36. Darsga berilgan to’g’ri ta'rifni toping.
*a) Dars – bu sinfda aniq maqsadlarni ko’zlab, belgilangan vaqt oralig’ida bir xil yoshdagi o’quvchi-yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan o’quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishidir
b) Dars o’qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladigan jarayon
c) Dars qat'iy jadval bo’yicha belgilangan, aniq muddatda olib boriladigan mashg’ulot
d) Har bir sinfda o’quvchilarning yoshi va bilim darajasiga asosan olib boriladigan uzluksiz faoliyat
37. Dars sifatini belgilovchi mezonlarni belgilang.
*a) Bilim, ko’nikma, malaka
b) Pedagogik, psixologik, metodik
c) Didaktik, mantiqiy-psixologik, metodik
d) Ta'lim, tarbiya, didaktik material
38. Umumiy o’rta ta'limning o’quv dasturi bu...
*a) Tayanch o’quv rejaga muvofiq o’quv fanlarining sinflar va mavzular bo’yicha hajmi, mazmuni, o’rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.
b) Tayanch o’quv rejaga muvofiq umumiy o’rta ta'lim muassasalarida o’qitiladigan o’quv fanlari nomi, o’quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo’yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
c) Tayanch o’quv rejaga muvofiq umumta'lim fanlari bo’yicha belgilangan ta'lim mazmunini o’quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o’quv soatlari davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlarning minimal hajmini belgilaydigan hujjat hisoblanadi.
d) Tayanch o’quv rejaga muvofiq o’quvchilarda fanlarni o’rganish va ta'lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta'minlanganligini ifodalaydigan hujjat hisoblanadi.
39. Umumiy o’rta ta'limning malaka talablariga ko’ra bilim bu...
*a) O’rganilgan ma'lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
b) O’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish.
c) O’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish.
d) Mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo’llay olish qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |