Tarix o'qitish metodlarining klasifikatsiyasi tarix o'qitishning og'zaki va ko'rgazmali usullarui


SHunday qilib, ko’rsatmalilik metodi


Download 256.62 Kb.
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi256.62 Kb.
#1442429
1   2   3   4
Bog'liq
Boboqulov Asqar

SHunday qilib, ko’rsatmalilik metodi:


1) tarixiy bilimlarning asosiy manbalaridan biri bo’lib xizmat qiladi;
2) o’quv materialining ta’lim-tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi;
3) o’qituvchi bayonining aniq, obrazli va ta’sirchan bo’lishiga yordam beradi;
4) o’quvchilarning o’quv materialini o’rganishga qiziqishini oshiradi va ularning bilish faoliyatini faollashtiradi;
5) o’qituvchining bayonini va uning darsda qo’llangan boshqa o’quv usullarini o’quvchilarning tushunib olishini yengillashtiradi;
6) o’quvchilarning fikrlash faoliyatini va ijodiy qobiliyatini o’stiradi;
7) o’quvchilar bilimining aniq, chuqur va mustahkam bo’lishiga yordam beradi.

Ko’rsatmali qurollar klassifikatsiyasi.


va foydalanish usullariga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
ularni tayyorlash texnikasi
tarixiy obrazlarning xarakteri,
Ko’rsatmali qurollar o’zining mazmuni,
1. Predmet ko’rsatmalilik - tarixiy yodgorliklar, esdalik joylari, me’moriy yodgorliklari xo’jalikka doir va boshqa qurilishlar, mehnat qurollari, qurol-yarog’lar, ro’zg’or buyumlari, shu jumladan arxeologik topilmalar.
2. Tasviriy ko’rsatmalar - o’qitishda foydalanish uchun ishlangan tarixiy suratlar va albomlar, san’at asarlari, portretlar, rasmlar, fotohujjatlar va fotonushalar, darsliklardagi bezaklar, o’quv diapozitivlari, diafilmlar va kinofilmlar, maketlar, mulyajlar, har xil modellar va boshqalar.
3. SHartli ko’rsatmali qurollar - tarixiy va kontur xaritalar, tarixiy atlaslar, sxemalar, grafika, diagramma va kartogrammalar, applikatsiyalar va pedagogik rasmlar.

Predmet ko’rsatmalilik

  • Predmet ko’rsatmalilik ta’limda alohida ahamiyat kasb etadi. Fizika, ximiya yoki botanika o’qituvchilari o’rganilayotgan mavzuni o’quvchilarga formula, shakl va boshqalarda ko’rsatib tushuntirsalar tarix o’qituvchisi unday imkoniyatdan mahrumdir. Tarix o’qituvchisi o’quvchilarga ibtidoiy odamlar hayoti va faoliyatining aynan o’zini ko’rsatib berolmaydi, faqat gapirib beradi, ko’rsatsa faqat ibtidoiy kishi ishlatgan qurollarni, yashagan joylarini, yoki aytaylik feodallarning o’zaro urushlarini emas, urushda ishlatilgan qurollarni va boshqa ba’zi buyumlarni, lekin har holda kishilarning o’tmishidan qolgan bu yodgorliklar tarixiy voqealar to’g’risida real tasavvur qilishga so’zsiz yordam beradi. O’quvchilar oradan bir necha asrlar, xatto necha-necha ming yillar o’tib ketgan zamonlardagi voqealar to’g’risida ma’lumot beruvchi haqiqiy buyum va narsalarni juda qiziqish va hayajon bilan o’rganadilar. SHuning uchun ham o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarixiy o’tmishni o’rganishning asosiy manbalaridan biri bo’lgan bu yodgorliklarni to’plash va ulardan foydalanishga juda katta e’tibor beriladi.

Download 256.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling