Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Download 0.99 Mb.
bet107/113
Sana23.09.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1686449
TuriReferat
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   113
Bog'liq
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik” (1)

Rasmiy xujjatlar.
O’zbekiston mustaqilligiga oid rasmiy xujjatlar deganda sobiq sho’ro davrining xokimiyati tizimi so’nggi qarorlarini tushunamiz. Chunki mustaqillik sobiq ittifoqning barxam topishi bilan yuzaga keldi. Bu davr xujjatlari bir qismi sobiq ittifoq tizimi qabul qilingan.
Ikkinchi guruh rasmiy xujjatlar mustaqil O’zbekiston rahbariyat organlari tomonidan qabul qlingan «Mustaqillik dekloratsiyasi», «O’zbekiston konstitutsiyasi» va boshqa qonunlar, Prezident farmonlari, vazirlar maxkamasi qarorlari va boshqalardir. Ayrim tarmoq xujjatlari ham yurtimiz tarixini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etish mumkin.
O’zbekiston mustalligi davri eng muhim hujjatlari «Yangi O’zbekiston tarixi» 3 jildida (Tosh. 2000), R.X.Murtazaeva tahriri ostida chop etilgan. «O’zbekiston tarixi» (Tosh. 2003) darsligida o’z aksini topgan.


Prezident I.A.Karimov asarlari.
O’zbekiston mustaqil bo’lgach, taraqqiyotning asosiy yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning doklad va nutqlarida, monografik asarlarida aks etgan. Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimizga azaldan meros, shu maqsad ajdodlar orqali ming yilliklar qaridan bizgacha yetib kelmoqda. Prezident I.Karimov «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» nomli risolasida, - «O’zbek millati azaldan o’z fikri zikri, o’z istiqloli uchun kurashib yashagan». Bunga moziy guvox. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, o’z yo’lidan, maslagidan, so’zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shar bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz,-deganda ana shu holatni nazarda tutadi. Xalqimizning uzoq tarixi u o’z o’tmishida ozodlik, istiqlol uchun tinimsiz kurash olib borganidan guvohlik beradi.
I.A.Karimov asarlarida ko’p asrlik tariximizdagi eng yirik tarixiy shaxslar Imom al-Buxoriy, Axmad al-Farg’oniy, Axmad Yassaviy, Jaloliddin Mangu Berdi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek kabi buyuk ajdodlarimizning jaxon madaniyatiga qo’shgan xissasi, hamda mustaqil respublikamiz taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari o’z aksini topgan. Bundan tashqari Prezident davlat raxbari sifatida respublikamizning xalqaro miqyosida olib borayotgan siyosatini aniqlaydi. Mana shuning uchun ham O’zbekiston respublikasi prezidenti I.A.Karimov asarlari xalqimiz tarixini o’rganishda metodologik qo’llanma sifatida, zamonaviy jarayonlarni o’rganishda muщim manba bo’lib xizmat qiladi.
Eng muhim asarlari ingliz, frantsuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab kabi o’nlab turli xorijiy tillarga tarjima qilinib chet ellarda bir necha bor nashr qilingan. Respublikamizda esa I.A.Karimov asarlarining 13 jildlik to’plami nashr qilingan.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling