ular mahalliy va ajnabiy bosqinchilar zulmiga qarshi birgalikda kurash olib borganligi, o’zbeklar hamisha boshqa millat va xalqlarga alohida hurmat bildirganligi, xalqlar qardoshligi va do’stligini muqaddas, deb ardoqlaganligi, o’zbek xalqining bu tabarruk an'anasi umuminsoniy qadriyatlarga bebaho xissa bo’lib qo’shilganligi, millatlararo munosabatlar keskinlashib turgan hozirgi paytda bu an'ananing hayotiyligi yana bir bor sinovdan o’tayotganligini anglab oladilar. Shuningdek, mustabid hukmdorlar va bosqinchilar hokimiyati yillarida xalqimizning moddiy-ma'naviy boyliklari va go’zal an'analari oyoq-osti qilib toptalgan, shaxsga sig’inish va turg’unlik yillaridagi tanglik, paxta yakkahokimligi, kimyoviy moddalarning haddan tashqari ko’p qo’llanilishi O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviysiyosiy rivojlanishiga to’sqinlik qilganligini, ekologik muhitdagi nomutanosibliklarga, Orol fojiasiga, atrof muhit, yer-suv va havoning ifloslanishiga olib kelganligini, odamlarning sog’ligigagina emas, balki irsiyatga ham ta'sir ko’rsatayotganligini o’quvchilar tushunib olishi, ularning hozirgi ekologik muammolarni hal qilishda, jumhuriyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini mustahkamlashda faol ishtirok etishini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir.O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish o’quvchilarni avlodlarimizning ko’p ming yillik madaniy va ma'naviy merosi, ularni jahon ilmiy tafakkuri va madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan ulkan hissasi bilan tanishtirish, madaniyatimizgning benazir allomalari nomlarini hurmat bilan tilga olish, ular bilan fahrlanishga, milliy iftixor tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi. Shunday qilib, O’zbekiston xalqlari tarixi o’qituvchilarining milliy ongini o’stirishda, o’zlikni anglashida, ular siyosiy madaniyatini oshirishda, mustaqil respublikamizning ijtimoiy faol va ma'naviy barkamol kishilarni haqiqiy inson, vatanparvar qilib tarbiyalashda juda katta imkoniyatlarga egadir. Lekin, hozirga qadar bu imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanmasdan kelindi. O‘rta umumta’lim maktabida jahon tarixining qadimgi davridan tortib, to 1918-yilgacha bo‘lgan davrni o‘rgandingiz. Qo‘lingizdagi kitob esa siz o‘qigan tarixiy davrlarning bevosita davomi bo‘lib, bugungi kungacha jahon mamlakatlarida yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan tanishtiradi. Eng muhimi, bu o‘zgarishlarni, tarixiy voqealarni chuqur idrok qilib, tafakkur tegirmonidan o‘tkazib, undan mamlakatimizda yangi, qudratli demokratik jamiyat qurishda foydalanish hamda uni milliy istiqlolga xizmat qildirish zarur. Insoniyat tarixida XXI asr ham boshlandi. Bu asrda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tarixiy jarayonlar, hodisalar va voqealar Sizning ko‘z o‘ngingizda ro‘y berishi shubhasiz. Hamma gap ijtimoiy fanlar, shu jumladan, tarix fani ham bu jarayon, hodisa va voqealarning sabablari va mohiyatini qanchalik haqqoniy va tushunarli tarzda yoritib berishida. XX asr tarixi bilan tanishish Sizga insoniyat bu asrni qanday boshlagan edi, uni qanday tugalladi va yangi — XXI asrga, yangi ming yillikka dunyo nima bilan kirib keldi, degan savollarga baholi qudrat javob beradi. Dunyo XX asrga ikkinchi sanoat inqilobi boshlanishi bilan kirib keldi. Bu asrda insoniyat ilm-fan va texnika taraqqiyotida ulkan yutuqlarga erishdi. Ertaklardagi «uchar gilamlar» hayotiy reallikka aylandi. Inson bolasi dastlab samolyotlarda, keyinchalik esa kosmik raketalarda fazoga parvoz qildi. Hatto, uning oyog‘i Oyga ham yetdi. XX asr boshlaridan davlatning jamiyatda tutgan o‘rnida tub o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu hodisa keyinchalik davlatning iqtisodga aralashuvi, iqtisodda davlat sektorining vujudga keltirilishi, davlatning iqtisodiy islohotlarga bosh bo‘lishi, fuqarolarning ijtimoiy himoyasi masalasiga chuqur e’tibor berishi bilan izohlanadi. Bu hodisa mehnat bilan kapital o‘rtasidagi qarama-qarshilikni yumshatishni, oxir-oqibatda ijtimoiy inqiloblarning oldini olishni, keyinroq esa ularning butunlay keraksiz bo‘lib qolishini ta’minladi. Insoniyatning ilg‘or qismi ijtimoiy inqiloblar mislsiz qon to‘kishlarga, vayrongarchiliklarga olib kelishini tushunib yetdi. Ular mehnat ahlining insoniy huquqlari uchun kurashda birinchi o‘ringa ijtimoiy islohotlarni qo‘ydilar. Sanoatlashgan davlatlar bu borada juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. XX asr tarixga inson huquqlari uchun kurash asri bo‘lib ham kirdi. Bu o‘rinda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1948-yilda qabul qilgan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Buning natijasi o‘laroq mustamlaka va yarim mustamlaka xalqlarga mustaqillik berish masalasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib qoldi. To‘g‘ri, mustamlaka zulmidan xalos bo‘lish birgina hujjatning kuchi bilan amalga oshgani yo‘q. Mustamlaka va yarim mustamlaka xalqlar ayni paytda milliy-ozodlik kurashi ham olib bordilar. Oxir-oqibat ular o‘z ozodliklarini qo‘lga kiritdilar. O‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu asrda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Avstriya-Vengriya, Usmonli Turklar, Portugaliya kabi davlatlar o‘z mustamlakalaridan ajraldilar, shuningdek, mustamlakachi imperiya — sobiq Sovet davlati quladi. Natijada, dunyo siyosiy xaritasida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Ko‘plab mustaqil davlatlar tashkil topdi. XX asr oxiriga kelib mustamlakada yashayotgan xalqlar deyarli qolmadi. Binobarin, XX asr mustamlakachi imperiyalarning yemirilishi va qulashi asri bo‘lib ham tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Bugun dunyoda 200 dan ortiq yaqin davlat mavjud. Ularning ko‘pchiligida respublika tuzumi mustahkam qaror topdi. To‘g‘ri, monarxiya davlatlari ham mavjud. Biroq monarxlar avvalgidek cheklanmagan huquqlarini yo‘qotgan. Ularning aksariyati real hokimiyatga ega emas. Monarxlari real hokimiyatga ega bo‘lgan davlatlarda despotizm emas, ma’rifatli monarxiya qaror topdi. XX asrda dunyo nisbatan adolatli va demokratik bo‘lib qoldi. Dunyo aholisining turmush darajasi o‘sdi. Natijada, uning o‘rtacha umr ko‘rish yoshi ortdi. Insonlar nisbatan erkin bo‘lib qoldilar. Ayni paytda, XX asrda insoniyat uchun eng ko‘p darajada kulfat va azob-uqubatlar keltirgan hodisalar ham ro‘y berdi. Ularning ichida eng dahshatlisi birinchi va ikkinchi jahon urushlari edi. Bu urushlarda o‘nlab million odamlar halok bo‘ldi. O‘nlab million odamlar esa mayib-majruh bo‘lib qoldilar. Konsentratsion lagerlarda odamlar ustidan dahshatli tajribalar o‘tkazildi, ular tiriklay yondirildi. Insoniyatga qarshi birinchi bor yadro quroli ishlatildi. Bularning bari insonlarni urushga nisbatan nafrat bilan qarashga o‘rgatdi. Ayni paytda dunyoda yangi jahon urushiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tinchliksevar kuchlarning qudratli harakati vujudga keldi. Buning natijasi o‘laroq yangi jahon urushining oldi olindi. Yangi jahon urushining ro‘y berish imkoni bor edimi? Ha, bor edi. Chunki ikkinchi jahon urushidan keyin dunyo bir-biriga dushman bo‘lgan ikki qutbga bo‘lindi. Ularning biriga sobiq Sovet davlati, ikkinchisiga Amerika Qo‘shma Shtatlari bosh bo‘ldi. Natijada, xalqaro maydonda «sovuq urush» davri boshlandi. Misli ko‘rilmagan darajada qurollanish poygasi avj oldi. Qator davlatlar dahshatli, ommaviy qirg‘in qurollariga ega bo‘ldi. Shu tariqa ular insoniyat sivilizatsiyasini bir necha bor yo‘q qilib tashlashga qodir bo‘lgan qurollar zaxirasini yaratdilar. To‘g‘ri, 1991-yilda Sovet davlatining qulashi bilan dunyoning bir-biriga dushman bo‘lgan ikki qutbga bo‘linishi barham topdi. Biroq, afsuski, bu hodisa dunyoda tinchlikning mustahkam asoslari yaratilishiga olib kelmadi. O’zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov so‘zlari bilan aytganda, dunyo hamon mo‘rtligicha qolmoqda, ayni paytda bu mo‘rtlikning sabablari quyidagilardir: — bir qancha mamlakatlarda borayotgan keskin siyosiy kurashlar; — milliy o‘zlikni anglashning faol jamlanganligi hamda millatlar va ayrim elatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashiga intilayotganligi; — etnik va millatlararo ziddiyatlar saqlanib qolayotganligi; — siyosiy va diniy ekstremizmning turli shakllari kuchayib borayotganligi; — dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar saqlanib qolayotganligi; — mamlakatlar, xalqlar o‘rtasida, ayrim bir mamlakat ichida, shuningdek, ijtimoiy guruhlar o‘rtasida iqtisodiy va ijtimoiy tabaqalanish kuchayib borayotganligi. Ayni paytda insoniyatni qator global muammolar — mintaqaviy mojarolar, diniy ekstremizm va aqidaparastlik, xalqaro terrorchilik, narkobiznes, ekologiyadagi tanglik, dunyoning turli burchaklarida hamon davom etayotgan ocharchilik va to‘yib ovqat yemaslik, turli yuqumli kasalliklarning tez tarqalishi va shu kabilar tashvishga solmoqda. Insoniyat XXI asrda bu muammolarning hal etilishi zarurligini teran anglab yetmoqda. Nufuzli xalqaro tashkilotlar va buyuk davlatlar bu muammolarni hal etishda jahon hamjamiyatiga bosh bo‘lmoqlari bugungi kunning talabidir. Mustaqil O‘zbekiston davlati ham bu kabi muammolarni hal etishdek umuminsoniy oliyjanob ishga o‘zining munosib hissasini qo‘shish borasida baholi qudrat harakat qilmoqda. Darslikda ushbu voqealar, chunonchi, dunyo davlatlarining deyarli bir asrlik tarixi izchil bayon etilgan. Darslik mualliflarning 2005 va 2006-yillarda nashr etilgan, tajriba-sinov natijalari hamda amaliyotchi o‘qituvchilar fikrlari bo‘yicha qayta ishlangan va to‘ldirilgan «Jahon tarixi» o‘quv qo‘llanmasi va yangi takomillashtirilgan o‘quv dasturi asosida yaratildi. Har bir mamlakat tarixida ibrat olsa arziydigan voqea-hodisalar ko‘p. Siz ularni chuqur o‘rganing, mushohada qiling, erkin fikr yuritib, xulosa chiqaring. Umuminsoniy qadriyatlardan, ibratli voqealardan, davlatlar taraqqiyotidan jonajon O‘zbekistonimizning ravnaqi uchun foydalanishga harakat qiling. Har qanday yaxshi voqea-hodisalardan milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini mustahkamlashga intiling. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling