Tarix o'qitish metodlarining klasifikatsiyasi tarix o'qitishning og'zaki va ko'rgazmali usullarui


Download 256.62 Kb.
bet3/4
Sana08.05.2023
Hajmi256.62 Kb.
#1442429
1   2   3   4
Bog'liq
Boboqulov Asqar

Tasviriy ko’rsatmali


Tasviriy ko’rsatmali qurollar o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tajribasida ko’proq qo’llaniladi. Tasviriy ko’rsatmalar bir necha xil bo’ladi:
a) o’tmishdan qolgan haqiqiy asl nusxa hujjatlar asosida yaratilgan tasviriy ko’rsatmalar, hujjatli fotosuratlar va hujjatli kinofilmlar, predmet yodgorliklarining tasvirlari, mehnat qurollari, madaniy yodgorliklarning tasvirlari va boshqalar.
b) ilmiy jihatdan asoslab qayta tiklangan me’moriy va boshqa yodgorliklar tasviri, ro’zg’or buyumlari yoki ular­ning tasviri;
v) rassomning ijodiy faoliyati bilan qilingan tasviriy ko’rsatmalar; tarixiy san’at asarlari, darslikda berilgan illyustratsiyalar, maketlar, modellar va boshqalar.

Ko’rsatmali qurollarni tanlash va ulardan foydalanishda o’qituvchi quyidagilarni e’tiborga olishi lozim:


1. O’quvchilarning yoshi, bilimi va malakalari o’sib borgan sa­ri ularning predmet va tasviriy ko’rsatmalarga qiziqishi ortib boradi.
Masalan, 5-6-sinf o’quvchilarini ko’proq o’tmishdagi voqea va hodisalarning yaxlit manzaralari tasvirlangan kartinalar, maketlar va modellar qiziqtiradi.
Yuqori sinflardagi o’quvchilarni esa predmet yodgorliklarining aynan o’zi va shartli ko’rsatmalar qiziqtiradi.
2. Har bir dars uchun tanlangan ko’rsatmali qurol mazmuni, g’oyaviyligi, ilmiyligi jihatidan talabga javob beradigan bo’lishi, sinf o’quvchilariga mos bo’lishi, soni ko’paytirib yuborilmasligi lozim. Agarda ko’rsatmali qurollar ko’payib ketsa, o’qituvchi va o’quvchilar shu qurollar bilan ovora bo’lib qolib, o’quvchilarning dars materialini o’zlashtirishlariga halaqit berishi mumkin. Darsda eng muhim 2—3 ta ko’rsatmali qurolni taxlil qilish va o’rganish kifoya.
3. O’quvchilarning ko’rsatmali kurollarni ongli ravishda puxta o’zlashtirib olishlariga erishish kerak. Buning uchun masalan, o’qituvchi “Poltava jangi”ning chizmasini tushuntirishdan oldin, o’quvchilarni Karl XII ning Rossiyaga yurishi, Ukraina hududida olib borilgan janglar bilan tanishtiradi. So’ngra jang chizmasini devorga ilib qo’yadi va uni bo’limlarga bo’lib o’quvchilarga har bir bo’limni alohida tushuntirib beradi.
4. Ko’rsatmali qurollar o’qituvchining bayoni jarayonida ko’rsatib boriladi.

Download 256.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling