Tarix fanidan
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix savol-javob 1
919. Buyuk Karl davridagi saroy akademiya a’zolari nima bilan mashg’ul bo’lishgan? * antik davr mualliflari asarlarini o’rganish, she’rlar bitish
Buyuk Karlning saroy akademiyasining qaysi a’zosi maorifni yoyishda katta xizmat qilgan? * Alkuin 921. O’rta asrlarning asosiy ko’pchilik davrida Vizantiya o’ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg’or mamlakati bo’lib qolishining sababi nimada edi? * Vizantiyada antik madaniyat an’analari saqlanib, vizantiyaliklar hayotida, yunon hamda Sharq madaniyatlari qorishmasi ellinizm muhim o’rin tutganligi 922. Nima uchun imperator Yustinian Afina akademiyasini yopish haqida farmon chiqaradi? * Afina akademiyasining o’z siyosatiga qarshi bo’lganligi uchun
Qaysi omil Vizantiyada yangi o’quv va ilmiy markazlarni vujudga keltiradi? * Vizantiyaning iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlari 924. O’rta asrda Vizantiyaga shuhrat keltirgan hunarmandchilikning qaysi soha sirlari antik davrdan saqlanib kelingan? *shishasozlik, kulolchilik, bo’yoqlar tayyorlash
Vizantiyada tasviriy son’atning qaysi sohalari yaxshi rivojlangan? * mozaika, freska va ikonalar 926. Asosan, binolar, amaliy san’at asarlarini bezashda qo’llanadigan bir xil yoki tudi xomashyo bo’laklaridan ishlangan tasvir, naqshinkor mahobatli bezak san’atining asosiy turlaridan birini qayd eting. * mozaika
Freska qaysi so’zdan olingan va u qanday ma’noni bildiradi? * italyancha yangi 928. Qaysi so’z yunonchadan tasvir, siymo ma’nosini beradi? * ikona 929. Diniy ikonaning eng qadimgisi nechanchi asrga mansub? * II asrga 930. Tasvirning vizantiyacha uslubi qaysi jihatlari bilan ajralib turadi? *suratlar uyg’unligi, bo’yoqlar serjiloligi 931. Qaysi asrlarda to’g’ri burchakli ibodatxonalar o’rniga ko’rinishidan xoch sifat, o’rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo qilingan? * X-XI asrlarda
Xristian diniga oid san’atning maqsadi nimadan iborat edi? * o’lgandan keyin jannatning rohat-farog’atiga qanday erishish yo’l-yo’rig’inl dindorlarga targ’ib qilishdan
G’arbiy Yevropada ilk o’rta asrlarda me’morchilikni qaysi uslubi ayniqsa yuksalgan? * roman uslubi 934. Fransiyadagi Puate, Klyuni, Arl ibodatxonalari, Germaniyadagi Shpeyer, Vorms, Maynts, Axendagi cherkavlar qaysi uslubda qurilgan? * roman uslubi
Nima uchun ilk o’rta asrlarda kishilarning dunyo haqidagi tasavurlari cherkov hamda din ta’limotiga asoslangan edi? * chunki, cherkov ilm, maorif, adabiyot va san’atga bevosita ta’sir o’tkazgan
Ilk o’rta asrlarda insonlarning qurg’oqchilik, suv toshqinlari va yuqumli kasallildardan jabrlanishiga olib kelgan sababni qayd eting. * fan-texnika taraqqiyotining pastligi
Buyuk Karl davlatida qanday maktablar keng tarqalgan? * katta ibodatxonalar qoshidagi o’rta maktablar 938. Qaysi turdagi maktablar asrlar o’tib universitetlar uchun asos bo’ladi? * katta ibodatxonalar qoshidagi o’rta maktablar 939. Ilk o’rta asrlarda ibodatxona maktablariga xos bo’lgan jihatlarni qayd eting? * ibodatxona maktablarida turliyoshdagi bolalar bo’lgan; bolalar yoshiga qarab sinjlarga bo’lmasdan aralash o’qitishgan; aksari maktablarda bittagina kitob bo’lib, o’qituvchi uni navbat bilan bolalarga berib, parchalar o’qitgan; darslar lotin tilida olib borilgan; o’quvchilarning qiziqishi deyarli hisobga olinmagan; intizomsiz o’quvchilar qattiq jazolangan.
Ma’lumki ilk o’rta asrlarda mavjud bo’lgan maktablarda «yetti erkin san’at» deb nomlangan fanlar o’rgatilgan. «Yetti erkin san’at» qaysi davrdan mavjud edi? * antik
Ibodatxona maktablarida o’quvchilar dastlab nimani o’zlashtirganlar? * triviumni 31 942. Ilk o’rta asrlarda mavjud bo’lgan maktablarda o’quvchilar o’zlashtiradigan grammatika, dialektika va ritorika nimani tarkibida bo’lgan? * trivium
Ilk o’rta asrlardagi ibodatxona maktablarida qaysi fan hozirgi mantiqqa o’xshash fan bo’lib, unda o’quvchilar munozara olib borishga, o’z fikrini isbotlashga o’rgatilgan? * dialektika
Ilk o’rta asrlardagi ibodatxona maktablarida o’quvchilar o’zlashtirgan nisbatan murakkab fanlar tarkibini qayd eting. *arifmetika, geometriya, musiqa va astronomiya asoslarini
Ilk o’rta asrlarda o’quvchilar trivium va kvadriumda nimalarni o’rganganlar? * «yetti erkin san’at» deb nomlangan fanlarni 946. O’rta asr kishilarining dunyo haqidagi tasavurlari qanday bo’lgan? * din bilan uzviy bog’liq bo’lgan 947. O’rta asr maktablari qaysi davr an’analari davomchisi bo’lgan? * antik 948. O’rta asrlarda qaysi omillar yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi? * shaharlarning yuksalishi; hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi; Vizantiya va Arab xalifaligi madaniyatlari bilan tanishuv.
Rivojlangan o’rta asrlarda shaharlarda qanday maktablar soni oshib boradi? *xususiy va shahar kengashlari boshqaruvidagi 950. O’rta asr universitetlari to’la mustaqil bo’lishi uchun ... * qiroldan maxsus yorliq olganlar. 951. Salamanka universiteti qayerdagi eng e’tiborli universitet edi? * Ispaniyadagi 952. Muqaddas Rim imperiyasidagi ilk universiteti qachon ochilgan? * 1348-yilda 953. Muqaddas Rim imperiyasida ochilgan universitetlarni qayd eting. *Praga, Vena, Geydelberg, Kyoln va Erfurt 954. Polshaning birinchi universiteti qachon va qayerda tashkil topgan? * 1364-yilda Krakovda 955. Yevropada tashkil etilgan universitetlarni mamlakatlari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping. 1) Italiya; 2) Ispaniya; 3) Fransiya; 4) Angliya; 5) Chexiya; 6) Avstriya; 7) Germaniya; 8) Polsha. a) Neapol, Bolonya; b) Sevilya, Valensiya; v) Parij, Tuluza; g) Oksford, Kembrij; d) Praga; s)Vena; y)Geydelberg, Kyoln va Erfurt; j)Krakov * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d; 6-s; 7-y; 8-j 956. Shkolyarlar kimlar edi? * talabalar 957. Agar mahalliy hukmdorlar bilan universitetlar o’rtasida mojaro chiqib hal etilishi qiyin bo’lsa, magistr va shkolyarlar boshqa joyga ketardilar. Ko’p hollarda ulardan uzr so’rab qaytishlarini iltimos qilishgan. Bunga sabab nima edi? * sababi bu davrda o’z universiteti bo’lishi har qanday shahar uchun sharaf hisoblangan. 958. O’rta asrlarda omadli talabalar kollegiyalarda joylashishga muvaffaq bo’lardilar. Kollegiyalar nima edi? *hozirgi yotoqxonalarga o’xshash joy
Angliya va Fransiyada kollegiyalar nimaga asos bo’ladi? * kollejlarga 960. O’rta asrlarda Parij universitetida nechta fakultet bo’lgan? * to’rtta 961. O’rta asrlarda Parij universitetining quyi fakultetda qaysi fanlar o’rgatilgan? * yetti erkin san’at 962. Nima uchun o’rta asrlarda fakultetni artistlik, uning talabalarini artistlar deyishgan? * sababi san’at lotinchada «artes» deyilganligi uchun
O’rta asrlarda san’at fakultetida bir necha yil tahsil olgan shkolyar birinchi ilmiy daraja imtihon topshirib ko’rishi mumtin edi. Bu qanday ilmiy daraja edi? * bakalavr
O’rta asrlarda artistlik fakultetida o’qishni to’liq yakunlagan bakalavr nisbatan murakkab qaysi unvoniga imtihon topshirishi mumlan edi? * erkin san’atlar magistri
O’rta asrlarda faqat kimlar Parij universititetining uch oliy fakulteti o’qishlari mumkin edi? * erkin san’atlar magistri 966. O’rta asrlarda Parij universititetining oliy fakultetlarini qayd eting. * ilohiyot, huquqshunoslik, tibbiyot 967. O’rta asrlarda Parij universititetining oliy fakultetlarini hamma bosqichdan o’tgandan so’ng qanday oliy daraja unvonini olish mumkin edi? * doktorlik
O’rta asr Yevropasi ilm dunyosida qaysi soha eng e’tiborli kishilar hisoblangan? * ilohiyot, tibbiyot yoki huquqshunoslik doktorlari
Nima uchun kitoblar Yevropada arzonlasha boshlaydi? * shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda kitoblarni hunarmandlar tayyorlashi bilan
Qachon va qayerda Yevropadagi dastlabki qog’oz ishlab chiqarish ustaxonalari quriladi? * XII asrdan Ispaniyada 971. Roman ibodatxonasiga xos bo’lgan jihatlarni qayd eting? * qalin devorli, baland minorali va tor derazali, salobatli uzun binodir; tashqi tomondan u qal’ani eslatadi; deraza tepasi, ibodatxonaga kiraverish ichkigumbazlaryarim doira shaklidagi ravoq (ark)lar bilan bezatilgan. 972. XI asrda bunyod etilgan qaysi me’moriy obida roman uslubining yorqin namunasidir? * Germaniyadagi Laax monastiridagi cherkov
O’rta asrlarda an’anaga ko’ra shahar markazidagi maydon tevaragidagi binolar qaysi uslubda bunyod etiladi? * gotika uslubida 974. Gotika uslubi qaysi asrda yuksak darajada rivojlandi? * XIII asr 1-yarmida 32 975. Venetsiyadagi Avliyo Mark ibodatxonasi va Dojlar saroyi qaysi uslubda bunyod etilgan? * vizantiya uslubida 976. Eng ko’p uchraydigan Bibi Maryam haykallarida nima mujassamlangan? * onaning farzandga mehr-muhabbati 977. Miniatura qanday ma’noni anglatadi? * qizil bo’yoq 978. XII asrda yaratilgan «Sid haqida qo’shiq» qaysi xalq og’zaki ijodi durdonasi? * ispan 979. «Sid haqida qo’shiq» dostonida qaysi voqea tasvirlangan? * ispan xalqining arablarga qarshi ozodlik uchun kurashi 980. Qaysi dostonda xunnlarning burgundlar (nibelunglar) davlatini tor-mor etishi voqealari tasvirlanadi? * «Nibelunglar haqida qo’shiq»
Quyidagi ko’rsatilgan qaysi dostonda o’rta asrfolklori, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bilan qorishib ketgan? * «Nibelunglar haqida qo’shiq»
Nima asosida XII asrdan adabiyotning yangi sohasi ritsarlar romanlari yozish vujudga keladi? *ritsarlarning Sharqqa salib yurishlari davomida to’plagan boy ta’surotlari
Ritsarlar romanlari orasida eng mashhuri qaysilar hisoblanadi? * britan qiroli Artur haqidagi asarlar turkumiva «Tristan va Izolda»
O’rta asrlarda Fransiyada yaratilgan qaysi asar Yevropada shuhrat qozongan? * «Tulki haqida roman». 985. «Tulki haqida roman»da qahromonlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qatorni toping. 1) feodal; 2) ritsar; 3) shaharlik; 4) qirol; 5) ruhoniy a) ahmoq Ayiq; b) ochko’z Bo’ri; v) topqir va dovyurak Tulki; g) Sher; d) Eshak * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d
Gumanistlar kimlar? * yangi madaniyat arboblari 987. Yangi Uyg’onish yoki Gumanizm madaniyati namoyandalari nimani tan olishga chaqirdilar? * insonni olamning markaziga qo’yib, uning yaratuvchilik dahosini
Gumanistlarga tegishli bo’lgan qatorni toping? * insonni o’rganishni o’zlarining asosiy vazifalari deb bilganlar; insonni olamning markaziga qo’yib, uning yaratuvchilik dahosini tan olishga chaqirdilar; jonli kishilar, insonlarning quvonch va tashvishlari qiziqtira boshlaydi; yashash va mehnat qilish imkoniyatini yuksak baxt deb tushunadilar; har tomonlama barkamol, fikrlovchi, ichki dunyosi va tashqi ko’rinishi jihatidan ko’rkam inson gumanistlar diqqat markazida bo’lgan; yunon va rim madaniyatini o’rganishga katta e’tibor berishgan; antik madaniyat qayta tiklanadi; asarlarida insonni taqdirini o’zi belgilashi, kitobxonda o’z kuchiga ishonch hislarini uyg’otgan.
Gumanistlar qaysi madaniyatni o’rganishga katta e’tibor berishgan? * yunon va rim madaniyatini 990. Qaysi shaharlar Uyg’onish madaniyati markazlari edi? * Florensiya va Venetsiya 991. Qay tariqa Florensiya XV asrda Italiyaning yirik madaniyat markaziga aylanadi? * shahar holdmlari to’plangan boyliklar hisobidan me’morchilik obidalari bunyod ettirishi, haykaltaroshlik va rassomchilikni yuksaltirishi natijasida
Florensiyaning qaysi omil Yevropaning eng boy shaharlaridan biriga aylantiradi? * savdodan kelgan daromad 993. O’rta asrlarda qaysi ilmiy muassasa italyan tilidagi dastlabki katta lug’atni nashr qilgan? * Kruska akademiyasi 994. Italiyaning qaysi shahrida XV asrdan kitob chop etish yuksaladi? * Venetsiya 995. Kimning bosmaxonasida nashr qilingan antik davr mualliflari va gumanistlar asarlari butun Yevropada keng tarqalgan? * Aldo Manutsiya
Kim ilk uyg’onish va gumanizmning Yevropadagi dastlabki vakili edi? * Franchesko Petrarka 997. Ilk uyg’onish va gumanizmning 1304-1374 yillarda yashgan vakilini qayd eting. * Franchesko Petrarka 998. Qaysi shoir o’zining yozgan «Qo’shiqlar kitobi» va «She’riy maktublari» bilan yangi Yevropa madaniyati yaratilishi asoschilaridan biri bo’ldi? * Franchesko Petrarka
Kimlarning ijodi XV asr boshlarida Italiyada ilk gumanizm davrini yakunladi? * Bokachcho va Salyutatilar 1000. Jovanni Bokachchoning butun umri qaysi shaharlari bilan bog’liq kechadi? * Florensiya va Neapol 1001. Jovanni Bokachcho qaysi asari bulanyangi uslub novellalarni yozishni boshlab beradi? * «Dekameron» 1002. Kolyuchcho Salyutati qaysi shaharda yashab yuqori davlat lavozimida ishlagan? * Florensiyada 1003. Salyutati yuksak g’oyali, o’qimishli kishini tarbiyalashda qaysi ijtimoiy fanlarning o’ta muhim ekanligini ta’kidlagan? *filologiya, ritorika, tarix, pedagogika, etikaning
Yevropada hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi sabablarini ko’rsating. * mehnat qurollarining takomillashuvi, ustalar mahoratining oshishi
Nima uchun rivojlangan o’rta asrlarda Yevropada temir rudasini kovlab olish, British va ishlov berishni tezlashishiga olib keladi? * metallga ehtiyojning oshishi
Rivojlangan o’rta asrlarda Yevropada dehqonchilikda ikki dalali almashlab ekish o’rnini uch dalali almashlab ekish egallaydi. Undo ekinzor uchga bo’linib, ... * birinchi qismiga kuzgi, ikkinchisiga bahorgi g’alia ekilsa, uchinchi maydon shudgor holida qoldirilib yerga dam berilgan. 33 1007. Nimaning tarqalishi rivojlangan o’rta asrlarda yerni 2-3 marta haydash uchun imkoniyat yaratadi? * og’ir g’ildirakli plugning tarqalishi
Venetsiya, Genuya, Florensiya, Morsel, Tuluza shaharlari rivojiga turtki bo’lgan omilni aniqlang. * bu shaharlarning Vizantiya va Sharq, mamlakatlari bilan O’rta dengiz orqali savdo yo’lida joylashgani
O’rta asr Yevropa shaharlarini turli asrlarda vujudga kelishining asosiy sababi nimada edi? * ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi farqlar
Yevropadagi Myunster, Sen-Gallen, Sen-Dene shaharlari qayerda barpo qilingan? * monastirlar atrofida 1011. Yevropaning qaysi shaharlari feodallar qal’alari atrofida barpo qilingan? * Strasburg, Gamburg, Augsburglar 1012. Padeborn, Bremen, Sveybryukken, Bryuggelar qayerda barpo qilingan? * daryo sohillari bo’ylarida, ko’priklar yonida 1013. O’rta asrlar shaharlari dastlab qishloqlardan nimasi bilan farq qilgan? * shaharlar aholisining ko’pligi bilan 1014. O’rta asrlarda Yevropaning shahar boylari dala hovlilaridan qaytishlaridan avval uylariga kambag’allardan yashashga qo’yishlarining sababi nimada edi? * kambag’allar kasallikka chalinmasagina boylar ko’chib kelganlar
Salib yurishlarining natijalari va ahamiyatini qayd eting? * salib yurishlari Sharqda kuchli xristian davlatlarini yaratish maqsadiga erisha olmaydi; katta moliyaviy zarar ko’rildi; Yaqin Sharqda ko’plab kishilarning qirilishi, vayronagarchiliklar, musibatlar cheksiz bo’ldi; salibchilardan 100 minglab tishilar halok bo’ldi; Sharq Yevropa feodallari turmush tarzini keskin o’zgartirdi; Yevropa mamlakatlarida soliqlarni mahsulot bilan emas, pul bilan olish o’sib boradi; ayrim feodallar qaram dehqonlarini to’lov evaziga ozodlikka chiqara boshlaydilar. 1016. Muslin nima? * yupqa gazlama 1017. Qaysi asrdan aloqa kaptarlari yordamida xatlarni tashish yevropaliklar tomonidan qo’llanila boshlanadi? * XII asrdan 1018. Xalifalikdan ajralib chiqqan birinchi mustaqil amirlik qachon Qurdoba (Kordova) amirligi nomini oldi? * X asrdan 1019. Sulton Husayn Boyqaro davrida Xuroson davlatida qanday ishlar amalga oshirildi? * mamlakatda to’la osoyishtalik o’rnatilmagan; xo’jalik va madaniy hayoti ancha yuksak darajada rivojlandi; mamlakat obodonchiligi yo’lida katta ishlar amalga oshirildi; Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik ta’minlandi. 1020. Xuroson davlatida qo’sh hokimiyatchilik vujudga kelishiga nima sabab bo’ldi? * Sulton Husayn Boyqaroning vafot etishi 1021. Qaysi hol Xuroson davlatini to’la parokandalikka olib keldi? * qo’sh hokimiyatchilik vujudga kelishi 1022. Abu Said 1469-yilda urushda halok bo’lgach, hokimiyatni boshqargan hukmdorlarni ketma-ketligini to’g’ri ko’rsatgan holda qayd eting. * Sulton Ahmad - Sulton Mahmud - Boysung’ur Mirzo - Sulton Ali
Sulton Ahmad Mirzo Farg’ona ustiga yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchrashining sababi nimada? * Samarqand qo’shini Quvasoy ko’prigidan o’tayotganda sinib, natijada ko’p kishi suvga g’arq bo’ladi; otlarga o’lat tegadi, qo’shin orasida vahima va sarosimalik boshlanadi; mahalliy xalq g’animlarga qaqshatqich zarba bera boshlaydi. 1024. XV asrda quyidagi hukmdorlarni hukmronlik qilgan joylarni to’g’ri ko’rsatilgan holda qayd eting. 1) Bobur Mirzo; 2) Boysung’ur Mirzo; 3) Sulton Mahmudxon; 4) Sulton Husayn Boyqaro a) Andijonda; b) Samarqandda; s) Toshkentda; d) Hirotda * 1-a; 2-b; 3-s; 4-d 1025. Nima sababdan Bobur Mirzo ikkinchi marta Samarqandni qamal qilganda Boysung’ur Mirzo askarlari orasida parokandalik ro’y beradi? * oziq-ovqat tanqisligi yuz bergani tufayli
Turli hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga qanday imkon berdi? * Temuriylar davlatidagi vaziyatni yaxshi bilib olishga 1027. Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga sabab bo’lgan omillar nimalardan iborat edi? * Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro qirg’inlarning yana takrorlanishini aslo istamaganliklari; Dashti Qipchoq qabilalarining o’troq hayot tarzida yashashni orzu qilishlari; Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o’z orzularini ro’yobga chiqarishga birdan bir qodir qudrat deb hisoblaganliklari; Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi; Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va aholining ma’lum qismi Muhammad Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaganliklari.
Qaysi voqeadan so’ng Muhammad Shayboniyxon butun Movarounnahrni egallashga kirishdi? *Samarqand Muhammad Shayboniyxon tomonidan uzil-kesil egallangach
Quyidagi ko’rsatilgan sabablardan qay biri Muhammad Shayboniyxon uchun temuriylarning Xuroson davlatini egallash qiyin bo’lmadi? * o’zaro ichki urushlar oqibatida, inqirozga yuz tutgan
XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab temuriyzodalar qanday vazifani amalga oshira olmagan? * O’rta Osiyoni yagona bir markaz atrofida birlashtirshni
Shayboniyxonning shoh Ismoilga qo’ygan talablari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? * shakkoklikka tezda barham berishni, shoh Ismoildan Makkaga borib tavba-tazarru qilishni, Shayboniyxon nomini xutbaga qo’shib o’qitishni
Nima sababdan ikki hukmdor: Shayboniyxon va shoh Ismoil o’rtasida urush bo’lishi muqarrar bo’lib qolgan edi? *Shayboniyxonning shoh Ismoilga qo’ygan talabi
34 1033. Quyidagi ta’riflardan qay biri Bobur Mirzoga xos? * Bobur ajoyib suvoriy, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi; Boburning vujudida-sarkardalarga xos dovyuraklik, serg’ayratlik, epchillik mujassam edi; ikki qo’ltig’iga ikki odamni olib qal’a devori ustida mashq qilgan; Bobur o’limga tik qarash, o’ziga va o’z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo’lgan. 1034. Boburning «Boburnoma» asarida ba’zi temuriyzoda hukmdorlarning qanday harakatlari tanqid qilinadi? * o’z dushmanlari bilan o’z manfaatlari yo’lida kelishishga qilgan harakatlari
Boburning buyuk xotirasini ulug’lash yo’lida qanday ishlar amalga oshirildi? * Andijonda Bobur haykali o’rnatildi; Andijonda ramziy qabr maqbarasi qurildi; Andijonda «Bobur milliy bog’i» va shu bog’ qoshida «Bobur va jahon adabiyoti» nomli muzey tashkil etildi. 1036. Ma’lumki, Ubaydullaxoning tariximizda xizmatlari katta. Quyidagi ko’rsatilgan javoblarning qay biri Ubaydullaxoning xizmatlarini e’tirof etadi? * Ismoil Safaviy va qizilboshlilarning hujumini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy siyosiy tazyiqidan saqlab qoldi; Buxorodaning markaz sifatidagi nufuzi o’sdi; O’z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarni tiklashga harakat qildi; Mamlakat ichkarisidagi o’zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi; Hirotni ishg’ol etgan; qizilboshlarni bir necha marta mag’lubiyatga uchratgan. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling