Tаrix tа’limidа kurslаrаro uzviylikni tа’minlаshning pedаgogik shаrt-shаroitlаri


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1051103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
tarix-ta-limida-kurslararo-uzviylikni-ta-minlashning-pedagogik-shart-sharoitlari

5. Tarixiylik tamoyili. Taʼlim jarayonining qonuniy bogʼlanishlari jamiyat 
ehtiyoji, ijtimoiy jarayonlar bilan bogʼliq ravishda sodir boʼladi. Tarixiylik tamoyili 
taʼlim jarayonining asosiy qonuniyati, yaʼni taʼlimni jamiyat ehtiyojiga bogʼliqligi 
qonuniyatidan kelib chiqadi. Unga amal qilish natijasida oʼquv materiali boyitiladi va 
oʼquvchilarning ilmiy dunyoqarashi shakllanib, axloqiy sifatlari tarbiyalanadi. Mazkur 
tamoyil har bir narsa yoki hodisaga tarix nuqtai nazaridan yondashish koʼnikmasini 
hosil qiladi. Bu tamoyilni faqat bir mamlakat tarixini oʼqitib, tarixiy davrni oʼrganish 
bilan oʼquvchilarda shakllantirib boʼlmaydi. Buning uchun maxsus savol va 
topshiriqlar vositasida doimo oʼquvchida voqealarni koʼrilayotgan davr bilan 
solishtirish talab qiladigan vaziyatni hosil qilish muhimdir. Shuning uchun kurslararo 
bogʼlanishni qoʼllash bilan oʼqituvchi birinchidan oʼquvchilarga tarixiy davrni 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 607  www.ares.uz 
qanchalik taqqoslash lozimligini koʼrsatsa, ikkinchidan bir tarixiy davr doirasida bir 
mamlakatning boshqasidan farqi, oʼziga xos xususiyati eʼtiborga olinishini uqtiradi. Bu 
tamoyilni kurslararo asosda qoʼllashga madaniyatning rivojlanishi kabi dars 
mavzularini oʼrganish misol boʼlishi mumkin.
6. Tarixni insonparvarlashtirish tamoyili - oʼtmishga nisbatan gʼayrinsoniy 
qarashlarga chek qoʼyib, oʼquv materialini umuminsoniy xarakterdagi mazmun bilan 
boyitish, maʼlum, jamiyat (jumladan, Oʼzbekiston) tarixini jahon sivilizatsiyasining 
tarkibiy qismi deb qarash, insonni tarix subʼekti sifatida oʼrganishga yanada chuqur
keng va atroflicha yondashish, oʼquvchi-yoshlar shaxsi, axloqiy sifatlarini 
shakllantirish bilan insoniy fazilatlarini kamol toptirishni koʼzda tutadi. Chunki, 
“...tarix inson orqali vujudga keladi va inson orqali abadiyatga aylanadi. Inson ongi va 
tafakkuri, qalbi va tuygʼulari orqali yuzaga kelgan hodisa sifatida qadriyatga aylanadi”. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling