Tarix fanidan


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana07.09.2020
Hajmi0.63 Mb.
#128811
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Tarix savol-javob 1


1037. 

Shayboniylar hukmronligi davrida vujudga kelgan qo’sh hokimiyatchilikni eslang. Buxoro va Samarqandda kimlar hukmronlik 

qilgan?  * Abdulazizxon Buxoroda, Abdulatifxon Samarqandda 

1038. 

Ubaydullaxon  vafotidan  so’ng  boshlangan  parokandachilikka  chek  qo’yish  uchun  nima  qilish  zarur  edi?  *  markaziy 

hokimiyatni yana tiklash va kuchaytirish zarur edi. 

1039. 

Abdullaxon II quyidagi ko’rsatilgan hududlarni egallagan yillari bilan to’g’ri ko’rsating.l) Bah; 2) Samarqand; 3) Tashkent va 

Farg’ona; 4) Badaxshon; 5) Xorazm a) 1574-yil; b) 1578-yil; s) 1583-yil; d) 1584-yil; e) 1595-yil  * 1-a; 2-b; 3-s; 4-d; 5-e 

1040. 

XVI asrning oxirida qaysi davlat hukmdori Buxoro xonligiga bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egallaydi? 

*Eron hukmdori shoh Abbos 

1041. 

1601-yilda  Samarqand  yaqinidagi  bog’i  Shamol  mavzeyida  kimlar  o’rtasidajang  bo’ladi?  *Pirmuhammadxon  bilan  Boqi 

Muhammad 

1042. 

Ma’lumki,  Shayboniyxon  davlatni  iqtisodiy  va  siyosiy  jihatdan  mustahkamlash  yo’lida  qator  islohatlar  o’tkazgan.  Quyidagi 

berilgan qaysi javobda Shayboniyxon tomonidan o’tkazilmagan islohatlar ko’rsatilgan? * Sud islohati 

1043. 

Shayboniyxon qay tariqa yer-suvni qaytadan taqsim qilgan? * ko’chmanchi qabila zodagonlari yengilgan mahalliy mulkdorlar 

mol-mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan yerlarni o’zlariniki qilib olish yo’li bilan 

1044. 

Shayboniyxon  mamlakat  ichida  ijtimoiy  hayotni  tartibga  solishga  imkon  beruvchi  qanday  islohat  o’tkazdi?  *  keyingi  10  yil 

ichida  soliqlar  og’irligidan  va  mulkdorlar  jabr-zulmidan  yer-suvlarini  tashlab  ketgan  xo’jaliklar  yer  jarini  ishga  tushirish 

masalasi ko’rib chiqildi. 



1045. 

Ma’lumki, Abdullaxon II pul islohatini o’tkazgan. Bunga ko’ra u ... * oltin pul zarb etishni yo’lga qo’ygan va uning tarkibiga 

qiymati past bo’lgan boshqa ma’danlar aralashtirilmasligini qattiq nazorat qilgan 

1046. 

Qaysi  hol  Sayboniyxon  davrida  hokimiyatdan  ajralib  chiqishga  sharoit  yaratar  edi?  *  davlatni  kichik-kichik  mulklarga 

(suyurg’olga) bo’lib idora qilish 

1047. 

Ma’lumki, Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan davlat boshqaruvidagi tadbirlar mahalliy hukmdor va zamindorlarning 

gox  noroziliklariga  sabab  bo’lgan.  Bu  norozilikning  sababi  nimada  edi?  *bo’ysunushni  istamagan  mahalliy  kukmdorlar 

mustaqilligini tugatisi ayrim hukmdorlarni almashtirishga harakat qilishi 



1048. 

Nima uchun Akbarshoh Abdullaxon II Hindistonga jo’natgan ikkinchi elchilikning taklifiga rozi bo’lmadi? * chunki bu davrda 

Hindistonni shimolidagi mustaqil knyazliklar - Sing va Kashmirni bosib olish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan edi. 

1049. 

Ma’lumki,  Usmoniylar  va  shayboniylarning  safaviylarga  qarshi  kurashida  din  bir  niqob  edi.  Aslida  esa  bu  qaysi  hududlar 

uchun olib borilayotgan siyosiy kurashning natijasi edi? * G’arbiy Eron, Kavkaz va Xuroson 

1050. 

Abdullaxon  II  Rossiya  bilan  savdo  aloqalarini  yaxshilashga  harakat  qilib,  bu  orqali  o’z  davlatining  siyosiy  ahvolini 

mustahkamlashga  erishmoqchi  bo’lganligining  sababi  nimada  edi?  *  podsho  Ivan  Grozniy  davrida  Rossiyaning  mavqeyi 

kuchaya borishi 



1051. 

Qaysi  hol  XVI  asrda  Rossiyaga  savdo  yo’llarini  nazorat  qilish  imkonini  berdi?  *  Ivan  Grozniy  davrida  Qozon  xonligi, 

Hojitarxon xonligi, Volga bo’ylari va G’arbiy Sibirni bosib olishi 

1052. 

Abdullaxon  II  tomonidan  Moskvaga  yuborilgan  elchilar  o’z  xonlari  nomidan  savdogarlarning  qaysi  hudud  bo’ylab  erkin 

o’tishlariga ijozat so’raydilar? * Volga bo’ylab 

1053. 

Nima sababdan XVI asrda Rossiya Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor edi? * Buxoroning 

Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligi va Rossiya Buxoro xonligi orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo 

aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo’lardi 



1054. 

XVI  asrda  Rossiya  Buxoro  xonligi  bilan  savdo-sotiq  ishlarini  rivojlantirishda  birinchi  navbatda  qayerga  chiqish  maqsadi 

hisobga olingan edi? * Hindistonga 

1055. 

Shayboniylar ta’lim sohasidagi islohatga ko’ra ... * har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. 



 

35

 

1056. 

XVI  asrda  Movarounnahrda  o’zbek  tili  rivojlanib,  keng  tarqalishiga,  adabiy  aloqalar  rivoj  topishining  ta’sir  ko’rsatishining 

asosiy sababini aniqlang? * savodxonlikning rivojlanishi 

1057. 

Ma’lumki,  XVI  asrda  fan  va  madaniyat  sezilarli  darajada  rivojlangan.  Bu  rivojlanishga  ta’sir  ko’rsatgan  sababini  aniqlang? 

*Shayboniylar sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi. 

1058. 

XVI asrda matematika va astronomiya sohasida qanday asarlar yozilgan? * «Hisobi amali Shabaka», «Risola dar ilmi hisob», 

«Visayat bar chahor qism», «Tuhfayi amir», «Ma’rifati samti qibla», «Risola dar muaddiliqamar», «Hoshiyali sharhi ashkoli 

ta’sis», «Ajoyibut-tabaqot» 



1059. 

XVI asrda tibbiyot sohasida qanday asarlar yozilgan? * «Dastur al-iloj», «Muqaddimoti dastur aliloj», «Shifo ul-ilal», «Umdat 

ul-kuhliya fol-amrozul-basariya» 

1060. 

Sultonali  Samarqandiy  1526-yili  qaysi  sohaga  doir  va  qanday  asarlar  yozgan?  *  tibbiyot  sohasiga  doir  «Dastur  al-iloj», 

«Muqaddimoti dastur al-iloj» 

1061. 

Quyidagi shayboniylar davrining yetuk tarixchilardan qay biri davr taqozosi bilan Toshkentda turg’un yashay olmay, 1528-yili 

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  huzuriga,  Hindistonga  boradi,  keyinchalik  hajga  borib,  Usmonlilar  Turkiyasi  sultoni  bilan 

uchrashadi, vazirlikka qilingan taklifni rod etadi? * Hofiz Ko’hakiy 



1062. 

Sahayboniylar davrida matematika va astronomiya sohasida yozilgan asarlar mualliflarini to’g’ri ko’rsatgan holda belgilang. 1) 

«Hisobi  amali  shabaka»;  2)  «Risola  dar  ilmi  hisob»;  3)  «Tuxfayi  amir»;  4)  «Ma’rifat  samti  qibla»  5)  «Risola  dar  muaddili 

qamar»;  6)  «Hoshiy  li  shahri  ashkoli  ta’sis»;  7)  «Ajoyib  ut-tabaqot»  Muhammad  Amin  ibn  Ubaydulla  Mo’minobodiy;  b) 

Bobokalon  muftiy  Samarqandiy;  v)  Tursun  Zominiy;  g)  Muhammad  Husayn  munajfiru  Buxoriy;  s)  Mahmud  ibn  Ahmad 

Foriziy; d) Tojis-Saidiy; e) Said Muhammad Tohir ibn Abulqosim  * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-s; 6-d; 7-e 



1063. 

Sayboniylar davrida tarixchi olimlarni o’zlari yozgan asarlari bilan to’g’ri ko’rsatgan holda qayd etib chiqing. 1) Abdulloh ibn 

Muhammad  ibn  Ali  Nasrullohiy;  2)  Hofiz  Tanish  Buxoriy;  3)  Zayniddin  Vosifiy;  4)  Mirza  Muhammad  Haydar;  5)  Hofiz 

Ko’hakiy. a) «Zubdat ul-ozor»; b) «Abdullanoma»; v) «Badoye ul-vaqoye»; g) «Tarixi Rashidiy»; d) «Tarixi Toshkand»   

 

* 1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d 



1064. 

Qaysi  shayboniy  hukmdorning  yurt  obodonchiligi  yo’lidagi  sa’y-harakatlari  tarixchilar  tomonidan  yuksak  baholangan?  

*Abdullaxon II ning 

1065. 

Qaysi shayboniy hukmdor davrida Buxoroda juda katta savdo markazi bunyod etilgan? * Abdullaxon II 



1066. 

Qaysi sabab tufayli Abdullaxon II davrida katta qurilish ishlari amalga oshirilgan? * markaziy hokimiyat kuchayishi 



1067. 

Boqi Muhammad qanday tadbirlarni amalga oshiradi? * mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga 

solish 

1068. 

Buxoro  xoni  Vali  Muhammadxonning  hukmronljk  yillarida  davlatda  qanday  vaziyat  yuzaga  keladi?  *ichki  kurash  yana  avj 

oldi, qabila beklari xon hokimiyatiga bo’ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar 

1069. 

Nima  uchun  Buxoro  xoni  Vali  Muhammad  farzandlarini  olib  Eronga  qochadi?  *  Buxorolik  amirlar  xonga  qarshi  isyon 

uyushtirganligi sababli 

1070. 

Vali  Muhammad  boshlab  kelgan  Eron  qo’shinlarini  tor-mor  keltirilgach,  Vali  Muhammad  qismati  nima  bo’ldi?  *  Vali 

Muhammad asir olinib qatl etildi. 

1071. 

Quyidagilardan qay biri Boqi Muhammad davrida yuz bermadi? * ichki kurash yana avj oldi, qabila beklari xon hokimiyatiga 

bo’ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar, 

1072. 

Imomqulixon davrida qaysi voqelar yuz berdi?    * Eron qo’shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoldi; 

Tоshkent  va  xonlikning  shimoli-sharqiy  chegaralari  uchun  qozoqlar,  jung’ar  (ayrat)  lar,  qalmoqlar,  qoraqalpoqlarga  qarshi 

muvaffaqiyatli  kurash  olib  bordi;  Tashkent  yerlarini  egallagan  qozoqlarga  hujum  qilib,  Toshkentni  o’z  tasarrufiga  kiritdi; 

Toshkentda qo’zg’olonini ayovsiz bostirdi; Markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. 

1073. 

Nodir Muhammadxon davrida mamlakatdagi ahvol qanday bo’ldi? * ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi 



1074. 

Nodir  Muhammadxon  davrida  nimaning  oqibatida  davlatchilik  asoslari  zaiflashdi?  *  xonning  o’zi  mamlakatning  asosiy 

viloyatlarini mulk qilib 12 nafar o’g’li, 2 nafar jiyani va nabirasiga taqsimlab berishi oqibatida 

1075. 

Abdulaziz xonlik taxtiga qay tariqa chiqdi? * Nodir Muhammadxondan norozi bo’lgan bir guruh amirlar Abdulazizni xon deb 

e’lon qilishi natijasida 

1076. 

Nima uchun Hindistondan yordam so’ragan Nodir Muhammad Shoh Jahon yuborgan qo’shin bilan jang qiladi? * Shoh Jahon 

o’g’illari Balx viloyatini egallash uchun kelayotganini bilgach 

1077. 

Qayerda  bo’lgan  jangda  Nodir  Muhammad  Hindiston  qo’shinidan  yengilib,  Eronga  qochadi  va  shoh  Abbos  huzurida  panoh 

topadi?  * Maymana yo’lida 

1078. 

Nodir Muhammad taxtni egallay olmagach taqdiri qanday yakun topadi? * Makkaga hajga borayotib yo’lda vafot etadi. 



1079. 

Nodir Muhammad taxtni qaytarib olish uchun qaysi davlatlardan yordam so’raydi? * Hindiston va Eron 



1080. 

Ashtarxoniy  hukmdorlardan  kimlar  taxtni  qaytarib  olish  uchun  Eron  madadidan  foydalanishga  harakat  qilgan?  *  Vali 

Muhammad va Nodir Muhammad 


 

36

 

1081. 

Abdulaziz  davrida  qaysi  holat  Buxoro  xonligining  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvolini  murakkablashtirib  yuborgandi,  siyosiy  vaziyat 

izdan chiqqandi? * tinimsiz urushlar, ichki ziddiyatlar 

1082. 

Subhonqulixon davrida ichki va tashqi ahvol qanday bo’lgan?    *  Balx viloyatlarida hokimlik qilayotgan o’g’illariga qarshi 

urushlar  qilishga majbur  bo’ldi;  Movarounnahr  viloyatlaridagi  amir  va  beklarga  qarshi urushlar  qilishga  majbur  bo’ldi;  Xiva 

xoni Anushaxdh qo’shinlari hujum qilib, Buxoro, Karmana va Vardonzeni va Samarqandni egalladi; Samarqandda Anushaxon 

nomiga xutba o’qitilib, uning nomidan tanga pullar zarb etiladi. 

1083. 

Subhonqulixon qayerdaligidan foydalangan Anushaxon Buxoro atroflariga bostirib kelib u  yerlarni talon-taroj qiladi va katta 

o’ljalar bilan qaytib ketadi?  * Balxdaligidan 

1084. 

Qaysi  Ashtarxoniy  hukmdorlar  qozoqlarga  qarshi  kurashishga  to’g’ri  kelgan?  *  Boqi  Muhammad,  Imomqulixon,  Nodir 

Muhammad 

1085. 

Kimning  davrida  Mahmudbiy  Balxda  hokimiyatni  to’liq  o’z  qo’liga  oladi  va  o’zini  qachon  xon  deb  e’lon  qiladi? 

*Ubaydullaxon davrida, 1706-yilda  

1086. 

Subhonqulixon  Balxni  qatag’on  qabilasi  boshlig’i  Mahmudbiy  otaliqqa  nima  uchun  tortiq  qilgan  edi?  *alohida  xizmatlari 

uchun 

1087. 

Buxoro  xonligida  hukmronligi  fojiali  yakunlangan  Ubaydullaxon  nima  uchun  kurashgan  edi?  *parokandalikka  qarshi,  oliy 

hokimiyatni kuchaytirish va mamlakat birligini ta’minlash 

1088. 

Nima sababdan Muhammad Hakimbiy boshqa qabilalar aslzodalarining qat’iy noroziligiga sabab bo’ladi? * barcha shahzodalar 

otaliqlarining boshlig’i deb tan olinganligi 

1089. 

Nimaning natijasida  mustaqil  Samarqand  xonligiga  asos  solindi?  *  Shahrisabz hokimi  Ibrohimbiyning  Samarqandni  egallab, 

kuyovi Rajab Sultonni xon deb e’lon qilishi natijasida 

1090. 

Ibrohimbiy tomonidan Samarqand xonligiga asos solingach, Ibrohimbiyning navbatdagi maqsadi ... *Buxoro taxtini egallash, 

Rajab Sultonni Buxoro taxtiga o’tqazish hamda shu yo’l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo’lish edi. 

1091. 

Parokandalik-bu ... *mamlakat viloyatlarining markaziy hokimiyatga bo’ysunmasligi, siyosiy tarqoqlik. 



1092. 

Kimning  davrida  Buxoro  xonligi  siyosiy  hayotida  mangel  qabilasi  va  uning  yo’lboshchisi  Muhammad  Hakimbiy  ta’siri 

nihoyatda kuchaydi? * Abulfayzxon 

1093. 

Qaysi holatlar Buxoro xonligining harbiy  jihaidan o’ta zaiflashuviga olib keldi?    * rasmiy qudratli harbiy qo’shin yo’qligi; 

markaziy harbiy qo’mondonlikning yo’qligi; qo’shinning zamonaviy qurol-yarog’lar, zambaraklar bilan ta’minlanmaganligi. 

1094. 

Buxoro  xonligidagi  yerga  egalik  qilishning  tartibi  qanday  oqibatlarga  olib  keldi?      *  qishloq  xo’jaligidan  tushadigan 

daromadlarning alohida, shaxslar qo’lida to’planib borishiga; xon xazinasiga tushadigan daromadlarning kamayib, davlatning 

kuchsizlanishiga; yerda ishlovchi, mahsulot yetishtiruvchi mehnatkash aholi moddiy ahvolining og’irlashuviga. 



1095. 

Muhammad Sharif Buxoriyning qaysi asari makon va zamon masalalariga bag’ishlangan? * «Davriylik haqida risola» asari 



1096. 

Muhammad  Sharif  Buxoriyning  «Xoqonga  foydali  maslahatlar»  Idtobida  nimalar  o’z  ifodasini  topgan?  *shariat  qonun-

qoidalari, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid ma’lumotlar, hukmdorlar to’g’risida qiziqarli lavhalar 

1097. 

Quyidagi  qaysi  tarixiy  asarlar  XVII-XVIII  asr  boshlari  tarixini  bayon  etadi?  *  «Olijanob  insonlar  jasorati  xususida  sirlar 

dengizi», «Ubaydullanoma», «Muhitut-tavorix», «Abulfayzxon tarixi», «Tarixi Muqimxoniy», «Qipchoqxontarixi» 

1098. 

Quyidagilardan  qay  birlari  XVII-XVIII asr  birinchi  yarmida  adabiyot  sohasida  qalam  tebratgan?  *Mirzo  Abdulqodir, Sayido 

Nasafiy, Turdi, So’fi Olloyor, Mashrab, Xoja Samandar Termiziy, Mutribiy, Samarqandiy, Mulla Sodiq Samarqandiy 

1099. 

Quyidagi qatordan Bedilga oid bo’lgan tarjimai holni ko’rsating? * kesh (Shahrisabz)lik, turkiy barlos urug’idan, Hindistonga 

ko’p marta safar qilgan, Dehlida vafot etgan 

1100. 

She’r ilmi, she’r tizimi ashtarxoniylar davrida qaysi nom bilan atalgan?  * aruz ilmi 



1101. 

Eron  qo’shinlari  Buxoroga  qarshi  ikkinchi  marta  hujum  qilganda  kim  Eron  tomoniga  o’lib  ketadi?  *Qarshi  hukmdori 

Muhammad Hakimbiy 

1102. 

Nodirshoh Buxoro xonligining taslim bo’lish shartlarini kim orqali Abulfayzxonga jo’natadi? *Muhammad Hakimbiy 



1103. 

Qaysi sabab Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo’l ochib berdi. * Nodirshoh o’ldirilganidan so’ng Eronda 

boshlangan ichki kurashlar 

1104. 

Doniyolbiy otaliq hukmronlik davrida yuz bergan voqealarni qayd eting?   * o’z qo’shinlarini mustahkamlashga, unga tayanib 

ish  ko’rishga  harakat  qildi;  barcha  mang’it  beklariga  katta  yer-mulkni  tanho  qilib  berdi;  xalqdan  olinadigan  soliqlarni 

ko’paytirdi;  Balx,  Hisor,  Ko’lob,  O’ratepa  bekliklarining  mustaqillikka  intilishlari  kuchaydi;  katta  yer  egalari,  qushbegi  va 

qozikalonlarning o’zboshimchaligini sindira olmadi. 

1105. 

Amir Shohmurodning qaysi tadbiri xalq manfaatlariga tajovuzning oldini oldi? * kim mol-mulkka xiyonat qilsa, jamiyatdagi 

martabasidan qat’iy nazar qattiq jazoga tortilishi 

1106. 

Buxoro amirligida alohida davlat xazinasi ... * bo’lmagan. 



 

37

 

1107. 

Buxoro amirligida shayxulislom lavozimiga oid bo’lgan qatorni qayd eting?  * musulmon jamoasi boshlig’i; qozilik ishlarida 

hamda  kundalik  hayotda  qonunlarga  rioya  etilishini  ta’minlovchi;  hukmdorning  eng  yaqin  kishisi;  bu  lavozim  avloddan 

avlodga meros bo’ltb o’tgan. 



1108. 

Buxoro amirligida davlat yerlarining qanday qismi ko’chmanchi jamoalarga bo’lib berilgan? * suvsiz dasht, to’qayzor qismi 



1109. 

Mulki hur yoki mulki hurri xolis yerlar nimaning natijasida vujudga kelgan? * urushlarda jasorat ko’rsatgan yoki hukmdorning 

alohida topshiriqlarini bajarishda namuna ko’rsatgan shaxslarga berish natijasida 

1110. 

O’rta Osiyoda, jumladan, Buxoro davlatida qishloq xo’jaligining taqdiri nimaga bog’liq edi? * sun’iy sug’orishning qanchalik 

to’g’ri hal etilganligiga 

1111. 

Ma’lumti, XVIII asrda Zarafshon daryosida Xurmo va Sarazm nahr(ariq)lari chiqarilgan. Ularning biri ... chaqirim, ikkinchisi 

... chaqirim uzunlikda bo’lgan.   * to’rt, uch 

1112. 

Buxoro amirligida suv oqimi qiya va tez bo’lgan tog’ daryolari hamda soylarda qanday sug’orish inshootlarni qurishgan?  * suv 

ayirg’ich (sepoya)lar 

1113. 

Buxoro amirligida shox-shabadan qurilgan to’g’onlar qanday daryolarda qurilgan? * tinch oqadigan daryolarda 



1114. 

Buxoro amirligida suvni chuqur ariqlardan chiqarib olish uchun qanday suv ayirg’ichlar ishlatilar edi? *tutqichli 



1115. 

Miyonqolda qo’zg’olon bo’lgan paytda Amir Haydar ...  * Xiva va Qo’qonxonlari hujumlarini qaytarish bilan bandedi. 



1116. 

Mang’it  amirlari  markazlashgan  mutlaq  hokimiyatni  barpo  etish  maqsadida  qanday  siyosatini  yuritganlar?  *  amir  shaxsiga 

sig’inish 

1117. 

Buxoro amirligida mamlakat xavfsizligining asosiy kafolatlaridan biri bo’lgan omilni aniqlang. * qabila boshliqlari bilan o’zaro 

til topa olish 

1118. 

Buxoro  amirligida  yashab  ijod  qilgan  shoirlarni  qayd  eting.  *  Muhammadniyoz  Nishotiy,  Mujrim-Obid,  Shavqiy,  Joniy, 

Hiromiy, Vola, Junaydulloh Hoziq 

1119. 

Elbarsxon davrida qaysi omil Xiva hukmdoriga xonlik hududini qo’shni davlatlar hisobiga kengaytirib olish imkonini berdi? 

*xonlik  hukmdorlarining  Dashti  Qipchoqdan  Xorazmga  ko’pgina  qabilalaming  ko’chib  kelishi  natijasida  ijtimoiy  tayanchini 

mustahkamlanishi 



1120. 

XVI  asrda  Buxoro  va  Xiva  xonligi  o’rtasida  doimo  o’zaro  dushmanlik  munosabatlari  hukm  surganligining  asosiy  sababi 

nimada edi? * o’z hududlarini kengaytirishga urinishlar va hukmron sulolalarning bir-biriga g’anim bo’lib qolgan xonadonlarga 

mansubligi 



1121. 

Xiva sultonlari turkmanlar yordamida xonlikning yirik shaharlarini egallagan yili Abdullaxon II ... *Xiva xonligi ustiga  yana 

qo’shin tortib keladi. 

1122. 

Nimaning  oqibatida  Hojimxon  Xiva  xonligi  taxtini  qayta  egallashga  va  o’z  hokimiyatini  mustahkamlab  olishga  erishadi? 

*Abdullaxonning vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o’zaro toj-u taxt uchun kurashlar 

1123. 

Xiva xonligining asoschisi ... * dashti qipchoqlik Elbarsxon edi. 



1124. 

Ma’lumki, Abdullaxon II davrida Xiva xonligi 2 marta Buxoroga bo’ysundirilgan. Bu qaysi yillarda bo’lib o’tgan? * 1593 va 

1595 yilda 

1125. 

Nodirshoh qachon va qayerda bo’lgan janglarda Xiva qo’shinlari butunlay tor-mor etdi? * 1740-yili Hazorasp va Xonqada 



1126. 

Qayerda bo’lgan jangda Xiva qo’shinlari butunlay tor-mor etilib, Elbarsxon o’ldirildi? * Xonqada bo’lgan jangda 



1127. 

Xiva  xonligi  Eron tomonidan  bosib  olinishi qanday  oqibatga  olib  keldi?      *  Xiva  mustaqilligini  yo’qotdi;  qadimiy  madaniy 

mamlakat  bosqinchilik  va  talon-taroj  maydoniga  aylantirildi;  Osiyo  va  Yevropani  birlashtiruvchi  karvon  yo’li  o’zining 

ahamiyatini to’la yo’qotdi; xonlar amalda inoqlar qo’lida itoatkor bo’lib qoldilar. 



1128. 

Orol  dengizining  shimolida  istiqomat  qilib  turgan  o’zbek  qabilalari  eronliklar  zulmiga  qarshi  qo’zg’olon  ko’targan  vaqtda 

Nodirshoh qaysi yurishi bilan band edi?  * Dog’iston 

1129. 

Qay tariqa Gurganch Xorazm davlatining yagona poytaxtiga aylangan?  * Gurganch amiri Ma’mun ibn Muhammad poytaxti 

Kot shahri bo’lgan xorazmshohlarni tor-mor etib, o’zini Xorazmshoh deb e’lon qilishi natijasida 

1130. 

Xiva xonligini inoqlar boshqarganda soxta xon nomidan kimlar ish yuritgan? * inoq va kengash 



1131. 

Yovmut  qabilasi  Xiva  xonligi  fuqarolari  ta’labiga  olingach  ularga  qanday  majburiyatlar  yukilandi?  *soliq  to’lash  va  xon 

qo’shiniga belgilangan miqdorda navkar yuborish 

1132. 

XVIII asrning 2-yarmi XIX asrning 1-yarmida Xiva-Rossiya munosabatlarida muhim jihati nimada edi? * o’zaro savdodan har 

ikkala davlat ham birdek manfaatdorligi 

1133. 

Xiva  xonligi  bilan  Rossiya  o’rtasida  yaxshi qo’shnichilik munosabatlarining  qaror topishiga to’sqinlik  qilgan  omillarni  qayd 

eting?      *  savdo  karvonlariga  hujum  qilish  xavftning  mavjudligi;  har  ikki  taraf  tomonidan  kichik  juz  qozoqlarini  va 

qoraqalpoqlarni  o’z  fuqarolari  deb  hisoblashlari;  har  ikki  tomonning  o’zaro  savdodan  olinadigan  boj  hajmi  masalasida  bir 

to’xtamga kela olmaganliklari. 


 

38

 

1134. 

Xiva xonligida inoqlarning mavqeyi kuchli bo’lgan davrlarda ulardan 5 kishi a’zo bo’lgan qanday idora faoliyat ko’rsatgan? 

*Xon kengashi 

1135. 

Qaysi yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi?  * 1782-yilga 



1136. 

Qoraqalpoqlar haqida manbalarda qaysi nomlar bilan qayd etilgan? 1) rus yilnomalari; 2) mo’g’illar tarixi; 3) sharq manbalari; 

4) fors bitiktoshi «cherniy kloboti»; b) «qora malaqayli»; s) «qora bo’rkli»; d) «saka tigraxauda»  * 1-a, 2-b, 3-s, 4-d 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling