Nazorat uchun savollar.
Maktab muzeyini vazifalari nimalardan iborat?
Maktab muzeyini tashkil etish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish kerak?
Maktab muzeyi tashkilotchisini vazifasi nimalardan iborat?
Muzey fondi deganda nimani tushunasiz?
Maktab muzeyini tashkil etish qanday ahamiyatga ega?
Maktab muzeyi davlat va muassasa muzeylaridan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?
Maktab muzeyi bosh saqlovchisining vazifasi nimalardan iborat?
Maktab muzeyining fondi qanday tashkil etiladi?
Maktab muzeyi bo`limlari qanday tashkil etiladi?
Maktab muzeyidagi materiallar haqida o`lkashunoslik muzeyida qanday yo`nalishda ma`lumot berib turiladi?
Maktab muzeyi ta`lim-tarbiya ishlarini rivojlantirishdagi roli va o`rni qay darajada?
Maktabingizda muzey tashkil etilganmi? Uning faoliyati haqida gapirib bering?
Mavzuga doir test savollari.
O`zbekiston Respublikasida o`quv jarayonlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan muzey tiplaridan birini aniqlang.
A. Maktab muzeyi
V. Universitet muzeyi
S. Ilmiy laboratoriya muzeyi
D. A, V
E. A, V, S
Maktab muzeyini tashkil etish bilan bo\liq rasmiy ishlar qanday amalga oshiriladi.
A. Maktab direktori ko`rsatmasi bilan
V. Tuman xalq ta`limi boshqarmasi bo`yru\i bilan
S. Maktab o`qituvchilar kengashi qarori bilan
D. O`quvchilarning shaxsiy tashabbusi bilan
E. To`\ri javob yo`q.
Tayanch iboralar:
Ansambl’
Dekorativ
Muzey kengashi raisi
Ekspozitsiya
eksponatlarni inventar’ nomeri
Monumentlar
Muzey fondi
Muzeyni bosh saqlovchisi
ekspeditsiya
Manba va adabiyotlar:
1. Karimov I.A. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q». Toshkent. «SHarq», 1998 yil
2. Bekmuhammedov. «Tarix terminlari izohli lu\ati». Toshkent, «O`qituvchi», 1978 yil
3. Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik», Toshkent, «O`qituvchi», 1996 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |