Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”


Download 494 Kb.
bet15/21
Sana01.04.2023
Hajmi494 Kb.
#1316180
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Tarixiy o\'lkashunoslik (o\'quv-uslubiy majmua)

Tayanch iboralar:
Toponomika
Mikrotoponimika
Nom
Etnografiya
Semantik
Makrotoponomika
ob`ekt
Eksplikatsiya
Etimologik

Manba va adabiyotlar:


1. Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. T. «O`zbekiston», 1996 y.
2. Nabiev A. Tarixiy o`lkashunoslik. Toshkent. O`qituvchi. 1996 y
3. +oriev S. Geografik nomlar ma`nosini bilasizmi? Toshkent. 1970 y.
4. CHoriev Z. Tarixiy atamalarning tushunchasi izohli lu\ati. Toshkent. 1999 y.

8-mavzu: O`LKASHUNOSLIKDA MUZEY eKSPONATLARIDAN KENG FOIDALANISH VA ULARNING AXAMIYATI


Reja:


1. O`zbekistonda muzeylarning tashkil topish tarixi.
2. Muzey tiplari.
3. O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyi.
O`lkashunoslik manbalari orasida haqiqiy, ilmiy va madaniy oqartuv muassasaga aylanib qolgan muzeyning o`rni va ahamiyati benihoya kattadir.
Yi\ilgan, saqlanayotgan barcha materiallar muzeyning ilmiy bazasini tashkil etadi va ular muzey ijodiy faoliyatida asos bo`lib xizmat qiladi.
O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyi Turkistonning mashhur olimlari va ommaviy arboblari bevosita rahbarligi va yordamida 1876 yilda tashkil etilgan.
O`zbekiston madaniyat va san`at tarixiy muzeyi 1896 yil 21 iyunda Samarqand shahrida ochilgan. Muzey 1911 yilgacha Samarqand statistika SSO muzeyi, 1918 yilgacha Samarqand shahar muzeyi, 1930 yilgacha Samarqand viloyat muzeyi, so`ngra O`zbekiston markaziy davlat muzeyi, 1930-37 yillargacha Samarqand viloyat tarixiy o`lkashunoslik muzeyi, 1937-45 yillarda O`zbekiston xalqlari madaniyati respublika muzeyi deb nom olgan.
O`zbekiston madaniyat va san`at tarixi respublika muzeyiga 1968 yilda A. Ikromov nomi berildi. Muzeyda o`zbek xalqining eng qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo`lgan madaniyati haqida hikoya qiluvchi nodir eksponatlar bor.
O`zbekiston DSM 1898 yil aprelda O`rta Osiyoda ilk tashkil etilgan badiiy muzey bo`lib, Toshkentda yashagan knyaz’ N.K.Romanovskiyning saroydagi shaxsiy kollektsiyasi zaminida vujudga kelgan, keyin esa xalq universiteti muzeyi, keyinroq Toshkent markaziy badiiy muzeyi deb nomlangan.
Muzey fondining katta qismini O`zbekiston tasviriy san`at asarlari tashkil qiladi. SHuningdek, muzeyda Rossiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Niderlandiya, Finlyandiya. Gollandiya, Frantsiya, Angliya rassomlari asarlari, haykaltaroshlik. grafika, amaliy san`at namunalari qatorida SHarq san`ati (Hind, YApon, Xitoy, V’etnam) namunalari ham bor.
O`zbekistonda tabiat muzeyi 1876 yil 12 iyulda oyida ochilgan. 1918 ilga qadar Toshkent muzeyi, 1921 yilgacha Turkiston xalq muzeyi, 1922 yilgacha O`rta Osiyo muzeyi, 1935 yilgacha O`rta Osiyo tabiat muzeyi deb atalgan. 1935 yil iyundan hozirgi nomi bilan ataladi. Zoologiya, botanika, geologiya va madaniy oqartuv bo`limlari bor. Muzeyda 400 mingdan ortiq eksponat saqlanadi. 1979 yildan muzey o`lkashunoslik va muzeyshunoslik masalalari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi.
Respublikamiz hududida 3 xil tipdagi muzeylar mavjud bo`lib, birinchi tipdagi muzeylarga ilmiy tadqiqot, madaniy oqartuv ishlari olib boradigan muzeylar kiradi. Ular bir vaqtning o`zida tadqiqot va madaniy oqartuv hamda ta`lim tarbiyaviy ishlarni olib boradi.
Ikkinchi tipdagi muzeylarga faqat bir yoqlama ilmiy tadqiqot olib boradigan, muzey laboratoriyalariga ega bo`lgan maxsus muzeylar (O`zFA qoshidagi Bakterologiya va mineralogiya instituti) kiradi.
Uchinchi tipdagi muzeylarga faqat o`quv tipidagi muzeylar kiradi. Bu muzeyning asosiy maqsadi o`quv jarayonini yaxshilashdan iborat. Muzey tiplari ko`p jihatdan unda saqlanayotgan kollektsiya fondlarining harakteriga va ular faoliyatining yo`nalishiga bo\likdir.
SHuningdek, turli fan sohalariga tegishli bo`lgan muzeylar ham bor. Bu muzeylar orasida ko`proq ma`lum bo`lganlari yoki faqat o`sha soha mutaxassislariga ravshan ma`lum tarmoqni aks ettiruvchi muzeylar ham mavjud.
1876 yil 12 iyulda A.P. Fel’menko, V.F. Oshanin, L.A. Maev kabi rus olimlari tashabbusi bilan o`lkamizdagi eng keksa ilmiy va madaniy oqartuv muassasalaridan biri hozirgi O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyi ochildi. Dastlab Turkiston o`lkasi tabiati, zoologiyasi, er osti boyliklari hamda O`zbekiston xalqlari etnografiyasiga oid rus va o`zbek kollektsionerlari to`plagan kollektsiyalardan tashkil topgan. 1883 yilda muzey xalq kutubxonasi bilan birlashtirilgan. 1918 yil 1 iyuldan boshlab muzey xalq kutubxonasiga aylantirilgan. 1970 yil muzeyga Oybek nomi berilgan. 15000 dan ortiq eksponat, muzey kutubxonasida 16000 dan ortiq asar saqlanadi.
Muzey bo`limlaridagi eksponatlar 1890 yil Turkiston qishloq xo`jaligi ko`rgazmasida, 1900 yili Parij halqaro ko`rgazmasida namoyish etilgan. Muzeyning etnografiya kollektsiyasi 1906 yilda Milan halqaro ko`rgazmasiga yuborildi. Muzey arxeologiya xarakterdagi 54 mingdan ortiq predmetga, 50 ming tanga, medal belgilaridan iborat bo`lgan numizmatika, etnografiya bo`yicha 12 ming eksponatdan iborat fondlarga ega. Muzey faqat O`zbekistongagina emas, balki turli davrlarda Turkiston o`lkasi tarkibida bo`lgan Tojikiston, +ir\iziston tarixiga oid materiallar ham saqlanadi.
Muzeyda asosan materiallarning asl nusxalari, shuningdek, badiiy va grafik tasvirlar, diagrammalar, rasmlar qo`yilgan eksponatlar orasida noyob narsalar ko`p. Muzey 1967 yilda XIX asrning yodgorliklaridan biri hisoblangan binoga ko`chdi.
Muzey materiallari o`lkamizdagi qadim zamonlarda yaratilgan eng noyob yodgorliklar va keyingi davrlarda qo`lga kiritilgan va eng noyob yodgorliklar va keyingi davrlarda qo`lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni namoyish qilish, keng mehnatkash ommani, shu jumladan, o`quvchi va talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga xizmat qiladi.
YOdgorliklar mafkura ishining ta`sirchan vositasidir. Bu yodgorliklar ko`z o`ngimizda, ularni istagan vaqtda borib qurish mumkin, binobarin, har bir yodgorlikka e`tibor berilishi, u yaxshi holatda saqlanishi lozim. Bu ishga ko`proq maktablarda o`lkashunoslik ishini olib boruvchi rahbar, tarix, geografiya o`qituvchilari jalb qilinmo\i zarur.
Nazorat uchun savollar.

  1. Muzeylarni vazifasi nimadan iborat?

  2. O`zbekiston xalqlari muzeyi qachon tashkil topdi?

  3. Muzey tiplari qanday sohalarga bo`linadi?

  4. O`zbekiston Davlat san`at muzeyida qanday san`at asarlari saqlanadi?

  5. Buxoro o`lkashunoslik muzeyi necha bo`limdan iborat?

  6. Muzey eksponatlarining o`lka tarixini o`rganishdagi o`rni va rolini ko`rsatib bering.

  7. Muzey materiallarini o`rganish qanday ahamiyatga ega?

  8. Buxoro o`lkashunoslik muzeyning qanday filiallari mavjud?

  9. Kollektsiya deganda nimani tushunasiz?

  10. Buxoro viloyatida qanday muzeylarni bilasiz?

  11. O`zbekiston Davlat san`at muzeyi qanday vujudga kelgan?

  12. O`zbekiston tabiat muzeyi turli yillarda qanday nomlar bilan atalgan?

  13. Respublikamiz hududida qanday tipdagi muzeylar mavjud?

  14. O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga qachon Oybek nomi berilgan?

  15. Muzey bo`limlaridagi eksponatlar qanday xalqaro ko`rgazma va yarmarkalarda namoyish etilgan?

  16. Buxoro o`lkashunoslik muzeyini tashkil topishida qaysi voqea muhim rol o`ynadi?

  17. YOdgorliklarni saqlash ishlariga kimlarni jalb qilish mumukin?

  18. Muzeyning ilmiy bazasini nimalar tashkil etadi?

  19. O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyi qachon ochildi?

  20. Temuriylar Davlat muzeyi qachon ochildi?




Download 494 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling