Tarix fanidan


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana07.09.2020
Hajmi0.63 Mb.
#128811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Tarix savol-javob 1


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

TARIX FANIDAN  

SAVOL−JAVOBLAR  

 

TO’PLAMI

 

 

2

1. 

Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, insonga qachon Yovuz ibtido ko’chib kirgan?  *inson vafot etgach                    



2. 

Qadimgi yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratgan omillarni aniqlang. *Egey dengizidagi ko’p sonli katta-

kichik orollar, qulay gavanlar va buxtalarning mavjudligi 

3. 

Mil. av. IX-VII asrlarda qadimgi Yunonistondagi shaharlar va ularning tevaragidagi joylashgan qishloqlar ... vujudga keltirardi. 

*polislarni 

4. 

Qadimgi yunon armiyasining og’ir qurollangan askarlari qay tarzda jang qilishgan? *to’rtburchak shaklini yuzaga keltiruvchi 

bir-biriga tiqilib olgan qatorlar bilan 

5. 

Quyidagi  qaysi  qatorda  falanga  atamasining  izohi  berilgan?  *og’ir  qurollangan  askarlarning  bir  necha,  odatda  9  yoki  16 

sherengada saf tortishi va goplitlarining to’rtburchak shaklini yuzaga keltiruvchi bir-biriga tiqilib olgan qatorlar bilan saftortishi 

6. 

Quyidagi qaysi qal ‘aning qurilishi natijasida Afina shahri vujudga keldi? *Akropol 



7. 

Ma’lumki,  Afinadagi  palestrlarda  mashhur  haykaltaroshlar  ishlagan  haykallar  turgan.  Ushbu  haykallar  vositasida  yigit  kishi 

qanday bo’lishi kerakligi uqtirilgan? *kuchli, jismonan barkamol va o’z vatani himoyasiga shay turishi 

8. 

Ma’lumki, Afinada oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlari ham bo’lgan. U yerda ta’lim olish muddati necha yil davom etgan? 

* 3-4 yil 

9. 

Ajnabiylar Spartada qanday mavqega ega edi? *ajnabiylar Spartaga kiritilmagan 



10. 

Sparta madaniyatining sustlashiga qanday omil o’z ta’sirini o’tkazdi? *yalpi harbiy tayyorgarlik 



11. 

Qadimgi Spartada ayollarning roll qanday edi? *ayollar ham jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga majbur qilingan 



12. 

Ma’lumki,  qadimgi  Yunonistonda  o’z  vatanini  tark  etib,  o’zga  yurtga  ko’chib  ketadiganlar  paydo  bo’la  boshladi.  Dastlab 

kimlar  Yunonistondan  ketib  o’zga  yurtga  borib  o’rnashdilar?  *zodagonlardan  qarzdor  bo’lib  qolgan,  o’z  yet  va  mulkiga  ega 

bo’lmagan ko’plab kishilar va boshpanasiz yupun va och odamlar 



13. 

Ma’lumki, mil. av. 594-yilda Afina hokimi Solon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o’zgartirdi. U qanday ishni amalga 

oshirdi? *avalgi boshqaruv tizimi-aristokratiyani demokratiyaga almashtirdi 

14. 

Ma’lumki, Attika aholisi uch katta guruh: qullar, ajnabiylar (meteklar) va fuqarolarga bo’lingan edi. Ammo mil. av. VI asrga 

kelib  aholi  ikki guruh:  fuqarolar  va qullarga ajratiladigan  bo’ldi.  Nimaning natijasida  bunday  o’zgarish  sodir  bo’ldi?  *Solon 

islohatlari natijasida 



15. 

Qadimgi Afinada quyidagi qaysi organga strateg rahbarlik qilgan? * Besh yuzlar kengashi 



16. 

Quyidagi qaysi ishlar Afinada Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan?   * Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to’lash 

joriy  qilindi;  Akropoldagi  Parfenon  ibodatxonasi  qurildi;  Afinadan  to  Pirey  dengiz  portigacha  mudofaa  devorlari  qurish 

to’g’risida buyruq berildi. 



17. 

Mil. av. V asr da yuz bergan Yunon-Eron urushi necha yil davom etdi? * 41 yil 



18. 

Quyidagi qaysi voqea mil.av. VI asr oxirida yuz bergan? *fors shohlari Kichik Osiyodagi yunon polislarini bosib oldilar 



19. 

Quyidagi qaysi jang mil.av. V asrda uzoq vaqt davom etgan yunon-fors urushining dastlabki jangi hisoblanadi? *Marafon jangi 



20. 

Yunon-Eron  urushi  tarkibidagi  Marafon  jangidan  10  yil  o’tgandan  so’ng  -  ...        *  Fermopil  jangi  bolib  o’tdi;  Leonid 

boshchiligida «Uch  yuz spartaliklar jasorati» yuz berdi; yunonlar va forslar o’rtasida Salamin bo’g’ozida hal qiluvchi dengiz 

jangi bo’lib o’tdi; Kserks juda katta qo’shin bilan Yunonistonga bostirib kiradi. 



21. 

Fors shohi Kserks qaysi jangdan so’ng o’z flotining qoldiqlari bilan Yunonistonni tark etishga majbur bo’ldi? * Salamin jangi 



22. 

Yunon-Eron urushi davrida sodir bo’lgan janglarni to’g’ri ko’rsating?    * Marafon; Fermopil; Salamin; Plateya; 



23. 

Yunon-Eron urushida forslar faqatgina qaysi jangda g’alaba qozona oldi? * Fermopil jangida 



24. 

Nima  uchun  ko’pgina  yunonlar  Makedoniya  podshosi  Filipp  II ning  Yunonistonni  bosib  olishiga  qarshi  emas  edi?  *  chunki, 

yunonlar Filipp II tartib o’rnatadi vapolislar o’rtasida tinchlikni-barqarorlashtiradi deb umid qilar edi. 

25. 

Mil. av. 337-yilda Makedoniya hokimiyati ostida yunon shahar-davlatlarining ittifoqi qaysi shaharda tuzildi? * Korinf 



26. 

Xeroniya  ostonasidagi  jangdagi  g’alabadan  so’ng  Yunonistonni  bosib  olgan  Filipp  IIyunon  shahar-davlatlariga  qanday 

e’tiborda bo’ldi? * yunon shahar-davlatlarini erkin deb e’lon qildi 

27. 

Ma’lumki,  Makedoniya  podshosi  Filipp  II  Fors  davlatini  yunon  qo’shinlar  bilan  birgalikda  bosib  olishni  rejalashtirgan  edi. 

Filipp II urush uchun yunonlarni qanoatlantiradigan qanday bahona o’ylab topadi?    * yunon-fors urushlari davrida yetkazilgan 

zarar uchun qasos olish va shoh Kserks Eronga olib ketgan yunon xudolari haykallarini asirlikdan qutqarish 



28. 

Quyidagi  qaysi  tushunchalar  yunonlarning  mashhur  «Iliada»  dostoniga  xosdir?        *  Stiks  daryosi;  «Troya  oti»;  «Axilles 

tovoni»; 

29. 

Mashhur yunon shoir-dramaturgi Sofoklning tragediyalari berilgan qatorni aniqlang. * «Shoh Edip», «Antigona «  



30. 

Mashhuryunon  olimi  Arximed  uchun  taalluqli  bo’lgan  bandni  belgilang.  *  ko’zgular  tizimidan  foydalanib  yorug’likni  bitta 

yo’nalishga jamladi va yunonlar ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklar kemalarini yondirib yubordi 

31. 

Mashhur yunon fizigi va matematigi Arximed qaysi shaharda rimliklar tomonidan o’ldiriladi? * Sirakuza 



 

3

32. 

Ma’lumki,  qadimgi  yunonlarda  uch  xudo  Olamga  hukmronlik  qilar  edi:  osmonda,  dengizda  va  marhumlar  saltanatida.  Ular 

qaysi xudolar hisoblangan? * Zevs, Poseydon, Aid 

33. 

Qadimgi  yunonlarning  e’tiqodicha,  xudolar  Yunonistonning  qaysi  hududlarida  yashashgan?        *  Makedoniya  va  Fessaliya 

chegarasidagi tog’da; Elida viloyatida; Olimp tog’ida; 

34. 

Quyidagi qaysi qatorda yunon xudolarining ta’rifi noto’g’ri berilgan? * Gelios - Yer ilohasi 



35. 

Quyidagi qaysi qatorda yunon xudolarining ta’rifi to’g’ri berilgan? * Appolon - yorug’lik, musiqa va she’riyat xudosi 



36. 

Izohi bir xil bo’lgan xudolar nomi berilgan javobni belgilang. * Osiris, Aid 



37. 

Ma’lumki, yunonlarning oliy xudosi Zevsning inisi Poseydon - dengiz xudosi, qizi Afina - donishmandlik ilohasi. Uning o’g’li 

qanday xudo hisoblangan: * yorug’lik, musiqa va she’riyat xudosi. 

38. 

Ma’lumki,  qadimgi  Misrda  adolat  va  adliya  ilohasi  Maat  hisoblangan.  Qadimgi  yunon  mifologiyasida  bunday  xudo  nomi 

qanday nomlanadi? * Femida  

39. 

Quyidagi atamalar orasida faqatgina Qadimgi Yunonistonga taalluqligini aniqlang?     * oykumena; polls; goplit; falanga; Hot; 

metek; palestr; 

40. 

Qadimgi Yunonistonda nina bargli o’rmonlar qayerlarda o’sgan? * Yunoniston shimolida va Peloponnesda 



41. 

Qadimgi Yunoniston geograflk o’rnining o’ziga xosligi nimada?    * mamlakatning uchdan bir qismini tog’lar egallaganligi; 

o’rmonlarning kamligi; serunum dalalar faqat vodiylarda bo’lganligi.  

42. 

Nima  sababdan  qadimgi  oddiy  yunon  dengizchilari  qisqa  masofalarga  suzishgan?  *oddiy  eshkakli  qayiqlar  mavjudligi  va 

komposning bo’lmaganligi sababli 

43. 

Qadimgi davrda yunon shaharlarining ko’pchiligi qay tarzda tashkil topgan? *bir qancha manzilgohlarning birlashishi yo’li b-n  



44. 

Mil.  av.  IX-VII  asrlarda  yunon  askarlari  qanday  qurol-aslahalarga  ega  edi?        *  qilich;  nayza;  bronza  va  temirdan  yasalgan 

ko’krak sovut; teri qoplangan yog’ochdan yasalgan qalqon. 

45. 

Ma’lumki, qadimgi Afinada oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlari bo’lgan. Ularda kimlar o’qish imkoniyatiga ega edi? * o’ta 

boy ota-onalarning farzandlari 

46. 

Ma’lumki, mil. av. VIII-VII asrlarda Spartada qulga aylantirilgan aholi ko’pchilikni tashkil etar, ular ham spartaliklardan qattiq 

nafratlanar edi. Shuning uchun spartaliklar o’z davlatida qanday shart-sharoit yaratdilar? * hamma amal qilishi lozim bo’lgan 

qat’iy intizom va aniq-raso rejalashtirilgan turmush tarzi hamda yengilganlarga qarshi shavqatsiz zo’ravonlik 



47. 

Qadimda Buyuk yunon koloniyalashtirishi qanday oqibatlarga olib keldi? * Finikiya yozuviga asoslangan yangi yozuv vujudga 

keldi va koloniyalar hamda polislar o’rtasidagi mahsulot ayirboshlash, savdo sotiq va hunarmandchilik ravnaq topishiga asos 

yaratildi 



48. 

Qadimgi  Afina  davlatida  Solon  hukmronligi  davrida  kimlar  qabul  qilinayotgan  qonunlar  muhokamasida  va  ovoz  berishda 

ishtirok eta olmasdilar? * ayollar va meteklar 

49. 

Davlat bosliqaruvi sohasida Afina hukmdori Solon qanday islohatni amalga oshirdi? * Xalq majlisi faoliyati tiklandi va nasl-

nasabidan qat’iy nazar Afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyati 

50. 

Qadimgi  Yunonistonning  barcha  shaharlarida  fors  elchilari:  «Bizning  hukmdorimiz,  kunchiqardan  kunbotargacha  barcha 

odam-larning  birdan  bir  egasi  sizdan  yer  va  suv  talab  qilmoqdadir»  deb  o’zlarining  qaysi  hukmdorini  nazarda  tutgan  edi? 

*Doro I 


51. 

Quyidagi qaysi sanalar Olimpiada o’yinlari tarixida muhim hisoblanadi?    * mil. av. 776-yil; mil. av. 394-yil; 1896-yil; 



52. 

Yunonlarning Parfenon-iloha Afina ibodatxonasi peshtoqining yuqori qismida nima tasvirlangan? *xudolar siymosi 



53. 

Quyidagilarning qaysilari qadimgi yunon faylasuflari hisoblanadi?   * Geraklit; Diogen; Demokrit; Aristotel; Platan; Sokrat. 



54. 

Dastlabki sivilizatsiya tarixi qayerdan boshlangan edi? * Qadimgi Sharq 



55. 

Qadimgi dunyo tarixi qaysi voqeagacha davom etgan? * Garbiy Rim imperiyasining qulashi 



56. 

Quyida ko’rsatilgan manbalardan qaysi biri yahudiylar tarixi haqida ma’lumot beradi? * «Bibliya» 



57. 

O’zbekistondagi qadimgi yodgorlik Teshiktosh g’oridan qanday buyumlar topilgan?   * tosh qurollari; hayvon suyaklari; inson 

suyaklari 

58. 

Qadimda qaysi omil dehqonchilik texnikasi rivojiga ta’sir o’tkazdi? *mehnat qurollarining temirdan yasalishi 



59. 

Katta-katta  maydonlarda  ziroatchilikni  rivojlantirishga  imkon  yaratib  bergan  omilni  aniqlang.  *  temir  uchli  omochlar,  temir 

boltalar va omochlarning paydo bo’lishi 

60. 

Ma’lumki,  qadimgi  Misrda  hukmdor  fir’avnlar  saroylari  va  ibodatxonalar  toshdan  barpo  etilgan.  Oddiy  misrliklar  va 

zodagonlarning uylari nimalardan qurilgan? * oddiy misrliklarning uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlar uylari esa 

somon qo’shib qorilgan loydan yasalgan, oftobda quritilgan xom g’ishtdan qurilgan 



61. 

Ma’lumki, qadimda Misr 4 davlat bilan chegaradosh bo’lgan. Ular qaysi davlatlar edi?   * Nubiya; Suriya; Liviya; Falastin; 



 

4

62. 

Misrliklar  yozuvlarini  «muqaddas»  yoki  «xudolar  kalomi»  deb  nomlashlariga  sabab  nimadan  edi?  *yozuvdan  qarg’ishlar  va 

marosimlarni yozib borishda foydalanganliklari uchun 

63. 

Qadimgi misrliklarning nazariy bilimlarining dunyoga kelishi va rivoj topishi... * amaliy faoliyat bilan bog’liq 



64. 

Ma’lumki, misrlik ziroatchilarning qachon urug’likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig’ishtirib  olishni bilishi zarur edi. 

Bu muddatlarni ular qanday aniqlaganlar? * misrliklar bu muddatlarni yulduzlarga qarab aniqlashgan 

65. 

Qadimgi  Misrda  qay  tariqa  astronomiya  fani  vujudga  keldi?  *  ziroatchilar  urug’likni  yerga  qadash, hosilni  yig’ishtirib  olish 

muddatlarni yulduzlarga qarab aniqlaganlaridan so’ng 

66. 

Qadimgi  Mesopotamiya  hukmdorlari  shahar-davlatni  kimlarga tayangan holda  idora qilgan?  *  aslzodalar,  kohinlar  va harbiy 

qo’shinlarga tayangan holda amaldorlar yordamida idora qilgan 

67. 

Mil. av. 3-ming yillikning o’rtalarida bo’lib o’tgan tarixiy voqealarni aniqlang. * Lagash davlati yuksala boshladi, Shumer va 

Akkadning ko’pgina shaharlari Lagashga qo’shib olindi; Sargon I Akkadni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi 

68. 

Quyidagi xudolardan faqat Mesopotamiyaga tegishli bo’lganini aniqlang?    * Shamash; Sina; Ea;  Ishtar; 



69. 

Yangi Bobil podsholigida qaysi hukmdor o’z davlatini «bo’ysunmas qal’a» ga aylantirgan? *Navuxodonosor II 



70. 

Qadimgi Bobilda maktablar qayerlarda tashkil etilardi? * saroylar va ibodatxonalarda 



71. 

Mitanniliklar xettlar poytaxti Xattusasni bosib olish chog’ida qo’shinning qaysi turi hal qiluvchi rol o’ynagan? * otliq qo’shin 



72. 

Qadimgi Eronda tog’ oldi vodiylarida aholining asosiy mashg’uloti nimadan iborat bo’lgan? *dehqonchilik  



73. 

Qadimgi Eronda jazirama cho’l mintaqalarida kimlar mehnai qilgan va kun kechirgan? *chorvadorlar 



74. 

Qadimgi Fors viloyati Eronning qaysi qismida joylashgan? * janubida Fors ko’rfaziga tutashib ketgan yerlarda  



75. 

Qadimda ma’lum bo’lgan shoh yo’li nomli karvon yo’li qaysi hududlarni o’z ichiga olgan? * Persepoldan O’rta yer dengiziga 

qadar  

76. 

Quyidagi qaysi voqealar Ahamoniylar davlati podshosi Doro I davrida sodir bo’lgan?   * Shoh yo’li degan podsho savdo yo’li 

qurildi; Skil Jar ustiga yurish qilindi; Mamlakat satrapliklar deb nomlangan alohida harbiy o’lkalarga taqsimlandi; Yunon-fors 

urushi boshlandi; 



77. 

Ma’lumki,  qadimgi  Eron  davlatida  Ahamoniylar  sulolasi  200  yildan  ziyod  hukmronlik  qilgan.  Bu  sulola  kimning  istilosi 

natijasida zavolga yuz tutdi? * Makedoniyalik Aleksandr 

78. 

Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, qaysi xudo har tongda oltin aravada osmon bo’ylab yo’lga tushardi? * quyosh xudosi 



79. 

Ma’lumki,  qadimgi  hindlar  ayrim  xudolarni  yovvoyi  hayvonlar  timsolida  tasavvur  etishgan.  Shunday  xudolardan  birini 

aniqlang. * Ganesha 

80. 

Quyidagi qaysi javobda izohi bir hisoblangan Misr va Hind xudolari ko’rsatilgan? * Tot va Ganesha  



81. 

Mil.av. 1-ming yillikda Hindistonda harbiy aslzodalar va ruhoniylar ancha kuchaydi. Bunga sabab nima edi? * dehqonchilik, 

hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivoj topishi 

82. 

Mil. av. 1-ming yillikda Hindistonda ... * bir necha davlatlar vujudga keldi  



83. 

Sanskrit tili qadimgi qaysi tillar asosida ishlab chiqilgan? * hind tillari  



84. 

Hind  shahzodasi  Siddhartha  Gautama  hayotini  tamomila  o’zgartirib  yuborgan  to’qnashuvni  aniqlang.  *munkillagan  cholga 

o’xshab qolgan, bedavo dardga yo’liqqan navqiron bir kishi va dafn marosimi 

85. 

Buddaviylik  dini  e’tiqodlariga  ko’ra,  Budda  qanday  holatda  tasvirlanadi?  *  nilufar  gulida  teran  o’ylarga  cho’mgancha  qilt 

etmas yuz ifodasi bilan qovoqlarini tushirgancha chordona qurib o’tirgan holatda 

86. 

Qadimgi Xitoyda qaysi mashg’ulot azaldan e’tiborli va faxrli kasb hisoblab kelingan? * dehqonchilik 



87. 

Ma’lumki, xitoyliklar sholi yetishtirganlar. Qadimgi Xitoyga sholi qaysi davlatdan keltirilar edi? *Hindistondan     



88. 

Buyuk Xitoy devori qurilayotgan paytda dehqon oilasida o’g’il bola tug’ilishi musibat o’rnida ko’rilgan. Bunga sabab nimadan 

edi? * voyaga yetganidan keyin o’g’il bolani devor qurilishiga jo’natganliklari sababli.  

89. 

Qadimgi Xitoyda dehqon soliqlarni vaqtida to’lay olmasa yoki qarzni qaytarib bera olmasa qanday jazoga mubtalo bo’lar edi? 

* qarzlari evaziga o’z bolalaridan birini berib yuborar edi 

90. 

Mil.av. II asrda Xitoyda bo’lib o’tgan engyirik isyon- bu ... * «Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni» 



91. 

Qadimda O’zbekistonning xalqaro savdo va madaniy aloqalari nimani rivojini taqoza etardi? *shaharsozlikni 



92. 

Qadimshunoslar O’zbekistonning qayerlaridan qadimgi shaharlarni topib o’rganishgan? * Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, 

Surxondaryo 

93. 

Qashqadaryo vodiysidagi qadimgi shaharlarni aniqlang. * Yerqo’rg’on va Uzunqir 



94. 

Ma’lumki,  O’zbekistondagi  ilk  davlatlar  davlat  birlashmalari  deyilgan.  Buning  sababi  nimada  edi?  *chunki,  bu  davlat 

birlashmalari bir-biriga qarindosh bo’lgan elatlardan tashkil topgan edi 


 

5

95. 

Ma’lumki,  qadimgi  Xorazmda  dehqonchilik  yuksak  rivoj  topgandi.  Dehqonchilikdan  tashqari  yana  qaysi  sohalar  yuksak 

darajada rivojlangan? * hunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq 

96. 

Qadimgi  davrda  O’zbekiston  hududida  mahalliy  aholining  yuqori  darajada  rivojlangan  ziroatchiligiga  asoslanishi  ... 

*davlatchilik taraqqiyotiga asos bo’ldi 

97. 

Quyidagi qaysi javobda Yunonistonning tarixiy shaxslari to’g’ri ko’rsatilgan?    * Drakont; Solon; Perikl; Demosfen; Miltiad. 



98. 

Salamin  yaqinidagi  dengizjangida  halok  bo’lgan  navqiron  baqtriyalik  jangchilari  tilga  olingan  tragedik  asarni  va  uning 

muallifini aniqlang. * «Forslar», Esxil 

99. 

Arxeologik va yozma manbalar mil. av. VI-IV asrlarda O’rta Osiyo xalqlarining qanday sohalar taraqqiyotida yuksak darajaga 

erishganlaridan dalolat beradi? * zargarlik, hunarmandchilik, tikuvchilik, kulolchilik, binokorlik 

100. 

Mil.  av.  VI-IV  asrlarda  yirik  hunarmandchilik  markazlari  bo’lgan  O’rta  Osiyodagi  hududlarni  aniqlang?        *  Surxondaiyo; 

Qashqadaryo; Zarafshon vodiysi; Amudaryoning quyi oqimi 

101. 

Quyidagi  ko’rsatilgan  shaharlardan  qay  birlari  Ahamoniylar  davridagi  yirik  hunarmandchilik  markazlarni  hisoblangan?   

*Uzunqir; Oiziltepa; Afrosiyob; Yerqo’rg’on; Ko’zaliqir 

102. 

Ahamoniylar davrida zargarlik san’atining yuksak darajada rivoj topganiga bugungi kunda qanday dalillar bizga yorqin misol 

bo’la oladi? * Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasi 

103. 

Qanday inshootlarni Ahamoniylar davrida O’rta Osiyo shaharlarining markaziga qurishgan? * Arklar 



104. 

Xeroneya jangida makedon qo’mondonlaridan kim alohida jasorat ko’rsatgan? * Aleksandr 



105. 

Qadimgi yunon shaharlari elchilarining kengashi qaysi shaharda to’plangan? * Korinfda 



106. 

Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. * Filipp II o’ldirildi, Makedoniya taxtiga Aleksandr chiqdi 



107. 

Makedoniyalik  Aleksandrning  Sharqqa  yurishi  davomida  bosib  olgan  joylarini  ko’rsating?      *  Kichik  Osiyo;  Suriya;  Misr; 

Eron; Hindistonning katta hududlari 

108. 

Makedoniyalik  Aleksandr  Sharqda  bosib  olgan  ulkan  hududda  yunon  madaniyatini  tarqalishiga  imkon  yaratish  maqsadida 

qanday usulni amalga oshirgan edi? * bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtiradi 

109. 

Makedoniyalik  Aleksandrning  yurishi  davrida  O’rta  Osiyolik  suvoriylarning  dushmanlarni  pistirmaga  duchor  qiladigan 

taktikasi qanday bo’lgan? * yolg’ondakam chekinishlari va boshqa tomondan dushmanni pistirmaga duchor qilishganlar 

110. 

Makedoniyalik  Aleksandr  Hindistonga  yurish  qilishdan  oldin  qo’shinini  xavfsizlantirish  maqsadida  qanday  ishni  amalga 

oshirmoqchi bo’ladi? *Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo’ysundirmoqchi bo’ladi 

111. 

Bir  yilda  bo’lib  o’tgan  voqealar  qatorini  belgilang?      *  Aleksandr  qo’shinlari  Amudaryodan  o’ta  boshladi;  Makedoniyalik 

Aleksandr  qo’shinlari  Maroqandani  egalladi;  Aleksandrning  bosqinchiligiga  qarshi  Spitamen  boshchiligida  qo’zg’olon 

ko’tarildi; Spitamen Zarafshon daryosi bo’yida makedonlarga pistirma qo’yib dushman qo’shinlarlni tamamila qirib tashlaydi; 

Aleksandrning o’zi katta kuchlari bilan Spitamen qo’zg’olonini bostirish uchun otlanadi; Saklar va massagetlarga qarshi kurash 

uchun  Aleksandr  Sirdaryo  bo’yida,  Xo’jand  yaqinida  bir  tayanch  manzili  barpo  etish  to’g’risida  buyuruq  berdi  va  bu  qal’a 

Aleksandriya  Esxata  deb  ataldi;  Aleksandr  Maroqandada  garnizon  -  maxsus  harbiy  qo’shin  qoldirdi;  Aleksandr  asosiy 

qo’shinlari  bilan  qishlov  uchun  Zariasp  (Baqtriyaga)ga  jo’nadi;  o’z  lashkarlarini  uch  qismga  bo’lib,  So’g’diyonaning  u 

boshidan  bu  boshigacha  kezib  chiqadi  va  tinch  aholining  120  ming  nafarini  qirib  tashlaydi;  Aleksandr  qo’shinlarining  bir 

qismini qoldirib, o’zi esa Kurushkat shahrini bosib olish uchun asosiy kuchlari bilan Sirdaryo qirg’oqlari sari siljiy boshladi. 



112. 

Garnizon - bu ...  * maxsus harbiy qo’shin 



113. 

Spitamen qo’zg’olonini bostirish maqsadida Aleksandr qo’shinlari necha qismga bo’linadi?  * uch 



114. 

Makedoniyalik  Aleksandrning  O’rta  Osiyo  yerlaridan  bosib  olgan  hududlarini  aniqlang?      *  Marg’iyona;  Baqtriya;  hozirgi 

Bekabod; Xo’jand; So’g’diyona 

115. 

Qadimda  makedonlar  va  yunonlar  o’rtasida  bo’lib  o’tgan  Xeroniya  jangidan  10  yil  o’tgandan  so’ng  -  ...    *Spitamenning 

Aleksandr bilan hal qiluvchi janggi bo’lib o’tdi. 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling