Tarix fanidan


  Nima uchun Xitoyda zarb qilingan tangalarning o’rtasida to’rtburchak teshigi bo’lgan? * u pulni ipga tizishga mo’ljallangan  775


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana07.09.2020
Hajmi0.63 Mb.
#128811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Tarix savol-javob 1


774. 

Nima uchun Xitoyda zarb qilingan tangalarning o’rtasida to’rtburchak teshigi bo’lgan? * u pulni ipga tizishga mo’ljallangan 



775. 

Tan sulolasi qayerlarga qarshi urushlar olib boradi? * Gaochan davlati, uyg’urlar, G’arbiy Turk xoqonligi, Koreya 



776. 

Xitoy imperatori qo’shinlari 640-yili Buyuk Ipak yo’li ustida joylashgan qaysi davlatni mag’lub etadi? *Gaochan 



777. 

Xitoy  VII-VIII  asrlarda  qaysi  davlatlar  bilan  diplomatik  aloqalar  o’rnatgan?  *  Turk  xoqonligi,  Arab  xalifaligi,    Vizantiya, 

Yaponiya va Hindiston 

778. 

Sun sulolasi davrida qaysi davlatlar bilan savdo olib boriladi? * O’rta Osiyo, Hindiston, Hindixitoy, Yaponiya va Indoneziya 



779. 

Ilk o’rta asrlarda Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalarning yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting. 1) Suy; 2) Tan; 

3) Li Day; 4) Sun a) 589-618 yillar; b) 618-907 yillar; v) 907-960 yillar; g) 960-1279 yillar.  * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g 

780. 

Ilk o’rta asrlarda Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalarning ketma-ketligi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting. * Suy, Tan, Li 

Day, Sun 

781. 

Xitoyning  yirik  shaharlarida  tashkil  etilgan  maktablarida  o’quvchilardan  qaysi  fanlarni  bilish  talab  etilgan?  *  matematika, 

grammatika, falsafa va adabiyotni 

782. 

O’rta asrlarda Xitoyning qaysi qismida shakarqamish yetishtirish, pilla qurti boqish tobora keng tus ola boshlaydi? * janubida 

shakarqamish yetishtirish, shimoliy viloyatlarda pilla qurti boqish 

783. 

O’rta asrlarda Xitoyda nima sababdan otlar kam bo’lgan? * otlardan asosan harbiy maqsadlarda foydalanilgani sababli 



784. 

Rivojlangan  o’rta  asrlarda  Xitoyda  nimaning  hisobiga  zamindorlarning  xususiy  yerjari  tobora  ko’payib  boradi?  *  yangi 

o’zlashtirilayotgan qo’riq va tog’ oldi hududlari hisobiga, kambag’allarning qarzlari evaziga yerlarini tortib olinishi natijasida 

785. 

Rivojlangan  o’rta  asrlarda  Xitoyda  davlat  qanday  dehqon  tabaqasini  qo’llashga  intilgan?  *  30-40  mu  yeri  bo’lgan  erkin 

dehqonlarni 

786. 

Rivojlangan  o’rta  asrlarda  qaysi  shaharlar  Xitoyning  yirik  savdo  va  hunarmandchilik  markazlari  edi?  *Kayfln,  Chendu  va 

Uchan shaharlari 

787. 

Xitoyda  ko’pchilik  shaharlar  qayerlarda  vujudga  kelgan?  * dengiz  yoki  daryo  bo’ylarida,  suv  va  quruqlikdagi  savdo  yo’llari 

kesishganjoylarda 

788. 

Qachondan Xitoyda paxtachilikdan gazlama tayyorlash rivojlana boradi?  * XIV asrdan 



789. 

Rivojlangan  o’rta  asrlarda  Xitoyda  chinnining  qanday  ranglilari  tayyorlana  boshlanadi?  *  nim  yashil,  nim  kulrang  va  nim 

havorang 

790. 

Rivojlangan o’rta asrlarda Xitoyda qanday pullar muomalada bo’lgan? * mis, temir, kumush, oltin va qog’oz pullar 



791. 

Rivojlangan o’rta asrlarda Xitoyning qaysi port shaharlari Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan faol savdo olib borishgan? 

* Ninbo, Xanchjou va Guanchjou 

792. 

Yuan sulolasi qaysi yillarda Xitoyda faoliyat ko’rsatgan?  * 1279-1368 yillarda 



793. 

Mo’g’ullar  davrida  pulning  qadrsizlanishiga,  mahsulot  va  hunarmandchilik  buyumlarining  qimmatlashishiga  nima  sabab 

bo’ladi? * qo’shimcha qog’oz pul chiqarilishi 

794. 

Xubilay mamlakatni boshqarishning xitoycha usulini qo’llab, mahalliy amaldorlar ... * xizmatidan voz kechadi. 



795. 

Min  imperiyasi  dastlab  tashkil  topganda  mamlakat  xo’jaligini  tiklash  uchun  qanday  tadbirlarni  amalga  oshiriladi?   

*hunarmand  va  savdogarlardan  olinadigan  to’lovlar  kamaytirilib,  qullarni  ozodqilish  haqida  qonun  qabul  qilinadi;  sun’iy 

sug’orish inshootlari, kanallar, to’g’onlar va suv omborlari tiklanadi. 



796. 

Qaysi  omil  Xitoyga  1406-yili  Vyetnamni,  keyinchalik  Mo’g’ulistonni  istilo  qilishiga  yo’l  ochadi?  *  Amir  Temurning 

qo’qqisdan vafot etishi 

797. 

Min  qo’shinlari  mo’g’ullarni  ta’qib  etib  ularning  poytaxti  Qoraqurumni  egallab,  yondirib  yuboradi.  Shu  tariqa 

ko’chmanchilarning Xitoyga hujumlariga chek qo’yiladi. Bunda xitoyliklarga nimalardan keng foydalanishi qo’l keladi? * o’q-

dori (porox) va zambaraklardan 



798. 

Yaponiyada yirik yer egalarining eng nufuzlilari qanday nom bilan atalgan? * xanke 



799. 

Ryokalar kimlarning vassallari bo’lgan?   * xanke 



800. 

Yaponiyada kimlarga xo’jayinlari harbiy xizmat evaziga yer-mulk berganlar?  * samuraylarga 



801. 

Yaponiyada  o’z  yerlariga  ega  bo’lmagan  jangchilar  nima  hisobidan  kun  kechirganlar?  *  harbiy  o’ljalar  yoki  o’z  senorlari 

hisobiga 

802. 

Mikado kim?   * imperator 



803. 

Minamoto davlatni qayerdan turib boshqaradi? * o’zining Kamakuradagi qal’a - saroyidan 



 

27

 

804. 

O’rta asrlarda yaponlar xitoyliklardan nimalar ishlab chiqarishni o’zlashtirib olganlar? * shoyi ipak, metallar, lak 



805. 

O’rta asrlarda yapon hunarmandlari yasagan qaysi buyum o’zining sifati bilan shuhrat qozongan? *qilichlar 



806. 

Yaponlar o’rta asrlarda qaysi davlatlar bilan qizg’in savdo olib borganlar? * Koreya, Xitoy, Vyetnam, Tailand, Filippin 



807. 

O’rta asrlarda Yaponiyada qanday yirik, aholi zich yashaydigan port shaharlari bar edil * Sakai, Xyogo, Xakata, Nagasaki 



808. 

Mo’g’ullarda qadimgi udumlardan qaysinisi yaxshi saqlanib qolgan? * xun olish 



809. 

Mo’g’ul  urug’-qabilalarda  shakllana  borgan  boy  xonadonlar,  bo’lajak  mo’g’ul  zodagonlarning  qayd  eting.  *no’yonlar, 

bahodirlar, botirlar 

810. 

Mo’g’ul urug’-qabilalarda kimlar o’z urug’doshlaridan navkarlar olib harbiy bo’linmalar tuzadilar? *no’yonlar 



811. 

Mo’g’ul harbiy qabila ittifoqlariga kimlar boshqargan? * xonlar 



812. 

Tinch paytda chorvachilik bilan shug’ullangan mo’g’ullar urush boshlanishi bilan necha tizimdan iborat muntazam qo’shinga 

aylanar edi? * o’nlik 

813. 

Kimlar mo’g’ul harbiy zodagonlarini tashkil etgan? * bahodir, botir, mergan, sechan, no’yonlar 



814. 

Har bir ko’chmanchi mo’g’ullarning kundalik hayotida ham, jang paytida, albatta, nimasi bo’lishi lozim edi? * arqoni 



815. 

Mo’g’ul qo’shini qanday qismlarga bo’lingan? * markaz va ikki qanot 



816. 

Asosiy qo’shindan tashqari Chingizxon ixtiyorida tashkil etilgan maxsus gvardiyani aniqlang. * «keshik» 



817. 

Quyidagi  qaysi  omillar  mo’g’ullarga  g’alaba  keltirgan?  *  jangni mohirona  boshqarish,  kuchli  va  intizomli  otliq  qo’shinning 

bo’lishi, qo’shni mamlakatlardagi siyosiy tarqoqlik 

818. 

Mo’g’ullarning qanday udumlari bo’lgan?     * mo’g’ullar xoni qarorgohiga kelgan elchilar, ularning sovg’a-in’omlari ham turli 

duo,  yovuzliklardan  «tozalanishi»  uchun  shomonlarning  qattiq  nazoratida  ikki  katta  gulxan  orasidan  o’tilardi;  shomonlar 

aravadagi  buyumlardan  ayrimlarini  olib  olovga  -  ilohlarga qurbonlik  sifatida  tashlaganlar;  yog’och  va  jundan  yasalgan  qator 

qilib qo’yilgan but ya sanamlar orasidan o’tayotib, ularga ham to’zim qilib hurmat bajo keltirilgan. 

819. 

Mo’g’ullarda nima ularning o’zlarini va hukmdorlarni asrovchi omillarni mujassamlashtirgan qudratli kuch hisoblangan? *olov  



820. 

Malumki, mo’g’ullar xoni huzuriga kirish istagidagi barcha kishilarning o’zlarigina emas, ularning sovg’a-in’omlari ham turli 

duo, yovuzliklardan «tozalanishi» lozim edi. Bunga nima orqali erishilgan? *shomonlarning qattiq nazoratida ikki katta gulxan 

orasidan o’tish orqali 



821. 

Afg’oniston, Sharqiy Eron egallanib, mo’g’ul qo’shini qayer orqali Dashti Qipchoqqa chiqadi? * Kavkaz 



822. 

Kalka daryosi bo’yida qipchoqlarning ittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan kimlarning qo’shini mo’g’ullardan mag’lub 

etiladi? * ruslar 

823. 

Mo’g’ullarning 1235-yilgi qurultoyida ... * O’qtoy qoon (xon) Chingizxonning Rus  va Shimoliy  Kavkazyerlarini bosib  olish 

haqidagi vasiyatini eslatib, to’planadigan qo’shinga Botuxon yetakchilik qilishini e’lon qiladi. 

824. 

Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish uchun to’planadigan qo’shinga ulardan qancha askardan ajratilishi belgilanadi? 

*o’nta askardan bittasining ajratilishi 

825. 

1238-1240 yillarda mo’g’ullar Rusdagi qaysi shaharlarni bosib olishadi? * Vladimir, Suzdal, Kiyev, Galich, Volin 



826. 

Rusdagi qanday holat mo’g’ullarga yetarlicha qarshilik ko’rsatish imkonini bermasdi? * siyosiy tarqoqlik 



827. 

Mo’g’ullar tomonidan 1241-1242 yillari qayerlar egallanadi? * Chexiya, Vengriya, Polshaning bir qismi 



828. 

Oltin O’rdada muhim masalalar qanday hal etilgan? * qurultoy orqali 



829. 

Oltin O’rdada ijro hokimiyati boshlig’i kim bo’lgan? * beklarbegi 



830. 

Oltin O’rdada devon ishlarini kim boshqargan? * vazir 



831. 

Mahalliy boshqaruv Oltin O’rdada kimlar qo’lida bo’lgan? * dorug’a va bosqoqlar 



832. 

Mo’g’ullar istilosi davrida Rusda barcha knyazlar qayerdan boshqaruv yorlig’i oladi? * Oltin O’rdadan 



833. 

Mo’g’ullar istilosi davrida Rusda kim barcha knyazlarning «ulug’i» deb tan olinadi? *Vladimir knyazi Yaroslav 



834. 

Mo’g’ullar istilo qilgan hududlar qancha suvoriy saflay oladigan tumanlarga bo’linadi? * 10 ming 



835. 

Oltin O’rdaning ulusbegisi qanday vazifalarni bajargan? * qo’shin boshlig’i, o’ziga tegishli hududdagi boshqaruvga oid barcha 

masalalarni hal etgan 

836. 

Oltin O’rda qo’shinini kim boshqargan? * beklarbegi 



837. 

Oltin  O’rdada  kim  ko’chmanchilar  zodagonlari  yetakchisi  hisoblanib,  ba’zida  xondan  ham  ko’proq  mavqega  erishgan? 

*beklarbegi 

838. 

Oltin O’rda xonligida davlat boshqaruvining taraqqiyoti kimlarning kuchayishiga olib keladi? *amaldorlarni 



 

28

 

839. 

Nimaning  natijasida  Oltin  O’rdada  xon  yonida  vazir  lavozimi  joriy  etilib  u  mamlakatda  harbiy  bo’lmagan  barcha  sohaga 

mutasaddi edi? * O’rta Osiyodagi musulmon davlatlari ma’muriyati olinishi 

840. 

Oltin O’rda xonligida qanday soliq va majburiyatlar joriy etilgan? * chiqim, talab, yomlarga xizmat ko’rsatish 



841. 

Mo’g’ullar nima maqsadda Rus knyazliklarida aholini ro’yxatga olish tadbirini o’tkazadi? * aholini o’nlik tizimiga bo’lish 



842. 

Mo’g’ullarning Rus knyazliklarida aholini ro’yxatga olish tadbiri qachon qaysi knyazliklardan boshlanadi? * 1248-yili janubiy 

knyazliklardan 

843. 

Mo’g’ullarning Rus knyazliklarida aholini ro’yxatga olishning yakunida mamlakat aholisi qanday to’lovga tortiladi? *«chiqim» 



844. 

Oltin O’rdada soliq va bojlarni to’lanishini kimlar nazorat etishgan? * bosqoqlar 



845. 

Ma’lumki,  Rus  yerlari  Mo’g’ullar  imperiyasi  bo’ylab  tashkil  etilgan  yomlarga  xizmat  ko’rsatishda  qatnashganlar.  Bu  tizim 

qaysi davlatdan qabul qilingan?  * Xitoydan 

846. 

Tarixchilarning  hisobicha,  XIII  asrning  ikkinchi  yarmida  dushman  rus  yerlariga  necha  marta  talonchilik  hujumlarini  tashkil 

qilgan? * 14 

847. 

Nima uchun mo’g’ullar rus yerlariga bir necha martalab bosqinlar uyushtirardi? * Rus yerlarini qaramlikda saqlash 



848. 

Qaysi  tadbir mavjud  sharoitda  Rus  knyazlarining  o’z  xalqini  saqlab  qolishi,  ularni  qullikka  olib  ketmasligining  yagona  yo’li 

edi? * bosqinchilar bilan tinch yashashga harakat qilish 

849. 

Mo’g’ullar  bilan  Vladimir  knyazi  Yaroslav  qanday  siyosatni  boshlab,  uning  o’g’li  Aleksandr  Nevskiy  davom  ettirgan? 

*tinchlik siyosatini 

850. 

Oltin O’rda davlati o’z qudratining cho’qqisiga erishishi kimlarning nomi bilan bog’liq? * O’zbekxon va Jonibek 



851. 

Oltin O’rda qudratini mustahkamlagan omillardan biri ...  * islom dinining qabul qilinishi bo’ldi. 



852. 

O’zbekxon qaysi yillarda Oltin O’rdada hukmronlik qilgan?   * 1312-1342 yillarda 



853. 

Mo’g’ullar  imperiyasi  asoschisi  Chingizxon  barcha  diniy  e’tiqodlarga  qanday  munosabatda  bo’lishni  vasiyat  qilgan  edi? 

*birday 

854. 

Qaysi  jarayon  Oltin  O’rdada  arab  va  fors  till  bilimdonlarini  jalb  etishni  taqozo  etardi?  *  Eron  va  Misr  bilan  uzluksiz 

munosabatlarning o’rnatilishi 

855. 

O’zbekxon qachon islomni davlat dini deb e’lon qiladi? * 1314-yilda 



856. 

Oltin O’rdaning poytaxtlari qay tariqa paydo bo’lgan? * xon yoki ulusbegi qishlaydigan joy sifatida 



857. 

Oltin O’rda davrida Rossiyada qaysi shaharlar vujudga kelgan? * Tula, Tyumen, Azov, Astraxan 



858. 

Qaysi hukmdorlar davrida Oltin O’rda shaharlari gullab yashnagan?  * O’zbekxon va Jonibek 



859. 

Nega Oltin O’rda davlat tarixining fojiali sahifalari aynan To’xtamishxonning hukmdorligi bilan bog’liqdir? * To’xtamishning 

Movarounnahr hukmdori Amir Temur bilan raqobati sababligi 

860. 

Qachon Oltin O’rda qator xonliklarga bo’linib ketadi? * XVasrning birinchi yarmida 



861. 

Oltin O’rdadan bo’linib ketgan yirik xonliklarni qayd eting. * Qrim, Qozon, Sibir, Qozoq xonliklari va No’g’ay O’rdasi 



862. 

Nima uchun Rus knyazlari Oltin O’rda bilan kelishuvchilik siyosatini olib borgan? * knyazlar o’z xalqini saqlab qolishi, ularni 

qullikka olib ketmasligi uchun 

863. 

Nima  sababdan  Sharqiy  Rim  imperiyasi  ko’chmanchi  turk  qabilalari  hujumlariga  qarshilik  ko’rsata  olmaydi?  *  ichki 

ziddiyatlardan zaiflashganligi sababli 

864. 

Imperator Roman IV Diogen qaysi jangda halok bo’ladi? * Mansikert jangida 



865. 

Saljuqiylar davlati qaysi yillarda faoliyat yuritgan * 1038-1308 yillarda 



866. 

Saljuqiylar davlati qayerlarni o’z ichiga olgan edi? * Yaqin va O’rta Sharq, qisman Movarounnahr 



867. 

Qaysi  jarayonlar  saljuqiylarda  feodal  davlatini  uzil-kesil  shakllanshiga  olib  keladi?  *  o’troqlashayotgan  turklarning 

dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullana boshlashi 

868. 

Ma’lumki,  Saljuqiylarda  shakllangan  yirik  yer  egaligi  va  soliqlar  tizimi  Sharqdagi-islom  davlatlarinikidan  deyarli  farq 

qilmagan. Ahamiyatli jihati saljuqiylarda nimada edi? * davlat yerlarining xususiy yerlarga nisbatan ko’p bo’lishida 

869. 

Saljuqiylarda davlat yerlarining katta qismi qay tarzda harbiylar va amaldorlarga xizmatlari evaziga in’om etilgan? * iqto 



870. 

Saljuqiylar davrida sulton devoni hujjatlari va yozishmalar qaysi tilda olib borilgan? * fors 



871. 

Qaysi asrlarda turk xalqining shakllanish jarayoni kuchayadi? * XIII asrning 20-30 yillarida 



872. 

Saljuqiylar  davlatining  o’rnida  ko’plab  beyliklar  tashkil  topadi.  Ulardan  biri  -  Usmon  beyligi  edi.  U  qaysi  joyda  joylashgan 

edi? * Kichik Osiyoning shimoliy-g’arbiy hududida, Eski shaharga yaqin joyda 

873. 

Usmon beyligida Usmon qaysi yillarda hukmronlik qilgan? * 1299-1326 yillarda 



 

29

 

874. 

O’rxon davrida Vizantiyaning qaysi shaharlari bosib olinadi? * Nikeya va Nikomediya 



875. 

Usmoniylar qay tariqa Qora dengiz sohiliga chiqadi? * Nikeya va Nikomediya shahrlarini bosib olishi natijasida 



876. 

Beylarning  asosiy  vazifasi  dastlab  nimadan  iborat  bo’lgan?  *  turkiy  qabilalar  harbiy  kuchlarini,  qo’shni  hududlarni  istilo 

qilishini ta’minlash 

877. 

Kimning boshqaruvi paytida Usmoniylarda ilk bor vazir lavozimi ta’sis etiladi? * O’rxonning 



878. 

Usmoniylardan qaysi hukmdor davrida tanga pul zarb qilinib, davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo’linadi? * O’rxon 



879. 

«Musallam» nima?  * otliq qismlar 



880. 

Usmonlilar davlati qaysi yillarda faoliyat yuritgan? * 1299-1922 yillar 



881. 

Usmoniylarning Bolqondagi dastlabki bosqinlar qaysiyillari bo’lgan? * 1353-1357 yillari 



882. 

Usmoniylar poytaxti Bolqondagi qaysi shaharga ko’chiriladi? * Edirnega 



883. 

Turk  sultoni  Boyazid  qaysi  janglarda  o’zining  tezkor  g’alabalari  bilan  shuhrat  qozonib-Yildirim  (Shiddatli)  nomini  oladi? 

*Tirnovo va Nikopol yonidagi 

884. 

Usmoniylar sultoni Mexmet II qaysi yillarda hukmronlik qilgan? * 1451-1481 yillard.a 



885. 

Qachondan Istanbul Usmoniylar davlatining poytaxtiga aylanadi? * 1453-yildan 



886. 

Usmoniy  turklar  g’alabalarining  omillari  nimalardan  iborat  edi?      *  yaxshi  tashkil  etilgan  otliq  va  piyoda  qo’shin; 

lashkarboshilik xusu-siyatlariga ega sultonlarning bo’lishi; hukmdorga sadoqatli yanicharlar piyoda qo’shinining bo’lishi. 

887. 

Nimaning natijasida usmoniylar otliq qo’shin soni 150 ming suvoriygacha yetgan? * tumoriy yerlarning taqdim etilishi 



888. 

Qachondan  asirga  olingan  eng  sog’lom  va  baquvvat  xristian  bolalaridan  sultonning  shaxsiy  gvardiyasi  jangchilari 

tarbiyalangan? * XIV asrning o’rtalaridan 

889. 

Yanicharlar qaysi janglardagi g’alabalarga katta hissa qo’shganlar? * Varna, Kosovo, Konstantinopol 



890. 

Yevropa va Osiyoni bog’lab turgan savdo yo’llari ustidan nazorat turklar qo’liga qay tariqa o’tadi? *Vizantiya poytaxti olinishi 

natijasida 

891. 

Usmoniylar  tomonidan  Qrim  yarim  oroli  bo’ysundirilgach  qaysi  davlatlar  turklar  vassalligini  tan  olishadi?  *  Moldaviya  va 

Valaxiya 

892. 

O’rta asrlarda Usmoniylar davlatida yetishib chiqqan iqtidorli shoirlarni aniqlang. * Mehrixotun va Mulla Mahmud 



893. 

Me’mor  Xoja  Sinon  faoliyati  davrida  qancha  inshootlar:  masjidlar,  madrasalar,  saroylar,  favoralar,  hammom  va  ko’priklar 

qurilishiga boshchilik qilgan? * 300 dan ortiq 

894. 

O’rta asrlarda Usmoniylar davlatida yetishib chiqqan geograflarni qayd eting. * Piri Rais, Evliya Chalabiy, Xoja Xalifa 



895. 

Qaysi turkiyalik dengiz sayyohining O’rta, Qora va Egey dengizlari atlasi - «Bahriya» dunyo fanidagi katta yutuq edi? * Piri 

Raisning 

896. 

Yevropada Sharqiy Rim imperiyasi aholisini qaysi nom bilan atashgan? * yunonlar 



897. 

Sharqiy Rim imperiyasi fuqarolari o’zlarini va davlatlarini qanday nom bilan atashgan? * rimliklar va Rim imperiyasi 



898. 

Sharq xalqlari Sharqiy Rim imperiyasi fuqarolarini kimlar deb bilishgan? * rimliklar 



899. 

Vizantiyada qaysi holatlar uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi? * aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil e’tishi, 

sun’iy sug ‘orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo’lishi 

900. 

Vizantiyaning qaysi oltin puli eng ishonchli xalqaro pul hisoblangan?  * nomisma 



901. 

Vizantiya imperiyasini kim boshqargan? * vasilevs 



902. 

Vizantiya hukmdorining kiyimi qanday rangda bo’lgan? * to’q qizil 



903. 

Vizantiya hayotida ellinlik mustahkam o’rin olganligini ko’rsatadigan jihatlarni qayd eting?    * ippodromlarda xalq avvalgidek 

chavandozlar,  kurashchilar,  gimnastlar  musobaqalari,  mimlar  chiqishlarini  tomosha  qilganlar;  shahar  aholisi  ilgarigidek 

ma’muriyatdan maosh oladigan tabiblarda davolanishgan; shahar aholisi jamoa hammomlariga borib turishgan; Vizantiya antik 

davr yunon ilmini saqlab qolgan. 

904. 

Mimlar kimlar bo’lgan?  * aktyorlar 



905. 

Vizantiyalik  olimlar  o’z  nutqlari  va  asarlarida,  ellin  she’riyati,  afsonalari  hamda  fanidan  boxabar  ekanligini  namoyish  etish 

maqsadida nima qilishar edilar? * qadimgi mualliflar asarlaridan ko’plab misollar keltirganlar 

906. 

Yustinian I qanday oilada tug’ilgan? * kambag’al dehqon 



907. 

Yustinian  I  qanday  tadbirlarni  amalga  oshiradi?  *  imperiya  hayotini  islohotlar  orqali  ancha  yangilaydi,  xalqaro  savdoni 

jonlantirishi, davlat xazinasini to’ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta’minlaydi. 

908. 

Yustinianning rafiqasi malika Feodora yoshligida kim bo’lgan? * aktrisa 



 

30

 

909. 

Vandallarni bo’ysundirib Velisariy qayerga yo’l oladi? * Italiyaga 



910. 

Italiyada vizantiyaliklar kimlarning qattiq qarshiligiga uchraydi?  * ostgotlarning 



911. 

Vizantiyaliklar qayerda poytaxti Ravenna bo’lgan alohida noiblik tuzishadi? * Italiyada 



912. 

Ekzarxat nima?   * alohida noiblik 



913. 

Kimlarning  qo’shinini  qiyinchiliksiz  yenggan  Vizantiya  janubiy  viloyatlarni  egallab,  Gibraltar  bo’g’ozi  ustidan  nazorat 

o’rnatadi. * yestgotlar 

914. 

Yustinian I davrida qaysi german qabilalari bo’ysundiriladi? * vandallar, ostgotlar va vestgotlar 



915. 

Vizantiyada feudal jamiyati qaysi asrlarda uzil-kesil shakllanadi? * IX-XI asrlarda 



916. 

Qaysi omil Vizantiyada feodal munosabatlarini uzil-kesil o’rnatilishiga olib keladi? * feodallar hokimiyatining kuchayishi va 

markaziy hokimiyatning zaiflashuvi 

917. 

Franklar imperiyasida maktablar qayerda tashkil etilgan?  * ibodatxonalar qoshida 



918. 

Franklar imperiyasida ruhoniylarga oddiy xalq farzandlarini qay tariqa o’qitish buyurilgan? * bepul 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling