Tarix fanidan


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana07.09.2020
Hajmi0.63 Mb.
#128811
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tarix savol-javob 1


1230. 

«Shubhali  kishilar  to’g’risida»  qonun,  yakobinchilar  fikricha,  «shubhali»  deb  hisoblangan  barcha  kishilarni  to  tinchlik 

o’rnatilgunicha  qamoqqa  olish  va  saqlashni  ko’zda  tutardi.  Aslida  ...  *  yakobinchilar  o’z  raqiblaridan  terror  yo’li  bilan 

qutilmoqchi edi. 



1231. 

M.  Robespyer  siyosiy  kurashda  qonli  usul  orqali  raqiblarini  yo’qotishi  ...  *  uning  barcha  dushmanlarini  yagona  ittifoqqa 

birlashtirdi. 

1232. 

Qay tariqa yakobinchilar diktaturasi quladi? * M.Robespyer va uning tarafdorlarini qamoqqa olinib, qatl etilishi tufayli 



1233. 

Ma’lumki,  Fransiyada  1795-yilda  Konventyangi  Konstitutsiya  qabul  qildi.  U  mamlakatda...  *  respublika  tuzumini 

mustahkamladi. 

1234. 

Napoleon Bonapart 26 yoshda ...   * Shimoliy Italiyani Avstriya qo’shinidan ozod qiladi. 



1235. 

Konsul lotinchadan qanday ma’noni bildiradi?  * maslahatchi 



 

42

 

1236. 

Napoleon I ning qaysi siyosati Fransiyani Yevropa vajahon hukmronligi uchun o’z tinkasini quritadigan urushga duchor etdi?  

* qit’a qamali 

1237. 

Quyidagi  qaysi  holat  Napoleonga  qit’a  qamali  siyosatidan  ko’zlangan  maqsadiga  erishish  imkonini  bermadi?    *  Buyuk 

Britaniya harbiy flotining g’oyatda qudratliligi 

1238. 

Nima sababdan Lyudovik XVIII monarxiyasi avvalgidek mutlaq monarxiya emas edi? * chunki jamiyat hayotida kapitalistik 

munosabatlar har-tomonlama chuqur ildiz otib ulgurgan edi. 

1239. 

Nima sababdan Napoleon I hokimiyatdan voz kechgach mamlakatda ichki vaziyat murakkablashib bordi? * eski feodal tartiblar 

tarafdorlarining mutlaq monarxiyani tiklashni va qo’llaridan ketgan mol-mulklarini qaytarib berishni talab qilishlari 

1240. 

Vena  Kongressining  qaroriga  ko’ra  g’olib  davlatlarga  qo’shib  berigan  hududlarni  to’g’ri  ko’rsatilgan  qatorni  qayd  eting.  1) 

Buyuk Britaniya; 2) Rossiya; 3) Prussiya; 4) Avstriya; 5) Gollandiya. a) Malta, Seylon orollariga, Afrikaning janubidagi Kapa 

yeri;  b)  Polshaning  katta  qismi;  v)  Reyn  viloyati,  Vestfaliya,  Polshaning  g’arbiy  yerlari;  g)  Shimoliy  Italiya;  d)  Belgiya

  *1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d 

1241. 

Quyidagi qaysi sabablar Fransiyada 1848-yil inqilobining yuzaga kelishiga sharoit yaratdi? *qurg’oqchilik, inqiroz va ishsizlik 



1242. 

Ma’lumki,  Fransiyada  burjuaziya  1848-yilgi  inqilobning  oldini  olish  uchun  hukumat  oldiga  islohotlar  o’tkazilish  talabini 

qo’ydi. Uning asosini qaysi masala tashkil etardi?  * saylov huquqini kengaytirish to’g’risidagi 

1243. 

Qay tariqa Rossiya tabaqaviy vakillik monarxiyasiga aylandi? * Zemstvo soborini chaqirilishi natijasida 



1244. 

Qaysi  omillar  XVII  asrda  Rossiyada  natural  xo’jalik  negizlariga  zarba  bera  bordi?          *  g’allaning  hamma  yerda  tovarga 

aylanishi;  ayrim  pomeshchiklarning  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  savdosi  bilan  shug’ullana  boshlashi;  krepostnoylardan 

obrokning pul bilan olinishi. 



1245. 

Nima uchun Rossiya XVII asrda G’arbiy Yevropa davlatlari bilan savdo-sotiq ishlarida bevosita ishtirok eta olmagan?  *chunki 

Rossiya dengiz savdo flotiga ega emas edi. 

1246. 

Qay  tariqa  1649-yildagi  Sobor  nizomi  Rossiyada  krepostnoy  huquqining  shakllanishi  jarayoni  tugallandi?      *  dehqonlar 

dvoryanlarga  uzil-kesil  biriktirilib  qo’yildi;  dehqonlarning  xo’jayindan-xo’jayinga  o’tishi  taqiqlandi;  krepostnoylik  nasldan-

naslga o’tadigan bo’ldi. 



1247. 

Poltava jangi qaysi urush taqdirini hal etdi?  * «Shimoliy urush» 



1248. 

Shimoliy  urush  yakuni  to’g’ri  ko’rsatilgan  qatorni toping?        *  Rossiya  Boltiq  dengiziga  chiqish  yo’liga  ega  bo’ldi;  Rossiya 

Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylandi; Rossiya imperiyaga aylandi; Rossiyada mutlaq monarxiya to’la qaror topdi; 

Shvetsiya buyuk davlat maqomini yo’qotdi. 



1249. 

Pyotr I quyidagi islohotlardan qay birini amalga oshirmadi?    * krepostnoylikni bekor qildi; dehqonlarni to’lov evaziga ozod 

qildi; boyarlar mavqeini tikladi. 

1250. 

XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo’lgan davrda Rossiya iqtisodiy hayotning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat edi? 

*krepostnoylik  tartiblari  mavjudligi;  kustar  va  manufaktura  ishlab  chiqarish  hukmronligi;  mashinalashgan  ishlab  chiqarishni 

keng rivojlantirish uchun yetarli kapitalga ega emasligi; natural xo’jalik hamon kuchliligi. 



1251. 

Dekabristlar Rossiyadagi mavjud tuzumni qay tartibda o’zgartirishga harakat qilganlar? * qurolli qo’zg’olon yordamida 



1252. 

Rossiyada  krepostnoy  huquqning  bekor  qilinishi  natijasida  pomeshchik  o’z  ixtiyorida  bo’lib  kelgan  yerning  ...,  cho’l 

hududlarda esa ... qismini saqlab qolish huquqiga ega bo’ldi. * 1/3, 1/2 

1253. 

Otrezkalar nima? * dehqon krepostnoy huquqining bekor qilingungacha hukumat qarorida belgilanganidan ko’proq miqdordagi 

yerining ortiqchasini pomeshchikka o’tkazishi 

1254. 

Rossiyada krepostnoy huquqning bekor qilinishi natijasida dehqon uchun eng noqulayi nima bo’lgan? *dehqonning yer egasi 

bo’lishi uchun vikup to’lashning shartligi 

1255. 

Quyidagi qaysi ibora tuyg’u va istaklarni cheklash yoki bostirish, azob tortish, hayot ne’matlaridan voz kechishni ifodalaydi?  

*asketizmdan 

1256. 

Fransuzchadan qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug’ilmoq ma’nolarini anglatuvchi atamani aniqlang. *Renessans 



1257. 

Jordano  Bruno  dunyo  qarashiga  ko’ra  nima  tarafdori  edi?  *  xudo  bilan  tabiat  bir  narja,  ular  bir  butunni  tashkil  qiladi,  deb 

hisoblovchi ta’limot 

1258. 

XVII  asrda  ijod  qilgan  Jon  Lokning  asosiy  xizmati  nima  bilan  belgilanadi?  *  insonning  yashash,  erkinlik  va  mulkka  egalik 

qilish huquqlari haqidagi talimotni yaratganligi bilan 

1259. 

XVI asrda qanday ixtirolar qilindi?    * shamol-tegirmon ixtiro qilindi; tokarlik stanogining ixtiro qilindi; pompa ixtiro qilindi. 



1260. 

G. V. Leybnis 19 yoshida ... * bakalavr darajasiga erishdi. 



1261. 

Quyidagi  ko’rsatilgan  qaysi  holatlar  XIX  asrda  astronomiyani  rivojlantirishga  qudratli  turtki  berdi?  *matematikaning 

muvaffaqiyatlari, Nyuton kashfiyotlari va teleskopning takomillashtirilishi 

1262. 

Telegrafning vujudga kelishi ... * elektrdan amalda foydalanishning asosiy sohasi bo’ldi. 



 

43

 

1263. 

Kimning  asar  qahramonlaridan  biri  insonning  erki  va  qadriyatini  quyidagi  satrlarida  himoya  qilgan?  Inson  qahrliroq  siz 

o’ylagandan, Asrlik uyquning yo’lin buzib u o’zining huquqini so’rar qaytadan. *F.Shillerning qahramonlaridan Karl Maor 

1264. 

Kimning va qaysi asaridagi qahramon mangu haqiqatni anglashga yetib keladi va bunday deydi?   * I.Gyotening «Faust» 



1265. 

Kimning romanlarining qahramonlari jinoyatlar evaziga o’z boyliklarini ko’paytirayotgan bankirlar va savdogarlar, berahm va 

shafqatsiz sudxo’rlar, o’z hayotini behuda o’tkazayotgan mansabparast va shuhratparast kishilar - o’z maqsadlariga har qanday 

vositalar bilan erishadigan kishilar bo’lgan? * Onore de Balzak  



1266. 

Betxoven yaratgan simfoniya markazida qanday inson obrazi turadi? * bo’ysunmas isyonkor, taqdirning hech qanday zarbasi 

ham sindira olmaydigan jasur, qo’rqmas 

1267. 

Oda  Nobunaga  Yaponiyada  qanday  islohotlar  o’tkazdi?      *  iqtisodiy  taraqqiyotga  to’sqinlik  qilayotgan  mahalliy  soliq  va 

bojxona  to’lovlarini  bekor  qildi;  savdo  yo’llari  va  ko’priklar  ta’mirlandi;  shaharlarga  bozorlar  ochish  huquqi  berildi; 

shaharlarning tashqi savdo faoliyati rag’batlantirildi; tilla va kumush tangalarni muomalaga kiritdi. 



1268. 

Oda Nobunaga tezlik bilan qo’shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to’la qurollantirish maqsadida nima qiladi?  * Yaponiyada 

xristian dinining tarqalishiga homiylik qiladi. 

1269. 

Nima uchun Yaponiyada Tokugava sulolasining mutlaq hokimiyati o’rnatilsa-da bu sulola imperator hokimiyati daxlsizligini 

saqlab qoldi? *chunki yapon xalqi uchun imperator xudoning avlodi hisoblanardi. 

1270. 

Meydzi hukumati o’z oldiga qanday vazifasini qo’ydi? * milliy an’analardan voz kechmagan, mustaqillikni to’la saqlab qolgan 

holatda g’arb namunasida Yaponiyani zamonaviylashtirish. 

1271. 

Imperator  Meydzi  davrida  knyazlar  qudratini  sindirish  uchun  dastlab  ...  *  yerlarining  bir  qismi  musodara  qilindi,  so’ng  ular 

boshqaruv huquqidan mahrum etildi. 

1272. 

Meydzi islohotlari qanday oqibatlarga olib keldi?    * mamlakatda feodal tarqoqlikka chek qo’ydi; yagona yapon ichki bozori 

vujudga  keldi;  yagona  pul  birligi-iyen  joriy  etildi; asosiy  zavodlar davlat mablag’i hisobiga  qurildi;  davlat  tadbirkorlikni har 

tomonlama rag’batlantirdi va qo’llab-quvvatladi. 



1273. 

XIX asrning o’rtalarida Qo’qon xonligida qanday jazolar mavjud bo’lgan?   * zindonga tashlash; kanaxonaga umrbod qamash; 

jismoniy jazolar; jarimalar; o’lim jazosi; xotinlar eriga xiyonati uchun olomon tomonidan toshbo’ron qilinganlar. 

1274. 

XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyoda nishabligi katta va tezoqar tog’ daryolar va soylarda qanday suv  chiqarish tizimi ishlatilar 

edi? * sepoya suv ko’targichlari 

1275. 

XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyoda shox-shabbali to’g’onlar qanday daryolarda suv ayirishga mo’ljallangan? * oqimi mo’tadil 



1276. 

XIX  asr  o’rtalarida  Amudaryodek  chuqur  va  tezoqar  daryolarda  qanday  suv  chiqarish  tizimi  ishlatilar  edi?  *  ko’p  tarmoqli 

suvayirg’chlar 

1277. 

XIX  asr  o’rtalarida  O’rta  Osiyoda  qaysi  sabab  ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanishiga  halaqit  berdi  va  O’rta  Osiyo 

davlatlari taraqqiyotiga to’g’anoq bo’ldi? * mavjud bo’lgan ishlab chiqarish usullari 

1278. 

Qaysi hodisa XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo davlatlarida tovar-pul munosabatlari rivojlanishi jarayonini jadallashtirdi, ichki 

bozorni shakllantirdi, mehnat taqsimotini va shaharning qishloqdan ajralib chiqishini tezlashtirishga imkoniyat yaratdi? * O’rta 

Osiyo davlatlari jahon savdosiga tortila boshlashi 



1279. 

XIX  asr  boshida  Angliyaning  qaysi  kompaniyasi  O’rta  Osiyoda  monopol  huhnronlik  o’rnatish  uchun  boshqa  davlatlarda 

sotilayotgan narxlardan past narxdagi mollarni olib kela boshladi?      * Ost-Ind 

1280. 

Qo’qon xonligida bunyod etilgan me’moriy obidalarni yillarni to’g’ri ko’rsatilgan holda qayd eting. 1) Xudoyorxon saroyi; 2) 

Hazrati Kalon Sohib madrasasi; 3) Hokim oyim madrasasi; 4) Sulton Murodbek madrasasi; 5) Andijondagi Jomiy madrasasi a) 

1863-1870 yillarda; b) 1862-yil; v) 1870-yil; g) 1872-yil; d) 1877-yil   * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d 



1281. 

XIX asrda O’rta Osiyoning qayerida uy devorlarini ganch o’ymakorligi namunalari bilan, uy shiftlarini esa yorqin ranglardagi 

naqshlar bilan bezaganlar?  * Farg’onada 

1282. 

XIX asrda Samarqand va Buxoroda uylar qanday bezatilgan? * o’ymakor ustunlik ayvonlar qurilib, devorlar ganch namunalari 



1283. 

XIX asrda O’rta Osiyoning qayerida uylar yopiq hovli usulida, atrofiga naqshinkor ustunli ayvonlar qurilgan?  * Xivada 



1284. 

Buyuk  Britaniya tomonidan O’rta Osiyaga jo’natilgan elchilarini yillari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping. 1) M.Murkroft; 2) 

J.Byoms; 3) D.Ebbot; 4) D.Volf a) 1824-yil; b) 1832-yil; v) 1843-yil; g) 1843-yil noyabr * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g 

1285. 

Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoga mustamlaka bosqinchiligini boshlash uchun asosiy sabablarni qayd eting?   * mol sotish 

uchun  yangi  bozorlarni  izlab  topish;  sanoat  uchun  yangi  xomashyo  manbalarini  axtarish;  Buyuk  Britaniyani  siqib  chiqarish 

uchun Hindistonga olib boradigan yangi yo’lni izlab topish. 



1286. 

Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining bosqichida 1865-yildan 1868-yilgacha bo’lib o’tgan voqelarni 

qayd eting. * Qo’qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi bosqinchilik harakatlar olib borildi. 

1287. 

Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining bosqichining voqelari bilan yillarini to’g’ri ko’rsatilgan qatorni 

qayd  eting.  1)  Qo’qon  xonligining  shimoliy  viloyatlari  bosib  olinishi  va  Toshkentni  zabt  etishga  urindi,  bosib  olingan 

hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkision viloyati tuzildi; 2) Qo’qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi 

bosqinchilik  harakatlar  olib  borildi;  3)  Xiva  xonligi  bosib  olindi  va  Qo’qon  xonligi  tugatildi;  4)  jangovar  harakatlar  asosan 


 

44

 

hozirgi Turkmaniston hududida olib borildi. a) 1847-yildan 1864-yilgacha; b) 1865-yildan 1868-yilgacha; v) 1873-yildan 1879-

yilgacha; g) 1880-yil oxiridan 1885-yilgacha  * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g 

1288. 

Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilganda Rossiya qayerlarga yo’lak ochdi? * Kaspiy dengizi sohillariga, Afg’oniston, 

Xitoy, Eron bilan chegaralarga 

1289. 

1868-yil  2-mayda  Kaufman  amir  Muzaffarga  qanday  mazmunda  maktub  yo’lladi?  *  Samarqand  bekligini  berish,  «harbiy 

xarajatlarni»  to’lash  va  1865-yildan  buyon  Turkiston  o’lkasida  qo’lga  kiritilgan  barcha  narsaniRossiyaniki  deb  e’tirof  etish 

sharti bilan sulh tuzishni taklif qilib 



1290. 

Podsho  Rossiyasi  bosqinchilik  siyosatining  ikkinchi  bosqichi  nima  bilan  yakuhlandi?  *  Amir  Muzaffar  mag’lubiyatni  tan 

olishga va amirlik bilan Turkiston general-gubernatorligi o’rtasidagi yangi chegaralar to’g’risidagi Kaufman tomonidan taklif 

etilgan shartnomani imzolashi bilan 



1291. 

Kaufmanning Xiva xonligidagi qarorgohi qayerda joylashgan edi? * Gandimiyon qishlog’ida 



1292. 

Qo’qonda  Xudoyorxonga  qarshi  qo’zg’alon  ko’tarilgan  qo’zg’alonchilar  qaysi  shaharlarni  egallashdi?  *O’sh,  Namangan, 

Andijon, Asaka shaharlarini 

1293. 

Qo’qon  xonligining  qayerlarida  bo’lib  o’tgan  janglarda  podsho  qo’shinlarining  ustunligi  ma’lum  bo’ldi  va  Nasriddinbek 

mag’lubiyatga uchradi? * Marg’ilon, Mingtepa, Qorasuv yaqinida 

1294. 

Quyidagi voqealardan qay  biri aynan bir yilda sodir bo’ldi? * Nasriddinbek Kaufman bilan shartnoma imzoladi va Turkiston 

general-gubernatorligi tarkibida Namangan bo’limi tuzildi. 

1295. 

Ayni  bir  yilda  bo’lib  o’tgan  voqealarni  qayd  eting.  *  Angliya  Afg’oniston  hududining  bir  qismini  bosib  oldi  va 

Krasnovodskdan general I. Lazerev qo’mondonligi ostidagi harbiy qo’shin zudlik bilan Ko’ktepaga jo’natildi. 

1296. 

Qaysi  voqea  bilan  Rossiya  imperiyasining  O’rta  Osiyo  hududidagi  bosqinchilik  yurishining  to’rtinchi  bosqichi  tugadi? 

*turkman urug’lari Rossiya imperiyasi qo’shinlari tomonidan bo’ysundirilishi bilan 

1297. 

O’rta  Osiyo  xalqlarining  Rossiya  imperiyasiga  qarshi  kurashdagi  mag’lubiyatining  sabablari  nimada  edi?      *  Xiva,  Buxoro, 

Qo’qon  davlatlarining  iqtisodiy,  siyosiy  va  harbiy  jihatdan  zaifligi;  davlatlar  o’rtasida  birlik  yo’qligi;  o’zaro  ziddiyatlari; 

davlatlardagi  hukmronlik  (boshqaruv)ning  zo’ravonlik  xususiyati  hukumatda  ichki  dushmardar  ko’payishiga  olib  kelganligi; 

O’rta Osiyo davlatlari tashqi dunyodan ajralib qolganligi. 

1298. 

Podsho Rossiyasi O’rta Osiyani bosib  olgach Toshkentda joriy etilgan mahkama a’zolarini kimlar saylab qo’yishgan? * chor 

ma’muriyatiga taklif etilgan 200 dan ziyod boy-badavlat va nufuzli shaharliklar 

1299. 

Turkiston  general-gubernatorligi  ma’muriy  jihatdan  bo’linishning  ketma-ketligini  to’g’ri  qayd  eting.  *viloyat  -  uyezd  - 

uchastkalar 

1300. 

Rossiya imperiyasi hokimiyati O’rta Osiyoni o’z ichki mustamlakasiga aylantira oladigan tizimining jihatlari nimalardan iborat 

edi?    * to’liq harbiy hukmronligini qaror toptirish; o’lka iqtisodiy va siyosiy hayoti ustidan yalpi nazorat o’rnatish; Turkiston 

o’lkasi  -  Xiva,  Buxoro  va  Qo’qonni  tashqi  dunyodan  tamomila  yakkalab  qo’yish;  Rossiya  imperiyasi  tashqi  davlat 

chegaralarini barpo etish yo’li bilan har qanday iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalarni to’xtatish. 

1301. 

1886-yil  12-iyulda  imperator  Aleksandr  III  tasdiqlagan  «Turkiston  o’lkasini  idora  qilish  to’g’risidagi  yangi  Nizom»  qanday 

bo’limlardan iborat bo’lgan? * to’rtta asosiy bo’limdan iborat bo’lgan: 1) o’lkaning ma’muriy tuzilishi; 2) sud tuzilishi; 3) yer 

tuzilishi; 4) soliqlar va yig’imlar. 



1302. 

1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tasdiqlagan «Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi yangi Nizom» nimalarni 

nazarda  tutar  edi?  *  general-gubernatorlik  hududiy  birliklari  nomlarini  o’zgartirishni  va  ularni  bundan  keyin  ham  bir 

xillashtirib borishni 



1303. 

Ma’lumki, Turldstonda rus aholisi mustamlakachilik boshqaravining jonli kuchini tashkil etgan. Quyidagi holatlardan qay biri 

rus aholisining o’lkada hukmron mavqei kafolati edi? * Rossiya imperiyasi armiyasi 

1304. 

Rossiya  imperiyasining  qaysi  hujjati  O’rta  Osiyoning  ko’chmanchi  aholisi  yashaydigan  tumanlarida  ko’chkindichilik 

zaxiralarini tashkil etish va keyinchalik mahalliy aholini siqib chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun zamin yaratib bergan 

edi? * «Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi yangi Nizom» 



1305. 

1886-yildan amalga oshirilgan agrar islohot asosida qanday tadbirlar qo’llanildi?    * yirik yer egaligi bekor qilindi; yangi yer 

mulkdorlari  yerdan  foydalanganlik  uchun  davlat  xazinasiga  umumiy  davlat  solig’ini  to’laydigan  bo’ldi;  vaqf  yerlari  ularda 

yashab turgan kishilarga tegdi; yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan hamda vaqflarni davlat 

soliqlari  va  majburiyatlaridan  ozod  qilmasdan  amalga  oshirilar  edi;  xususiy  vaqfni  tashkil  etgan  yerlar  xuddi  amlok  yerlari 

singari  davlat  solig’iga  tortiladigan  bo’ldi;  vaqf  hujjatlarini  e’tirof  etish,  vaqf  daromadlari  to’g’ri  ishlatilishi  ustidan  nazorat 

qilish va vaqflarni taftish qilish huquqi viloyatlar boshqaruvlariga o’tkazilgan edi. 

1306. 

Podsho  Rossiyasi  Turkistonda  yer  uchun  asoratga  soluvchi  ijara  shartlari  joriy  etib,  paxtaga  ...  va  oziq-ovqatga  ...  narxlar 

belgilandi.  * pasaytirilgan, oshirilgan 

1307. 

1886-yilgi  «Nizom»  Turkiston  o’lkasi  sud  tizimiga  qanday  o’zgarishlar  kiritdi?        *  uyezd  sudlari  bekor  qilindi  va  ularning 

o’rniga  shahar  va  zemstvo  boshliqlari  tomonidan  tayinlanadigan  uchastka  mirovoy  sudyalari  (sudlari)  tuzildi;  viloyat 

boshqaruvining sud bo’limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi; sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi 

lavozimlari joriy etildi; viloyat sudlari jinoiy va fuqarolik ishlarini hal etar edi. 


 

45

 

1308. 

«Besh-bosh» shirkati Turkistonda yetishtiriladigan paxtaning necha foizini sotib olar, qancha tonnagacha paxta tolasini tashib 

ketar va qancha paxta urug’iga ishlov berardi? * 30 foiz, 80 ming tonna, 160 ming tonna 

1309. 

Vadyayevlar Ivanovo-Voznesensk manufakturasininig tarkibiy qismini qayd eting. * Farg’ona vodiysi paxta dalalari, temiryo’l, 

paxta tozalash zavodlari hamda Ivanovo-Voznesensk to’qimachilik fabrikalari 

1310. 

1899-yil 20-iyunda Farg’ona vodiysida qanday voqea bo’lib o’tdi? * yangi qo’zg’alon boshlandi 



1311. 

1914-yilda qoraqalpoqlar yashaydigan joylarda nechta umumta’lim maktabi bo’lgan va unda necha o’quvchi o’qir edi?  *to’rtta 

maktabda 200 nafar o’quvchi 

1312. 

Qoraqalpoqlarda «jarmshi» nima? * boylarning yordam sifatida o’z qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi hisobiga berishi 



1313. 

Qoraqalpoqlarning  qaysi  libosi  qoraqalpoq  xalq  dostoni  «Qirqqiz»da  kuylangan  sak-massaget  qabilalarining  jangchi  ayollari 

libosi an’analarining aks-sadosi, deb taxmin qilishga asos bo’ladi? * ko’k ko’ylak 

1314. 

Haykel  nimalardan  tashkil  topgan?  *  murakkab  shakldagi  og’ir  yuqori-qismdan  hamda  zanjir,  soqa,  bargsimon  popuk  va 

qo’ng’iroqchalardan iborat shokiladan 

1315. 

Qoraqalpoq  adabiyotining  yirik  namoyondalarini  yashab  ijod  etgan  yillari  bilan  to’g’ri  qayd  etng.  1)  Kunxo’ja;  2)  Otash 

Olshinboy; 3) Ajiniyoz Qosinboy o’g’li; 4) Berdaq a) 1799-1880 yillar; b) 1788-1875 yillar; v) 1824-1878 yillar; g) 1827-1900 

yillar * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g 



1316. 

XIX asrning oxirida Buxoro amirligida o’quv muassasalari necha bosqichdan iborat edi? * ikki boshlang’ich - maktab va oliy - 

madrasadan 

1317. 

E’lon  qilingan  Buxoro  amirining  manifestida  nimalar  va’da  qilingan  edi?      *  odil  sudlov  hamda  xiroj,  zakot  va  boshqa 

soliqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish; sanoat va savdoni rivojlantirish; amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalarni 

ijro  etganlik  uchun  qandaydir  qo’shimcha  maosh  olish  taqiqlangan  holda  davlat  tomonidan  qat’iy  belgilab  qo’yilgan  maosh 

ta’sis  etish;  foydali  bilimlarni  rivojlantirish  va  rag’batlantirishga  qaratilgan  chora-tadbirlar  ko’rish;  davlat  xazinasi  ta’sis 

etishga  va  davlat  ehtiyojlariga  kirimlar  va  chiqimlar  aniq  hisoblab  boriluvchi  byudjet  belgilash;  bosmaxona  ochish, 

zindonlardan mahbuslarni ozod qilish; «tiniq flkrli va oqil» odamlardan «assambleya» (majlis) tuzuvchi millafni saylash. 

1318. 

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligida qaysi omillar tovar-pul munosabatlarining shitob  bilan o’sishiga imkoniyat 

yaratib berdi? * Rossiya, Buxoro, qozoq dashtlari va Eron bilan savdo munosabatlari rivojlanishi, ichki savdo-sotiq avj olishi 

va bozor munosabatlari joriy etilishi 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling