Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”


Download 494 Kb.
bet13/21
Sana01.04.2023
Hajmi494 Kb.
#1316180
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Tarixiy o\'lkashunoslik (o\'quv-uslubiy majmua)

Tayanch iboralar:


Arxivshunoslik
Davlat arxivlari
Volost
Bo`lim
Muassasa arxivlari
Fond
Akt

Manba va adabiyotlar:


1. Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. T. «O`zbekiston», 1996 y.
2. Nabiev A. Tarixiy o`lkashunoslik. Toshkent. O`qituvchi. 1996 y

7-mavzu : O`LKA TARIXINI O`RGANISHDA TOPONIMIK ATAMALAR ASOSIY MANBALARDAN BIRI SIFATIDA


Reja:
1. Toponomika tushunchasi va uning mohiyati
2. O`zbekiston toponomikasi haqida ma`lumot
3. O`lka tarixini o`rganishda toponomik materiallar to`plash va ulardan foydalanish.
Toponomika-geografik nomlarning, kishi ismlarining kelib chikishini o`rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponomikani «Zamin tili» deb atashadi. Toponomika-termini lotin tilidan olingan bo`lib, «topos» joy va «anoma» yoki «onima» nom, umuman, joy nomini o`rganadigan fan, degan ma`noni bildiradi. Geografik nomlar va zamin qa`rida yotgan, o`rganilmay yotgan nomlar, insonlarga quyilgan ismlar, toponomikani o`rganish manbai hisoblanadi.
Geografik terminlar toponomika shtabiga kirmaydi. Ammo ular toponomikani o`rganishda katta ahamiyatga egadir. Nomsiz «Ob`ekt» toponim emas. Toponomika geografik ob`ektlarni emas, balki ularning nomlarini o`rganadi. Toponimlar bir vaqtning o`zida tilshunoslik tarixiy va geografik faktlar hisoblanadi.
Toponomikaning turli xususiyatlari tilshunoslik, tarix, geografiya, arxeologiya va boshqa fanlar bilan aloqasiga bo\liqdir. Toponomik materiallarni tadqiq qilishda tarixiy ma`lumotlar, ayniksa, arxeologik tekshirish natijalariga suyangan holda ish ko`rish zarur. CHunki toponomika ko`pincha tarixiy dalillarga va isbotlarga muhtojdir. Masalan, biror yodgorlikni nomini o`rganish uchun, albatta, uni qaysi davrda yaratilganligini va nima sababdan shu nom berilganligini tarixiy davr sharti nuqtai nazaridan tadqiq qilish talab qilinadi.
Toponomika metodologiyasiga muvofiq, uni fan sifatida o`rganishda qo`yidagi asosiy talablarni hisobga olish lozim:
- toponimlarni paydo bo`lishiga doir ma`lumotlardan foydalanish;
- nomlarning mavjud bo`lgan barcha shakllari aniqlash;
- nom va atamalarni o`sha joy nomi bilan bo\liq holda tanlash va eng muhimlarini o`rganish zarur.
Toponomik asoslarning o`zgarishi vaqt, manbalar va yo`nalishlar bo`yicha joylarga, aholining ko`chishiga bo\liq.
Toponimlar-aniq tarixiy jarayon. Aholining ko`chishi madaniy, iqtisodiy va til munosabatlarida vujudga keladi hamda tarqaladi. Toponomika jamiyatni muhim vositasi bo`lgan tilini,iqtisodiyoti, madaniyati va tarixiy taraqqiyotini o`rganish jarayonida usib rivojlanib boradi.
Toponomik nomlar manbaini va ularni o`rganishda qo`llaniladigan metodni aniklash maqsadida yozma va boshqa manbalarni, qo`lyozmalarni, arxiv materiallarini, hattotlar ko`chirib yozgan kitoblarni, aholi yashagan chegaralarni aks ettiruvchi maxsus xaritalar va eksplikatsiya xaritalari bilan solishtirib chiqiladi.
Toponomikada ham moddiy va madaniy yodgorliklar o`rganilganidek, oddiylikdan murakkablikka, ya`ni bugungi kundan asrlar ichkarisiga kirib boriladi. Bilish murakkab jarayondir.
Toponomika ob`ektning yoshini ham aniqlaydi. O`z navbatida toponomik nomlar tarix uchun ham bebaho manbadir.
Toponomik materiallar yi\ishda va joy nomlarini kelib chiqishini o`rganishda etnografiya ham katta rol’ uynaydi. Hozirgi vaqtda toponimlar joy nomlarini faqat etnologik va an`anaviy jihatdan emas, balki so`z yasash jihatdan ham tahlil qilmoqdalar.
O`zbekiston toponimlarining o`rganish ham uzoq tarixga ega. Bu jihatdan Mahmud +osh\ariyning «Devonul lu\atut turk», Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Boburning «Boburnoma» asarlari katta ahamiyatga ega.
Respublika joy nomlarining kelib chiqish tarixini, etnonimlarini biror xalq, millat, qabila, elat, uru\-aymoq nomlarini o`rganuvchi o`zbek olimlari juda katta hissa qo`shdilar.
Toponomikani o`rganish materiallar to`plashdan boshlanadi. Toponomik materiallar yi\ish ishini boshlashdan avval, materiallarni qanday va qaerdan to`plash va kimlar bilan qanday mavzuda suhbatlar o`tkazishning hech bo`lmaganda, taxminan ish plani va programmasi ishlab chiqilishi lozim. Mana shu plan va programma yuzasidan puxta tayyorgarlik ishlari olib boriladi, sung dala tadqiqot ishlariga e`tibor karatiladi.
So`rash va suhbat natijasida olingan materiallarni tadqiq qilishda toponomik materiallar bo`yicha kartotekalar, keyin shu asosida lugatlar tuziladi. Keyinchalik tadqiqotlar faktlarini hisobga olgan bir tipdagi ommaviy toponimlarni sinchiklab o`rganish katta ahamiyatga egadir. Tadqiq qilingan va to`0plangan toponomik materiallar o`lkashunoslik muzeylarida saqlanadi.
Toponomik materiallar ko`pincha shu o`lka tarixini o`rganish ishi bilan parallel holda olib boriladi.
Tarix va geografiya o`qituvchilari toponomikani o`rganish jarayonida tilshunoslar bilan birgalikda yoki ularning bevosita maslaxatlari bilan hal qilsalar juda yaxshi natija berar edi.
O`lka tarixini yaxshi o`rganmay turib, toponomikadan o`lkashunoslikni muhim manbai sifatida foydalanish nihoyatda qiyin. O`lkashunoslik bilan shu\ullanadigan o`qituvchilar toponomikaga doir adabiyotlar bilan yaxshi tanishib chiqishlari kerak. O`zbekiston tarixiga doir toponomik materiallarni o`rganishda toponomik va geografik lu\atlardan foydalanish mumkin.
Endi O`zbekiston Respublikasiga tegishli bo`lgan ayrim toponomik joy nomlarini sanab o`tamiz:
Mar\ilon-Far\ona viloyatidagi qadimgi shahar. Dastlab Mar\ilon «Marginat» deb atalgan. Mar\ilon etimologiyasi Marg, Mur\ob, Margon, Mar\ribita, Mar\ub kabi toponimlar etimologiyasiga o`xshash bo`lib, tojikcha «Mar\ – o`tloq» degan so`zdan olingan deb taxmin qilinadi. Mar\ so`zi qadimgi so`\d tilida «buloq» ma`nosini ham anglatadi.
Jizzax – O`rta Osiyodagi eng qadimgi shaharlaridan biridir. Bu qal`ani asli nomi Dizzak X asrlarda ham shunday deb atalgan. Diz qadimgi so`\d tilida «qal`a» «istehkom» demakdir. «Ak» esa bizdagi «cha»qo`shimchasiga to`\ri keladi. Demak, Dizzak-qal`acha demakdir.
Registon-Samarqandda, Registon nomi bilan yuritiladigan bozor va ariq mavjud. Reg-tojikcha qum, iston- joy yoki qumlik joy degan ma`noni anglatadi.
Oqtepa – bu so`z «dehqon» so`z bilan bevosita aloqador. Dehqon atamasi V-VI asrlarda paydo bo`lgan. Dehqon o`rta asrlarda yirik feodal hisoblangan. Odatda feodal dehqonlar, tu\on boshida atrofi devor, xandaklar bilan to`silgan mustahkam qo`rgonlarda yashaganlar. Bunday qo`rgonlarning xarobalari hozirgi vaqtda oqtepalar deb yuritiladi. Masalan, Toshkent shahri atroflarida bir nechta oqtepa mavjud.
Nayman – o`zbek, qozoq, qoraqalpoq, qir\iz, no`\oy va oltoy xalqlarining tarkibiga kirgan yirik qabila uyushmasi. O`zbek naymanlari Zarafshon vohasi, Far\ona vodiysi va Xorazmda yashaganlar. Hozirda O`zbekistonda mazkur nomlar bilan ataluvchi bir necha qishloqlar mavjud. Tarix va geografiya o`qituvchilari toponomikani o`rganishda nimalarga e`tibor berishlari kerak? Tuman nomlarning ayrim guruhlariga misol keltirdik, xolos.
Agar o`quvchi yoki talaba o`z qishloq yoki tuman hududidagi nomlarni kelib chiqishi bilan qiziqsa, toponimik ma`lumotlarga murojaat qilishi lozim bo`ladi.

SHunday qilib, keltirilgan tarixiy-geografik atamalarning nomi toponimlariga asoslanib, turli-tuman nomlarning ayrim guruhlariga misol keltirdik, xolos.


Agar o`quvchi yoki talaba o`z qishloq yoki tuman hududidagi nomlarni kelib chiqishi bilan qiziqsa, toponomik ma`lumotlarga murojaat qilishi lozim bo`ladi.

Download 494 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling