Tarix fani


O‘quvchilarda quyidagi tayanch kompetensiyalar tizimi shakllanadi


Download 73.35 Kb.
bet17/20
Sana29.01.2023
Hajmi73.35 Kb.
#1139601
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
dastur ozbekiston tarixi 9

O‘quvchilarda quyidagi tayanch kompetensiyalar tizimi shakllanadi:
A2, A2+
Kommunikativ kompetensiya
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob beradi;
ijtimoiy moslasha oladi, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi, jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila biladi, uni ishontira biladi;
turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqaradi, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila oladi.


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud tarix faniga oida axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana oladi;
media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralaydi, qayta ishlaydi, uzatadi, saqlaydi, xavfsizligini ta’minlaydi va foydalanishda mediamadaniyatga rioya qiladi;
ma’lumotlar bazasini yarata oladi, asosiylarini tanlay oladi va ularni tahlil qila biladi.


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib boradi, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intiladi;
o‘z xatti-harakatini adekvat baholaydi, o‘zini nazorat qila biladi, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi va faol ishtirok etadi;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini biladi, unga rioya qiladi.


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehroqibatli hamda umuminsoniy va milliyqadriyatlarga e’tiqodli bo‘ladi;
badiiy va san’at asarlarini tushunadi, ta’sirlana oladi;
orasta kiyinadi, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qiladi,
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) biladi, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qiladi;
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asraydi, ta’lim muassasasida va jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qiladi.



Download 73.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling