Tarix fanidan


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana07.09.2020
Hajmi0.63 Mb.
#128811
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tarix savol-javob 1


1137. 

Qoraqalpoqlar ijtimoiy  hayotida  biylar  va  botirlar muhim  o’rin  tutganlar.  Biylar  qanday  vazifalarni  bajargan?    *  qoraqalpoq 

urug’lariga boshchilik qilganlar; qoraqalpoqlarning ichki huquqiy va xo’jalik ishlariga doir muammolarni hal qilganlar; qo’shni 

xalqlar bilan munosabatlarda o’z urug’i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnashganlar. 



1138. 

Qay  tariqa  qoraqalpoqlarni  Xiva  xonligiga  bo’ysundirish  nihoyasiga  yetkazildi?  *  Yangi  daryo  atrofida  yashovchi 

qoraqalpoqlar tobe etilishi tufayli 

1139. 

Qaysi shaharlar qoraqalpoq xalqi tomonidan qal’a shaklida qurilgan? * Janaqal’a, Oydo’stqal’a, Ernazarqal’a, Ko’ko’zakqal’a, 

Eshonqal’a 

1140. 

Qoraqalpoqlarning xalq qo’shiqlarida kimlar ulug’lanadi? * Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo’stbiy, Ernazarbiy 



1141. 

Qay  tariqa  O’rta  Osiyoda  keyinchalik  Qo’qon  xonligi  deb  atalgan  yangi  davlat  vujudga  keldi?  *  minglar  chodaklik  din 

peshvolari hokimiyatini

 

ag’darib, Farg’ona vodiysida hokimiyatni o’z qo’llariga olishi natijasida 



1142. 

Abdurahimbiy  davrida  quyidagi  voqealardan  qay  biri  ro’y  bermagan?      *  hozirgi  Qo’qon  shahriga  asos  solindi;  poytaxi 

Tepaqo’rg’ondan  Qo’qon  shahriga  ko’chirildi;  Ohangaron  vohasi,  Tashkent,  Chimkent,  Sayram  va  Turldstonni  o’ziga 

bo’ysundirdi. 



1143. 

Qo’qon xoni Olimxonning Ohangaron vohasini, Tashkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o’ziga bo’ysundirishi natijasida ... 

* Rossiya bilan savdo yo’li ochildi. 

1144. 

Qo’qon xonligida qaysi hukmdorlar hukmronligi davrida xonlikning qudrati ortdi? * Erdona, Norbo’tabiy, Olimxon 



1145. 

Nima sababdan butun Qo’qon xonligi hududida 1842-yili katta qo’zg’olon ko’tariladi? * amirning Qo’qondagi noibi Qo’qon 

xonligi aholisini aval undirib kelingan soliqqa qo’shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni to’lashga majbur 

qilganligi 



1146. 

Qo’qon  xoni  Xudoyorxon  davrida  qaysi  holat  mahalliy  aholining  qattiq  noroziligiga  sabab  bo’lib,  xonlikda  hukmronlarga 

qarshi  qo’zg’olon  ko’tarish  xavfini  tug’dirdi?        *  qipchoqlaming  Qo’qonga  yoppasiga  ko’chib  kela  boshlashlari;  mahalliy 

aholini shahardan haydab chiqarib, ularning uy-joylariga o’rnashib ola boshlashlari; sug’orish inshootlarini qo’lga kiritishlari; 

aholi suv uchun soliq to’laydigan bo’lishlari. 

1147. 

Nima  uchun  Qo’qon  xonligida mehnatkash xalq  deyarli hamma narsa  uchun  soliq  to’lar  edi?  *  chunki hamma  qo’riq yerlar, 

chakalakzorlar, to’qaylar, daraxtzorlar, ko’llar, barcha yaylovlar xonning ixtiyorida edi, 

1148. 

XIX asr o’rtalarida Qo’qondagi madrasalar ichida qaysi madrasalari alohida ajralib turadi? * Madalixon, Norbo’tabek, Jome, 

Hojimoyim, Xoja dodxoh, Mingoyim 

1149. 

XVIII-XIX asrning 1-yarmida Qo’qonda ...  maktab,  ...  madrasa va masjid, Marg’ilonda ...  maktab,  ...madrasa va masjidning 

faoliyat yuritgan. * 120 ta, 40 ta, 80 ta, 10 ta  

1150. 

Qo’qon  xonligida  bunyod  etilgan  madrasalarni  yilini  to’g’ri  ko’rsatilgan  holda  qayd  eting.  1)  Norbo’tabiy  madrasasi;  2) 

Madrasayi  Kamol  qozi;  3)  Madrasayi  Haqquli  mingboshi;  4)  Madrasayi  Hakim  To’ra;  5)  Madrasayi  Xonxo’ja  eshon;  6) 

Madrasayi  Buzrukxoja;  7)  Madrasayi  Pirmuhammad  yasovul  va  Madrasayi  Mingoyim;  8)  Madrasayi  Xojabek  va  Madrasayi 

Oxund devonbegi; 9) Madrasayi Jome. a) 1798-yil; b) 1820-yil; s) 1825-yil; d) 1795-yil; e) 1789-yil; v) 1801-yil; g) 1802-yil; 

j) 1805-yil; z) 1817-yil     * 1-a; 2-b; 3-s; 4-d; 5-e; 6-v; 7-g; 8-j; 9-z 



1151. 

Nima 


sababdan 

Qo’qon-Xitoy 

munosabatlari 

keskinlashdi? 

*Qo’qon 

xoni 


Muhammad 

Alixonning 

sharqiy 

mo’g’ilistonliklarning Sin imperiyasiga qarshi boshlangan milliy-ozodlik kurashiga aralashuvi 



1152. 

Xitoy  hukumati  Qo’q’onning  Sharqiy  Turkistonda  yuritadigan  savdo  ishlarini  taqiqladi,  o’rta  osiyolik  savdogarlaming 

aksariyat  qismini  haydab,  ularning  mulklarini  musodara  qilishiga  javoban  Qo’qon  xoni  Muhammad  Ali  ...  *  sharqiy 

turkistonliklarning  Xitoyga  qarshi  ozodlik  kurashi  rahbari  Jahongirxo’ja  va  uning  ukasi  Yusufxo’ja  ixtiyoriga  Haqquli 

boshchiligida qo’shin jo’natadi 

1153. 

Pyotr I ni Xiva xonligini Rossiya tobeligiga olishi nima sababdan oshmay qoldi? * Xivada boshlanib ketgan ichki urushlar va 

chor Rossiyasining «Shimoliy urush» bilan bandligi 

1154. 

Qozoq juzlarining Rossiya tobeligiga o’tgan yilini to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting. 1) Kichik juz; 2) O’rta juz; 3) Katta 

juz. a) 1732-yilda; b) 1739-1740 yillarda; s) 1747-yilda   * 1-a; 2-b; 3-s 

1155. 

Angliya  va  Rossiya  davlatlarl  o’rtasida  Buxoro,  Xiva,  Qo’qon  xonliklari  hududlari  uchun  raqobatchilikning  kuchayishiga 

nimalar  sabab  bo’ldi?        *  Angliya  va  Rossiyaning  O’rta  Osiyo  hisobiga  yangi  mustamlakalarga  ega  bo’lish  yo’lidagi 

urinishlari; o’z mollarini sotish va undan mo’may daromad olish uchun O’rta Osiyo bozorlarini egallash istagi; O’rta Osiyoning 

boy xomashyo manbalariga ega bo’lishga intilishlari. 

1156. 

Yunusxo’ja qayerda Tashkent hokimi etib tayinlandi?  * xon kengashida 



 

39

 

1157. 

Industrial  jamiyatning  dastlab  G’arbiy  Yevropa  va  Shimoliy  Amerikada  qaror  topa  borish  jarayoni  qaysi  asrlarni  o’z  ichiga 

oladi?    * XVI-XIX asrlar 

1158. 

Sarmoyaning asosida nima yotadi?  * erkin tadbirkorlik faoliyati 



1159. 

Kapitalizm  feodal  jamiyatidan  qaysi  xususiyatlari  bilan  farq  qiladi?          *  xususiy  mulkdan  va  yollanma  mehnatdan 

foydalanishda  kishilarga  keng  erkinlik  berganligi;  kishini  kishiga  qonun  bilan  majburlab  bog’lab  qo’ymaganligi;  insonning 

qobiliyati, salohiyati, g’ayrati va shijoatiga katta yo’l ochganligi. 



1160. 

Osiyoda  yangi  jamiyat  shakllanishining  o’ziga  xos  xususiyatlari  nimalardan  iborat  bo’lgan?      *  an’anaviy  jamiyat  hukm 

surganligi;  yerga  to’la  xususiy  mulkchilik  qaror  topmadi;  hunarmandchilik  erkin  oilaviy  sharoitda  rivojlandi:  shaxs 

tashabbuskorligini rag’batlantirmagan. 



1161. 

Nega Yevropa va Shimoliy Amerikada kapitalizm gurkirab rivojlanayotgan bir paytda deyarli butun Osiyoda o’rta asrlarning 

mahsuli bo’lgan an’anaviy jamiyat hukm suraverdi? * yerga to’la xususiy mulkchilik qaror topmaganligi sababli 

1162. 

Qaysi qoida Osiyoda ishlab chiqarishning yiriklashuviga, daromadning bir qo’lda-to’planishiga imkon bermagan? * mulkning 

barclia merosxo’rlar o’rtasida taqsimlanishi 

1163. 

Nima sababdan yangi davrda Sharq hunarmandchiligi fabrika ishlab chiqarishi darajasiga ko’tarila olmagan? * yerga xususiy 

mulkning to’la qaror topmaganligi sababli 

1164. 

XVII-XIX  asrlarda  yashab  ijod  qilgan  tarixchi  olimlarning  yozgan  asarlari  bilan  to’g’ri  ko’rsatilgan  qatorni  ko’rsating.  1) 

Fransua  da  Monlozye;  2)  F.Minye;  3)  A.  de  Lamartin;  4)  Izelli;  5)  F.Shiller;  6)  J.Melye.  «Fransuz  monarxiyasi  haqida»;  b) 

«Fransuz  inqilobi  tarixi»;  v)  «Jirondistlar  tarixi»; g)  «Insoniyat  tarixi haqida»;  d) «30yillik  urush  tarixi»;  e)  «Lyudovik  XIV 

ning buyuk asri» * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d; 6-e 

1165. 

Qanday  omillar  XV  asr  oxiridan  boshlab  buyuk  geograflk  kashfiyotlarning  amalga  oshirilishiga  sabab  bo’lgan  edi?    

*xomashyoga bo’lgan talab; hukmron tabaqalarning boylikka, pulga bo’lgan ehtiyoji; yangi dengiz savdo yo’llarini ochish. 

1166. 

Buyuk geograflk kashfiyotlarni amalga oshirgan Xristofor Kolumb qanday harbiy lavozimga ega edi? *admiral 



1167. 

Xristofor Kolumb o’z oldiga nimani maqsad qilib qo’ygan edi? * Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo’l ochishni 



1168. 

X. Kolumb bilan Ispaniya qirollik oilasi o’rtasida tuzilgan shartnomada nimalar nazarda tutilgan edi?    * qirol ekspeditsiyaning 

pul ta’minotini o’z bo’yniga oldi; X. Kolumb yangi ochiladigan yerlarning vitse-qiroli etib tayinlanadigan bo’ldi; X. Kolumb 

yangi  ochiladigan  yerlardan  olinadigan  daromadning  1/10  qismiga,  yangi  yerlar  bilan  olib  boriladigan  savdodan  tushadigan 

daromadning esa 1/8 qismiga egalik qiladigan bo’ldi. 

1169. 

Buyuk  geograflk  kashfiyotlarning  ahamiyati  nimalardan  iborat  bo’ldi?        *  geografiya,  tarix,  etnografiya  va  okeanshunoslik 

fanlari yangi xulosalar, ma’lumotlar bilan boyidi; yangi dengiz savdo yo’llari ochildi; jahon savdosini vujudga keltirdi. 

1170. 

Yangi davr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlarida dvoryanlar tarkibida qanday  o’zgarish yuz  berdi?   *  savdo-sotiq va 

tadbirkorlik  bilan  shug’ullanuvchilar  shakllandi;  savdo  kompaniyalarining aksiyadorlariga  aylandilar; hukumatdan turli  soliq 

yig’imlarini  yig’ib  olish  huquqinisotib  oldilar;  ishlab  chiqarishdayollanma  mehnatdan  foydalanardilar;  o’z  qo’rg’onlarida 

sanoat korxonalari ham tashkil etganlar. 

1171. 

Yangi  davr  boshlarida  G’arbiy  Yevropa  mamlakatlarida  jamiyat  ijtimoiy  hayotida  burjuaziyaning  soni  va  jamiyat hayotidagi 

o’rni ortib borishi nimaning oqibati edi? * ichki va tashqi savdoda shaharlar mavqeining tobora yuksalib borganligining 

1172. 

Nimaning hisobiga Yangi davrda bozorlar har kuni ishlay boshladi? * shaharlarning o’sib borishi 



1173. 

Yangi  davr  bozorlarining  o’ziga  xos  tomoni  bu  ...  *  tovarlarni  savdogarlikni  kasb  qilib  olgan  kishilar  tomonidan  sotishning 

vujudga kelganligi bo’ldi. 

1174. 

Qaysi  omil  Yangi  davrda  savdo  kompaniyalari  sonining  ko’payishiga  sabab  bo’ldi?  *  saydogarlar  hayotiga,  mol-mulkiga 

solinayotgan doimiy xavf-xatar 

1175. 

Dastlabki aksiyadorlik jamiyatlari qay tariqa tashkil topgan? * savdogarlarning savdo kompaniyalarga birlashishi natijasida 



1176. 

Nimaning oqibatida savdo monopoliyalari vujudga keldi? * savdo-sotiqning rivojlanishi, kompaniyalar qudratining oshishi 



1177. 

Yangi davr boshlarida qaysi sabab ingliz savdogarlarini kompaniyalarga birlashishga majbur etgan? *Dengiz osha savdo qilish 



1178. 

Lotinchadan «taqsimlanadigan narsa» ma’nosini beradigan atamani qayd eting. * dividend 



1179. 

Yangi davrda Angliyada tashkil topgan kompaniyalar o’zlariga qanday majburiyat olgan editor? * uzoq mamlakatlarda Angliya 

manfaatlarini himoya qilish 

1180. 

Manufakturaning paydo bo’lishiga nima sabab bo’ldi? * hunarmandchilik mahsulotlariga ortib borayotgan talab 



1181. 

Manufakturaning  hunarmandchilik  ustaxonalardan  afzallik  tomonlarini  qayd  eting?      *  mehnat  unumdorligining  ortishi; 

mahsulot tannarxining arzonlashishi; turli xil mutaxassislikdagi yollanma ishchilarning faqat bitta ishni bajarishi. 

1182. 

XVII  asrga  kelib  manufaktura  ishlab  chiqarish  qaysi  davlatlarda  xo’jalikning  asosiy  shakliga  aylandi?  *Angliya  va 

Gollandiyada 

1183. 

Nima uchun XVII asrga qadar shaharlar devor bilan emas, balki ulkan tuproq uyumlari bilan himoya qilina boshlangan edi? 

*artilleriya qal’a devorlarini bemalol qulata olganligi tufayli 


 

40

 

1184. 

Yangi davrda savdoning rivojlanishida qanday muhim belgilar ro’y berdi?    * shaharlarning o’sishi; bozor savdosining o’sishi; 

savdogarlikni  kasb  qilib  olgan  kishilar  tomonidan  sotishning  vujudga  kelganligi;  savdo  kompaniyalarining  vujudga  kelishi; 

savdo monopoliyalarning vujudga kelganligi; ustiyopiq bozorlar qurila boshlandi; bozor savdosi bilan do’kon savdosi o’rtasida 

raqobat vujudga keldi. 

1185. 

Ijtimoiy harakat qaysi zamonlarda mavjud bo’lgan? * barcha zamonlarda 



1186. 

Ijtimoiy harakat zamonlarda bir-biridan qanday farq qilgan? * mazmun va maqsadiga ko’ra 



1187. 

Sotsialistlar  nima  orqali  kishilarga  erkinlik,  tenglik,  farovonlik  va  baxt-saodat  beradigan  jamiyatni  sotsialistik  jamiyat  deb 

hisoblaganlar? * jamiyatdagi xususiy mulkni umumxalq mulkiga aylantirish orqali 

1188. 

Sen-Simon,  Sh.  Furye  va  R.  Ouenlar  orzu  qilgan  adolatli  jamiyatni  ular  taklif  etgan  qanday  yo’l  bilan  qurib  bo’lmas  edi?  

*mulkdor tabaqalarni insofga chaqirish yo’li bilan 

1189. 

XIX asrning 40-50 yillarida ijod qilgan Rossiya imperiyasidagi ijtimoiy harakatning yetakchi arboblaridan qay biri jamiyatga 

aql-idrokka va adolatga mos keluvchi qonunlar kerakligi to’g’risidagi g’oyalarni ilgarisurdi? * V. Belinskiy 

1190. 

Qay  tariqa  Yevropa  davlatlarining  mustamlakachilik  siyosati  boshlandi?  *  Ispaniya  bayrog’i  himoyasi  ostida  yangi  ochilgan 

yerlar Ispaniya qiroli mulki deb e’lon qilinishi natijasida 

1191. 

«Yengilmas  armada»ning halokati  qanday  oqibatga  olib  keldi?  *  Ispaniyaning  dengizdagi  qudratiga  putur  yetkazdi,  Angliya 

eng qudratli dengiz davlatiga aylana borishiga 

1192. 

Angliyaga qaysi omil mustamlakalar bosib olishga imkon berdi? * qudratli dengiz davlatiga aylanishi 



1193. 

Afg’onistonni  itoatda  tutish uchun  Nodirshoh qanday  siyosatni  yuritgan?  *  Erondan  12  ming  jangchi  oilalari  bilan  Kabul  va 

boshqa shaharlarga ko’chirib keltirgan 

1194. 

Qay tariqa Afg’oniston davlatining tashkil topishi uchun barcha zarur tashqi sharoit yetildi? * Eron hukmdori Nodirshoh vafot 

etishi, 

1195. 

Qay tariqa Durroniylar sulolasi hukmronligi barham topdi? * Do’st Muhammadxon Afg’oniston taxtini egallab, o’zini amir deb 

e’lon qilishi natijasida 

1196. 

Safaviylar davlatining poytaxti Tabriz hozir qaysi davlat hududida joylashgan edi? * Ozarbayjon 



1197. 

Ko’rsatilgan  qaysiyordam  evaziga  Angliyaning  «Ost-Indiya»  kompaniyasi  Eron  bilan  savdo  ishlarida  katta  imtiyozlarga  ega 

bo’lib oldi? * Portugaliyani Fors ko’rfazidagi Ormuz orolidan quvib chiqarish evaziga 

1198. 

XVIII  asrda  qaysi  hoi  Safaviylar  davlatida  davlat  xazinasiga  tushadigan  daromadning  kamayishiga  olib  kelgan?  *  davlatga 

qarashli yer miqdorining kamayishi 

1199. 

XVIII  asrda  Safaviylar  davlatida  dehqon  xo’jaligining  xonavayron  bo’lishi  nimaga  olib  keldi?  *  ichki  savdoning  keskin 

kamayishiga 

1200. 

Qaysi  omillar  Eron  mehnatkash  qatlamlari  orasida  keskin  norozilik  kelib  chiqishiga  sabab  bo’ldi?      *  Eronning  Buyuk 

Britaniyaning  sanoat  mahsulotlari  sotiladigan  bozoriga  aylanib  qolishi;  davlat  apparatidagi  mansablarni  sotish  va  sotib  olish 

nihoyatda kuchayishi; viloyat, hukmdorlari, katta-katta yer-mulk egalari davlat xazinasiga soliq to’lamay qo’yishi. 



1201. 

Qaysi  omillar  Eronda  bobiylar  qo’zg’olonini  keltirib  chiqardi?      *  Eronning  Buyuk  Britaniyaning  sanoat  mahsulotlari 

sotiladigan  bozoriga  aylanib  qolishi;  davlat  apparatidagi  mansablarni  sotish  va  sotib  olish  nihoyatda  kuchayishi;  viloyat 

hukmdorlari, katta-katta yer-mulk egalari davlat xazinasiga soliq to’lamay qo’yishi. 



1202. 

Turkmanchoy shartnomasi nimaning natijasida tuzildi? * Eron - Rossiya urushida Etenning yengilishi natijasida 



1203. 

Nima  uchun  Braziliya  Portugaliyadan  ajralib  chiqqach  respublika  emas,  balki  monarxiya  bo’lib  qoldi?  *qulchilik  saqlanib 

qolganligi va quldorlar juda kuchli bo’lganligi uchun 

1204. 

Lotin  Amerikasida ro’y  bergan  mustaqillik  uchun urushlar yakunida  vujudga  kelgan  yangi mustaqil  milliy  davlatlarni yillari 

bilan  to’g’ri  ko’rsatilgan  qatorni  qayd  eting.  1)  Meksika;  2)  Venesuela;  3)  Argentina;  4)  Urugvay;  5)  Kuba;  6)  Boliviya;  7) 

Braziliya a) 1821-yil; b) 1819-yil; v) 1826-yil; g) 1830-yil; d) 1869-yil; e) 1825-yil; j) 1822-yil *1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d; 6-e; 7-j 



1205. 

Angliya  qirolining  mustamlakalardagi  yevropaliklarning  Amerika  g’arbiga  siljishini  taqiqlovchi  qarori  nimani  ko’zda  tutgan 

edi?   * mahalliy hindular bilan urush kelib chiqishining oldini olishni 

1206. 

Qirol  hukumati  I  Kontinental  Kongress  bo’lib  o’tgandan  so’ng  mustamlakalariga  nisbatan  qanday  siyosatyuritdi? 

*mustamlakalarni taslim etish siyosatini 

1207. 

Qanday  sharoitda  Filadelfiya  shahrida  II  Kontinental  Kongress  chaqirildi?  *  qirol  qo’shinlari  Shimoliy  Amerika  shtatlariga 

qarshi urush harakatlarini boshlaganda 

1208. 

Ma’lumki, AQSHda senatga har bir shtatdan ikki kishi, Vakillar palatasiga esa ... * deputatlar shtatlar aholisining soniga mos 

ravishda saylanardi. 

1209. 

AQSHda qay tariqa abolitsionistlar harakati vujudga keldi? * oq tanli ko’pgina kishilarning qulchilikning bekor qilinishi uchun 

kurash olib borishlari natijasida 

1210. 

XVI-XVIII asrlarda Fransiya mutlaq monarxiyasi quyidagi qaysi iborada o’z ifodasini topgan? * «Xudoning irodasi shuki, har 

qanday qaram bo’lib tug’ilgan o’ylab o’tirmasdan bo’ysunmog’i lozim». 


 

41

 

1211. 

Qay tariqa Fransiyada qirolning shaxsiy hukmronligi o’rnatilgan?    * qirol ayni paytda hukumat boshlig’i edi; qirol huzurida 

hukumat kengashi tashkil etilgan; hukumat kengashi a’zolari qirol tomonidan tayinlangan; ichki va tashqi siyosatga doir barcha 

masalalarni shaxsan o’zi hal etgan. 



1212. 

XVI asrda Fransiya qirol saroyi hayotining asosiy mazmunini qaysi ahloq tashkil etgan? * qirol shaxsini ilohiy deb hisoblovchi 

axloq 

1213. 

Ma’lumki,  XVI  asrda  Fransiya  ikki  dushman  lagerga  -  katoliklar  va  protestantlar  lageriga  bo’linib  ketgan  edi.  Fransiyaning 

qaysi qismi katoliklar tomonida, qaysi qismi gugenotlarniki bo’lib qoldi? * Shimoliy Fransiya katoliklar tomonida, janubi esa 

gugenotlarniki bo’lib qoldi. 



1214. 

Qaysi voqea Fransiyada 32 yil davom etgan diniy urushning boshlanishiga turtki bo’ldi? * katoliklar rahnamosi gersog Gizning 

o’zining qo’riqchilari bilan Vassidaprotestantlarga hujum qilishi 

1215. 

Qaysi  hujjatga  ko’ra  gugenotlarga  katoliklar  qatorida  davlat  mansablarini  egallash  huquqi,  diniy  marosimlarni  to’siqsiz 

o’tkazish erkinligi berildi?  * Qirol yarashish ediktiga ko’ra 

1216. 

Genrix Giz rahbarligida katolik liga tomonidan tayyorlangan fitnaga ko’ra ... * qirol olib qochilar va majburan monax qilinardi, 

taxtni esa Genrix Giz egallashi lozim edi. 

1217. 

Nima  uchun  katolik  cherkovi  bqrcha  fuqarolarning  Genrix  III  ga  sodiqlik  qasamyodidan  ozod  qilinganliklarini  e’lon  qildi? 

*Genrix III Genrix Gizni o’ldirganligi uchun 

1218. 

Qachon va qaysi hujjatga ko’ra Fransiyada diniy murosasozlikka erishildi? * 1598-yilda qabul qilingan Nant ediktiga ko’ra 



1219. 

Fransiyadagi  diniy  urush  oqibatida  ...  *  mamlakat  boshiga  katta  kulfat  keltirildi,  mamlakatda  yovuzlik,  jaholat  kuchaydi, 

gugenotlarga juda katta talofat yetkazildi. 

1220. 

Quyidagi qaysi omillar Fransiyada inqilob ro’y berishini muqarrar qilib qo’ydi?    * o’rta asr feodal tartiblarini hukm surishi; 

o’rta asr  feodal  tartiblari  sanoat  va  savdoning rivojiga  to’siq  bo’lganligi;  Fransiyada  mutlaq  monarxiya  hukm  surishi; tashqi 

siyosatda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi; urush va soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora og’irlashib borishi. 



1221. 

Qay  tariqa  Fransiyada  mutlaq  monarxiya  quladi?  *  hokimiyat  inqilobchilar  vakillaridan  tuzilgan  Parij  Kommunasi  qo’liga 

o’tishi tufayli 

1222. 

1792-yilda  qaysi  hol  Fransiyada  keskin  norozilik  keltirib  chiqardi?  *  jirondachilar  mamlakat  mudofaasini  uyushtira 

olmaganliklari 

1223. 

Fransiya  Qonun  chiqaruvchi  Majlisi  qanday  sharoitda  qirolni  hokimiyatdan  mahrum  etish  va  yangi  parlament  -  Milliy 

Konventga saylov o’tkazish haqida qaror qabul qilishga majbur bo’ldi? * Parijda boshlangan qurolli qo’zg’olon tufayli 

1224. 

1792-yil 21-sentabrda Fransiyda bo’lib o’tgan voqealarni qayd eting?    * Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; Lyudovik XVI 

qatl etildi; Respublika feodal-tabaqaviy tengsizlikni bekor qildi; mamlakat shiori «erkinlik, tenglik, birodarlik» bo’lib qoldi. 

1225. 

Lotincha - farmon, qaror ma’nosini ifodalaydigan so’zni qayd eting.   * Dekret 



1226. 

1789-yilda Fransiyada qanday voqealar bo’lib o’tdi?   * Lyudovik XVI General sfitatlarni chaqirdi; uchinchi tabaqa deputation 

Milliy  Kengash  tuzdilar;  Milliy  Kengash  o’zini  «Ta’sis  majlisi»  deb  e’lon  qildi;  Bastiliya  egallandi;  Fransiyada  mutlaq 

monarxiya  quladi;  «Imtiyozlarni  tugatish  haqida  dekret»  qabul  qilindi;  «Inson  va  fuqaro  huquqlari  Deklaratsiyasi»  qabul 

qilindi; feodal tartiblar bekor qilindi. 

1227. 

Jirondistlardan nima uchun aholi norozi bo’lib, qo’zg’olon ko’targan?    * mamlakat mudofaasini yetarli darajada tashkil eta 

olmadilar; mamlakat janubida yerlarning shahar burjuaziyasiga sotilishi; qirolning qatl etilishi. 

1228. 

Yakobinchilar yuritgan ichki siyosatini qayd eting?  * feodal to’lovlar butunlay bekor qilindi; dehqonlar o’z yerlarining ozod 

egalariga aylandilar; chet ellarga qochib ketgan dvoryanlarning yerlari mayda bo’laklarga bo’linib sotildi; cherkov davlatdan 

ajratildi;  birinchi iste’mol  buyumlariga  qat’iy  narxlar  o’rnatildi; ish haqining  eng  yuqori  darajasini  belgilab  qo’ydi;  diktatura 

o’rnatildi; o’z raqiblariga qarshi terror o’rnatildi; qo’shinni mustahkamlash choralarini ko’rdilar. 

1229. 

Qanday xolat ahvolni o’g’irlashuvga olib kelib  yakobinchilarni diktatura o’rnatishga majbur etdi? * chet el bosqinchilarining 

hujumi va birinchi iste’mot mahsulotlarining yetishmasligi 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling